cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
12 020
مشترکین
-1024 ساعت
+457 روز
+35430 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 Oq dog‘lanish kasalligi: Qulupnayni bunday kasallikdan qanday omon saqlash mumkin? 🦠Ushbu kasallik asosan o‘simlik bargida mayda qizg‘ish jigar rangdagi dumaloq, ochiq chegarali, markazi oqish, chetlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir hoshiyali dog‘lar hosil qiladi. Kasallangan barglar sekin-asta quriydi va meva bandlari ham qurib qoladi. 🔫Kasallikni takomillashmagan zamburug‘larning ba’zi turlari keltirib chiqaradi. Bu zamburug‘ konidiyali va sklerosiyli, xaltachali bosqichlarida rivojlanadi. Bu kasallik shamol, suv tomchilari vositasida tarqalish xususiyatiga ega. 💧Kasallikning kuchli zarar yetkazishi uchun noqulay ekologik sharoit, yog‘ingarchilik va yuqori nisbiy namlik asosiy rol o‘ynaydi. 🍓Natijada, qulupnay hosildorligi keskin kamayib, mevaning sifati yomonlashadi. Kasallikka qarshi kurashish uchun kasallangan o‘simlik a’zolarini yig‘ishtirib olib, yoqib tashlash kerak. Bu tadbirlar erta bahorda, o‘simlik gullashidan oldin o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 📌Vegetatsiya davomida qulupnayzorlarga 1% li bodra suyuqligi bilan 3 marta ishlov berish kerak. Ko‘chatlarni ekishda ko‘chat oralig‘iga alohida e’tibor berish kerak. Kasallikka chidamli navlari ekish ham kasallik zararini kamayishiga olib keladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 5 1❤‍🔥 1 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
Pomidor mahsuloti fitosanitar ruxsatnoma asosida qaysi davlatlarga eksport qilinmoqda? 🍅 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda pomidor mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 📈Bunda sifatli, sara va qadoqlangan pomidor dunyo bozorlariga yuqori narxlarda eksport qilinadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 6 1🤩 1🕊 1
Surxondaryoda g‘alla o‘rimiga start berildi ✅Mamlakatimizning janubiy viloyati Surxondaryoda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Xususan, "Muzrabot indenim klaster" MChJning g‘alla maydonida o‘rim-yig‘im jarayonlari jadal olib borilmoqda. 📌Vohada, 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydondagi g‘alla hosilini nes-nobut qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilib, 277 ta kombayn, 1 387 ta tashish texnikasi, 62 ta traktor tirkamalari, 129 ta ko‘chma ustaxona 80 ta yoqilg‘i tashish vositalari biriktirilgan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 7❤‍🔥 3🙏 2 1 1🔥 1👏 1🎉 1
01:57
Video unavailableShow in Telegram
Tomchilatib sug’orishda iqtisodiy samaradorlik 💧Yuqoridagi videorolik orqali tomchilatib sug‘orish texnologiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini boshqa sug‘orish tizimlari bilan solishtirish orqali yuzaga kelgan farqi haqida bilib olishingiz mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 8 1 1❤‍🔥 1🔥 1👏 1🎉 1🙏 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘tgan bir hafta mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati bilan bog‘liq muhim tabdirlarning qisqacha dayjestiSho'rlanishning oqibatlari Jahon banki: manfaatdorlik va samaradorlik davr talabi Pestitsidlardan foydalanish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi O‘zbekiston - Rossiya: ishonchga yo‘g‘rilgan mustahkam hamkorlikInvestitsion loyihalarni amaliyotga joriy qilish bugungi kun talabi Meva-sabzavotlar uchun alohida yo‘lak tashkil etiladiO‘zbekiston-Vengriya: amaliyotga o‘tayotgan hamkorlikEksporti hajmini oshirish masalalari Rosselxoznadzorda ham muhokama etildi Agrar sohada istiqbolli loyihalar muhokama qilindiSamarqand viloyatida “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi uchrashuv-muloqot bo‘lib o‘tdiBahor oylarining seryog‘in kelishining qishloq xo‘jaligi ekinlariga hamda mavjud suv resurslariga ta’siri 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
❤‍🔥 4👍 2 1👏 1🤩 1🕊 1
Dala tadqiqot ishlari avjida 🌲Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlar avjiga chiqqan bir paytda “Tuproqsifattahlil” DUKning tuproqshunos xodimlari ham dala tadqiqot ishlarini jadal olib borishmoqda. 📍Bu galgi manzil Navoiy viloyatining Navbahor va Xatirchi tumanlari bo‘ldi. ✅Navoiy viloyati Navbahor tumanining 20867 gektar, Xatirchi tumanining 30864 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlari sifatini baholash (bonitirovka) ishlari hamda tuproqning asosiy ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi bo‘yicha agrokimyoviy kartogrammalarini tuzish ishlari o‘tkazilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👏 8🔥 2 1🎉 1🤩 1🙏 1👌 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Belgiya kompaniyasi O'zbekistondan dukkakli ekinlar va quritilgan mevalar importini oshiradi 🇺🇿🇧🇪O‘zbekistonning Belgiyadagi favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilov Belgiyaning "GroupDepre" kompaniyalar guruhi bosh direktori Karolin Depre bilan uchrashuv o'tkazdi. 📊Muloqot chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Yevropa bozoriga O'zbekiston mahsulotlari eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟢Belgiya vakiliga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning samarali natijalari, shuningdek, respublikada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekistondan dukkakli ekinlar importini 2023-yilga nisbatan ikki baravarga ko'paytirish, shuningdek, O'zbekiston eksport mahsulotlari turlarini diversifikatsiya qilish va kengaytirish, xususan, quritilgan meva va sabzavotlar yetkazib berish hajmini oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 10 2❤‍🔥 1🔥 1🤩 1🙏 1👌 1🕊 1
