cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Zooinjeneriya_news | ILM - NAJOTDIR

Zooinjeneriya fakulteti rasmiy kanaliga xush kelibsiz. Savollar va takliflar bilan @Sahobiddin_Xolmurod0v ga murojaat qilishingiz mumkin. https://instagram.com/zooinjeneriya_news https://www.facebook.com/zooinjeneriya.newss?mibextid=ZbWKwL

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
390
مشترکین
+124 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Xushnudbek.uz
❓Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi? #abituriyent 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi: 1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO) 2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO) 3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO) 4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO) 5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI) Boshqa olimpiadalar-chi? Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi. Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi. ‼️XULOSA: joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o’zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to’liq o’qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi. Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to’liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to’plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o’zlashtirishiga qaraladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) @magistrlarofficial @magistrlarofficial_group
نمایش همه...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
Repost from N/a
#Abituriyent #Qabul2024 ⚡️ Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar ✅ 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📱 Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi: ➖ fanlar majmuasi (barcha uchun); ➖ taʼlim tili (barcha uchun); ➖ test topshirish alifbosi (ta’lim tili sifatida o‘zbek tili tanlansa); ➖ test topshirish hududi (barcha uchun). ➖ kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish tanlansa). ❕ Bunda fanlar majmuasini aniqlash uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi abituriyent mazkur ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi (ta’lim yo‘nalishi test sinovlaridan so‘ng tanlanadi). Bu fanlar majmuasini aniqlash uchun abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. 🏀 Abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan OTMni tanlashi mumkin (test topshirish hududini tanlagani kabi). Bu abituriyent mazkur OTMga hujjat topshirganini anglatmaydi. 📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/BaholashUz/6628 ▶️ Videoqo‘llanmani youtube orqali HD formatda ko‘rish: https://youtu.be/IU_udMVbWBo — — — 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bir vaqtda iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi (imtihonning aniq sanalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi). ✅ Ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davom etadi va abituriyentlar tomonidan quyidagilar tanlanadi: ➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM); ➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish); ➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin); ➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri). 👨🏻‍🎓 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, mandat natijalari esa ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi. — — — ✅ Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlar uchun mandat natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ➖ kollej va (yoki) texnikum; ➖ kasb va mutaxassislik; ➖ taʼlim shakli. 📝 Kollej va texnikumlar uchun mandat natijalari bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi. 👉 @jtodilov 👈
نمایش همه...
👍 1
Repost from Edu.uz
10:03
Video unavailableShow in Telegram
#mutolaa
Jodugarning nonlari...
O'Genrining ushbu hikoyasida arxitektor bir nonvoy ayoldan har kuni non sotib oladi. Ayolning esa arxitektorga rahmi keladi, har kuni faqat non yeyavermasin deb, unga yaxshilik qilish maqsadida nonga sariyog’ surib qo’yadi. Ammo bu arxitektor uchun kutilmagan dahshat olib keladi. 📖Hikoyani o‘qish Hikoyani eshitish 👆 Hikoya audiosini Maftuna Ismoilova o‘qidi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
11mutolaa .mp422.85 MB
Repost from Samarqand sadosi
✅Test ishlanishga tayyor 🗒Test nomi: Yangi test 🔢Testlar soni: 15 ta ‼️Test kodi: 119 ⏰Test boshlanish vaqti: 10:00 ⏰ Test tugash vaqti: 18:00 Test javoblaringizni quyidagi botga jo'nating: 👉 @Sobirovtestbot 📌 Testda qatnashuvchilar quyidagi ko`rinishda javob yuborishlari mumkin: Test kodini kiriting va *(yulduzcha) belgisini qo'ying. To'liq 15 ta javobni ham kiriting.  Namuna: 119*abcdab... (15 ta)   yoki 119*1a2b3c4d5a6b... (15 ta)     ♻️Test ishlanishga tayyor! 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
نمایش همه...
Ma'rifatli kitobxon tanloviga test 05.06.2024.pdf4.59 KB
Repost from Samarqand sadosi
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️DIQQAT YANGILIK! 🇺🇿Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan yangi "Maʼrifatli kitobxon" loyihasiga start berilmoqda. Bunda: Jadidlar hayoti, ma'naviyat, adabiyot va tarix faniga doir bo‘lgan savollarni o‘z ichiga olgan testlarni belgilangan vaqt ichida yechishingiz kerak boʻladi. 🏆Loyiha davomida qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritishingiz mumkin. 🏃Shoshiling, vaqt chegaralangan! 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
نمایش همه...
Repost from Edu.uz
07:54
Video unavailableShow in Telegram
#mutolaa
O‘qituvchi odam bo‘lgan ekan...
Ilmiy-fantastik asarlari bilan mashhur yozuvchi Ayzek Azimovning mazkur kichik hikoyasi kelajak maktablari haqida. 1957-yilda chop etilgan ushbu hikoya voqealari uzoq kelajakda, aniqrog‘i 2155-yilda sodir bo‘ladi. U paytda allaqachon robotlar barcha sohalarni egallagan, jumladan, endi bolalarga o‘qituvchilar emas, balki robotlar dars o‘tayotgan bo‘ladi. Jajji qizaloq Mari akasi Tommi topib olgan eski kitobda bundan yuz yil oldingi maktablar haqidagi hikoyalarni eshitib, hayratga tushadi. Axir qanaqasiga, shunaqa maktablar ham bo‘lishi mumkinmi? 📖Hikoyani o‘qish Hikoyani eshitish 👆 Hikoya audiosini Maftuna Ismoilova o‘qidi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
1taaaa.mp418.74 MB
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#XUSHXABAR #xalqaro_reyting Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi. Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi. Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ikki universitet jamoasini oldiga qoʻygan maqsadlariga erishganlari bilan samimiy tabriklaydi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 1
⚡️⚡️Talaba-yoshlar turli jinoyatchillikka qarshi
Zooinjeneriya fakultetida talabalarni turli yot g'oyalardan saqlanishi va kiberjinoyatchilarning tuzog'iga tushib qolmasliklari bo`yicha davra suhbat tashkil qilindi. Unda rektor maslahatchisi Z.Shodmonov, universitet profilaktika katta inspektori, kapitan B. Nayimov, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i B.Sayitmurotov, hamda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Qurbonov va tyutorlar ishtirok etib talaba-yoshlarni turli yot g'oyalardan saqlanishlari va kiberjinoyatchilarning tuzog'iga tushib qolmasliklari bo'yicha qator tavsiyalar berib o'tilib talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
نمایش همه...
👍 1
Repost from Edu.uz
03:38
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. 👉Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
tg.mp47.00 MB
👍 1