fa
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

نمایش بیشتر
4 798
مشترکین
-424 ساعت
-277 روز
-1030 روز
آرشیو پست ها
Repost from Javaholics
Intervyular va ish jarayoni. Dasturchidan juda ko'p bilimlar talab qilinadigan ushbu ikki jarayonda dasturlashdan yetarlicha qobiliyati bo'lsa ham, ko'pchilik "Soft-skill"lar sabab juda ko'plab muommolarga duch keladi. Xo'sh, 1. "Soft-skill" o'zi nimaga kerak ? 🤷‍♂️ 2. Qaysi dasturchilarga "Soft-skill" muhim rol o'ynaydi ? 🤔 3. Intervyuda o’zimizda bor “Soft skill"larni qanday ko’rsata olamiz? Shu kabi boshqa muhim savollarga javob berish maqsadida kanalimizda suhbat uyushtirishga qaror qildik. Suhbatga mehmon sifatida EPAM'da ishlovchi @JoshDeveloper - haqiqiy Intervyu va ish jarayonida "Soft-skill"lar bilan qanday muommolar kelib chiqishi mumkinligi va ularni bartaraf etish borasida ham o'z fikrlarini aytadilar. InshaAlloh Suhbat vaqti: 31-Mart, 21:00 Suhbat o'z kanalimizda bo'lib o'tadi.

Repost from Javaholics
Intervyuda berilgan texnik savollarga yetarlicha yaxshi javob berdingiz, lekin sizni ishga olishmadi. Va aksi, savollarni ko’p qismiga javob berolmadim deb tahmin qilganingizda ishga olishdi. Dasturlashdagi darajamizdan qat’iy nazar - ko’pchiligimizda yuqoridagi ikki holatdan biri bo’lgan. Demak, yaxshi dasturchi bo’lish uchun faqatgina dasturlash borasida bilimlarini o’zi yetarli emas. Yana nimadir kerak. Ayniqsa Google, Amazon kabi IT gigantlari, qolaversa, EPAM, Exadel, iTechArt singari Toshkentda ham faoliyat yuritadigan Global IT kompaniyalarida ko’proq urg’u beriladigan “Soft skill”lar haqida batafsil yozishga harakat qildik. “Soft skill” o’zi nima va kompaniyalar dasturchida bo’lishini xohlaydigan 7 ta “soft skill” haqida bu yerda o’qing. @javaholics

Ustozlar tavsiya qilgan "Alvido Vatan!" kitobini audiosini tinglab, o'zimni yig'lashdan zo'rg'a ushlab turdim. La'nati kommunistlarni musulmonlarga qilgan fisqu-fasodlari bunchalik darajada og'irligini tasavvur ham qilmagan ekanman. Ey musulmonlar, sizlarni ortingizda diniga sobit turib, oilasi va o'z jonidan ayrilgan shahidlar yotibdi. Ushbu tinch davrga shukur qilib, bizdan keyingi avlodga yana ana shunday kunlar tushmasligi uchun, birdamlikda, sof e'tiqodda, vatanimiz rivoji uchun ikki karra hissa qo'shishimiz kerak. Siz bu kitobni o'qidingizmi ? @JoshDeveloper

Muborak Ramazon yaqinlashib kelayotgani bilan barchani tabriklayman. Shu munosabat bilan eng mashxur kitoblardan biri "Qirq Hadis" kitobidagi 40 ta hadisni kichik sharxi bilan ramazon oyida birgalikda o'rgansak degandim. Nima deysiz ?
Anonymous voting

