cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
12 146
مشترکین
+1124 ساعت
+937 روز
+26230 روز
توزیع زمان ارسال

در حال بارگیری داده...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تجزیه و تحلیل انتشار
پست هابازدید ها
به اشتراک گذاشته شده
ديناميک بازديد ها
01
O‘zbekiston-Koreya: agrar sohadagi hamkorlik istiqbollari ✅O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalagi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik byurosi direktori Jung Yong Xo bilan uchrashdi. 🔗Unda ikki mamlakat o’rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashildi. 📌Alisher Shukurov o’z navbatida, agrar sohadagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etar ekan, bugungi uchrashuv ham ikki mamlakat agrar sohasi rivoji uchun manfaatli bo’lishini qayd etdi. ⭐️Binobarin, ilmiy va innovatsion yondashuvlar asosida agrar tarmoqni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar ta’kidlb o’tildi. ✅Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar borasida fikr almashildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
7841Loading...
02
Oʻzbekiston-Turkiya: Qishloq xoʻjaligi vazirlarining oʻzaro muloqoti agrohamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab berdi 🇺🇿🇹🇷Ayni paytda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Turkiya bilan nafaqat madaniyat, turizm, suv xoʻjaligi sohalarida, balki qishloq xoʻjaligi sohasida ham butunlay yangi bosqichdagi hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda. 🟢Tashrif dasturidan oʻrin olgan tadbirlar doirasida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Ibrahim Yumakli bilan muloqot qildi. 🟢Unda soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻzaro savdosi oʻsishida ijobiy tendensiya kuzatilayotgani, oʻtgan yili savdo aylanmasi 144,8 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil yakuniga qadar mazkur koʻrsatkichni 200 mln dollarga yetkazish boʻyicha oʻzaro hamkorlikda izchil ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlab oʻtildi. 📌Aynan agrar sohada ikki davlat hamkorligida amalga oshiriladigan loyihalarning ahamiyati juda yuqori ekanligiga urgʻu bergan vazir Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida oʻtkazilgan uchrashuvlar samarali boʻlgani va erishilgan kelishuvlarning istiqbollari haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. 🟢Shuningdek, Ibrohim Abdurahmonov qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi platformasini ishlab chiqishda turkiyalik mutaxassislarning koʻrsatayotgan amaliy yordamini ham alohida eʼtirof etdi. Oʻz oʻrnida Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Ibrahim Yumakli erishilgan kelishuvlar va oʻrnatilgan hamkorlik aloqalaridan mamnunligini bildirar ekan, ildizlari moziyga tutash qardosh davlatlarning agrar sohadagi hamkorlik yoʻnalishlari bundan buyon tobora mustahkamlanib, kengayib borishini taʼkidladi. 👀Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, Turkiyalik hamkorlar bilan qator oʻzaro investitsiya va hamkorlik shartnomalari shakllantirildi. Ilm-fan sohasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha laboratoriya, geotermal suvdan foydalanib, kooperatsiya asosida issiqxonalar, zamonaviy koʻchatchilik, in-vitro laboratoriyasi tashkil etish, zamonaviy urugʻchilik majmuasini barpo etish hamda Turkiya seleksiyasida mansub boʻlgan kungaboqar, makkajoʻxori va yeryongʻoq navlari ota-onalik materiallarining F1 duragay avlodini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 0395Loading...
03
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған Кенг қамровли стратегик шерикликни чуқурлаштириш тўғрисида қўшма декларацияни имзоладилар. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган подписали Совместную декларацию об углублении всеобъемлющего стратегического партнерства. #Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #hujjatlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
8762Loading...
