PARVOZ(channel)
رفتن به کانال در Telegram
1 533
مشترکین
+124 ساعت
-227 روز
-8130 روز
آرشیو پست ها
1 533
Repost from Xushnudbek.uz
+1
Ehtiyojmand qizlarga tavsiyanoma berishda noqonuniy talab haligacha olib tashlanmadi. Endi sun’iy to‘siq sababli ballar keskin tushadimi?
#abituriyent
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliygohlarga kirish uchun 4 mingta qo‘shimcha davlat granti ajratiladi. Buning uchun xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olishi kerak.
Xotin-qizlar tavsiyanoma olish uchun 6 ta mezondan birontasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Toifalar ro‘yxati bu yerda.
Joriy yilda ilk marta arizalar my.gov.uz portali orqali qabul qilinadigan bo‘ldi. Ammo bunda bir muammo yuzaga keldi. Ariza topshirish chog‘ida xotin-qizlardan ijtimoiy daftarlardan birontasida turganligi haqida majburiy band qo‘shib qo‘yildi. Ushbu bandni tanlamasangiz, ariza yubora olmaysiz. Natijada minglab xotin-qizlar tavsiyanoma olish tugul, shunchaki ariza ham yubora olmayapti.
Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar albatta ijtimoiy daftarlardan birida turishi talab etilmaydi. Nizomda bunaqa band yo‘q!
Nizomga ko‘ra, o‘zini 6 ta mezondan biriga to‘g‘ri kelaman, deb hisoblagan xotin-qizlar ariza beradi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlarida tuzilgan ishchi guruhlar esa arizani ko‘rib chiqib, tavsiyanomani berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qiladi.
Nizomning 18-bandida esa bunday deyilgan:
Ishchi guruhlar zarur hollarda oilaning ehtiyojmandligi darajasini «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlaydi.Ko‘rib turganingizdek, ijtimoiy daftarlarga faqat zarur hollardagina murojaat qiladi. Bu band aslo xotin-qizlar tavsiyanoma olishi uchun ijtimoiy daftarlarda turishi shart degani emas! Yuqorida aytganimizdek, ushbu sun’iy to‘siq sababli ko‘plab xotin-qizlar ariza ham yubora olmayapti. Bu esa tavsiyanoma olgan xotin-qizlar sonining keskin kamayishiga sabab bo‘ldi. O‘tgan yili 30-maydan 7-iyunga qadar (9 kun) jami 20 ming 516 ta ariza kelgan, shundan 14 ming 99 nafar talabgorga tavsiyanoma berilgan edi. Joriy yilda esa arizalar qabuli vaqtliroq (15-maydan) boshlandi. Lekin mana shu yarim oy ichida atigi 10 mingta ariza kelib tushdi, shundan 8 mingta tavsiyanoma berildi. Bu o‘tgan yilgidan 6 mingga kam degani. O‘zi Prezident siyosati ehtiyojmand xotin-qizlarni ko‘proq qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’limga jalb etish ko‘lamini kengaytirish bo‘lib turgan bir paytda, bunday sun’iy to‘siq ushbu siyosatga zid bo‘lmayaptimi? Boz ustiga o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ehtiyojmand xotin-qizlarga beriladigan qo‘shimcha davlat kvotasi hajmi 2 barobarga oshirilib, 2 mingdan 4 mingga ko‘paytirilgan edi. Buyoqda esa biz kamroq kishiga tavsiyanoma beryapmiz. Agar bu shunday qolsa, unda joriy yilda tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari o‘ta keskin pasayadi. O‘zi o‘tgan yili ham kvota ko‘payishi hisobiga ballar keskin tushgandi. Bu degani 8 mingta tavsiyanoma olganlarning har ikkitadan bittasi davlat grantga kiradi, deganimi? Lekin masalaning boshqa nozik tomoni ham bor. Shu 8 ming kishi orasida grant uchun minimal talab bo‘lgan 68 ballni to‘play oladiganlar 4 ming kishi chiqarmikan, shudir masala? Yoki sun’iy to‘siq sababli joriy yilda kvota to‘lmay qolarmikan? Nizom bo‘yicha tavsiyanomalar uchun arizalar berish 8-iyunga qadar (7-iyun oxirgi sana) davom etishi kerak. Garchi Yagona portalning rasmiy sahifasi ehtiyojmand xotin-qizlardan tavsiyanoma uchun arizalarni 31-maygacha qabul qilamiz, deb e’lon bergani bilan, bu amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi. Arizalar qabulini 8-iyungacha yopib qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q. Xatoni to‘g‘rilash va qonunchilikka moslash uchun Qo‘mitada haliyam imkon bor. Tezroq ariza berishdagi sun’iy to‘siqni olib tashlab, ko‘proq xotin-qizlarni jalb qilish kerak. Butun O‘zbekistonda 6 ta toifaga mos keladigan ehtiyojmand xotin-qizlar atigi 8 ming nafar ekanligiga chin dildan ishonasizlarmi yoki? 👉 @xushnudbek 👈
1 533
‼️Qabul boshlanishiga 4 kun qoldi
#abituriyent
Qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich:
abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;
Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot universitetiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich:
abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?
Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, o’tgan yildan boshlab oltinchi yo’nalishni tanlash imkoni ham beriladi. Bunda tanlagan beshta yo’nalishiga o’qishga tavsiya etilmagan yoki testga kirib, yo’nalish tanlash esidan chiqqan abituriyentlar fanlar majmuasi to’g’ri keladigan va bali yetadigan oltinchi yo’nalishni ham tanlashi mumkin bo’ladi.
Shuningdek, o’qishga kira olmagan abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
1 533
Repost from N/a
+2
🏀Sport maydonchaga ovoz bering
📲
1 daqiqa vaqtingizni ayamang va Maymanoq qishlog'idagi 6-Maktab hududidan sport maydonchasi qurilishi uchun oʻz hissangizni qo'shing.
👉1-rasm: Respublikada top-10 eng koʻp ovoz yigʻgan mahallaga Universal sport maydonchasi.
👉2-rasm: 208 tumanlar (shaharlar) boʻyicha gʻolib boʻlgan mahallalarga Street workaut maydonchasi qurib beriladi.
Yoshlarimiz kelajagi uchun 1 daqiqa vaqtingizni ayamang 🤝
Ovoz berish uchun link:👇👇
https://tashabbus.sport.uz/vote/7/97/54494fa3-8382-41e1-a038-b4d2591fde8f1 533
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Bugundan Prezident maktablariga qabul boshlandi
Qabul 14-iyunga qadar my.gov.uz/uz/service/854 sahifasi hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Joriy o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan 4-sinf bitiruvchilari onlayn tarzda ariza topshirishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
1 533
Taklif va talablarga koʻra .
Biologiya fanidan 0 dan tayyorlanmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga !!!
Birinchi dars ..........
1.06.2026 yil sanasidan
Parvoz oʻquv markazida toq kunlari Ertalab 6:00 dan 9:00 gacha .
Yangi 0 guruhga qabul boshlandi ......
Shoshiling joylar cheklangan , yozgi taʼtilda biologiya fanidan 0 dan yuqori A+ darajagacha erishish imkoniyati .
Darslar Xidirov Dilshod tomonidan olib boriladi
Roʻyhatdan oʻtish uchun :
+998996675133
@DilshodXidirovBioMedik
1 533
+5
Boʻlajak Shifokorlar va Biologiya Ustozlari diqqatiga !!!
Dilshod Xidirov tomonidan 20-maydan Biologiya fanidan yangi Milliy Sertifikat guruhiga start beriladi.
Darslar juft kunlari
Dars vaqti. 15:00-19:00
Bu kurs qanday qulayliklarga ega 🤩🤩🤩
Kunlik yangi : 1-40 savollar va 41,42,43 yozma savollar va ularning tahlili . Haqiqiy Ms muhiti .
Biologiya maxsus yopiq guruhida har bir masala turi boʻyicha video dars va qulay yechimlar .
Har bir sinf boʻyicha murakkab testlar va ularning tahlili .
KUCHLI NAZORAT VA YUQORI NATIJA .......
Ro’yxatdan o’tish:
+99899 667 51 33
@XidirovDilshodBioMedik
1 533
+2
🚨 Ulgurib qoling! 🚨
Matematika fanidan DTM va Milliy sertifikat guruhiga qabul davom etmoqda. Darslar allaqachon boshlab yuborildi. 📚
⏰ Erta — 19-may kuni soat 06:00 da ikkinchi darsimiz bo‘lib o‘tadi. Siz ham ulgurib qoling, keyin kech bo‘lishi mumkin!
🔥 Joylar cheklangan!
⚡ Shoshiling va hoziroq qo‘shiling!
1 533
+3
Parvoz o‘quv markazida bugun o'tkazilgan olimpiada natijalari bilan tanishing.