Vue.js chilar bormi kanalimizda? Tez orada #youtube kanalimizga Vue.js to'liq videokurslar yuklanadi. 1. Vue.js Basic Tutoria
Vue.js chilar bormi kanalimizda? Tez orada #youtube kanalimizga Vue.js to'liq videokurslar yuklanadi. 1. Vue.js Basic Tutorial 2. Vue CLI with (Bonus Mini Project) 3. Forms and Data Binding 4. Vue Router Basics 5. Fetching Data 6. Vue Crud Application Project Vue2 to Vue 3 migrations 7. Vue Auth 8. Composition Api tutorialc 9. Async code with (Composition Api) 10. Routing with (Composition Api) 11. Vue with Auth tutorial 12. Vuex tutorial Javascript dasturchilar uchun ham ushbu kanalni sizlarga tavsiya etaman @jstutorial

HTTP status xabarlarini ma'nolarini bilasizmi ? Ushbu rasmda umumiylashtirib yozilgan. Marhamat. Har bir alohida status ma'no
HTTP status xabarlarini ma'nolarini bilasizmi ? Ushbu rasmda umumiylashtirib yozilgan. Marhamat. Har bir alohida status ma'nosini bilmoqchi bo'lsangiz, google brodan so'raganingiz ma'qul. Har doim ishingiz 200 bo'lsin 😉 #http @JoshDeveloper

EPAMda ishlaydigan Java dasturchisi blogini tavsiya qila olasizmi deya mazmunda ko'plab savollar berildi. Mana azizlar, EPAM'da ishlovchi Java dasturchisi blogi, Alloh manfaatli qilsin. Marhamat: https://t.me/javaholics @JoshDeveloper

E

HTTPS VA HTTP boyicha ushbu postni to'liq rasmlari bilan @AbduazizPy kanalidan topib olasiz 😉 Goo 🚀 @JoshDeveloper

Repost from Abduaziz π
HTTP 🆚 HTTPS Umuman dasturlashdan xabari yo'q odam ham bu ikkala protokol haqida eshitgan (agarda u internetga kirsa). Post orqali nega https xavfsizroq ekanligiga nazariy ma'lumotlar bilan emas, o'zim o'tkazib ko'rgan kichik amaliy mashg'ulot orqali asoslab bermoqchiman. Barchangizga ma'lum, https bu http'ga nisbatan xavfsizroq protokol hisoblanadi. Chunki u TLS kriptografik protokolidan foydalanadi. Bunda uzatilayotgan ma'lumotlar xavfsizligi kafolatlanadi. Https'ni http'ning modifikatsiyasi deb tushunishingiz mumkin, xuddi covid'ning boshqa yangi va kuchliroq shtampidek. Uning xavfsizligini guvohi bo'lishimiz mumkinmi? Ha albatta! Quyida esa qanday tekshirganligim haqida: Biz hozir 1-skrinshotda keltirilgan sodda sxema asosida ish olib boramiz. 1️⃣ Oddiy html forma ma'lumotlari almashishini ta'minlash uchun "mini-server" yozdim (2-skrinshot). 2️⃣ 3 va 4-skrinshotlarda uning ishlash prinsipini ko'rishingiz mumkin. Ma'lumot yuboriladi, server esa o'zimiz yuborgan ma'lumotni JSON formatda qaytaradi (echo). 3️⃣ Amaliyot uchun, tarmoqdagi qurilmalardan yuborilgan so'rovlarni "yo'lda" ushlab qolishlik maqsadida ishlatish mumkin bo'lgan ilovani orqa fonda ishga tushurib qo'ydim. Yuqorida uzatilayotgan so'ziga alohida urg'u bergan edim, biz hozir esa aynan uzatilayotgan "paket"ni ushlab qolishimiz va uning ustida kichik tahlil o'tkazishimiz lozim. So'rov yuborildi, javob ham olindi. Aynan yuborilgan so'rov "paketi"ni ham filtrlab oldim. "Paket"ni titkilash orqali, uzatilayotgan forma ma'lumotini osongina tikkasiga chopdik (5-skrinshotda). Bu esa http orqali ma'lumot uzatilganda (qulfchasiz sahifalarda), u hech qanday shifrlanmasligini va istalgan odam uzatilgan ma'lumotlarni be'malol o'qiy olishini anglatadi (xuddi siz hozir o'qigandek). 4️⃣ Https'ni tekshirish uchun esa xuddi shu "mini-serveri"imizni heroku platformasiga joyladim. Xabaringiz bo'lsa heroku har bir veb ilovaga tekinga https beradi (sodda qilib aytganda). Yuqoridagilarning o'zini takrorlab ko'rdim va yangi natijani 6-skrinshotda ko'rishingiz mumkin. Uzatilgan ma'lumot yo'lda ushlandi, ammo hammasi shifrlangan. Https orqali amalga oshirilgan so'rovlarda xattoki header'larni ham ko'rish imkonsiz. Xullas, "xitrilik" yo'llari bu safar umuman ish bermaydi. Bu ma'lumotlarni shifrlanmagan holatda bemalol ko'rish uchun bizga "kalit fayli" zarur bo'ladi va bunga erishish maqsadida bir qancha muammolardan iborat zanjir paydo bo'ladi. Iloji boricha https'dan foydalaning. Brauzer tepasidagi qulfchalarga e'tibor bering 🔒 Post foydali bo'ldi degan umiddaman. Agar foydali bo'lgan bo'lsa yaqinlaringizga ham ulashing. Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Har bir izoh men uchun ahamiyatli. @AbduazizPy

