cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

|Qashqadaryo Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|RASMIY

RASMIY| Ushbu kanalda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limidagi islohotlar yuzasidan targ'ibot axborotlari yoritib boriladi. Adminga murojaat: @Javohir2954444

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
554
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
-1130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Ta'lim maskanlarida Quvnoq startlar o'tkazilmoqda
2024 yil 2-fevral kuni Qarshi shahridagi 11-umumiy o'rta ta'lim maktabning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Malika Xasanova, 2 "G" sinf o'quvchilari bilan birgalikda rejada belgilangan quvnok startlar estafeta musobaqasini tashkillashtirdi. Musobaqada barcha o'quvchilar faol ishtirok etishdi va musobaqa yakunida g'olib jamoa tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
@Qashqadaryo_vxtb
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
📢DIQQAT TANLOV! Qashqadaryo viloyat hokimining 2024-yil 24-yanvardagi 57-4-0-Q/24-son qaroriga asosan Yoshlar oʻrtasida Amir Temur merosini keng oʻrganishga bagʻishlangan “Kuch-adolatdadir” shiori ostidagi “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” koʻrik-tanlovini oʻtkazish yuzasidan tanlov e'lon qiladi.
Mazkur tanlov viloyatimizda Amir Temur tavalludining 688-yilligini munosib nishonlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar oʻrtasida Amir Temurning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, yoshlarni ona yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha bergan topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilishi belgilangan.
🔴Tanlovning maqsadi nima? yoshlarda Amir Temur va temuriylar davriga boʻlgan qiziqish va eʼtiborni yanada oshirish; ajdodlar merosi va tarixni chuqur oʻrganishni burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish; yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib etish orqali, ularning taʼlim olishlari va oʻz bilim, isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish; harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yoshlar qalbida mustahkam boʻlishiga erishish, oʻz ajdodlaridan faxrlanib, ularga munosib boʻlib ulgʻayishi uchun zamin yaratishdir. 🔴Tanlovda ishtirok etish tartibi qanday? Tanlovda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yuqori sinf oʻquvchilari; professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari; mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar oliy taʼlim muassasalari oʻz xohishiga koʻra ishtirok etadi. ESLATMA! ❗️Tanlovni o'tkazish tartibi, muddati hamda amalga oshirish mexanizmi haqida tanishing 👉BATAFSIL👈 ——— Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_vxtb
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#YIL_SARHISOBI #REYTING
Avval xabar berilganidek, yil yakuni sarhisobi bo'yicha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi tuman(shahar) bo'limlarini media, OAV, ijtimoiy tarmoq sahifalarida yil davomida qay darajadagi faolliklari bilan tanishing👆. ——— Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_vxtb
نمایش همه...
Yangi yil bolajonlar bayrami. Qorbobo, Qorqiz, sovg‘alar... xullas bir olam taassurot, quvonch. G‘uzor tumanidagi 14-davlat maktabgacha talim tashkilotining katta guruh tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Yangi yilni kutamiz" deb nomlangan bayram dasturi о‘tkazildi. Bunda turli ertak qahramonlari, Qorbobo va Qorqizning chiqishlari bolajonlarga о‘zgacha quvonch baxsh etdi. Bolajonlar tomonidan ijro etilgan kuy va qо‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar, ajoyib raqslar ota-onalar hamda bayram dasturiga taklif etilgan mehmonlarini xushnud etdi. Ayniqsa, Qorbobo tomonidan bolajonlarga ulashilgan sovg‘alar bayramga yanada kо‘tarinkilik bag‘ishladi.
نمایش همه...
👍 2👏 1
CHIROYLI TADBIRLAR MASKANI Dekabr – bayramlar oyi. Koson tumanidagi 11-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida esa bayramlar о‘zgacha ruhda, chiroyli tashkil etiladi. Masalan, qishning dastlabki kunlarida bu bog‘chada “Mehrjon” bayrami ajoyib tarzda о‘tkazilgan bо‘lsa, bugun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. -Barcha tadbirlarda ishchi-xodimlar ham, tarbiyalanuvchilar ham sidqidildan tayyorgarlik kо‘rishadi, -deydi tashkilot direktori Muqaddas Xayrullayeva. -Balki bayram tadbirlarini chiroyli chiqishiga shu sababdir.
نمایش همه...
👍 1
CHIROYLI TADBIRLAR MASKANI Dekabr – bayramlar oyi. Koson tumanidagi 11-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida esa bayramlar о‘zgacha ruhda, chiroyli tashkil etiladi. Masalan, qishning dastlabki kunlarida bu bog‘chada “Mehrjon” bayrami ajoyib tarzda о‘tkazilgan bо‘lsa, bugun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. -Barcha tadbirlarda ishchi-xodimlar ham, tarbiyalanuvchilar ham sidqidildan tayyorgarlik kо‘rishadi, -deydi tashkilot direktori Muqaddas Xayrullayeva. -Balki bayram tadbirlarini chiroyli chiqishiga shu sababdir.
نمایش همه...
👍 1
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun! Ushbu sana munosabati bilan G‘uzor tumanidagi 14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida tadbir о‘tkazildi. Tadbirda bolajonlar Asosiy Qonunimizga oid ma’lumotlardan xabardor bо‘ldilar.
نمایش همه...
👍 1
Kuz – ranglar fasli. Yana bu faslda “Mehrjon” bayrami ham о‘tkaziladiki, bu ham bolajonlarni sevintiradi. G‘uzor tumanidagi 14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Mehrjon” bayrami о‘tkazildi. Tarbiyachilar Gulasal Hatamova hamda Dilrabo Vaxobova tashabbusi bilan о‘tkazilgan tadbirda bolajonlar kuz fasliga oid qо‘shiqlar, she’rlar aytishib, raqslar ijro etishdi.
نمایش همه...
👍 1
00:17
Video unavailableShow in Telegram
#kuz_ranglari 🦊Kuzgi yaproqlardan tulki yasaymiz. "Tulki" applikatsiyasi barglar va minimal qo'shimcha materiallar yordamida yaratiladi. Tulki, albatta, haqiqiyga juda o'xshash bo'lib chiqadi, chunki yilning shu davrida bargning rangi o'rmon hiylakorining mo'ynali kiyimiga to'liq mos keladi. 🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁 #краски_осени 🦊Делаем лису из осенних листьев. Аппликация из осенних листьев "Лиса" создается с минимумом дополнительных к листьям материалов. Лиса обязательно получится очень похожей на настоящую, потому что цвет природного материала в это время года как раз соответствует шубке лесной плутовки.
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#pedagoglar_uchun #tarbiyachilar_uchun DIDAKTIK O'YIN (barmoqlar gimnastikasi) O’ng qo’limda besh barmoq, (O’ng qo’l barmoqlarini ko’rsatiladi) Besh og`ayni besh o’rtoq. (O’ng qo’lidagi barmoqlarni musht qilib yopib, song ochiladi. 2–3 marta) Narsa ushlash, olishda, (Musht qilib tugilgan qo’llardan bosh va ko’rsatgich barmoqlar ochiladi) Yordam berar har ishda. (O’rta, nomsiz, jimjiloq barmoqlar novbat bilan ochiladi) Yo'q ular bilmagan ish, (Musht qilinadi) Bir, ikki, uch, to’rt, besh. (Barmoqlar sanoqqa mos tarzda ochiladi) @ilkqadam_jurnali
نمایش همه...