fa
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

نمایش بیشتر
4 797
مشترکین
-624 ساعت
-307 روز
-2130 روز
آرشیو پست ها
Agar siz hali ham kanal menyusi haqida bilmasangiz yoki avalgi maqolalarimni qidirayotgan bo'lsangiz, marhamat qilib 'pin' qilib qo'yilgan postga o'tishingiz mumkin. Izlayotgan mavzuyingiz uyerda bo'lmasa, post kommentiga taklifingizni qoldiring. @JoshDeveloper

Keyingi maqolam "Unit Testing" haqida bo'lishiga nima deysiz ?
Anonymous voting

Bilarmidingiz ? - Sizning ijtimoi tarmoqlardagi profillaringiz faqatgina siz uchun emasligini ? - Siz insonlar orasida bo'lganingizda tilingizdan chiqayotgan so'z, qilayotgan har bir harakatingiz, faqatgina o'zingizniki emasligini ? Siz insonlar orasida ekansiz, tilingiz o'rganib qolgan bema'ni va behayo so'zlarni ishlatolmaysiz. Ishlatishingiz ham mumkin emas. Nega ? Chunki bu o'rinda sizning tilingiz nafaqat sizning o'zingizga ta'sir qiladi, balki atrofda eshitgan barchaga. Ha, sizning birgina behayo so'kinishingiz nafaqat sizga gunoh chorlaydi, balki sizni eshitgan va shu behayo so'zlaringizni bir marta bo'lsa ham ishlatib qo'ygan insonlarga ham gunoh chorlaydi. Hali bu hammasi emas, siz hammani gunohi o'ziga deb hisoblashga shoshilmang, balki siz o'rgatib qo'ygan shu so'z yoki biror gunoh amalni qilgan insonlar sizga o'zlari olgan gunoh mislichalik gunohni sizga yuborib turadi. Bu hayotimizdagi jamoat joylarida o'zingizdan gunoh amal qoldirmasligingiz uchun bir eslatma edi. Endi esa, ijtimoi tarmoqqa o'tamiz. Siz ijtimoi tarmoqdagi qaysidir profilingizga biror gunoh amalni yuklaysiz. Bu ikki nomahramni qo'l ushlashib turishidan tortib, ochiq oydin faxsh gunohlargacha, xullas barcha turdagi gunoh amalni surati yoki videosi bo'lsin. Endi shu qo'ygan rasm yoki video faqat sizga tegishli deb hisoblaysizmi ? Yo'q! Bu narsalar hammaniki. Siz esa o'rtada tarqatuvchisiz xolos. Aytaylik siz ikki nomahramni xarom munosabatini profilingizga qo'yasiz. Buni bir yosh yigit ko'radi va havas qiladi. Ertaga Alloh shu yigitni sinash uchun oldiga bir nomahramni chiqarib qo'ysa, shu yigitga qilgan kichkinagina ta'siringiz shu yigitga turtki bo'ladi. Oxir oqibat shu havas qilgan holga tushadi. Xo'sh, bu yigit qilgan gunohga endi faqat o'zi javob beradimi ? Yoki qo'shtirnoq ichidagi da'vatingiz sababli sizham gunohkor bo'lasizmi ? Endi, shu ikki misol o'laroq yana bir misol. Bir yigit jamoat joyida go'zal ahloqli va go'zal so'zli bo'ldi. Uni ko'rgan insonlar unga qarab o'zlarini to'g'irlab oldilar. Xo'sh ular va yigit qilgan savobni faqat o'zlari oladimi ? Ha olishadi, ammo qo'shimchasiga haligi yigitga qolgan odamlar qilgan savob mislicha savob ham keladi. Internetda ham shunday, siz bir yaxshilikka chorlovchi hadis yoki hikmatli gap yoki surat qo'yasiz. Buni men o'qiyman va ibratlanaman. Xo'sh, shu da'vatingizdan keyin yaxshilik qilgim kelib qilsam, savob faqat men uchunmi yoki siz ham sherik bo'lasizmi ? Bu juda oddiy :) Agar siz bir oyda 100 ta odamga yaxshilik ulashsangiz, 100 ta odam qilgan yaxshilik ular shu ishni har qachon qilsalar ham sizga kelib turadi. Xatto siz o'lib ketsangiz ham , qoldirgan ilmingizdan savob kelib turadi. InshaaAlloh. Aql yurgizing. Alloh bizni, to'g'ri yo'lda sobitqadam va to'g'ri yo'lga chorlovchi bandalardan qilsin. Jum'a muborak azizlar. @JoshDeveloper