"Birovning o'ttizinchi qadami bilan o'zingizni ikkinchi qadamingizni solishtirmang". Bu ko'pchilik endi boshlaganlarga tegishli. Falonchidek yaxshi oylikka nega chiqmayapman deyishdan oldin, o'sha falonchi kabi 30 qadamni bosib o'ting. Sabr qilishni o'rganing. Kuningizdan unumli foydalaning. Har bir qadam maqsadingizga yanada yaqinlashtiradi. InshaaAlloh @JoshDeveloper

Repost from Saidbek
FEO nima? FEO - Front-end optimization. Qisqa qilib aytganda FEO yoki CO (Content Optimization) - veb-saytingizni brauzer uchun qulayroq va tezroq yuklanishi uchun nozik sozlash jarayonidir. Umuman olganda, FEO fayl o'lchamlarini kamaytirishga va ma'lum bir sahifani yuklash uchun zarur bo'lgan so'rovlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Bu postda FEO ni yaxshilash uchun bir qancha usullarni ko'rib chiqamiz. 1. Resurslarni minimallashtirish - HTML, CSS, JS fayllardagi kodlaringizni minimallashtiring, ishlatmaydigan kodlaringizni, kommentlarni, bo'sh joylarni o'chirib tashlang. Fayllarni online compressor orqali minimallashtirib oling, bu faylning hajmini anchagina qisqartiradi, veb-sayt yuklanish jarayonida ham vaqt va resurs kamroq sarflanadi. Ko'p kutubxonalarda .min.css yoki .min.js fayllari bekordan bekorga turmaydi axir, endi bu usulni o'zingiz yozgan kodlarda ham ishlatishni boshlang. 2. Responsive rasm va WebP dan foydalaning - Ko'p veb-saytlar hajmining deyarli 50 foizi media fayl va rasmlarga to'g'ri keladi, rasmlar veb-sayt uchun moslashtirilmagan bo'lsa bu veb-saytingizni tezligiga yaxshigina tasir qiladi. Dasturlashni o'rganayotgan paytim background'ga 10MB atrofidagi rasmni qo'yganman, saytda rasm sifati muhim deb o'ylaganman 😁, buni ko'rib ustozimni mazasi qochishiga sal qolgan. Saytingizga rasmlarni qo'yishdan oldin online servislar orqali rasmni 70-80 foizgacha siqishga urinib ko'ring, keyin uni WebP formatga o'giring, bu saytingizni yuklanishini ancha tezlashtiradi. O'zimda tajribada bo'lgan holat 10-12 Megabaytlik rasmlarni 80 foizgacha siqib, WebP ko'rinishda qo'yganmiz, hajm 100-200 Kilobaytgacha qisqargan. 