04
Belarus Respublikasi bilan hamkorlik aloqalari kengayadi ✅Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Qishloq xo'jaligi vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev boshchiligidagi Vazirlik delegatsiyasi Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Belagro-2024” xalqaro 34-ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 🔗Ko‘rgazmada Belarus Respublikasi agrosanoat majmuasining ilg‘or yutuqlari: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik, veterinariya, qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatidagi yutuqlar bilan tanishildi hamda Belarus Respublikasining yirik korxonalari bilan muzokaralar olib borildi. 💻Shuningdek, “Yagodka” fermer xo‘jaligining golubika ko‘chatlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi hamda O‘zbekiston hududida golubika yetishtirish bo‘yicha tajriba ko‘rgazmali maydon yaratish loyihasi doirasida keyingi rejalar kelishib olindi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 1522Loading...
05
Ijro intizomini nazorat qiluvchi tizim. Platformaning ish samaradorligiga ta’siri qanday? ➡️Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda universitetning mas’ul xodimlari ishtirokida "edo.ijro.uz" ijro intizomi yagona elektron tizimida ishlash samaradorligini oshirish, xodimlar malakasini oshirish va tizimdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. ✅Prorektor, dekan, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda xodimlari qatnashgan ushbu seminarda "Unicon-soft" MCHJ bosh mutaxassisi J.Ziyaxo‘jayev "edo.ijro.uz" tizimida joriy etilgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berdi. 💬Ushbu tizim orqali ichki hujjatlar bilan ishlash, xodimlar nazorati, talabalar davomati va bilim - ko‘nikmalarini nazorat qilish, muassasadagi ichki intizomni barqarorlashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Taklif va xulosalar tinglandi. 📌Shuningdek, tizimdagi hozirgi kamchiliklar ishtirokchi xodimlar tomonidan bildirib o‘tildi. "Unicon-soft" MCHJ bosh mutaxassisi fikrlarni tinglarkan, platformadagi keyingi rivojlantirish bosqichlarida aytib o‘tilgan tashabbuslar inobatga olinishini ma’lum qildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 3863Loading...
06
👍👍👍👍👍👍👍 Qovoqning xom yoki pishganligini qanday farqlash mumkin? 🎃Qovoqni pishish vaqtini bilish uchun ekilayotgan navning xususiyatlariga diqqat qilishingiz lozim. Xo‘sh, urug‘ning navi yoki xususiyatlarini bilish imkonsiz bo‘lganda nima qilish kerak? 🔍Unda qovoqning pishganligini tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Agar bandi qurib, taxtasimon bo‘lib qolgan bo‘lsa, demak qovoq pishgan. ❌Barglarning rangi qochib, qurib boshlashi yoki sarg‘ayishi mumkin. Agar palak hali yashil, suvli bo‘lsa va barglarning rangi endi-endi qochayotgan bo‘lsa, hosilni yig‘ishtirishga hali erta. Har kim bilishi mumkin bo‘lgan asosiy va muhim belgilar: - Hosil yetilganda mevalarning rangi to‘yingan bo‘ladi; - qovoq po‘stlog‘i zich, qattiq, jilosiz va barmoq bilan bosganda botmaydi; - qo‘l bilan urganda pishgan qovoqdan jaranglagan ovoz chiqadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 2522Loading...
07
Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavotlarga  chegara o‘tkazish maskanlarida hujjatlar rasmiylashtiruvi tezlashtiriladi 📑O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tez buziluvchan meva-sabzavotlarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish va ichki fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirishida tezkorlik ta’minlanadi. ✍️Ichki fitosanitariya sertifikati mavjud bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) maskanlarida tezkorlik bilan xalqaro namunadagi fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib beriladi. 🛂Chegara punktlarida meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun navbatda turgan transport vositalarini tezkorlik bilan o‘tkazishda joylardagi bojxona organlari bilan hamkorlik kuchaytirilib, сhegara punktlarida hujjatlarni tegishli elektron baza orqali tekshirilishi 3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. ✅Chegara punktlarida hosil bo‘ladigan tirbandliklar bo‘yicha tashkil etilgan Eksport shtablariga ma’lumotlar berib borilib, vaziyatning ijobiy yechim topishiga ko‘maklashiladi. 🔬Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi va hududiy fitosanitariya laboratoriyalari ekspertiza uchun kelib tushgan  mahsulotlar bo‘yicha qisqa muddatlarda laboratoriya ekspertizasi xulosasini taqdim qilishi ta’minlanadi. 🤝Qo‘shni davlatlarning milliy karantin xizmatlari bilan chegara o‘tkazish punktlaridagi tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha doimiy muzokaralar olib boriladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 2305Loading...