Suhbatga qanday tayyorlanaman? Bu savolni juda ko'pchilik o'ziga bergan. Oliygoh, o'quv markaz, onlayn kurslarni tamomlaganda
Suhbatga qanday tayyorlanaman? Bu savolni juda ko'pchilik o'ziga bergan. Oliygoh, o'quv markaz, onlayn kurslarni tamomlagandan so'ng eng qiyini bu - birinchi ishni topish. Shu muammoni yechish maqsadida Mohirdev platformasi EPAM System kompaniyasida Middle dasturchisi va shu bilan birga ko'pchilikka foydasi tegayotgan telegram kanal muallifi Umar Sa'dullayev bilan vebinar tashkil qilmoqda. "Ishga joylashish suhbatida nimalarga tayyor bo'lish kerak?" mavzusida bo'lib o'tadigan vebinarda ishga kirish bo'yicha muhim tavsiyalar, resume tayyorlash bo'yicha yo'l-yo'riq va suhbatga tayyorlanishda nimalarga e'tibor berilishi kerakligi haqida to'xtalib o'tiladi. ⏰ Suhbat 23-yanvar, soat 18:00da Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi. LINK: https://www.youtube.com/c/Mohirdev

Siz necha marta ishlardan rad javobi olgansiz ?
Anonymous voting

Siz necha marta ishlardan "reject", rad javobi olgansiz ?
Anonymous voting

Xo'sh, Yanvar oyi intervyusidagi ishtirokchimiz haqida fikrlarim bilan bo'lishsam: Temurbek aka dasturlashga kirganlariga juda oz muddat(adashmasam 6 oy) bo'lishiga qaramay, JavaScriptda yaxshi bilimga ega ekanlar. Ko'p savollarga yaxshi javob berdilar. Ammo, ayrim juda muhim bo'lgan savollarni ba'zilarini bilmadilar, ba'zilariga yetarli javob bera olmadilar. Video oxirida bu mavzularga birma-bir to'xtalib o'tganligim tufayli buyerda yozib o'tirmadim. Muomala madaniyati ham me'yorida. Maslahat berardimki(hammaga) intervyu jarayonida jim bo'lib qolmaslikni va nima haqida o'ylayotganingizni Interviewer bilan maslahat qilishni. Yozayotgan narsangizni ham tushuntirib turishni, nima yozayotganingizni aytib borishni ham maslahat beraman. Biror algoritmik savol berilgan taqdirda, birdaniga kod yozishga emas, balki o'z fikrlaringizni jamlab olishni ham maslahat beraman. Agar ushbu intervyu haqiqiy ish intervyusi bo'lganida, Temurbek akaga 1-2 oy vaqt ichida bilimlarini qayta mustahkamlash sharti bilan Junior darajasiga ishga qabul qilgan bo'lar edim. Umuman olganda Temurbek aka juda yaxshi qatnashdilar. Omad :) @JoshDeveloper

Intervyudagi savollar siz uchun qiyinlik darajasi qanday bo'ldi ?
Anonymous voting

JavaScript bo'yicha bu oygi intervyumiz videosi boshlandi. Marhamat. Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=Te5yogobBbE @JoshDeveloper

Xalqimiz orasida ko'pchilikni aldab pulini yechib olayotgan jinoiy guruhlar ko'payib bormoqda. Afsuski shunaqa xaromxo'rlar ko'payib borayotgani hammani sergaklikka chorlaydi. Xususan yaqinda bitta "aqlli" kelib-kelib mani aldamoqchi bo'ldi😄(Ahmoq). Ho'p, bizku dasturchilar tushunamiz, ammo qolgan yaqinlarimizchi ? Subyektiv nomli loyiha bu haqida ajoyib video ishlabdi, yaqinlarimizni ogohlikka chaqirsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4CUqbn7TYYs @JoshDeveloper