3. Lazy Loading - Lazy load veb-sayt ochilganda faqat kerakli resusrlarni yuklaydi, qolganini foydalanuvchiga kerak paytida yuklaydi. Masalan veb-saytni ochganingizda rasmlarning faqat bir qismi, ya'ni sizga ko'rinayotgan qismi yuklangan bo'ladi, qolgani esa scroll qilishingiz davomida yuklanib boradi. Misol uchun Google images ham shunaqa ishlaydi, siz rasm qidirsangiz sizga millionlab variantlarni taklif qiladi, lekin hammasi ham yuklanmaydi, rasmlar pastga tushishingiz davomida yuklanib boradi. Agar hammasini birdan yuklaganida balki bir necha hafta kutardingiz yoki ram yetishmasligidan kompyuteringiz qotib qolgan bo'lardi 🙂. 4. CDN tanlang - CDN lar tarmoqning kechikishi (tarmoq orqali aloqada kechikishlar) bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan. Bunday kechikishlar asosan veb-sayt hosting serveri va foydalanuvchi orasidagi fizik masofa bilan bog'liq. Ushbu masofani kamaytirish uchun CDN kontentning versiyasini turli geografik joylarda saqlaydi. Masalan siz saytingizga biror kutubxonani ulab qo'ydingiz, veb-sayt har safar serverning o'ziga murojaat qiladi, server USA da bo'lsa, masofa taxminan 11 km bo'lsa, javob qaytish vaqti esa taxminan 500-700 ms bo'ladi. CDN orqali ulasangiz, eng yaqin CDN 200 km uzoqlikda bo'lsin, sizning saytingiz endi CDN ga murojaat qiladi, bu ma'lumot CDN da mavjud bo'lsa sizning so'rovingiz bajariladi, taxminan 50-100 ms. CDN siz so'ragan ma'lumotni oldin o'zidan qidiradi, topa olmasa USA dagi serverga murojaat qiladi, ma'lumotni olgach sizga uzatadi, keyin uni o'zida ham saqlab qo'yadi. Keyingi safar siz so'rov yuborganingizda, endi u o'zidagi ma'lumotni sizga qaytaradi. Bunda faqat birinchi holatda ko'proq vaqt sarflanadi, keyingi safardan boshlab veb-sayt ma'lumotni CDN dan oladi. 5. Serverga so'rovlarni kamaytirish - Umuman olganda front-end dan serverga qanchalik ko'p so'rov yuborilsa, bu saytning yuklanishini shunchalik kechiktiradi. Serverga har qanday so'rovni yuborish, sayt yuklanishidan oldin to'liq aloqani talab qiladi. Buni oldini olish uchun bir qancha usullar mavjud. - CSS Sprite-dan foydalanish. - Ko'p tashqi so'rovlarni amalga oshiradigan third-party plugin'larni kamaytirish. - Ishlatilmayotgan fayllarga bo'lgan link'larni olib tashlash. Manba @saidabdulla

Ramazonga kimda qanday rejalar bor 🙃👀👀 ? Menda hatto kanalimiz uchun ham maxsus rejalar bor 😉 InshaaAlloh aytaman. Sizdachi ? @JoshDeveloper

