cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Kitoblar mohiyati ¦ "Tolibi ilmlar" jamoasi

Assalamu alaykum. "1 haftada 1 ta kitob" loyihasi haqida batafsil ma'lumot @Ilm_bekati da. Kutubxona: 👉 @Tolibi_ilmlar_kitoblar Audio kutubxona: 👉 @Tolibi_ilmlar_audio_kitoblar Asosiy: 👉 @Bir_haftada_bitta_kitob Murojaat uchun: 👉 @Buyuklar_yurti

نمایش بیشتر
طاجيكستان4 317زبان مشخص نشده استدین و مذهبی75 101
پست‌های تبلیغاتی
450
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Onamni soģ tut🍀☘ @moychechakkazorim
نمایش همه...
Alisher Fayz - Iltijo.mp36.50 MB
#IMOM_QUSHAYRIY_RISOLASI © Shayx Husayn Buxoriy 🔎 46. Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl al Balxiy rahmatullohi alayhi #TASAVVUFDAGI_SHAXSLAR «IMOM QUSHAYRIY RISOLASI» Bizni kuzatib boring!🔻 https://t.me/+ATTmF0egxzY1N2Vi
نمایش همه...
46. Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl al Balhiy r.a.mp37.96 MB
#Ojiz_bir_qulsan_yodingda_tut Bandalarga qashshoqlik va musibatlarni yuborishdan maqsad ularni tavba-tazarru qilishga chorlashdir. Inson farogʻatda yashasa, kam-koʻstsiz boʻlsa, juda koʻp narsalarni hatto yaratgan Xoliqini ham esdan chiqarib qoʻyadi. Boshiga musibat yetib, oʻzining ojiz bir qulligini anglab qolsa, oʻziga kelishi muqarrar. Shuning uchun ham Alloh taolo oʻzidan ketgan, kufr va isyon ahliga turli musibatlar yuboradi. Allohning bundan maqsadi oʻziga biror-bir foyda koʻzlash yoki odamlarni azoblab maza qilish emas. Alloh behojat va pokdir. Parvardigorning muddaosi - insonlarning manfaati, vaqtida tavba-tazarru qilib oʻzlarini oʻnglab olishga imkoniyat berishdir. 📚"Tafsiri Hilol" 2-juz ©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🌙 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Halqa Китоб ҳақида: Жозеф ва унинг рафиқаси Анна журналистлар. Улар "Исломий Руҳият" лойиҳасини ташкиллаштириш учун Мусулмонлар билан яқиндан суҳбат қуриш истагида улар билан бир кемага чиқадилар.  Уларнинг мақсади мусулмонлар нега айнан Ислом динини танлаганлари, қизиқишлари, ҳаётларини ўрганиш эди. Анна Муслималар билан Жозеф эса Муслимлар билан суҳбат ўтказишга шайланади. Китоб қисмларга ажратилиб ёзилган. Яъни бир Муслима ҳаётини сўзлар экан, энг қизиқ палласига келганда, бошқа муслимни ҳикоясига ўтиб кетилади. Ҳикояларнинг давоми навбат билан давом этилади. Мен учун янги услуб эди бу. Менимча айнан шу услуб сабаб, ҳеч мутолаадан чарчоқ, зерикиш ҳиссини туймадим. Китобдаги қаҳрамонларнинг ҳикоясини ўқир эканман беҳад ажиб туйғулар қамраб олди. Иймонингиз, ихлосингиз ўртага қўйилади, юзма-юз келасиз гўё. Аллоҳни янада яхшироқ таний бошлайсиз. Аллоҳга қандай боғланиш кераклиги, Ундан қандай қўрқиш, қандай муҳаббат қўйиш кераклиги,, Унга таваккул қилганларни асло ўз ҳолига ташлаб қўймаслигини тирик мисоллар ила англайсиз. Китоб енгил ёзилган, яъни осон ўқилади, аммо ундаги ҳикоялар оғир... Лекин муаллиф ўқувчи қайғу уммонига ғарқ бўлмасин деган мақсадда-ми билмадим, ора-орада табассум қилдиради. Энг муҳими нега бутун дунё Исломни йўқ қилишни истайди? Уммат нега бу қадар заифлашиб кетди? Қайта нусратга эришиш учун қандай йўл тутишимиз керак? Беҳаё кофирлар қуршовида қолган бир муслима иффатини сақлаш