Diqqat! JavaScript'dan yangi ishtirokchi bilan bo'lgan videoni ertaga 16-yanvar soat 14:00'da Youtube kanalimda birgalikda ko'rishimiz mumkin bo'ladi InshaaAlloh. Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=Te5yogobBbE @JoshDeveloper

"JavaScript'da Async/await" deb nomlangan maqolamni yozib tugatdim Alhamdulillah. Shu bilan Asinxron JavaScript maqolalar ketma-ketligi ham tugadi. Maqola linki 👇. JavaScript'da Async/await @JoshDeveloper

Agar siz hali ham kanal menyusi haqida bilmasangiz yoki avalgi maqolalarimni qidirayotgan bo'lsangiz, marhamat qilib 'pin' qilib qo'yilgan postga o'tishingiz mumkin. Izlayotgan mavzuyingiz uyerda bo'lmasa, post kommentiga taklifingizni qoldiring. @JoshDeveloper

JavaScript'dan qaysi mavzuda maqola yozishni o'ylayapman. Promise async/await mavzusini tugatib qo'yishim ham kerak. 🤷‍♂️😁 Bundan keyin qaysi mavzu bo'yicha maqola yozishimni xohlaysiz ? Kommentga fikringizni qoldiring 👇. @JoshDeveloper

Quyidagi savol-javobni barcha - Musulmonlarga so'z bilan, kuch bilan va boshqa holatlar bilan ozor beradigan insonlar o'qisa juda yaxshi ish bo'lardi. savol-javobda Musulmon insonning Alloh huzuridagi qadri, Musulmon insonni qalbini og'ritish gunohi va boshqa masalalar yoritilgan. Marhamat: https://t.me/savollar_kanal/21694 @JoshDeveloper

Yana bir Jum'aga yetkazganiga Allohga hamdlar bo'lsin. * * Jum'a muborak Azizlar. 🌙 * * @JoshDeveloper

Asosiy kompyuteringizni markasi qanday ?
Anonymous voting

Tafsiri hilol kitobini o'qir ekanman, Furqon surasi, 3-oyatdagi ushbu Butparastlik haqidagi tafsirni o'qib, beehtiyor kulib yubordim. Albatta ba'zilar uchun yig'lashga arzigulik so'zlar bular. « ...Boshqalarga foyda yoki zarar yetkazish u yoqda tursin hatto o’zlariga ham na foyda va na zarar yetkaza olmaydigan narsa va shaxslar qanday qilib xudo bo’la oladilar? Butga cho’qinayotganlarning but «xudo»lari o’zlariga foyda yoki zarar yetkaza oladimi? Ustiga pashsha o’tirsa, hayday olmaydi-ku, qanday qilib Xudo bo'ladi? Molga sig’inayotganlarning «xudo»sini birovlar bilmay so'yib qo’ysa "Xudomizni so’yib qo’yibsan" deb qirpichoq bo’lib, qirg’inbarot urush qiladilar-ku, ammo birovning qo’lida so’yilib ketgan sigir ularga qanday qilib xudo bo’la olishini o’ylab ko'rmaydilar" @JoshDeveloper

Diqqat. JavaScript bo'yicha Yanvar oyidagi intervyu videosi 16-17-yanvar kunlaridan birida inshaaAlloh chiqadi. Video YouTube kanalimizga joylanadi. InshaaAlloh. Ortiqcha yuklama va ishlarni oldini olish uchun bu oy ham live qila olmasak kerak. Tayyor turing! Videoda berilgan har bir savolga birinchi o'zingiz javob berib ko'rishingizni maslahat beraman. Chunki savollar osmondan olinmadi, balki intervyularda aniq tushadigan savollardan kelib chiqib tuzilgan. Fevral oyi intervyusi uchun so'rovnoma oy oxirlarida bo'lib o'tadi. InshaaAlloh @JoshDeveloper

Dunyo hayoti haqida ajoyib videorolik. Marhamat ko'ring. https://youtu.be/GE29zmac_94 @JoshDeveloper