РАМАЗОННИ ТОПДИ Ямандан икки киши келиб Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларида иймон келтирди. Уларнинг бири бошқасига қараганда кўпроқ ибодат қилар эди. У Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам билан бирга жиҳод қилиб шаҳид бўлди. Нариги шериги эса ундан кейин бир йил яшаб вафот қилди. Талҳа ибн Убайдуллоҳ розиёллоҳу анҳу туш кўрди. Тушида жаннат эшиги олдида турган эмиш. Ҳалиги икки Яманлик киши ҳам ўша ерда турган эмиш. Бир фаришта келиб бир йил кейин вафот этган Яманлик кишини жаннатга киришини айтди. Сўнгра фаришта яна қайтиб чиқиб шаҳид бўлган Яманликни ҳам жаннатга киришини айтди. Сўнгра яна қайтиб чиқиб Талҳа розиёллоҳу анҳуга деди: - Сен қайт! Ҳали сенинг умринг бор! Талҳа розиёллоҳу анҳу кўрган тушини одамларга айтиб юрди. Одамлар унинг тушидан, ҳалиги Яманликларнинг ҳолидан таажжубланиб юришди. Бу гап Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва салламга етиб боргач кишиларга дедилар: - Нимадан таажжубланаяпсизлар? - Эй Аллоҳнинг Расули! Анави Яманлик ибодатли киши эди, шаҳид бўлди. Аммо шериги жаннатга ундан аввал кирди?! Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам уларга шундай дедилар: - Жаннатга аввал кирган киши ундан кейин бир йил яшамаганмиди? -Яшаган эди! - Рамазонни топиб, рўза тутиб, намоз ўқиганмиди?! - Ҳа! - Унда иккаласининг ўртасидаги фарқ осмон билан ер қадардир! Мана, Рамазоннинг олдида турибмиз. Рамазонни топган, ҳамда рўзаси ва намози билан шаҳид биродаридан ўзиб кетган юқоридаги Яманликнинг топган ажрига яқин турибмиз иншааллоҳ! Мусобақа қилайлик. Мўъминнинг умри фақатгина яхшиликни зиёда қилиши керак. Аллоҳ йўлидаги очликка, чанқоқликка марҳабо биродарлар! Бу соатлар ўтиб кетади. Бундан сўнг ичакларимиз яна тўлади. Томоқларимиз яна ҳўл бўлади, аммо ажр қолади иншааллоҳ! Мажруҳ қалбларга даво бўладиган, маҳзун қалбларга тасалли бўладиган, тоғлар қадар ажр бўладиган қуръон қироатига марҳабо! "Алиф лам мим" ни ҳарф демайман. Алиф бир ҳарф, лам бир ҳарф, мим бир ҳарфдир! Қиём ва тароввиҳга марҳабо! Бунда оёқлар Аллоҳ учун тик туради. Қалблар ўз уловини Унинг эшигида тиз чўктиради. Ширин машаққатлар лаҳзаси ўтиб кетади. Аммо буюк ажр қолади! Садақага марҳабо! Фақир-мискинларни таомлантиришга марҳабо! Булар қолади. Кафаннинг чўнтаги йўқ. Садақа молимизни охиратга юборадиган ягона йўлдир! Manba: @Abdulqodir_Polvonov @JoshDeveloper

Ba'zida ish topish uchun, Junior holingizda o'z bilimingizga qattiq ishonsangiz, Middle so'ralgan ish e'loni kompaniyasiga to'g'ridan to'g'ri yozib, ularga o'zingizni ushbu pozitsiyada bemalol ishlay olishingizni isbotlashga to'g'ri keladi. Juda ko'p o'xshamasa ham, ba'zida o'xshaydi, harakat qilib ko'ring, sizdan nima ketdi. 😉 *Ammo bilimingiz chala bo'la turib boshqalarni bezovta qilmang, undan ko'ra avval ustingizda ishlang. @JoshDeveloper

React bo'yicha middle dasturchidan talab qilinadigan tahminiy jadval : React Component Definition React Component Props React Component State React Component Lifecycle Components Composition JSX React DOM React DOM Events Forms Virtual DOM Higher-Order Components Flux architecture Redux MobX Context Routing Animation Performance Automated testing Security Server-side rendering Hooks Building #Reactjs @JoshDeveloper

