cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

1 haftada 1 ta kitob—"1H1K"

Assalamu alaykum "1 haftada 1 ta kitob"—1H1K haqida batafsil @Ilm_bekati da. 👇TikTok https://vm.tiktok.com/ZSegV3NrA/ 👇Instagram http://Instagram.com/bir_haftada_bitta_kitob "Tolibi ilmlar" jamoasiga qo'shilish uchun: 👉 @Bir_haftada_bitta_kitob_bot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
1 466
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Kanal faoliyati to'xtaydi (vaqtincha). Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuhu. Shu kungacha ulashilgan barcha ma'lumotlardan biror yaxshilik topgan bo'lsangiz Allohdan deb, jamiki xato va kamchiliklarni biz Tolibi ilmlardan deb bilishingizni so'raymiz. @Bir_haftada_bitta_kitob kanali faoliyatini vaqtincha to'xtatmoqchimiz. O'rgangan ilmlarimizga amal qilish va ilmning haqqini munosib ado qilish uchun shu qarorga keldik. Tolibi ilmlar jamoasi faoliyati to'xtatilmaydi, ular doimgidek 1 haftada 1 ta kitob o'qib o'zaro muhokamalar qilishni va ulashish niyatida bo'lgan bilimlarini bir-birlari bilan baham ko'rishni davom etadilar. Amalda qoladigan telegram kanallar: @Kitoblar_mohiyati @Tolibi_ilmlar_kitoblar @Tolibi_ilmlar_audio_kitoblar @Tolibi_ilmlar_natijalar va TikTok dagi kanalimiz: https://vm.tiktok.com/ZSegV3NrA faoliyati davom etadi faqat @Bir_haftada_bitta_kitob kanali faoliyati noma'lum muddatgacha to'xtatiladi. Bu borada barchangizdan uzr so'rayman vazifamizni sidqi dildan, munosib bajarolmaganimiz uchun. Lekin "Tolibi ilmlar" jamoasi mavjudligicha qoladi va jamoaga qo'shilish uchun: @Bir_haftada_bitta_kitob_bot ga yozishingiz mumkin, asosiy faoliyat jamoa uchun ochilgan guruhlarda davom etadi. Savolingiz bo'lsa: @Buyuklar_yurti ga yozishingiz mumkin. Qimmatli vaqtini shu kanalda sarflaganlardan (obunachilar, Tolibi ilmlar jamoasi a'zolari, adminlar) Alloh rozi bo'lsin! Nasib bo'lsa qaytamiz!🙂 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🌙
نمایش همه...
#Barcha_musulmonlarning_orzuyi O'tgan azizlar Iymon va Islom, dinu diyonat va haqiqat yoʻli gullar toʻshalgan, alvon shiorlar osilgan rohat-farogʻat yoʻli emasligini yaxshi bildilar. Bu yoʻlda ularni turli mashaqqatlar, azob-uqubatlar, zahmat va musibatlar kutib turganiga iqror boʻldilar. Shuning uchun ham Allohdan tinch-omon, ziyon-zahmatsiz, sogʻ-salomat qolishni emas, balki sabr-toqatni soʻrashdi, yaʼni ular doimo sabr qilib yurishlari lozimligini yaxshi bilganlaridan shunday yoʻl tutishdi. Iltijo qilib soʻragan ikkinchi narsalari, musulmon hollarida bu dunyoni tark etish boʻldi. Dunyodagi jamiki moʻmin-musulmonlarning orzuyi — shu: nima boʻlsa ham, iymoni salomat qolib, musulmon holida oʻlsa! 📚"Tafsiri Hilol" 2-juz ©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🌙 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Olov_va Quyosh_bir_narsami🤔 Yunon faylasufi Anaksagor Olov va Quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblagan. Unga Suqrot qarshi chiqqan. Chunki u odamlar olovga bemalol qaray olishlarini, Quyoshga esa tik qarab bo'lmasligini nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi Quyosh nuri ta'sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini, o'simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklari, olov taftidan esa halok bo'lishlarini unutgan. Anaksagor Quyoshni olovda toblangan tosh, deb ta'riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon Quyosh kabi yog'du tarata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa eng porloq yoritgich bo'lib qolajak. 👉@Nuktalarim
