Umar Sadullayev | Blog
رفتن به کانال در Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
نمایش بیشتر4 797
مشترکین
-624 ساعت
-307 روز
-2130 روز
آرشیو پست ها
VS Code'da tez ishlash bo'yicha juda ajoyib video.
Hamma narsaga sichqonchani ishlatgan ko'ra, tezroq usullarini o'rganib oling.
Marhamat.
https://youtu.be/ifTF3ags0XI
@JoshDeveloper
Quyidagi postni barcha - Musulmonlarga so'z bilan, kuch bilan va boshqa holatlar bilan ozor beradigan insonlar o'qisa juda yaxshi ish bo'lardi.
Postda Musulmon insonning Alloh huzuridagi qadri, Musulmon insonni qalbini og'ritish gunohi va boshqa masalalar yoritilgan.
Marhamat: https://t.me/savollar_kanal/21694
@JoshDeveloper
Azizlar,
Maktab paytidagi sinfdoshim o'zining o'quv markaziga asos soldi.
To'g'risini aytsam bu meni juda quvontirdi, chunki 19-20 yoshli inson uchun bu yaxshi natija bizda.
Kimda-kim o'qimoqchi bo'lsa, ushbu e'lonni ko'rishingiz mumkin: https://t.me/UstozShogirdSohalar/6990
Alloh barokatli va xayrli ish qilsin, O'zi oson qilsin deb qolamiz 🤲.
@JoshDeveloper
Metaverse
Meta bu, biz yashayotgan dunyo bilan bog'langan, haqiqiy dizayn va iqtisodiy muhitga ega bo'lgan virtual reallikdagi ijtimoiy tarmoqdir.
Oddiy ijtimoiy tarmoqlardan farqi bu olam endi faqatqina 2D olamdagi suhbatlar, yozishmalar, videoqo'ng'iroqlar va o'yinlar bilan cheklanib qolmaydi.
Siz ko'zoynakingizni kiyasiz va virtual olamdagi uyingizda paydo bo'lasiz, bu olamda endi siz uchun deyarli uddalab bo'lmaydigan ishni o'zi bo'lmaydi. Do'stlaringiz Antarktida yoki Afrikadan bo'lmasin ular bilan ko'risha olasiz, birga sayr qilishingiz yoki basketbol o'ynashingiz ham mumkin. Endi Anglya yoki Ispaniyaga finalni ko'rish uchun borishga hojat yo'q, uyingizda o'tirib ham xuddi stadionda o'tirganday buni tomosha qila olasiz. Virtual pul ishlab uni sarflasangiz ham bo'ladi, uyingizga ham olib kelib berishadi, xattoki boshqa bir foydalanuvchiga uylansangiz yoki turmush qursangiz ham bo'ladi 🤭.
Xozirda Virtual 3D olam ustida ko'plab kompaniyalar ish olib borishmoqda, masalan Meta, Apple, Microsoft, Alibaba, Nvidia...
Yaqin kelajakda bu sodir bo'lsa albatta buning afzalliklari judayam ko'p bo'ladi InshaaAlloh, iqtisodiyotga o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi, onlayn haridlar, video o'yinlar, muhandislik, ishlab chiqarish va hokazo. Salbiy taraflari ham anchagina bo'lishi mumkin masalan, gollivud filmlaridagidek odamlarning virtual olamga o'rganib qolishi, chiroyli yoki kuch quvvatga to'la, deyarli hamma narsa qo'lidan keladigan avatarlarini o'z hayotlaridan ustun qo'yishlari.
Lekin bunday bo'lmasligiga umid qilamiz, har doim yangi bilimlarni o'zlashtiring, yangi texnologiyalarning afzalliklaridan xabardor bo'lib turing.
Metaversega qiziqsangiz bu film siz uchun qiziqarli bo'lishi mumkin.
@saidabdulla
Sizning fikringizcha O'zbekiston hududida, Middle Frontend/Backend dasturchisi uchun tahminan qancha oylik to'lanishi kerak ? (Haqqoniy ravishda)
Sizning fikringizcha O'zbekiston hududida, Junior frontend/backend dasturchisi uchun to'lanadigan oylik tahminan qancha bo'lishi kerak ?
Ba'zan mening ishdagi holatim:
"Kod ishlamayapti ...
Nega ?
Kod ishlayapti ...
Nega ?"
Ushbu postni yozayotganimda ham ayni shu holatdan chiqib kelib yozayapman 😄.
Nega ishlamayapti deb o'ylanayotgan kodim, bugun negadur ishlayapti 🤨.
@JoshDeveloper
O'tgan yili 22-iyulda kanalimiz foydalanuvchilari uchun React'dan dars o'tib bergan Bahrom akamiz bor edilarku,
Shu inson bilan hamkasblarga aylandik 😉.
Alloh izni bilan yaqindagina EPAM'ga ishga kirdilar.
Alloh xayrli qilsin.
Bahrom akaga ishlariga rivoj tilab qolamiz. 🎉
@JoshDeveloper
O'yinni qoidalariga amal qilgan va berilgan missiyalarni bajargan inson o'yin g'olibiga aylanadi.
Xo'sh, buyerda qoida va "missiya"lar nimalardan iborat ekanligini kim biladi ?
Bizga bu yo'l-yo'riqni Robbimiz, o'z kalomi Qur'onda va Rosulimiz sollallohu alayhi vassalaam hayotida to'la to'kis qilib ko'rsatib qo'ygan.