08
6-iyun – Xalqaro zararkunandalarga qarshi kurash kuni 🌏Har yili dunyoning bir qancha mamlakatlarida 6-iyun kuni global miqyosda zararkunandalarga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bayramning maqsadi – odamlarga kasallik tashuvchilarni yo‘q qilish va ularga qarshi kurashning ahamiyatini yetkazishdan iboratdir. 2017-yilda ushbu kunni belgilash tashabbuskori Xitoy zararkunandalariga qarshi kurash assotsiatsiyasi bo‘lib, uning tashabbusi boshqa yirik jahon dezinfeksiya tashkilotlari uyushmalari (CEPA - Yevropa, NPMA - AQSh, FAOPMA - Avstraliya) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. ❤️Odatda, odamlar "zararkunanda" so‘zini eshitganda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi uchun zararli tirik organizmlar - hasharotlar, kemiruvchilar, shuningdek, ekinlarga zarar yetkazadigan qushlar xayolga keladi. Ammo keng ma’noda zararkunandalar odamlar yoki ularning manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday o‘simlik va hayvonlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni keng ma’noda zararkunandalarga har qanday o‘simlik, hasharot yoki hayvon turi kiradi. 🔴Zararkunandalar sonini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Odamlarni, qishloq xo‘jaligi yerlarini va chorva mollarini ulardan himoya qilish kerak, ammo turlarni batamom yo‘q qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, "zararkunanda" bir joyda xavfli bo‘lsa, boshqa bir masalada undan foydalanish ham mumkin. 👆Masalan, yovvoyi yenot (rakun) va tulkilar ekotizimning ajralmas qismidir. Ular o‘rmonda tabiiy "sanitar" hisoblansa, shahar sharoitida juda ham xavfli zararkunandalardan biridir. Zararkunandalarga qarshi kurash sanitar-epidemiologik farovonligining ajralmas qismidir. ✅Yurtimiz maydonlarining katta qismi bog‘ va poliz hududlaridan iborat ekanligini hisobga olsak, sifatli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga jiddiy talablar qo‘yiladi. Bu yo‘lda zararkunandalarga qarshi biologik kurashning ahamiyati katta bo‘lib, tabiatdan foydali mahalliy entomopatogen nematodalarni ajratib olish, ular bilan bir qatorda brakon, trixogramma hamda oltinko‘z kabi bioagentlarni dalalarda faol qo‘llash samarali hosil olishda muhim omil hisoblanadi. ❗️Shu asnoda davriy agrotexnik tadbirlar, xususan, ekin maydonlaridagi begona o‘tlar, kasalliklar va turli zararkunandalarga qarshi kurash usullarini o‘ylab topish, unib chiqqan mahsulotni bezarar parvarishlash, keyinchalik hech qanday talafotsiz yig‘ishtirib olish ham muhim vazifaning bir qismi hisoblanib, bu sohaga aloqador hammaga birdek mas’uliyat yuklaydi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 91216Loading...
09
O'zbеkiston gilos yеtishtiruvchi mamlakatlar kuchli o'ntaligiga kiradi ⚡️Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tomonidan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joriy mavsumda 29 million dollarlik mеva-sabzavot eksporti rеjalashtirilgan bo‘lsa, uning asosiy qismi gilosni tashkil etadi va eng rivojlangan mamlakatlar bozorlaridan joy oladi. 🍒May oyi davomida bog‘lar va aholi tomorqalarida pishib yеtilgan gilos mеvalari yig‘ib olinib, muzlatkichli omborxonalarga joylanib, bosqichma-bosqich xaridorlarga yo‘naltirilmoqda. 📈Bugungi kunga qadar 2,5 ming tonna mahsulot eksportga yo‘naltirildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 5615Loading...
