Umar Sadullayev | Blog
رفتن به کانال در Telegram
(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
نمایش بیشتر4 817
مشترکین
+624 ساعت
-217 روز
+1030 روز
آرشیو پست ها
Huh 😄
Buyoqi qiziq bo'ldiku.
Yaxshi gumon qilamizmi? 😅
#bard
@JoshDeveloper
10 xil dasturlash tili orqali 10 ta web dastur yozish haqida Fireship video chiqargan ekan.
Qiziq video bo'libdi.
Marhamat: https://youtu.be/FQPlEnKav48
#backend
@JoshDeveloper
Qaysi kompaniyani tanlasam ekan? 🤔
Ayni damda ish qidirish jarayonini juda ham passive ko'rinishini boshlab yubordim. Ya'ni, kompaniyalar va ular bera oladigan imkoniyatlarni o'rganyapman.
Ko'p tanlovlar bor. Exadel, EPAM, FireArt va hkz.
Hozir ish joyi shoshilinch bo'lmagan davrda, hammasi haqida o'rganib yuribman. Kerak bo'lganda ikkilanmaslik uchun.
Keyin yana bir narsani o'ylayapman. O'zim uchun qiziqdek tuyulyapti. Ishlarga o'zim topshirib(yoki referral) ko'raymi yoki talab qandayligini bilish uchun Linkedin'ga "OpenToWork" qo'yib sinab ko'raymi?
Birinchi usul tez va oson, ikkinchisi esa qiziq. Shu davr kelsa o'ylab ko'rarmiz birga sizlar bilan. Balki, ikkisini ham qilarmiz. Hali unga yetarlicha vaqt bor. 🙂
InshaaAlloh
Shunaqa gaplar :)
@JoshDeveloper
Google I/O ni dasturchilarga bag'ishlangan qismini ko'ryapman.
Qo'rqinchli va hursand bo'ladigan yangiliklar bor... 🥶😄
Check it out: https://www.youtube.com/live/r8T0SnwHRNI?feature=share
@JoshDeveloper
Kecha Google tomondan birqancha gigant kompaniyalarga zarbalar ro'y berganini yaxshi bilamiz. Microsoft, Apple va boshqa kompaniyalar bunga misol.
Google'dagi Angular jamoasi ham yangiliklarni davom ettirishyapti.
What's new in Angular ?
https://youtu.be/uqWUv0dpib0
Bu bilan Meta'ga zarba berdi demoqchi emasman. O'zingiz tushunib olarsiz. 😅
(#joke - #hazil - #шутка - #yana_qaysi_tilda_yozay?)
#updates
Repost from WTM Tashkent
Barcha IT ga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib yangilik!
13-may kuni Al-Xorazmiy maktabida Women Techmakers Tashkent jamoasi tomonidan eksklyuziv texnologiyalarga bag’ishlangan festival tashkillashtirilmoqda.
Festivalda dasturlash bo'yicha musobaqalar, viktorinalar, robototexnika ko'rgazmalari va kompyuter o'yinlari chempionatlari kabi ko'plab qiziqarli o’yinlar ham rejalashtirilgan! 🏆🤖
Epam, Super Dispatch va Applied Labs kompaniyalari vakillari tomonidan uyushtiriladigan tezkor intervyularga qatnashmoqchi bo’lsangiz, o’z CVingizni ham birga olib kelish esingizdan chiqmasin 🤝
🖇 Havola orqali ro'yxatdan o'ting!
Festivalda ko’rishguncha ✌️
@wtmtashkent
Google va Microsoft o'rtasida jiddiy jang davom etyapti. Google I/O'da juda katta zarbalar berildi.
- Joke part -
Ikki o'rtada Angular(Google) va bo'lajak C# .NET(Microsoft) dasturchisi sifatida kimga "balet" qilishni ham bilmayman. 🤷♂️😅
Tinchlik bo'lsin...🌚
@JoshDeveloper
Google'dagilar ChatGPT'ni "yutish" uchu ko'p ish qilishyapti.
Google I/O'ni ko'rganlar nega unday deganimni tushunishadi.
Bard'ga rasmlar bilan, xaritalar bilan ishlash kabi birqancha qo'shimchalar kiritishyapti... va hkz.
The War has not finished yet. It's just started!