учун қўлидаги чақалоғи билан 9-қаватдан сакраганида, Аллоҳ унга қандай офият берди? Буюкларни буюкликка етиштирган нарса нима эди? Жозеф ва Анна мусулмонлар билан суҳбат қургандан сўнг қандай хулосага келишди? Шу каби кўплаб саволларнинг жавоби сизга қизиқ бўлса, китобни ўқишни тавсия қиламан. Ўқиган бадиий китобимни қайта ўқишни ёқтирмайман, лекин бу китобни вақт ўтиб яна албатта ўқишга қарор қилдим. #taymiyyadantaqriz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#xush_xabar Kitob sevar insonlar uchun ajoyib xush xabar “Hilol-Nashr” endi Fargʻonada Hilol-Nashr nashriyot-matbaasining Farg'ona shahridagi hamkor do'koni o'z ish faoliyatini boshladi. Siz ushbu do'kondan "Hilol nashr"nashriyot-matbaasining kitoblarini, asl belgilagan narxlarida harid qilishingiz yoki bepul kitoblar loyihasi uchun ajratilgan kitoblarni, ma'lum shartlar asosida olishingiz mumkin. Joylashuv: Biz bilan bog'lanish: ☎️+998907762799 ☎️+998976277170 📨 @Hilol_reception_fergana Bizning telegram sahifamiz: https://t.me/hilol_nashr_fergana
نمایش همه...
#Odam_shaytonlar_haqida Jinlardan buzgʻunchi, ig'vogar va yomonlikka yurgani shayton boʻladi. Xuddi shuningdek, odamlardan buzgʻunchi, ig'vogar va yomonlikka moyili shayton boʻladi. Hayvonlarning yomoni ham shayton boʻladi. Bularning ichida eng yomoni — odam shaytondir. Hayvon shaytonning iymon va Islom masalasiga deyarli dahli yoʻq. Jin shaytonlar oyati karimalarda, shuningdek, hadisi shariflarda guvoh boʻlganimizdek, olovdan yaratilgan boʻlib, koʻpgina odamda yoʻq xususiyatlarga egadirlar. Ular, yaʼni jin shaytonlar odamlarni igʻvo qilib, vasvasaga solib, zalolatga chaqirib turadilar. Ammo Allohning zikri bor joydan qochadilar. Allohni eslab turadigan moʻmin-musulmon kishiga ular oʻz taʼsirlarini oʻtkaza olmaydilar. Ammo odamdan boʻlgan shaytonlar esa hamma-hammasidan badtaridir. Ular doimo oramizda, koʻzlarimiz oʻngida turadi. Allohning zikrini qilsang ham, qochmaydi. Turli yoʻllar bilan vasvasa qilib, gunoh ishlarga boshlaydi. 📚"Tafsiri Hilol" 2-juz ©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🌙 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#Taqriz ​​📚Imom Gʻazzoliy "Ayyuhal valad" (Ey farzand) Imom Gʻazzoliyning ushbu kitobi tolibi ilmlar uchundir.Sababi ilm oluvchilar uchun ushbu kitob keng qoʻllanma desak adashmaymiz.Bilib turganingizdek, ilm olish yoʻlida vaqtning qanchalik qadri, oʻrni Alloh taoloning oyatlari va Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislaridan misollar keltirib oʻquvchiga namoyon qilingan.Moʻjazgina kitob boʻlsada oʻzida keng koʻlamli saboqlar, purmaʼno nasihatlarni oʻz ichiga olgan.Nafsni tarbiyalash, odob-axloq, vaqt masalasi, ibodat haqida barchasini topishingiz mumkin. Baʼzan 200-300 betli kitoblardan 1-2 xulosa chiqaramiz.Ammo bu kitobdan tolibi ilm uchun zarur boʻlgan barcha ezgu nasihatlar jamlangan. P.S: Oʻqisangiz-u, amalda qoʻllamasangiz ketgan vaqtingiz behuda oʻtgan boʻladi. 📌Luqmoni Hakimning o'g'liga qilgan nasihatlaridan biri bunday edi: "Ey bolajonim, ziyraklikda xo'roz sendan zinhor o'zib ketmasin: saharlari qichqirganida sen uxlab yotgan bo'lmagin". @kitoblar_mohiyati 📚
نمایش همه...