O‘zbekiston-Koreya: agrar sohadagi hamkorlik istiqbollari ✅O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalagi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik byurosi direktori Jung Yong Xo bilan uchrashdi. 🔗Unda ikki mamlakat o’rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashildi. 📌Alisher Shukurov o’z navbatida, agrar sohadagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etar ekan, bugungi uchrashuv ham ikki mamlakat agrar sohasi rivoji uchun manfaatli bo’lishini qayd etdi. ⭐️Binobarin, ilmiy va innovatsion yondashuvlar asosida agrar tarmoqni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar ta’kidlb o’tildi. ✅Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar borasida fikr almashildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
4👍 2👏 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston-Turkiya: Qishloq xoʻjaligi vazirlarining oʻzaro muloqoti agrohamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab berdi 🇺🇿🇹🇷Ayni paytda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Turkiya bilan nafaqat madaniyat, turizm, suv xoʻjaligi sohalarida, balki qishloq xoʻjaligi sohasida ham butunlay yangi bosqichdagi hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda. 🟢Tashrif dasturidan oʻrin olgan tadbirlar doirasida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Ibrahim Yumakli bilan muloqot qildi. 🟢Unda soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻzaro savdosi oʻsishida ijobiy tendensiya kuzatilayotgani, oʻtgan yili savdo aylanmasi 144,8 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil yakuniga qadar mazkur koʻrsatkichni 200 mln dollarga yetkazish boʻyicha oʻzaro hamkorlikda izchil ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlab oʻtildi. 📌Aynan agrar sohada ikki davlat hamkorligida amalga oshiriladigan loyihalarning ahamiyati juda yuqori ekanligiga urgʻu bergan vazir Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida oʻtkazilgan uchrashuvlar samarali boʻlgani va erishilgan kelishuvlarning istiqbollari haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. 🟢Shuningdek, Ibrohim Abdurahmonov qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi platformasini ishlab chiqishda turkiyalik mutaxassislarning koʻrsatayotgan amaliy yordamini ham alohida eʼtirof etdi.
Oʻz oʻrnida Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Ibrahim Yumakli erishilgan kelishuvlar va oʻrnatilgan hamkorlik aloqalaridan mamnunligini bildirar ekan, ildizlari moziyga tutash qardosh davlatlarning agrar sohadagi hamkorlik yoʻnalishlari bundan buyon tobora mustahkamlanib, kengayib borishini taʼkidladi.
👀Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, Turkiyalik hamkorlar bilan qator oʻzaro investitsiya va hamkorlik shartnomalari shakllantirildi. Ilm-fan sohasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha laboratoriya, geotermal suvdan foydalanib, kooperatsiya asosida issiqxonalar, zamonaviy koʻchatchilik, in-vitro laboratoriyasi tashkil etish, zamonaviy urugʻchilik majmuasini barpo etish hamda Turkiya seleksiyasida mansub boʻlgan kungaboqar, makkajoʻxori va yeryongʻoq navlari ota-onalik materiallarining F1 duragay avlodini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👏 3 1 1🤩 1👌 1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған Кенг қамровли стратегик шерикликни чуқурлаштириш тўғрисида қўшма декларацияни имзоладилар. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган подписали Совместную декларацию об углублении всеобъемлющего стратегического партнерства. #Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #hujjatlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
5 1❤‍🔥 1👏 1🤩 1