@JoshDeveloper
Google I/O '23 qiziq bo'lyapti. AI bozoriga jiddiy o'zgarishlar kiritishyapti ekan Google'dagilar. Boshqa yangiliklar ham bor.
Batafsil: https://www.youtube.com/live/cNfINi5CNbY?feature=share
#news
@JoshDeveloper
ChatGPT'dan .NET'ni "hierarchy"sini yozib ber degandim. Ya'ni, nimalardan tashkil topganini.
Just 🤯
Man chizib qo'yilgan joydagini o'rganyapman hozir. 😄
Berilgan ma'lumot to'g'rimi .NET'chilar ?
#dotnet
@JoshDeveloper
.NET freymvorki juda katta ekan.
Ayni damda .NET Core Web API uchun ushbu Udemy kursini ko'rishni boshladim. Mentor bilan orada gaplashib, savollar bo'lsa so'rab turibman.
Ichkaridagi konseptlarni ko'pchiligi tanish ekan Angular'dagilar bilan. Dependency injection, Decorators(attributes) va hokazo.
Hozircha shu ishlar bilan bandman, loyihadagi vazifalarimni tezroq tugatib, darrov kursni ko'rib borishga harakat qilyapman.
Shunaqa gaplar bizda :)
Siz nimalarni o'rganyapsiz ?
@JoshDeveloper
"VS Code" yangi "theme" chiqargan ko'rinadi. Menga juda yoqdi.
O'zi o'rnatib qo'ydi Jum'a kuni ochsam. Sizlarda ham o'zgardimi yoki men uchun maxsusmidi bu ? 😅
Yoqdimi sizga ?
#vs_code
@JoshDeveloper
Qoyil, CRUD ko'tarish uchun nimalar ishlatdingiz deb so'ramoqchilar uchun javob rasmda. 😂
#joke
@JoshDeveloper
Bugun bo'sh vaqtim bo'lib, ASP.NET'da CRUD uchun API ko'tardim. Juda ko'p narsalar tayyor ekan. Angulardagidek.
Endi sekin qiyinroq amallar ustida ishlashni boshlayman. Orada C# Advanced kursini ham tugatdim, ammo hali zo'r bilaman deyolmayman. Amaliyotda o'rganib ketaman endi inshaaAlloh.
Shunaqa gaplar :)
#updates
@JoshDeveloper
Wifi router haqida gap ochgandim, kommentda react-router, angular-router, type safe routers haqida muhokamalar boshlanib ketdi 😄😄
Ha dasturchilar-a 😄👍
@JoshDeveloper
Router almashtiraverib, jonga tegdi.
Endi eng qimmati bo'lsa ham, bitta olmoqchiman.
Qaysi Router turini maslahat berasizlar ?
Narxini farqi yo'q. (Huh, aslida bor, 1 500 000 dan oshmasin😬)
@JoshDeveloper
Ishimda lay-off masalasi nima bo'ldi ?
Ulardan loyiha shu oy tugagandan so'ng, minimum qancha muddat "bench"da o'tirishimni so'ragan edim.
Bench - Zahira. Ishda loyihasiz dasturchilar zahiraga olinadi. Futboldagidek ⚽️
Aniq javob berishmadi. Juda cho'zishyapti. Ammo, kecha aytishlari bo'yicha, "Sizni iloji boricha ko'proq bench'da ushlab turmoqchimiz loyiha chiqquncha" deyishdi.
Kamida 2 oy oylik to'lab "bench"da ushlab turish niyatlari borligini, ammo hali 100% aniq bo'lmaganini aytishdi.
Bu javobdan keyin, rejalarimga ikkilanib qoldim. Ammo, hozir ish qidirmasligim aniq bo'ldi. Kamida Iyun oyidan boshlashim mumkin. Yana Alloh biladi.
Shunaqa gaplar :)
#updates
@JoshDeveloper
Google'dagi Angular jamoasi Angularni o'rganmoqchilar uchun Youtube'da videokurs chiqarishni boshlashdi.
Bu, o'rganmoqchilar uchun ajoyib yangilik.
Videolar pleylisti: https://youtube.com/playlist?list=PL1w1q3fL4pmj9k1FrJ3Pe91EPub2_h4jF
#angular
@JoshDeveloper
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