​Suadning "Alanga ichidagi ayol" asariga taqriz. Bu asar haqida qisqacha gapiradigan bo'lsam, bu asar ayollarning o'z haq huquqlariga da'vo qilishga, jamiyatda o'z o'rinlarini topishga undaydigan asardir. Suad ismli bir qiz bo'ladi. U yashayotgan muhitda ayollarga qul sifatida muomalaa qilinadi. Qizlar erkaklarning ko'zlari tugul, ular bilan gaplashishlari ham mumkin emas. Suadning muhitiga juda rahmim keldi, o'z hayotim bilan solishtirar ekanman, hayotimga ming bora shukurlar aytdim, Alhamdullilah. Bu asarni o'qigan bir men emas barcha ayol-qizlar shukur aytishardi. Asarda Suad va uning opa singillari otalari tomonidan  juda taxqirlanadi. Avvalo o'sha muhitning o'zi qiz farzandni qoralagani, ayollarni inson sifatida ko'rilmagani tasvirlangan. Ayollar o'g'il farzand tug'ishsa e'zozda, qiz ko'rishsa xatto uni o'ldirishga ham borishgan... Suad ham butun umrini eri va oilasiga hizmat ko'rsatish to'g'risida hayollar surar ekan, opasining xusn borasida omadi chopmagani boisdan, unga kelayotgan sovchilar ham kelmay qoydi. Suad Fayoz ismli qo'shnisidan sovchi kelganini eshtib u bn turmush qurish hayollarini surar, uni ishdan kelishini va ketishi kuzatardi. Shunday qilib u Fayoz bn birga bo'ladi. Buni bilgan Suadning uyidagilari uni qornidagi bolasi bn yoqib yuborishadi. Suad tirik qoladi. Bolasi vaqtidan oldin tugiladi va ularga mo'jiza orqali kelgan insonlar yordam berishadi. Suadning yuzi yong'inda chidab bo'lmas darajaga yetadi ammo u yashashda davom etadi. Uni  onalik hissi hayotga bog'lab turadi. Keyinchalik u Yevropaga ketadi, hayotiga bir inson kiradi va ular yana farzandlik bo'lishadi. Hayoti juda ham yaxshi davom etadi, sevgan insoni farzandlari bilan umr o'tkazish bu uning bolalikdagi eng katta orzusi edi va u amalga oshdi. Lekin Dunyoda unga o'xshagan xo'rlangan, zug'um ostida yashaganlar kam deyszmi?! Suad doimo ota- onasidan qo'rqib yashadi, ota onasi esa jamiyatdan, gap so'zlardan... Keling biroz shukur qilaylik, shukur qilaylikki bizda bu darajada emas... Otamiz onamiz bitta aybimiz uchun yoqib yuboradigan, bizdan kechib ketadigan darajada emas, Hamd bo'lsin... Alhamdulillah... "Alanga ichidagi ayol" parchalar "...Bir payt sovuq narsa boshimni ho'l qildi. Nimaligini anglamay turib, gugurt chaqilganini eshitdim. Zum o'tmay, yona boshladim. Ustimdan benzin quyib, o't qo'yganini tushundim..."                          *** ​...Esimda, o‘n yoshlarda edim. Onamni bir kuni to‘lg‘oq tutdi. Xolam Salima uni qo‘y terisi to‘shalgan yerga yotqizib doyalik qildi. Onamning azoblanganini eshitib, ko‘rpamga biqinib oldim. Go‘dak yig‘isi eshitildi. Onam negadir bolaning ustiga yostiq bosdi. Bola teri ustida biroz to‘lg‘ondi-da, so‘ng jimib qoldi. Nima bo‘lganini bilmadim-u, ammo yangi mehmon endi oramizda yo‘q edi. Kuchli qo‘rquv ichra qoldim! @kitoblar_mohiyati
نمایش همه...
