O'zbekiston Ekologik partiyasi
O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali: • www.ecouz.uz • Facebook.com/ecopartyuzb • Instagram.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy Murojaat uchun: • @ecopartyuzb_bot
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام O'zbekiston Ekologik partiyasi
کانال O'zbekiston Ekologik partiyasi (@ecopartyuzb) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 17 382 مشترک است و جایگاه 3 253 را در دسته سیاست و رتبه 4 657 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 17 382 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 31 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 8 994 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -41 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 10.57% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 8.37% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 1 838 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 456 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 372 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali:
• www.ecouz.uz
• Facebook.com/ecopartyuzb
• Instagram.com/ecopartyuzb
• YouTube.com/c/ecouz
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko'chasi, 2-G uy
Murojaat uchun:
• @ecopartyuzb_bot”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 01 اوت, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
O‘rganishlar davomida "Monshaqli" mahallasida faoliyat yuritayotgan "Kasanachi va hunarmandlar maktabi" da hunarmand Oltinoy Navbetova tomonidan qo‘y va tuya juni, shuningdek, ipak hamda shoyi matolardan tayyorlanayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari alohida qiziqish uyg‘otdi.Tajribali hunarmand o‘z shogirdlari bilan birgalikda qo‘y va tuya junidan mahsi, bosh kiyimlar, ipak va shoyi matolardan esa ro‘mol, jaket va kamzullar tayyorlab, ularning bozorgir mahsulot sifatida sotuvini yo‘lga qo‘ygan. Mahsulotlarning milliy an’analar va zamonaviy dizayn uyg‘unligida yaratilayotgani ularga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Ayniqsa, mazkur hunarmandlar maktabining ijtimoiy ahamiyati e’tiborga molik. Bugungi kunda bu yerda 15 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning o‘rtacha oylik daromadi 3–3,5 million so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va oilaviy farovonlikni mustahkamlashda hunarmandchilikning o‘rni beqiyos ekanini yana bir bor namoyon etmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
«Ayol bilan — yashil taraqqiyot sari» shiori ostida o‘tkazilgan mazkur sport-ekologik tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulchehra Tojiboyeva, partiya Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Islomjon Qo‘chqorov, viloyat partiya tashkiloti vakillari, mahalliy Kengash deputatlari hamda 250 nafarga yaqin ekofaol xotin-qizlar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi, atrof-muhit muhofazasi va ekologik madaniyatni yuksaltirish g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.Tadbirning rasmiy ochilish marosimida so‘zga chiqqan partiya vakillari bu kabi ommaviy sport tadbirlari aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish hamda ekologik ong va mas’uliyatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/892 ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Deputatlik so‘rovi natijasida "Gulobod" mahallasi aholisini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatildi. Shuningdek, elektr tarmog‘i kabellaridagi nosozliklar bartaraf etilib, elektr hisoblagichlari bilan bog‘liq muammolar ham hal qilindi.Tuman hokimi o‘rinbosarining javob xatida qayd etilishicha, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan bunday ishlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Fuqarolar murojaatini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
✅ Fuqarolarimizning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullar bilan birgalikda zarur yordam berishga harakat qilamiz.🔹 Shundan so‘ng “Qorachitol” mahallasida chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan oilalar xonadonida bo‘ldik. Bugungi kunda mahallada 157 ta xonadon chorvachilik orqali o‘zini o‘zi band qilgan. 📍 Mahalla aholisini qiynayotgan asosiy masalalardan biri internet tarmog‘i mavjud emasligi. Fuqarolar ushbu muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi. Mazkur muammoni hal etish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishlaymiz. Javlon Abdullayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS) tomonidan suv havzalari hamda kanallarni plastik chiqindilardan tozalash jarayoniga yangi samarali qurilma joriy etildi. Ushbu maxsus moslama suv oqimi bilan kelayotgan plastmassa va boshqa maishiy chiqindilarni tutib qolib, ularni belgilangan tartibda yig‘ib olish va qayta ishlashga yo‘naltirish imkonini beradi.Mazkur sodda lekin samarali yechim uchun Respublika agroxizmatlar markazi hamda Qishloq xo‘jaligi vazilgiga partiyamizning ko‘p ming sonli jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Zero, biz iste’mol qiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining toza va zararsiz bo‘lishi avvalo suvimizning tozaligiga bog‘liq. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 4 419 gektarni tashkil etadi. Shundan 1 979,29 gektari cho‘l hududlari, 2 439 gektari esa to‘qayzor maydonlaridan iborat. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda saksovul, yasin, aylant, o‘rik, jiyda va tut kabi daraxt turlarining ko‘chatlari yetishtirilib, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shilmoqda.
