cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Tuproqqal‘a MMTB

Tuproqqal‘a tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy matbuot kanali. Admin: @qutumov Facebook sahifamiz. https://www.facebook.com/tuprokkalatxtb

نمایش بیشتر
أوزبكستان50 620زبان مشخص نشده استآموزش104 930
پست‌های تبلیغاتی
298
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+57 روز
+830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Ta'lim nazorati
04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
02:08
Video unavailableShow in Telegram
💎💎💎Tuproqqalʼa tumani 4-son maktabi psixologi R.Sobirova tomonidan 🌈🌈🌈 Oʻquvchilarni kasb - hunarga yoʻnaltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2024-yil 17-maydagi 01/10-01-144-sonli xatiga asosan 🔹🔹🔹,,Ota -onalarning psixologik bilim va koʻnikmalarini oshirish oyligi doirasida ,, Ota-ona va bola munosabatlari " mavzulari yuzasidan olib borilayotgan tadbirlardan fotolavhalar.
نمایش همه...
💎💎💎Tuproqqalʼa tumani 10-son maktabi psixologi N.Maxmudova tomonidan 🌈🌈🌈 Oʻquvchilarni kasb - hunarga yoʻnaltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2024-yil 17-maydagi 01/10-01-144,22-maydagi 01/10-01-149sonli xatiga asosan 🔹🔹🔹,,Ota -onalarning psixologik bilim va koʻnikmalarini oshirish oyligi doirasida ,, Ota-ona va bola munosabatlari " mavzulari yuzasidan olib borilayotgan tadbirlardan fotolavhalar.
نمایش همه...
04:38
Video unavailableShow in Telegram
#қонунчиликдаги_ўзгаришларга_шарҳ ✔️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga sharh berildi. Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillar boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati ushbu qoʻshma qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi. ❗️ Qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
👍 1
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Kun qahramoni Shaxsiy namuna Tuproqqal'a tumani 8-maktab Fransuz tili 90 ball
نمایش همه...
👏 9👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktab KUN QAHRAMONLARI Mana qarang ustozlarimizni ortida qanday madat kuchlari bor Rus tili 88 ball
نمایش همه...
👏 13
Repost from Ta'lim nazorati
#xushxabar #rasmiy ⚡️Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. ✅ Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Repost from Ta'lim nazorati
#xushxabar ⚡️Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515) Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
Бу йил Тупроққальа туман 1-ИДУМнинг 30 йиллигини тантанали тарзда нишонлаш режа қилинган. Шу муносабат билан барча собиқ битирувчиларни қуйидаги гуруҳга қўшилишни таклиф қиламиз. 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/+7wQ6vgKRdkoyYWM6
نمایش همه...
Питнак лицей битказувчилари

Бобожонова Мукаддас invites you to join this group on Telegram.

👍 7
Repost from Ta'lim nazorati
O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi? Nizomga ko‘ra (28.04.2014 ro‘yxat raqami 2577) darsliklar yoki OʻMQlardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki OʻMQlar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning bir baravari miqdorida; 2-4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning ikki baravari miqdorida;5-9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...