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Mumkin_emas Iffatli ayol erkak kishi bilan gaplasharkan, uyaladi. Ayol uchun iffatning shartlaridan biri ham erkak bilan beparvo gaplashmasligi, soʻzni qisqa qilishi, kulmasligi va samimiyat qurmasligidir. 📚"Qalb iffati" ©Nuriya Cheleyen 👉@Bir_haftada_bitta_kitob📜 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#Shoshilinglar Abu Hurayra raziyollohi anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallollohi alayhi vasallam: Yetti narsa (kelishidan oldin) yaxshi amllarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar  quyidagi narsalarni kutasizlar, xolos: 1. Kambagʻallik–bu hamma narsani unuttirib yuboradi. 2. Boylik–tugʻyonga ketishga sababchidir. 3. Bemorlik–barcha narsani fasod qiladi. 4. Qarilik–hamma narsani xotirdan chiqarib yuboradi. 5. Oʻlim–tamom qilib tezlatuvchi. 6. Dajjol–kutilayotgan gʻoib narsalarning eng yomoni. 7. Qiyomat–falokatlarning eng ogʻiri va achchigʻidir. 📚"Riyoz us-solihiyn" (Solihlar gulshani) ©Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy 👉@Bir_haftada_bitta_kitob📌 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Beshikdagi bola sutga qanday ehtiyojmand bo'lsa, beshikdan turgach tabriyaga ham shunday ehtiyoji bordir. 📚"O'gay ona" ©Ahmad Lutfiy Qozonchi 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🧩 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
00:44
Video unavailableShow in Telegram
Dars tugadi! 🤦🏻‍♂ 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🔭 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
3.56 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Asmaul_husna 4. Al-Malik اَلْمَلِكُ - Barcha narsani egasi. "Malik" haqiqiy egadir. Undan o'zga ega yo'qdir. Shuning uchun bandalar faqat Unga qul bo'ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xo'jayin bo'lmaydi. Shuning uchun insonlar o'zlariga o'xshagan insonlarga emas, balki yagona Yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo'lishlari lozim. 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🌙 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Bolalarimizning tarbiyasidagi eng muhim shaxs onadir. Biroq ertalab tongdan to kechgacha kuniga 8-10 soat ishlaydigan ayol kechga charqoq bilan uyga kelganida bolalariga nima bera oladi? Ayollarimiz faqatgina ishxonada ishlash majburiyatida emas, uylarida ham ularni supur-sidir, tozalik, taom tayyorlash kabi ishlar kutib turadi. Inson bunday og'ir shart-sharoitda ishlab, qanday qilib baxtli bo'lishi mumkin? 📚"Olim yetishtirgan onalar" ©Murat Tosun 👉@Bir_haftada_bitta_kitob📌 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#Ojiz_bir_qulsan_yodingda_tut Bandalarga qashshoqlik va musibatlarni yuborishdan maqsad ularni tavba-tazarru qilishga chorlashdir. Inson farogʻatda yashasa, kam-koʻstsiz boʻlsa, juda koʻp narsalarni hatto yaratgan Xoliqini ham esdan chiqarib qoʻyadi. Boshiga musibat yetib, oʻzining ojiz bir qulligini anglab qolsa, oʻziga kelishi muqarrar. Shuning uchun ham Alloh taolo oʻzidan ketgan, kufr va isyon ahliga turli musibatlar yuboradi. Allohning bundan maqsadi oʻziga biror-bir foyda koʻzlash yoki odamlarni azoblab maza qilish emas. Alloh behojat va pokdir. Parvardigorning muddaosi - insonlarning manfaati, vaqtida tavba-tazarru qilib oʻzlarini oʻnglab olishga imkoniyat berishdir. 📚"Tafsiri Hilol" 2-juz ©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 👉@Bir_haftada_bitta_kitob🌙 TikTok | Instagram | YouTube
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.