Belarus Respublikasi bilan hamkorlik aloqalari kengayadi ✅Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Qishloq xo'jaligi vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev boshchiligidagi Vazirlik delegatsiyasi Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Belagro-2024” xalqaro 34-ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 🔗Ko‘rgazmada Belarus Respublikasi agrosanoat majmuasining ilg‘or yutuqlari: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik, veterinariya, qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatidagi yutuqlar bilan tanishildi hamda Belarus Respublikasining yirik korxonalari bilan muzokaralar olib borildi. 💻Shuningdek, “Yagodka” fermer xo‘jaligining golubika ko‘chatlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi hamda O‘zbekiston hududida golubika yetishtirish bo‘yicha tajriba ko‘rgazmali maydon yaratish loyihasi doirasida keyingi rejalar kelishib olindi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
1🤩 1🙏 1
Ijro intizomini nazorat qiluvchi tizim. Platformaning ish samaradorligiga ta’siri qanday? ➡️Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda universitetning mas’ul xodimlari ishtirokida "edo.ijro.uz" ijro intizomi yagona elektron tizimida ishlash samaradorligini oshirish, xodimlar malakasini oshirish va tizimdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. ✅Prorektor, dekan, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda xodimlari qatnashgan ushbu seminarda "Unicon-soft" MCHJ bosh mutaxassisi J.Ziyaxo‘jayev "edo.ijro.uz" tizimida joriy etilgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berdi. 💬Ushbu tizim orqali ichki hujjatlar bilan ishlash, xodimlar nazorati, talabalar davomati va bilim - ko‘nikmalarini nazorat qilish, muassasadagi ichki intizomni barqarorlashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Taklif va xulosalar tinglandi. 📌Shuningdek, tizimdagi hozirgi kamchiliklar ishtirokchi xodimlar tomonidan bildirib o‘tildi. "Unicon-soft" MCHJ bosh mutaxassisi fikrlarni tinglarkan, platformadagi keyingi rivojlantirish bosqichlarida aytib o‘tilgan tashabbuslar inobatga olinishini ma’lum qildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
❤‍🔥 1🔥 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍👍👍👍👍👍👍 Qovoqning xom yoki pishganligini qanday farqlash mumkin? 🎃Qovoqni pishish vaqtini bilish uchun ekilayotgan navning xususiyatlariga diqqat qilishingiz lozim. Xo‘sh, urug‘ning navi yoki xususiyatlarini bilish imkonsiz bo‘lganda nima qilish kerak? 🔍Unda qovoqning pishganligini tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Agar bandi qurib, taxtasimon bo‘lib qolgan bo‘lsa, demak qovoq pishgan. ❌Barglarning rangi qochib, qurib boshlashi yoki sarg‘ayishi mumkin. Agar palak hali yashil, suvli bo‘lsa va barglarning rangi endi-endi qochayotgan bo‘lsa, hosilni yig‘ishtirishga hali erta. Har kim bilishi mumkin bo‘lgan asosiy va muhim belgilar: - Hosil yetilganda mevalarning rangi to‘yingan bo‘ladi; - qovoq po‘stlog‘i zich, qattiq, jilosiz va barmoq bilan bosganda botmaydi; - qo‘l bilan urganda pishgan qovoqdan jaranglagan ovoz chiqadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
3👍 1❤‍🔥 1🔥 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavotlarga  chegara o‘tkazish maskanlarida hujjatlar rasmiylashtiruvi tezlashtiriladi 📑O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tez buziluvchan meva-sabzavotlarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish va ichki fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirishida tezkorlik ta’minlanadi. ✍️Ichki fitosanitariya sertifikati mavjud bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) maskanlarida tezkorlik bilan xalqaro namunadagi fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib beriladi. 🛂Chegara punktlarida meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun navbatda turgan transport vositalarini tezkorlik bilan o‘tkazishda joylardagi bojxona organlari bilan hamkorlik kuchaytirilib, сhegara punktlarida hujjatlarni tegishli elektron baza orqali tekshirilishi 3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. ✅Chegara punktlarida hosil bo‘ladigan tirbandliklar bo‘yicha tashkil etilgan Eksport shtablariga ma’lumotlar berib borilib, vaziyatning ijobiy yechim topishiga ko‘maklashiladi. 🔬Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi va hududiy fitosanitariya laboratoriyalari ekspertiza uchun kelib tushgan  mahsulotlar bo‘yicha qisqa muddatlarda laboratoriya ekspertizasi xulosasini taqdim qilishi ta’minlanadi. 🤝Qo‘shni davlatlarning milliy karantin xizmatlari bilan chegara o‘tkazish punktlaridagi tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha doimiy muzokaralar olib boriladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
