Umar Sadullayev | Blog
Ir al canal en Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Mostrar más5 039
Suscriptores
-124 horas
-67 días
-3730 días
Archivo de publicaciones
Foydali linklar:
1. Bepul o'quv markazlari va darslarni qidirayotganlar uchun: LINK
2. React component'ni Angular'da ishlatish qiziq bo'lsa: LINK
#foydali
@JoshDeveloper
Arafa va kelayotgan Hayit bayramingiz muborak bo'lsin. Ushbu yil ham hammaga barakali bo'lsin.
Ramazon hayitidan bir kun oldin "Arafa muborak" deb yuboradiganlar, endi yuboravering bemalol 😅
#tabrik
@JoshDeveloper
Code review jarayoniga AI qo'shishmadimi hali?
Juda bir kerakli ish bo'lar edi.
#ai
@JoshDeveloper
O'zim uchun katta xushxabarni ulashmoqchiman 🙂
Allohni izni bilan o'z uyimizga ko'chdik. Alhamdulillah.
Uy olishda yordam bergan insonlarga(ayniqsa shunday paytda qarz berganlarga), ota-onamga katta rahmat aytib qolaman.
Suyunchi puli tashlayman deysizmi? 🌚
Mana:
5614 6885 1817 9907
#Alhamdulillah
@JoshDeveloper
Angular 20 versiyasi chiqibdi 🔥️️️️️️
Qiziquvchilar uchun link:
https://blog.angular.dev/announcing-angular-v20-b5c9c06cf301
#angular
@JoshDeveloper
CORS sizning Backend'ingizni begona "origin"lardan himoya qilishiga ishonasizmi?
Code editor'ingizda Light theme ishlatasizmi yoki Dark theme?
Angular'ni rasmiy sahifasi Youtube blogimizga a'zo bo'lgan ekan ⚡️🤩
Aftidan Youtube'da yana kuchli kontentlar qilish payti kelayotgan ko'rinadi 🙂
#youtube
@JoshDeveloper
Maktabni bitirganlarga tavsiyam:
Do'stlarni filtrlash payti keldi. Foydasidan zarari ko'p bo'lgan hamma do'stlaringizni choping.
Ilmga sho'ng'ing. Mevasini olasiz, Xudo xohlasa. Do'stlar esa shu yo'lda yangilanadi, yaxshilanadi.
#tavsiya
@JoshDeveloper
23 daqiqa, 15 soniya ⏳
Dasturchi sifatida ayta olamanki, ishimiz chuqur diqqat(deep focus) talab qiladi. Tashqi sabablar tufayli chalg'ishimiz esa bu diqqatni buzadi.
Chalg'iganimizdan keyin "deep focus"ga qaytishimizga 23 daqiqa, 15 soniya ketar ekan. Tasavvur qilyapsizmi? Biz odatda har 15 daqiqada chalg'iymiz. Demak, "deep focus"ga kamdan kam kirar ekanmiz.
Maslahatim, birovni chalg'itmang, o'zingizni chalg'itadigan omillarni esa uzoqlashtiring.
Buni sizni ko'p chalg'itadigan tanishingizga yuboring ✈️
#deepFocus
@JoshDeveloper
Weekend'ni ertaroq boshlab yubordik 🏓🙂
"Ping pong dev" endilikda kechki 02:00 gacha ishlamoqda. Kelaverasizlar 🙂
#pingpong #hobby
@JoshDeveloper
Frontend arxitekturasi haqidagi kursimni qanday ko'rinishda chiqarishni o'ylayapman.
1. Video dars
2. Jonline
Fikringizni qoldiring 👇
#course
@JoshDeveloper
Over-complexity
Loyihaga qo'shilganimga ko'p bo'lib qoldi. Ammo, kodlarga tushunishda biroz qiyinchiliklar bo'lyapti. Sababi esa, sodda narsalarni ham juda og'ir darajada qiyinlashtirib yozilgani. Backend'chilar Frontend yozishibdi 🙂
Biror narsani tez hal qilaman deb yoki dinamik ishlaydigan qilaman deb ko'pincha shunday kodga aylantirib qo'yishadi. Qayerdan nima kelayotganini bilmay o'tiraveradi kishi.
Oltin qoidani aytaymi?
Loyihangizda quyidagi uchta narsani ajratib oling:
UI, Logic va Data.
Ulashishni unutmang ✈️
#tips
@JoshDeveloper
Senior Frontend'chilarga intervyu savoli:
Yangi loyiha boshlayapsiz. Kod sifatini yaxshi ushlab turish uchun qanday qadamlardan foydalanasiz?
#interviewQuestion
@JoshDeveloper
Ushbu kompaniya juda "mashxur" bo'lib ketgan ko'rinadi.
https://t.me/r_kusherbayev/9840
Ishonasizmi? Pulimizni zo'rg'a olganmiz, olishimizdan salgina o'tib shunday xabarlar tarqalib ketdi. Yuzlagan odamlar pulini ololmay yuribdi.
Azizlar, ehtiyot bo'linglar. Ayniqsa katta summali masalalarda.
#thoughts
@JoshDeveloper
Mockint.uz loyihasini egasiga ham topshirdik.
Anchadan beri rejalar qilib kelayotgan ekanlar shu loyihamizga. Ma'qul keldi.
Endi loyihani kuzatishni boshlaymiz, @mockint kanaliga obuna bo'lib qo'ysangizlar bo'ladi.
Kim oldi deb ko'pchilik qiziqyapti. Bloglari bor ekan kichik, shuni qoldirib ketaman 🙂
Mana: @abbosbek_software_engineer
Ishlarda omad 🙂
#mockint
@JoshDeveloper
Qanday Soft skill’lar deysizmi?
Leadership, Problem-solving (biznesdan kelib chiqib), Communication, Mentoring, Interviewing, Creativity, Responsibility va hkz
#softSkills
@JoshDeveloper
Soft skill’lar borgan sari kuchli talab ostida qolyapti.
Hard skill’lar Sun’iy intellektda ham bor. Soft skill’larni ko’proq rivojlantiring.
#thoughts
@JoshDeveloper
