cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Webforte Academy

academy.webforte.uz - Termizda WebForte jamoasidan web dasturlash kurslari! webforte.uz - Surxondaryo va butun O'zbekiston respublikasi bo'ylab dasturiy taminotlar yaratish xizmatlari! Murojaatlar uchun @webforte_receptionbot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
216
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin! WebForte jamoasi sizni mustaqilligimizning 31-yilligi munosabati bilan muborakbot etadi! Sizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, o'qish va izlanishlaringizga omad tilab qolamiz ! Professionallik(Mustaqillik) sari biz bilan 🦾 📞 +998955022200 Instagram | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Eng qimmat domen qanchaga sotilganligini bilasizmi ? Internetda juda ko'p domenlar mavjud - 335 million! Lekin qaysi biri dunyodagi eng qimmat? Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu sohadagi rekordlar havas qiladigan muntazamlik bilan buziladi, shuning uchun kimdir "dunyodagi eng qimmat domen" pozitsiyasini egallashiga kafolat yo'q. Bugungi kunga kelib, sotuvlar bo'yicha mutlaq etakchi LAVEGAS.COM domeni hisoblanadi. Bu nom rekord darajadagi 90 000 000 dollarga sotildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni CARINSURANCE.COM (49 700 000 dollar) va INSURE.COM (35 600 000 dollar) saytlariga nasib etdi. 💬 Fikringizni izohlarda qoldiring. Professionallik sari biz bilan 🦾 📞 +998955022200 Instagram | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Facebook” nima uchun aynan ko‘k rangda yaratilgan? “The New Yorker” nashrining yozishicha, buning sababi oddiy. Dastur asoschisi Mark Sukerberg qizil va yashil ranglarini yaxshi ajrata olmaydi. Bu shuni anglatadiki, ko‘k bu Mark eng yaxshi ko‘rishi mumkin bo‘lgan rang sanaladi. “Moviy rang men uchun eng boy rang. Men ko‘kka yaqin har qanday rangni oson ko‘ra olaman”, – deya eslaydi Zak. Eslatib o‘tish mumkin “Facebook” hozirda “Meta Platforms” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, onlayn media va ijtimoiy tarmoq xizmati hisoblanadi. 💬 Fikringizni izohlarda qoldiring. Professionallik sari biz bilan 🦾 📞 +998955022200 Instagram | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Футболка ва кроссовкадаги, галстуксиз "айти"чилар Юқорида айтганимиздек, Шавкат Мирзиёев IT соҳаси вакиллари билан учрашув ўтказмоқда. Суратлардан кўриниб турибдики, IT-мутахассислари ва ёш дастурчилардан мажбурий костюм-шим ва галстук талаб қилишмабди. Кимлардир кроссовкада, кимлардир футболкада, баъзилар гулли кўйлакларда ўтирибди. Ҳатто оммавий байрам тадбирларида ҳам одатда қора костюм-шим талаб қилинадиган бир пайтда Президент иштирокидаги кичик мажлисларда бунақа кийимда ўтиришгани, аслида кичик, лекин эътибор қилса арзийдиган сигнал. Маълумотларга кўра, йиғилиш шунга яраша анча эркин суҳбат тарзида ўтмоқда. «Келгуси беш йилда мамлакатимиз IT хизматлари экспортини 1 миллиард долларга етказишни режа қилганмиз. Агар ёшларни IT касбларга ўқитишни тўғри йўлга қўйсак, уларни сифатли инфратузилма, компьютер ва кафолатли буюртма билан таъминласак, албатта, бу маррага бемалол эришамиз", — деган давлатимиз раҳбари. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Google Chrome va Firefox nomlari qayerdan kelib chiqqan? Google Chrome brauzeri bilan hammasi shundoq ham aniq. Google Chrome’ning dizayneri Glen Merfining so‘zlariga ko‘ra, bu nomni xodimlardan biri taklif qilgan, balkim bu ushbu hodimning tezkor mashinalarga bo‘lgan muhabbati tufaylidir. Ya'ni, bu sport avtomobillarining tezligi va xrom elementlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Kichkina panda (qizil panda) Himoloyda tog'larida (Xitoyning janubi-g'arbiy qismida) yashaydi va u ingliz tilida u "Firefox" deb ataladi. Bu so'z mashhur brauzerni yaratuvchilarni ilhomlantirdi va brauzerga shunday nom berishgan 💬 Yana qaysi brauzerlarning tarixini bilasi? Fikringizni izohlarda qoldiring. Professionallik sari biz bilan 🦾 📞 +998955022200 Instagram | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
O'yin orqali dasturlashni o'rganamiz! Hozirda dunyo tajribasida maktab va oliygohlarda informatika darslarini o'yin mashg'ulotlari orqali o'rgatish amalga oshirilayabdi. Dasturchilar uchun o'yinlar yoki dasturlashni o'rgatadigan o'yinlar bu – o'yin jarayonlarini, undagi qahramonlarni biror-bir dasturlash tilida yoki ma’lum skriptlar yordamida boshqarish kerak bo`lgan o'yinlardir 1️⃣ LightBot Platformalar: Windows, Android, IOS, Bilimlar: algoritm 2️⃣ Color Coder Platformalar: WEB online. Bilimlar: WEB dizayn 3️⃣ SpaceChem Platformalar: Windows, Mac OS X, Linux, iOS, Androi Bilimlar: Algoritm 4️⃣ Uplink Platformalar: Windows, Linux, Mac OS X, Android, iOS Bilimlar: Kompyuter tarmoqlari, ularda ma’lumot uzatish, parollar bilan ishlash 5️⃣ Twine Platformalar: Linux, OS X, Windows, Web. Bilimlar: JavaScript, Python, algoritm, HTML 💬 Fikringizni izohlarda qoldiring. Professionallik sari biz bilan 🦾 📞 +998955022200 Instagram | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan eng yosh dasturchisi Hindistonlik Arxam Om Talsaniya yetti yoshga to‘lishiga bir kun qolganda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yosh dasturchi sifatida kiritildi U o‘z maqomini tasdiqlash uchun Python dasturlash tili o‘quv kursida o‘qidi va Microsoft sertifikatlash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Boladagi dasturlashga qiziqish uning otasi sababli paydo bo‘lgan. “Otam menga dasturlashni o‘rgatgan. Men ikki yoshligimda planshetlardan foydalanishni boshladim. Uch yoshimda iOS va Windowsli gadjetlarga ega bo‘ldim”, − deydi Arxam. Dastlab Arxam kichik-kichik o‘yinlar dasturini yozishni boshlagan va Ginnesning rekordlar kitobi vakillari bilan aloqaga chiqib, ularga o‘z ishlarining namunalarini yuborishini aytgan. Olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng bolaga dunyodagi eng yosh dasturchi unvonini tasdiqlovchi sertifikat berildi. 💬 Fikringizni izohlarda qoldiring. Professionallik sari biz bilan 🦾 📞 +998955022200 Instagram | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Qurbon Hayiti muborak bo'lsin! Sizga oilaviy baxt, sihat-salomatlik, xotirjamlik , oʻqishlaringizda omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz. Ilm olishdan hech qachon charchamang!
نمایش همه...