3 1 1🔥 1🤩 1🙏 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
6-iyun – Xalqaro zararkunandalarga qarshi kurash kuni 🌏Har yili dunyoning bir qancha mamlakatlarida 6-iyun kuni global miqyosda zararkunandalarga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bayramning maqsadi – odamlarga kasallik tashuvchilarni yo‘q qilish va ularga qarshi kurashning ahamiyatini yetkazishdan iboratdir. 2017-yilda ushbu kunni belgilash tashabbuskori Xitoy zararkunandalariga qarshi kurash assotsiatsiyasi bo‘lib, uning tashabbusi boshqa yirik jahon dezinfeksiya tashkilotlari uyushmalari (CEPA - Yevropa, NPMA - AQSh, FAOPMA - Avstraliya) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. ❤️Odatda, odamlar "zararkunanda" so‘zini eshitganda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi uchun zararli tirik organizmlar - hasharotlar, kemiruvchilar, shuningdek, ekinlarga zarar yetkazadigan qushlar xayolga keladi. Ammo keng ma’noda zararkunandalar odamlar yoki ularning manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday o‘simlik va hayvonlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni keng ma’noda zararkunandalarga har qanday o‘simlik, hasharot yoki hayvon turi kiradi. 🔴Zararkunandalar sonini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Odamlarni, qishloq xo‘jaligi yerlarini va chorva mollarini ulardan himoya qilish kerak, ammo turlarni batamom yo‘q qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, "zararkunanda" bir joyda xavfli bo‘lsa, boshqa bir masalada undan foydalanish ham mumkin. 👆Masalan, yovvoyi yenot (rakun) va tulkilar ekotizimning ajralmas qismidir. Ular o‘rmonda tabiiy "sanitar" hisoblansa, shahar sharoitida juda ham xavfli zararkunandalardan biridir. Zararkunandalarga qarshi kurash sanitar-epidemiologik farovonligining ajralmas qismidir. ✅Yurtimiz maydonlarining katta qismi bog‘ va poliz hududlaridan iborat ekanligini hisobga olsak, sifatli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga jiddiy talablar qo‘yiladi. Bu yo‘lda zararkunandalarga qarshi biologik kurashning ahamiyati katta bo‘lib, tabiatdan foydali mahalliy entomopatogen nematodalarni ajratib olish, ular bilan bir qatorda brakon, trixogramma hamda oltinko‘z kabi bioagentlarni dalalarda faol qo‘llash samarali hosil olishda muhim omil hisoblanadi. ❗️Shu asnoda davriy agrotexnik tadbirlar, xususan, ekin maydonlaridagi begona o‘tlar, kasalliklar va turli zararkunandalarga qarshi kurash usullarini o‘ylab topish, unib chiqqan mahsulotni bezarar parvarishlash, keyinchalik hech qanday talafotsiz yig‘ishtirib olish ham muhim vazifaning bir qismi hisoblanib, bu sohaga aloqador hammaga birdek mas’uliyat yuklaydi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
1 1🕊 1💯 1
O'zbеkiston gilos yеtishtiruvchi mamlakatlar kuchli o'ntaligiga kiradi ⚡️Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tomonidan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joriy mavsumda 29 million dollarlik mеva-sabzavot eksporti rеjalashtirilgan bo‘lsa, uning asosiy qismi gilosni tashkil etadi va eng rivojlangan mamlakatlar bozorlaridan joy oladi. 🍒May oyi davomida bog‘lar va aholi tomorqalarida pishib yеtilgan gilos mеvalari yig‘ib olinib, muzlatkichli omborxonalarga joylanib, bosqichma-bosqich xaridorlarga yo‘naltirilmoqda. 📈Bugungi kunga qadar 2,5 ming tonna mahsulot eksportga yo‘naltirildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 3 2🤩 2🕊 2❤‍🔥 1
آرشیو پست ها