cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi -Jizzax

Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
268
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Assalomu alaykum va Rahmatulloh va barakotuh Alloh uyingizga fayz-y baraka bersin, Arafa kuni muborak bo'lsin!!!
نمایش همه...
🥰 1
*Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.* ©O‘tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) asaridan
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Professional_taʼlim ⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. ➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: ✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✔️Matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. ✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. ➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha: ✔️1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ✔️2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. 👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189. ➡️Faylni yuklab olish https://api-portal.gov.uz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#qutlov Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimovning filologiya fanlari doktori ilmiy unvoni olganligi bilan Markaz jamoasi samimiy qutlaydi! Ustozga ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilaydi! Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
👏 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.
نمایش همه...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
❓Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. ✅❌15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI; ❌16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti; ❌17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi); ❌18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan). 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
نمایش همه...
JDPU MUZEYI 📜🇺🇿

"QATAG'ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI"

🔰 Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursi tashkil etilgan edi. Bugun ushbu kursni bitirgan tinglovchilarga sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi. ✅ Ushbu kursda respublikaning taniqli notiqlari, jurnalistlari, psixologlari tinglovchilarga nutq madaniyatidan dars beradilar. 🎤 Davlat fuqarolik xizmati xodimlari, umuman har bir insonga chiroyli nutq ko‘rk bag‘ishlaydi. Fikrni aniq va chiroyli yetkazib bera olish qobiliyati barcha uchun zarur. 💥 Agarda siz ham xodimlaringiz, hamkasblaringiz oldida chiroyli nutqingiz bilan ajralib turishni xohlasangiz, hoziroq kursimizga yoziling. ☎️ +998 93 378 01 61 Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT E'LON !!! Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 7-soni tashkil qilinmoqda. 📈 Seminarning asosiy maqsadi: Seminar ishtirokchilarini mustaqillikdan soʻng oʻzbek tili, adabiyoti va uni oʻqitish sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, oʻqitishning zamonaviy texnologiylari bilan yaqindan tanishtirish. 📚 Oʻquv seminari har oyda bir marta, masofaviy (onlayn) shaklda tashkil qilinib, unda respublikamizning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. 🕒 Seminarning navbatdagi soni oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 7-iyun, soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan). Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
Yaxshi xabar: O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushibdi Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan. Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan. Bugun o‘tkazilgan taqdimotda mas’ullar kelgusida ushbu sayt yanada takomillashib, yangi funksiyalar va qulayliklar qo‘shilishi haqida ma’lumot berishgan. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...