cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: [email protected]

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
10 669
مشترکین
-2624 ساعت
-3387 روز
-1 98030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

EERTAGA AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIXONLARI BOSHLANADI Joriy yil 4-9 iyul kunlari mazkur ta'lim tashkilotlariga Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kirish imtixonlari o'tkaziladi. Qo'shimcha axborot beriladi. @Qashqadaryo_MMTB
نمایش همه...
Qashqadaryolik o'quvchilar chempionatda yuqori natijaga erishdi
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport majmuasida 2024-yil 13-15-iyun kunlari sportning Taekvondo WT bo‘yicha kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etgan chiroqchilik sportchilar yuqori natijalarni qayd etishdi. 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Luiza Xushvaqtova +42kg vazn toifasida musobaqaning II o‘rinni band etgan bo'lsa, 61-maktab o‘quvchisi E’zoza Eshonqulova 38kg vazn toifasida musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi. Taekvondo WT bo‘yicha kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlarida ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan sportchining kelgusi ishlariga omad tilab, tuman hokimligi va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining esdalik sovg‘alarini tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Farxod Jumanov topshirdi. @Qashqadaryo_MMTB
نمایش همه...
🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ijod_maktablari 📣📣📣📣📣 🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI. ✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi. ⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-, 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 8-, 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #call_markaz ⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA. 📥 2024/2025-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan. Shundan: ➖Prezident maktablariga 62 062 ta; ➖Ijod maktablariga 5 512 ta; ➖Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42 785 ta; ➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga 134 019 ta. 📊 Hozirgi kunda "Qabul-2024" jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda tashkil etilgan 1206 qisqa raqamli call-markazga bir paytning oʻzida minglab murojaatlar boʻlayotganligi sababli ushbu raqamga bir martada bogʻlana olmasligingiz mumkin. 📶 Shu sababli 1206 qisqa raqamiga qaytadan qoʻngʻiroq qilib savollaringizga batafsil javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! 📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. 📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. ✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 2
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Qarshi tumanning Batosh mahallasida ham targ’ibot tadbiri o’tkazildi Batafsil ——— ✅ “Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги” доирасида Қарши туманнинг Батош маҳалласида ҳам тарғибот тадбири ўтказилди Батафсил ——— Telegram | Website | Facebook | Youtube
نمایش همه...
#"Entry ijodkorlik" onlayn tanlovi "ROBOTICS WARE" tashkiloti hamda Maktabgacha va maktab ta'limi huzuridagi "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi hamkorligida òtkazilgan "Entry ijodkorlik" tanlovining 12-14 yosh toifasida G'uzor tuman U.Uvatov nomli 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi  7-"E" sinf o'quvchisi va Informatika fani to'garak a'zosi Haydarov Javohir 1-òrinni egallagani uchun  tanlov tashkilotchilari tomonidan yuborilgan I darajali DIPLOM  hamda maxsus sovģalar topshirildi.
نمایش همه...
🔥 2
#Vazir_soati Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohaga doir qator masalalarga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Xususan, “maktab–ota-ona–mahalla” tizimini joriy etish, yangicha o‘qitish va baholash uslubini qo‘shimcha 1 000 ta maktabda tashkil etish, poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo ta’limi forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi. ✔️Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, o‘tgan haftada Davlatimiz rahbariga ta’limi sifati hamda pedagoglar malakasini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti qilinganligini aytib o‘tdi. ❕ Qayd etilganidek, ta’lim sifatini oshirish, eng avvalo, pedagoglarning bilimi va malakasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yagona va yaxlit tizimini joriy etishga qaratilgan tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududlarda Pedagogik mahorat markazlari tashkil etilmoqda. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1661 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kunlik_statistika ⏰ 1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 481 005 ta (2024-yilning 1-iyul holatiga). Jumladan: ➡️maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 432 938 ta. ✔️ Bu yil respublikamiz bo’yicha 719 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan. ❕ Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin. #ежедневная_статистика ⏰ Общее количество поступивших заявок по микро-району, прикрепленному к приему 1 класса - 481 005 (по состоянию на 1 июля 2024 года). В том числе: ➡️количество принятых школами заявлений - 432 938. ✔️ В этом году планируется принять более 719 тысяч детей школьного возраста по республике. ❕ Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04. 🌍 mymaktab_uz Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
👍 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.