#Ayollarning_ishlash_mas'uliyati_yo'q Islomda ayollarni tugʻilganlaridan umrlari oxirigacha kerakli mayishat bilan taʼminlash erkak zimmasiga yuklatilganligi, shuningdek, jamiyat uchun kerakli ogʻir ishlarni bajarish ham erkaklarga yuklatilganligi uchun, ayollarni hurmatlab, ularga ishlash masʼuliyati yuklatilmagan. Islomda ayol zoti oʻzining hayot kechirishi uchun kerakli narsalarni topishdan ham ozod qilingan. Uni nafaqa bilan taʼminlash erkaklarga yuklatilgan. Nafaqa deganda turar joy, kiyim, taom, dam olish, taʼlim olish va davolanish kabi hayotiy taqozolarni taʼminot etish koʻzda tutiladi. 📚"Baxtiyor oila" ©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 👉@Bir_haftada_bitta_kitob📌 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#Taqriz 📚 "Jazo koloniyasida" 🖊Frans Kafka. XX asrda yashab o'tgan, dunyodagi eng g'aroyib va tushunarsiz taqdir egasi deya ta'riflanuvchi Frans Kafka o'zining adabiy merosi bilan mashhur."Jazo kaloniyasida" deb nomlangan hikoyasi ham u yozgan mashhur asarlaridan biridir. Mazkur asar garchi hikoya janrida yozilgan qisqa hajmli bo'lsada o'zi bir olam ma'noni jamlagan ekan. Asarda personajlar ishtirok etgan bo'lib, bosh mavzu inson erki, jamiyat a'zolarining sud tizimi haqida so'z boradi.Qahramonlarga ism ham berilmagan bo'lib,voqealar ofitser, sayyoh, jinoyatchi va soqchi ishtirokida sodir bo'ladi.Hikoyada bir insonning aybdor deb topilishi,uning ustidan hukm va ijro bajariladi.Aybdor jinoyatchining na o'ziga qo'yilgan hukmdan, na taqdiridan xabardor qilinadi, na o'zini himoya qilishi mumkinligi haqidagi huquqidan foydalaniladi.Hikoyada sud ishini, hukmni, ijroni ham bir inson bajaradi.Barcha aybdorlar uchun birdek hukm ya'ni vaxshiylikdan iborat jazo mashinasida tanasiga turlicha mazmundagi gaplar, ularga mos bezaklar chiziladi.Bu jarayondagi qiynoqlar chidab bo'lmas darajada bo'ladi.Yovuzlik va insonlarni o'ldirishga o'rganib qolgan ofitser yangi boshlig'idan norozi bo'ladi.Boshqa davlatdan bu kabi sud tizimi kelgan sayyohga bu boshliqdan qutulishi kerakligini aytadi.Lekin sayyoh uning bu kabi ishlarining notog'ri va jamiyatga to'g'ri kelmasligini aytganida ofitser bu eng adolatli usul ekanligini ta'kidlaydi.Jazo mashinasining yaxshi ishlashini ko'rsatib beradi.Hikoya so'nggida esa o'zini shu mashina orqali o'ldiradi. Bu hikoyada ko'rsatilgan voqealardan ko'rinadiki bir insonning jamiyat a'zosi tomonidan huquqlarini poymol qilinishi, uning ayanchli taqdiri, jamiyatning bir inson ustidan o'rnatgan cheksiz hokimiyatidan norozilik sezilib turadi, ijtimoiy tartiblarning ayanchli qiyofasi hech qanday tasviriy bo'yoqlarsiz aks etgan. Taqriz muallifi: Omonullayeva Zuhraxon @kitoblar_mohiyati🌙
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.