fa
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

نمایش بیشتر
4 798
مشترکین
-424 ساعت
-277 روز
-1030 روز
آرشیو پست ها
Yo'lovchi... Chuqur o'yga tortadigan rolik ekan, shunday emasmi ? Mana: https://youtu.be/WKdHn8E0a9s @JoshDeveloper

Katta kompaniyalarga ishga kirish, tayyorlanish, intervyularga qanday tayyorlanish va o'tish bo'yicha Mohirdevdagi meetupda bo'lib o'tgan presentatsiyamni ko'rmaganlar bo'lsa, Marhamat: https://youtu.be/rQSiw3BD3Q8 @JoshDeveloper

"Dasturchilar Texnik intervyuda va haqiqiy ishda" deb nomlangan rasm ekan 😂🤷‍♂️ Albatta hazil :) #joke @JoshDeveloper
"Dasturchilar Texnik intervyuda va haqiqiy ishda" deb nomlangan rasm ekan 😂🤷‍♂️ Albatta hazil :) #joke @JoshDeveloper

Suhbatlashamiz. Oxirgi o'qigan yoki o'qishni niyat qilgan kitob nomini va u haqidagi fikringizni kommentga yozib qoldiring. 👇 Qolganlarga bir kitobga qiziqishiga sababchi bo'lasiz inshaaAlloh 🙃 @JoshDeveloper

Python'chilarga yana bir xushxabar. O'zim shaxsan hurmat qiladigan inson, ooooxiri o'z kanallarini ochibdilar. Python, Backend va umumiy dasturlash bo'yicha ajoyib postlardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lib boring. Marhamat: https://t.me/AbduazizPy @JoshDeveloper

Ishtirokchi tanlandi. Qatnashgan barchaga rahmat. InshaaAlloh keyingi oygi intervyuda balki siz bo'larsiz😉 Bu oygi intervyu videosi chiqish sanasini keyinroq e'lon qilaman InshaaAlloh. @JoshDeveloper

JS intervyuga 26 ta inson savollarga javob yozib o'z nomzodlarini qoldirdilar. O'z vaqtida, to'g'ri va qisman to'g'ri javob bergan insonlar ro'yhati esa mana: 1. Ibragimov Muhammadamin 2. Xumoyun Rahmonberdiyev 3. Asadbek Raimov 4. Abror Alisherov 5. Umidjon Tuxtayev 6. Абылханов Парахат 7. Humoyun Ochilov 8. Jasurbek Norbekov 9. Mo'minov Xikmatilla 10. Ismatillo Arslonov 11. Doston Abdusattorov 12. Sunnatullo Ganiev 13. G'ulomjon Bakirov 14. Islom Abdulakhatov 15. Islom Mirzaliev 16. Aqilbek Abilaev 17. Asadov Abbos 18. Jaloliddin Yusupov 19. * Joraev Umar (to'g'ri telegram username qoldirilmagan, bu inson bugungi tanlovgacha username'larini qoldirilmasalar, qatnasha olmaydilar) Bugun ushbu insonlar orasida tanlov bo'lib o'tadi. InshaaAlloh. @JoshDeveloper

Hurmatli kanal a'zolari. Avval ham ko'p ta'kidlaganimdek, ushbu kanal faqat dasturlash uchungina ochilgani yo'q. Buyerda shaxsiy fikrlarimni ham joylab boraman. Dinimizga oid ishonchli manbalardan ham iqtibos keltiraman va siz azizlar bilan dunyo va dinda birinchilardan bo'lishimiz uchun harakat qilaman. InshaaAlloh. Hurmatli Dindor bo'lmagan obunachilarim, siz o'zingizga foydali bo'lgan kontent'dan foydalanishingizni va qolganlarga foydali bo'layotgan kontentlardan norozi bo'lib fikr qoldirmasligingizni so'rab qolaman. Shaxsiy Fikrimcha: Dunyosi hamda dinini ilmlariga befarq inson - Aqlsiz. Dunyosini o'rganib dinini o'rganmagan inson - Yarim aqlli, yarim aqlsiz. Dunyoda ham dinida ham sobitqadam bo'lgan inson esa - To'liq aqlli. Siz qaysi biriga kirsangiz, shunga aloqador postlar siz uchun. Assalaamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. @JoshDeveloper

Фазилатли шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг икки жилдлик «Ислом тарихи» китоблари 👉 Батафсил 📍 Манзилларимиз @HilolNashr

Repost from MohirDev.uz
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?" Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan barcha boshla
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?" Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan barcha boshlang'ich dasturchilarni shu savol qiynab keladi. Aynan shu mavzu bo'yicha 19-mart soat 19:00 da @mohirdev telegram kanali voice chatida AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi Ulug'bek Samigjonov bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi. Suhbatni o'tkazib yubormang! @mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Ertaga soat 20:00 da JavaScript'dan intervyuga bitta nomzodni tanlab olamiz. Tanlov online kanalimizda olib boriladi. InshaaAlloh. Bugun 22:00 gacha tepadagi formaga o'z nomzodingizni berishingiz mumkin. Keyin qabul qilinmaydi. @JoshDeveloper

Islomimizni ayblashadi, ayb bo'lsa bizda, o'zi islomimizni bizdan boshqa "aybi" yo'q. * * * @JoshDeveloper