04:11
Video unavailableShow in Telegram
Paxtani tomchilatib sug‘orish afzalliklari 💦Yuqoridagi videorolik orqali paxta yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilib olishingiz mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 5 2 1🔥 1👏 1🤩 1👌 1🕊 1
Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi 🥇Toshkent davlat agrar universitetining 6 nafar talaba yoshlari Mirzo Ulugʻbek vorislari Respublika tanlovida gʻolib boʻlishdi! 📌Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Mirzo Ulug'bek vorislari" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi. Eng quvonarlisi, Respublika oliygohlari orasida mazkur tanlov reytingida 1-o’rinda Toshkent davlat agrar universiteti turibti. 🎊Univerisitetimizning 6 nafar talaba yoshlari Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. 🎗Quyida g‘oliblar bilan tanishishingiz mumkin. ✅Zooinjeneriya fakultati Yoshlar ittifoqi koordinatori Usarov Asilbek; ✅Agrobiologiya fakultati talabasi, Universitet yoshlar ittifoqi kengashi aʼzosi Qodirova Arofat; ✅Agrobiologiya fakultati talabasi Tapkanov Diyorbek; ✅Agrologistika va biznes fakultati talabasi Kreativ yoshlar klubi rahbari Umurzoqov Oʻral; ✅Oʻsimliklar himoyasi agrokimyo va tuproqshunoslik fakultati talabasi Aytbayeva Muhayyo; ✅Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash fakulteti talabasi Baxromxoʻjayev Botirxoʻja; 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 7 3👏 3🔥 2🕊 2❤‍🔥 1 1🎉 1🤩 1👌 1💯 1
Dasturlash tillari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi 🇺🇿🇰🇷Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Janubiy Koreyaning “CAMTIC” vakillari bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etib kelinmoqda. 💻O'quv seminarning navbatdagi kunlarida “Aqlli issiqxonalar”ni boshqarishda foydalaniladigan dasturlash "Python" va "Java" tillari va dasturlash algoritmlari to‘liq yoritib berildi. 🧩Bunda o‘quv - seminar ishtirokchilari “Aqlli issiqxonalar” ni boshqarishda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlarni "Python" va "Java" dasturlash tillarida yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar. ⛓Bundan tashqari, o‘quv-seminarning so'nggi kunida “Aqlli issiqxonalar”ni boshqarishda foydalaniladigan dasturlash "C++" va "C" tillari va dasturlash algoritmlari bo‘yicha test sinovlari hamda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. ✔️O‘quv-seminarning yakuni bo‘yicha test sinovlarni va amaliy mashg‘ulotlarni yaxshi bajargan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 6🔥 3❤‍🔥 2 2🤩 2🕊 1
Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Amerikada amaliyot o‘taydi 🟢Kuni kecha “Toshkent davlat agrar universiteti talabalarini Amerika Qo'shma Shtati Missuri Universitetiga amaliyotga (stajirovka) yuborish to'g'risi”da navbatdan tashqari ilmiy kengash yig’ilishi o’tkazildi. 🟢Mazkur yig’ilishda Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari A.Shukurov, universitet prorektorlari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi. 💬Yig'ilish davomida Missuri Universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida TDAU va Missuri Universitet ma’sul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan uch bosqichli suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan 7 nafar talabalarning Amerika Qo‘shma Shtatlarida amaliyot o’tashi uchun yo’l xarajatlari Qishloq xo’jaligi vaziri tomonidan qoplab berilishi ma'lum qilindi. 📌Ma'lumot o'rnida, mazkur amaliyot 13-iyundan 20-avgustgacha bo‘lib o‘tishi belgilangan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 13🕊 2❤‍🔥 1 1🔥 1👏 1🤩 1
G‘o‘za parvarishidagi muhim masalalar 📍Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Far - Isaboy ota” hamda “Xonobod g‘alabasi” fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za parvarishidagi muhim masalalarga bag‘ishlangan seminar bo‘ldi. 🟢Seminarda viloyat va tuman qishloq xo‘jaligiga daxldor mas’ullar, hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. 💬Seminar davomida birinchi o‘g‘itlashni yakunlash va ikkinchi o‘g‘itlashga zaxira yaratish, hasharotlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. 📌O‘z navbatida, bu yil ob-havoni o‘zgaruvchan kelayotgani tufayli g‘o‘za qator oralariga alohida e'tibor qaratish, begona o‘tlardan tozalash masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 👍Seminar asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar ko‘lami belgilab olindi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
4👍 2 1❤‍🔥 1🔥 1👏 1🤩 1👌 1🕊 1