Angular dasturchisi bo'lish uchun o'zim ishlatgan va ishlatayotgan Roadmap(Yo'l xaritasi)ni tuzdim. Marhamat. 1. HTML/CSS/JAVASCRIPT dan yaxshi bilim talab qilinadi. 2. TYPESCRIPT o'rtacha bilimlar. Angular o'zidan quyidagi mavzular: 3. Dastur strukturasi (Modullar, Componentlar, Servicelar va hkz), 4. Componentlar orasida ma'lumotlar almashish, 5. Component strukturasi 6. Property binding 7. Event binding 8. Two-way binding 9. CLI 10. ng-template, ng-container, ngTemplateOutlet 11. ng-content 12. RxJS boshlang'ich tushuncha, Operatorlar, subscribtionlar va hkz 13. subscribe() va unsubscribe() 14. Pipes 15. Async pipe 16. Built-in Directives 17. Attribute directive 18. Structural directive 19. Forms 20. Reactive Forms 21. Services 22. Dependency injection 23. Angular HTTP 24. Interceptors 25. Routing 26. Route Guards 27. Lazy loading 28. PWA 29. Change detection 30. Testing va yana boshqa ko'plab mavzular. Esimga kelsa bu listni yana to'ldirib boraman inShaaAlloh. Kanal: @JoshDeveloper

Repost from Abduaziz π
Soap 🆚 Rest 🆚 GraphQL 🆚 RPC haqida birgina rasmda. Siz yuqorida sanab o'tilganlardan qaysi birini ma'qul ko'rasiz va nega
Soap 🆚 Rest 🆚 GraphQL 🆚 RPC haqida birgina rasmda. Siz yuqorida sanab o'tilganlardan qaysi birini ma'qul ko'rasiz va nega aynan uni? © Linkedin (Alex Xu) @AbduazizPy

Qizlar borasida ota-onalar va jamiyatda tarqalib qolgan xato fikrlar va ularga kichik izoh ⬇️: 1. “Qiz bola o’qishi shart emas!” - Qiz bola nafaqat o'zi uchun, balki kelajak farzandlar uchun ham ikki karra o'qishi shart. 2. "O'qimasang erga beramiz" - Rahmat! Endi oila qurish shunaqa past sanaladigan bo'lib qolibdida ! Undan ko'ra, “O’qimishli, ilmli bo'lsang, bo'lajak jufting ham ziyoli inson bo'ladi inshaaAlloh" desak to’g'riroq bo'lar edi. 3. “Qiz bola faqat uyda o’tirishi kerak!” - Qiz bollar faqat uyda o’tirishi kerak bo’lsa, Ayollar shifokori kim bo’ladi ? Ayollar kiyimini kim sotadi ? Eng qiziqi ayolingni kim tug’diradi ? Erkaklarmi ?! O’zi shunaqa fikrlilar dastidan ushbu tepadagi ishlarni ham ayrim “ERKAK”lar qilishayapti. 4. “Qiz bolasan, yoshsan, o’ynab qol, hijob keyin o’rarsan” - Haaa afsuski bu gapni ko’proq “erkak”lar aytar ekan. Essiz erkaklik, essiz or. Bunday dayuslar jannatni hidini ham xidlashmaydi. U gapni o'rniga, “Go'zalligingni begona erkaklardan yashir, fitna chiqarma, hayoli bo’l” desak to'g'riroq emasmi ?! va hkz. Shuningdek, qizlarini faqat o’qishiga qarab, tarbiyasi, odobi, uy ishlarini o'rgatishga e’tibor bermaydiganlar ham xato qilayotganlar qatorida. Jum’a muborak azizlar 🌙 @JoshDeveloper

Bu oygi JS intervyuga tanlangan ishtirokchimiz 2 kundirki hali ham javob yozmadi va o'qimadi. Bugun oxirgi kun, agar bugun ham yozmasalar, ikkinchi qo'shimcha qilib tanlangan insonga aloqaga chiqamiz. InshaaAlloh @JoshDeveloper