Bir kitobda Allohga bo’lgan muhabbat to’g’risida Robiatul Adaviyyaning ushbu she’riga ko’zim tushib qoldi. Ayni biz uchun yozilgandek a ? Marhamat: Sevaman deysanu, etasan isyon, Bu xoling ajoyib, bo’laman xayron. Itoat qilgin-da, sevsang gar albat, Sevgan suyganiga etar itoat. “Mukoshaful qulub” kitobidan Jum'a muborak Azizlar 🌙 @JoshDeveloper

Repost from MohirDev.uz
​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat. Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi. 1. Har kuni yangi masalalarni yeching. Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi. Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar: - LeetCode - Codewars - Exercism 2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi. 3. Bosqichma-bosqich oʻting Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting. 4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling - Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling. - Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing - Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring. - Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing. 5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing - GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling. - Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz. 6. Loyihalar qiling - Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi. - Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq. - Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz. Bonus - "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing - "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin. Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang. Telegram | Instagram | Youtube

Unit test'lar - dasturni ma'lum bir kichik qismlari uchun yozilgan kodlarni to'g'ri ishlayotganini tekshirib turuvchi kodlar
Unit test'lar - dasturni ma'lum bir kichik qismlari uchun yozilgan kodlarni to'g'ri ishlayotganini tekshirib turuvchi kodlar jamlanmasi. Unit testing - katta dasturlar uchun kelajakdagi xatoliklarni oldini olib borish uchun eng ishonchli yo'llardan biri. Unit testing - biroz vaqt olsada, kelgusida dastur, jamoa va kompaniyaga juda katta foyda keltira oladigan vosita. Unit testing - yangi qo'shilgan dasturchilar uchun dastur kodlarini tushunish, mohiyatini anglash va shu kabi boshqa ko'plab holatlarda ham katta yordam beradigan usul. Xo'sh siz ham katta dasturlaringizga Unit Test'lar yozasizmi ? @JoshDeveloper

Freelancer'lik va Upwork'da ishlash bo'yicha bilimlar kerak bo'lsa, Upwork'da "top rated" statusini olgan va o'z bilimlarini ulashayotgan insonning kanalini tavsiya qilaman: Kanal: @easy_freelancing @JoshDeveloper

Diqqat! Mart oyi uchun JS intervyusini uyushtirish muddati yetdi. Bu oygi JS savollarning katta qismi OOP va Functional Programming'ga aloqador bo'ladi. O'zingizni intervyuda sinab ko'rmoqchisiz ? Ushbu pastdagi formani bexato to'ldiring va nomzodlar qatoridan joy oling. 19-mart kuni soat 20:00'da bir ishtirokchini nomzodlar orasidan tanlab olamiz. InshaaAlloh Forma: https://forms.gle/WaDpF5KDJLDPBLhKA Boshqalarga ulashishni ham unutmang 😉 @JoshDeveloper

Python dasturchilarga yaxshi kanallar tavsiya qilishni davom etamiz. Bugun sizga tavsiya qiladigan kanalim: @python_dasturlash_darslari Marhamat. @JoshDeveloper

#xushxabar IMOM ABU HANIFA XALQARO ISLOM AKADEMIYASI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAMOQDA! Aziz do‘stlar! Muhtaram mo‘min birodarlar, qadrli opa-singillar! Sizlarga o‘zimiz ham orziqib kutgan ajib xushxabarni yetkazmoqchimiz. Sanoqli kunlardan so‘ng Imom Abu Hanifa xalqaro Islom Akademiyasi o‘z faoliyatini boshlaydi! Imom Abu Hanifa xalqaro islom Akademiyasi nima? Imom Abu Hanifa xalqaro islom Akademiyasi o‘zbekzabon talabalarga islomiy bilimlar beruvchi maxsus onlayn platformadir. Akademiyada kimlar ta'lim olishi mumkin? Bu platformaning o‘ziga xosligi shundaki, unda yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, barcha erkak va ayollar, shu jumladan, Siz ham dinimizning eng tamal bilimlarini dunyoning istalgan nuqtasida turib, o‘z vaqt va imkoningizga qarab, egallash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Qiziqdingizmi, u holda, kutib oling! Tez kunda! Imom Abu Hanifa xalqaro Islom Akademiyasi! 👉🏻 @Abu_Hanifa_akademiyasi

Ingliz tili Present continuous zamonini necha xil holatlarda ishlatamiz ? 1. Ayni damda sodir bo'layotgan vaziyatlarda: - "Umar is coding at the moment" - "Umar ayni damda kod yozayapti" 2. Vaqtinchalik takrorlanib turgan harakatlarda: - "Web developers are not learning JQuery due to lack of demand." - "Web dasturchilar talab kamligi sabab JQueryni o'rganishmayapti" 3. Vaqtinchalik vaziyatlar uchun: - "Josh is staying in a hotel" - "Josh mehmonxonada turibdi" 4. O'zgarayotgan yoki rivojlanayotgan vaziyatlar uchun: - "IT is intensively growing" - "IT jadallik bilan o'syapti." 5. Yoqimsiz odatlarni aytish uchun (ko'proq "always" bilan keladi) - "Steve is always sleeping when I call him. 😠" - "Steve hardoim uxlayotgan bo'ladi telefon qilganimda. 😠" "Destination B2" kitobidan foydalanildi. Mana azizlar, ingliz tilida ham birnarsalarni o'rgangan bo'ldik. :D Alloh manfaatli qilsin :) #english @JoshDeveloper