fa
Feedback
Josh*Developer

Josh*Developer

رفتن به کانال در Telegram

IT blog of: Umar Sadullayev Senior Software Engineer @ EPAM Google Developer Expert Founder of @vector_academy_uz Reklama: @joshdeveloper_ad Shaxsiy: @umar_shares

نمایش بیشتر
4 827
مشترکین
-324 ساعت
-137 روز
+2030 روز
آرشیو پست ها
Stol tennisga qiziquvchi dasturchilar va boshqalar uchun "Community chat" ochdim. Hamma qo'shilishidan umidvorman :) Sportga kim qarshilik qiladi? 😉 Link: https://t.me/pingpong_dev_chat #pingPong @JoshDeveloper

Ochilishimizga sanoqli kunlar qoldi, inshaaAlloh. Yaqin kunlarda stol tennis klubiga borishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, shoshmay turing 😉 https://t.me/pingpong_dev/6 @JoshDeveloper

Stay tuned... 😉 Hazil emas :)

Stol tennis dasturchilarga foydami? Kompyuterda ko'zim og'riydi. Stol tennis ozgina o'ynasam, darrov ketadi. Buning sababi ko'z qorachiqlari aktiv harakat qilishida ekan. Bir joyda o'tirish muommosiga ham ko'p foydalari bor. Xullas, sog'liq uchun foydali jihatlari ko'p 🙂 "Stol tennis club ochamizmi?" deb o'ylab qoldim, nima deysizlar? 😎 #stolTennis @JoshDeveloper

Stol tennis o'ynashga qiziqasizmi?
Anonymous voting

Frontint.uz kursimizni hamma tarifiga 45% chegirma ochildi. Pro: 550 000 so'm -> 302 000 so'm ✅ Premium: 690 000 so'm -> 379 500 so'm ✅ #chegirma @JoshDeveloper

"Angular: The Documentary"ni treyleri chiqibdi. To'liqini ham kutib qolamiz. Link: https://youtu.be/nONHcxn3giQ?si=gTrk8DnaTrOuwQor #angular @JoshDeveloper

Futbolga qiziqmanglar degandim-a... Uxlanglar endi 🥲

Angular vacancies Biz yana ham kengayyapmiz. Angular'chilar kerak yana. Link mana buyerda. "Green White Solutions" kompaniyasi ham Angularchi qidirayotgan ekan, kanalda e'lon qilib berishimizni so'rashgan edi. Ularning vakansiyasiga link: mana #vacancy #angular @JoshDeveloper

Code is like humor. When you have to explain it, it's bad. © Cory House Tarjima: Kod bu hazilga o'xshaydi. Agar uni tushuntirishga majbur bo'lsang, bu yomon.
Ya'ni, kodingiz nima qilayotgani bir o'qishda tushunarli bo'lmasa, demak bu yomon kod. #quote @JoshDeveloper

#tableTennis Bugun "Vector IT Academy" o'quvchilari bilan dars o'rniga stol tennis "bosvordik" 😉 #fun @JoshDeveloper

Bu safar ham shu CSS saytini foydasi tegdi. Tekinga reklama qilishga arziydigan sayt 😉 Clippy: https://bennettfeely.com/clippy #tavsiya #css @JoshDeveloper

"Credit house" kompaniyasi Dasturlash kanalimda bu mavzu ochilishi biroz noo'rindir, ammo o'zimda bo'lgan voqea bilan ulashmoqchiman. 2 yilcha oldin bo'lib to'lashga, nasiyaga, uy olganmiz investor kompaniya orqali. Shu kompaniya nomi "Credit house". Shuncha muddat o'tsada, asosiy quruvchi kompaniya aybi sabab uy bitmadi. Biz esa pulimizni qaytarib olishga qaror qildik. Qonuniy ravishda ariza yozdik va pul qaytarish kunini belgiladik. Salkam 3 oy. Arizani Avgust oyida yozgan bo'lsak, mana Yanvarda to'liq qaytarib oldik pulimizni. Ya'ni kelishilgan muddatdan deyarli 2 oy vaqt bizni sudrab yurishdi. Telefon qilsak ko'tarishmay, ko'tarishsa ham, "bugun tushadi", "ertaga tushadi" deb shuncha muddat asab-miyyamizni yeyishdi. O'zimizni pulimizni ola olmasak a? Bu post esa bu kompaniya bilan ishlashdan oldin sizlarga eslatma qilish uchun yozildi. Kompaniya firibgarmi? Umuman olganda yo'q, pulimizni berishdi. Ammo, uy ham yo'q, ustiga ustak o'z pulimizni shuncha qiynalib, yugurtirib berishdi. Demak, 100% ishonchli va shaffof ham emas. Orada inflyatsiyani hisobga olsak, biz minusga kirdik. Narxlari ham juda qimmat bularni. Postni yaqinlaringizga ulashing, shu bilan hech yo'q bizni ketkazgan asablarimiz o'rni to'lsa🙂 #eslatma @JoshDeveloper

Ta'ziya Yaqindan tanish bo'lmasamda, dasturlashga va ayniqsa Linux dunyosiga kirishimda o'z guruhlarida ko'p yordami tekkan bir kuchli dasturchi akamiz vafot etibdilar (Shukurulloh aka, kanallari: @vodiylik) Alloh u insonni rahm qilsin, kechirsin. Oxiratlari obod bo'lsin. #taziya @JoshDeveloper

"Adobe" kompaniyasi "Figma"ni sotib oldi deb yuribman. Unday emasmi? Lekin dasturi ishlashidan sotib olganga o'xshayapti-da. #qiziq @JoshDeveloper

Sizlarda ham Figma juda sekin ishlayaptimi shu oxirgi 6-8 oylikda ? "Adobe" sotib olib ish buzdi-da... #figma @JoshDeveloper

Qancha muddatdan beri dasturlash sohasidasiz?
Anonymous voting

JavaScript 0 dan o'rganayotganlar bo'lsa, bir shogird ukamiz kanalcha ochibdilar. O'rganayotgan narsalarini ulashib boryaptilar. Marhamat: https://t.me/samariddin_dev #js @JoshDeveloper

Intervyu o'z nihoyasiga yetdi. Qatnashuvchilarga katta rahmat aytamiz. Ko'ra olmaganlar bo'lsa link mana: https://www.youtube.com/live/BoKytqQUdjU?si=RHYg7xz2QqpuRLFR #interview @JoshDeveloper

Bir necha daqiqalarda boshlaymiz…

Josh*Developer - آمار و تحلیل کانال تلگرام @joshdeveloper