Shuningdek, xo‘jalik hududida 16 gektar maydonda 6 ming tup tut ko‘chatidan iborat plantatsiya ham barpo etilibdi. Yana 14 gektar maydonda 6 ming tup jiyda ko‘chati parvarishlanib, yanada ko‘paytirish maqsadida barcha zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mazkur ishlar nafaqat hududning yashil qoplamini kengaytirish, balki ekologik muvozanatni mustahkamlash, tabiiy resurslarni asrab-avaylash va kelajak avlodlar uchun sog‘lom atrof-muhit yaratishda juda muhimdir. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari doirasida mahallaning Sahovat ko‘chasida 4 kilometr piyodalar yo‘lakchasi hamda 5 kilometr avtomobil yo‘lini asfaltlash ishlarining boshlanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyihalar bayramni munosib kutib olish, aholiga yanada qulay sharoit yaratish va mahalla qiyofasini yanada obod etishga xizmat qilishi ta'kidlandi.Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan tikuvchi tadbirkor bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, ishlab chiqarish faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikrlar almashilib, taklif va mulohazalari tinglandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Uchrashuvda Prezidentimiz raisligida "Hudud va tarmoqlarda o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar" muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazildi.Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va amaliy yechimlar bildirildi. Masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegayli tumanida yashovchi Jiyenbek Juginisov ana shunday fuqarolarimizdan biridir. O‘z tomorqasida 1,5 sotiq issiqxona tashkil etib, poliz ekinlari yetishtirayotgan Jiyenbek akaning oilasi farovon, bugungi kunidan mamnun.Mazkur hududda aholining yashash tarzi, ularni qiynayotgan ijtimoiy masalalar, bandlikni ta’minlash, ekologik holatni yaxshilash borasidagi ishlarni o‘rganayotgan fraksiyamiz rahbari Abdushukur Xamzayev Jiyenbek Juginisov xonadonida bo‘lib, uning tomorqa dehqonchiligi bilan tanishdi. Partiya rahbari J.Juginisovga dehqonchilikni rivojlantirish va uning ortidan daromad manbaini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha ham fikr almashdi.
A.Xamzayev mahalla faollari bilan bo‘lgan suhbatda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" qizg‘in davom etayotgani, ushbu oylik doirasida mahalla ko‘chalari, ariq va zovurlarni tozalash, bir so‘z bilan aytganda mahallani obod qilish azaliy an’analarimizning bir qismi ekanligini alohida qayd etdi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O‘rganishlar davomida aholining kundalik hayotida uchrayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/891 ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan M. Otarbaev o‘z tomorqasida quyon, turli xil parrandalar, jumladan g‘oz, tuyaqush, qirg‘ovul, tovus hamda kabutarlarni parvarishlab, ularni ko‘paytirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. U ushbu faoliyati orqali oilaviy daromadini oshirib, boshqalarga ham o‘rnak bo‘lib kelmoqda.Medet akaning ta'kidlashicha, o‘zi homiylik qilayotgan kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga muntazam ravishda quyon va tuyaqushlarni beg‘araz hadya qilib, ularni chorvachilik va parrandachilikka qiziqtirish hamda qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
