cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
25 152
مشترکین
-124 ساعت
-1297 روز
-6430 روز
آرشیو پست ها
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan yurtimizga kelgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni samimiy kutib oldi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 40👏 4🔥 3👎 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
Denovda korxonalar faoliyati, yirik loyihalar qurilishi hamda ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar bilan tanishildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 19 2👏 1
Viloyat rahbari Denov tumaniga tashrifi davomida “Denov vino aroq” AJda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini sog‘lomlashtirish borasida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Mutasaddilarga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng, “To‘palang” suv omboridan viloyatimizning 11 ta hududidagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi megaloyiha doirasida qurilayotgan 20 ming kub metrlik suv saqlash va tozalash inshooti qurilishi bilan tanishildi. Tashrif yakunida “Qo‘zichoqli yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”da olib borilayotgan ishlar, tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga kredit mablag‘lari ajratish, loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Tijorat banklari va mutasaddilarga loyihalarni muddatida ishga tushirish uchun zarur choralarni ko‘rish topshirildi. #Surxondaryo #korxonalar #sanoatzonasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 42👎 5 3👏 1🕊 1
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Denov ravnaq kamoli” MChJning poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar sifati bilan tanishgan viloyat rahbari tadbirkorga korxona faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida temirni qayta ishlash orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilindi. Mas’ullarga tadbirkorning faoliyati va tashubbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi topshirildi. Shundan so‘ng, Istiqlol yulduzi mahallasida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi ishlar bilan tanishildi hamda “yettilik”ning bu boradagi axborotlari tinglandi. Aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish, asalarichilik va issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mahalla guzarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishilib, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida tikuvchilik dastgohi hamda motokultivator topshirildi. #Surxondaryo #ishlabchiqarish #aholibandligi #Sayxunobodtajribasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 29👏 2 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
👍 38👏 3👎 2 1😐 1
🎼 Yulduzli "Madaniyat karvoni" Surxondaryoda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Madaniyat karvoni” shaklida gastrol-konsert dasturlari namoyish etiladi. 🎤 Konsert dasturlarida taniqli estrada yulduzlari Anvar G‘aniyev, Umid Shaxobov, Sharof Muqimov, Dilfuza Rahimova, Yodgor Mirzajonov, Iroda Iskandarova va “Surxon” guruhi kabi taniqli san’atkorlar jamoasi hamda so‘z ustalari o‘zlarining eng sara ijrolari bilan ishtirok etadi. Konsert dasturlari: 📍 Sariosiyo tumani Sangardak turizm qishlog‘ida, 7-iyun soat 19:30 da; 📍 Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida, 8-iyun soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi. ❗️Konsert dasturlariga kirish mutlaqo bepul. Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini ushbu gala konsert dasturlariga taklif etamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 32🎉 4 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
UzA | Surxondaryoda g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlandi Bugun Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi “Indenim” agrofirmasining g‘alla maydonida mamlakatimizda birinchi bo‘lib, boshoqli don o‘rim-yig‘imiga start berildi. O‘tgan yili kuzda “Aleksey” navli g‘alla urug‘i sepib, bir tekis undirib olingan maysalarni mehr bilan parvarishlagan mirishkorlar mavsumda gektarlar hosildorligini 80 sentnerdan oshirishni mo‘ljallamoqda. G‘allakorlarning aytishicha, o‘tgan yili mazkur daladan gektariga 17-18 sentnerdan sara don yig‘ishtirib olingan. Batafsil: https://uza.uz/posts/601676 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 23 2👏 1
Surxondaryodagi 983 ta maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi Bugun 25-may – yurtimizdagi barcha maktab bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, viloyatimizdagi 961 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident va 4 ta nodavlat maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 9-sinfini 47 ming 982 nafar, 11-sinfini 33 ming 89 nafar o‘quvchi tamomlayapti. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 16-sonli maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Viloyat rahbari bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, yoshlar mamlakatiga aylanib borayotgan Yangi O‘zbekistonimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlashni va ulardan unumli foydalanishni so‘radi hamda katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishda oq yo‘l tiladi. Viloyatdagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 1, 4, 9 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi bayram dasturlari bilan o‘tkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 36🔥 3👏 1
01:40
Video unavailableShow in Telegram
📹 G‘alla o‘rimining boshlanishi, yodgorliklar va aholi bandligi hamda korxonalar faoliyati bilan tanishildi, pilla terimi va g‘o‘za parvarishi ishlari o‘rganildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 33 3👏 2🤝 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga tabrik yo'lladi
Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.
Tabrikning to'liq matni: https://president.uz Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 24👏 7😐 2🤝 1
Bugundan Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Xususan, Muzrabot tumanida o‘rim-yig‘im ishlariga kirishildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida "Muzrabot indenim klaster" MChJning g‘alla maydonida o‘rim-yig‘im jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, Qiziriq tumanida g‘o‘za parvarishi hamda pilla hosilini qabul shahobchalariga topshirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Rivojdan orqada qolayotgan maydonlarda ishlarni jonlantirish topshirig‘i berildi. Pillakorlar bilan uchrashuvda belgilangan rejani bajarishda faollik ko‘rsatayotgan pudratchilarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2089 #Surxondaryo #Galla2024 #paxta #pilla Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
👍 26🤝 5👏 3🎉 1