G'olib bo'lmoqchimisiz ?
Ushbu yo'l-yo'riqlardan foydalaning.
@JoshDeveloper
Keling bir jiddiy o'yin o'ynaymiz.
Ushbu o'yinga faqatgina birdona chipta va bir dona urunish beriladi.
O'yinni tugash vaqti sir saqlanadi va hammaning vaqti harxil tugaydi.
O'yinni g'olib yoki mag'lub bo'lganingizni oxirida bilasiz, mag'lub bo'lsangiz ham, g'olib bo'lsangiz ham ortga yo'l yo'q.
Qanday g'olib bo'lamiz ?
O'yinni qoidalariga amal qilgan va berilgan missiyalarni bajargan inson o'yin g'olibiga aylanadi.
Qoidalarga amal qilish va missiyalarni bajarish unchalik qiyin emas, ammo ularni qilishingizga qattiq qarshilik qiladigan birqancha ochiq-oydin va ko'rinmas kuchlar bo'ladi. Ularni yengib o'tishingiz lozim.
G'olib va mag'lubga nimalar beriladi ?
Ushbu o'yinda g'olib bo'lsangiz, sizga va'da qilingan, tasavvuringizga ham sig'maydigan ne'matlar, bog'-rog'lar, qasrlar-u, xurlar beriladi.
Mag'lub bo'lsangiz alamli azob.
Va bu ikkisi ham abadiy davom etadi!
- "O'yin" nima ekanligi va gap nima haqida ketayotganini tushundingizmi ?
- Xo'sh, siz ushbu "o'yin"da mag'lub bo'lmaslik uchun nimalar qilyapsiz ?
@JoshDeveloper
"z-index kuchi" deb nomlangan video. 😄
Buni frontendchilar aniq bilishadi 😉.
#Joke
@JoshDeveloper
Фейсбукда таомимиз суратини қўймаслигимиз бизнинг овқатланмаслигимизни билдирмайди.
Аёлларимизнинг суратини қўймаслигимиз бизнинг бўйдоқлигимизни билдирмайди.
Сажда қилиб турганимиз суратини қўймаслигимиз намоз ўқимаслигимизни билдирмайди.
Шифохонада муолажа олаётганимизни қўймаслигимиз касал бўлмаслигимизни билдирмайди.
Тоғу-тошлар ва хорижга саёҳатимизни қўймаслигимиз уйимизга қамалиб олиб, калитни ютиб юборганимизни билдирмайди.
Оналаримиз қўлларини ўпиб тушган суратларимизни қўймаслигимиз уларга оқ бўлганимизни билдирмайди.
Мутолаа ҳолатидаги суратларимизни қўймаслигимиз китобёқмас жоҳиллигимизни билдирмайди.
Бизнинг бундай йўл тутишимизнинг бор-йўғ сабаби, ҳаётимизнинг гўзал лаҳзаларини ҳужжатлаштиришдан кўра улардан жонли баҳра олишни яхши кўрганимиздир. Зеро ўзимизнинг ҳаётимиз ўзимиз учундир, сиз учун эмас!
Ҳаким Фейсбукий
http://t.me/MubashshirAhmad
Unit test'lar - dasturni ma'lum bir kichik qismlari uchun yozilgan kodlarni to'g'ri ishlayotganini tekshirib turuvchi kodlar jamlanmasi.
Unit testing - katta dasturlar uchun kelajakdagi xatoliklarni oldini olib borish uchun eng ishonchli yo'llardan biri.
Unit testing - biroz vaqt olsada, kelgusida dastur, jamoa va kompaniyaga juda katta foyda keltira oladigan vosita.
Unit testing - yangi qo'shilgan dasturchilar uchun dastur kodlarini tushunish, mohiyatini anglash va shu kabi boshqa ko'plab holatlarda ham katta yordam beradigan usul.
Xo'sh siz ham katta dasturlaringizga Unit Test'lar yozasizmi ?
@JoshDeveloper
Yaxshiliklarni mashaqqati ketib, savobi qoladi.
Gunohlarni lazzati ketib, gunohi qoladi.
Aqlli odam o'tkinchi lazzatni deb, abadiy jannatni qo'ldan chiqarishni xohlamaydi.
Chunki U kunda:
"Bas, kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir,
Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir"
Zalzalah surasi, 7 - 8 - oyatlar
@JoshDeveloper
Baqara surasining oxirgi 2 oyati.
Muhammadloiq qoridan go'zal tilovatni tinglang. 🎧
Jum'a muborak bo'lsin azizlar 🌙 😊
@JoshDeveloper
JavaScript'dan intervyu qilishimiz bu juda yaxshi, ammo siz React dasturchisi bo'lsangiz intervyularda nafaqat JS savollariga, balki React.js savollariga ham javob berishingiz kerak bo'ladi.
Sizlarga ajoyib yangilik, endi @khumoyun_codes akamiz React.js dan intervyu qilishni boshladilar.
Bu juda ajoyib yangilik.
Batafsil: https://t.me/khumoyun_codes/185
@JoshDeveloper
Ishtirokchilarimiz tanlandi.
Hammaga omad.
InshaaAlloh keyingi tanlov Fevral oyi uchun bo'ladi.
Qatnashganlarga katta rahmat.
@JoshDeveloper
Bu oygi intervyu'ga o'z nomzodingizni qo'shishga ulgurmagan bo'lsangiz hali 1 soat vaqt bor.
Marhamat!
@JoshDeveloper
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