​​Yaxshi dasturchi yomon dasturchidan nimasi bilan ajralib turadi? Hozirgi kunda yurtimizda IT - dasturlash sohasiga bo'lgan talab va e'tibor juda ham kuchayib bormoqda. Buning natijasida dasturchilar va ularni tayyorlaydigan o'quv markazlari soni ham oshib bormoqda. Ushbu o'quv marlazlarida siz nafaqat dasturlash va texnologiyalar haqida balki, yaxshi dasturchiga hos bo'lgan hislatlar, potensial ish beruvchilar bilan muloqot qilish sirlari kabi bilimlarni ham olishingiz mumkin. Bizning nazlimizda yaxshi dasturchi o'zida quidagi hislatlarni mujassam etga bo'lish kerak: 🔹 Self study (Mustaqil izlanish) - Yangi bilimlarni o'rganish uchun birovning turtkisini kutmaydi, o'zining ustida doim ishlashga tayyor. Bunaqa dasturchilar qaysi trening yoki meetup larga borsangiz sizdan oldin kelib o'tirgan bo'ladi. 🔹 Savol berish madaniyati - sizda qaysidur mavzuda savol paydo bo'ldimi, dastavval google.com dan yaxshilab izlab ko'ring , shunda ham topa olmasangiz keyingina savolingizni bering. 🔹 Deadline(Muddat)larni buzmaslik - Berilgan vazifalarni o'z muddatida bajarish, deadline larning buzilishi eng yomon odatlardan biri. 🔹 Klaviaturada tez yoza olish - Bu hislat dasturlash jarayonini tezlashtirish imkonini beradi va professional dasturchilarga hos bo'lgan hislatlardan biridir. Ushbu hislatni rivojlantirish uchun bir muncha onlayn resurslar mavjud : tezyoz.uz , keybr.com. 🔸 Yomon dasturchilar sarasiga - qo'rqmasdan yolg'on gapira oladigan va sababsiz muddat(deadline)larni cho'zib boraveradiganlarni kiritishi mumkin. Siz yaxshi va yomon dasturchi yana qanday hislatlarga ega bo'lishi kerak degan fikrdasiz? Izohlarda qoldiring. Professionallik sari biz bilan 🦾 📞 +998955022200 Instagram | Telegram | Facebook
نمایش همه...

Ўзбекистон Россия ва Беларусга муқобил IT-аутсорсинг марказига айланмоқчи — Forbes "Собиқ иттифоқ давлатлари орасида аҳолимиз энг тез ўсиб бормоқда, шунинг учун бизда инсон капитали бор", — дейди Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазири Шерзод Шерматов. Июнь ойида Шерзод Шерматов йирик делегация бошчилигида Сан-Францискога ташриф буюриб, Ўзбекистонни Россия ва Беларусга муқобил IT-аутсорсинг марказ сифатида таклиф қилган. Вазир Украинада уруш бошланганидан кейин 6 мингга яқин россиялик ва беларуслик Ўзбекистонга кўчиб келганини таъкидлади. Масалан, EPAM Systems ва Exadel минглаб ходимларини Минскдан Тошкентга IT-Park томонидан ташкил этилган рейсларда олиб келган. "Ўтган йили EPAM’да Ўзбекистонда 300 га яқин киши ишлаган бўлса, келгуси йилда компания ходимлари сонини 3000 кишига етказишни режалаштирмоқда", - дейди Шерматов. Ҳозирда бошқа компанияларни Ўзбекистонга ривожланаётган бозор сифатида қарашлари учун иш олиб борилмоқда. Ўзбекистон 2028 йилга бориб йиллик IT экспортини 1 миллиард долларга етказишни режалаштирмоқда. Таққослаш учун, 2022 йилда 100 миллион доллар прогноз қилинмоқда. Агар бу амалга оширилса, IT олтин каби қиммат экспортга айланади ва камбағалликни камайтиришга катта ҳисса қўшади. Forbes’нинг фикрича, агар Ўзбекистон нарх-наво нисбати бўйича Филиппин ёки Ҳиндистон каби яхши хизматларни таклиф қила олса, ҳозирги барча саъй-ҳаракатлар ўз самарасини беради.
نمایش همه...
Techies From Russia, Belarus, Find Solace In Uzbekistan. Can They Attract Western Outsourcers?

Uzbekistan wants to be alternative to Manila and Bangalore. Russians leaving Moscow might help facilitate that.

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.