cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligi ☎️ 1148 📩 [email protected] 🌐 www.davxizmat.uz 📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
405
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

NAVROʻZ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BIR GURUH XODIMLAR TAQDIRLANDI. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, goʻzal va dilbar ayyom – Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Taʼkidlash joizki, Navroʻz ruhi va falsafasi Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilining gʻoya va maqsadlari bilan uygʻun hamda hamohang ravishda namoyon boʻlmoqda. Bu ayniqsa, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yanada yaqqol koʻzga tashlanmoqda, desak mubolagʻa emas. Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasida tashkil etilgan bayram tadbirida ana shu mavzuda soʻz bordi. 👉🏻👉🏻👉🏻BATAFSIL👈🏻👈🏻👈🏻 BIZNI KUZATING: https://t.me/Samarqand_Davxizmat
نمایش همه...
🔴 #Live DXM: Filial xizmati qulaylik uchun Nurota tuman DXM xodimlari tomonidan tumandan 95 km uzoqlikdagi "Temirqovuq" mahallasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20-son qarori ijrosi bo'yicha MFY dagi "Ayollar", "Yoshlar" va "Temir" daftariga kiritilgan fuqarolarga ERI kalitlar olib berish hamda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Chehra – qalbning oynasi. Sitseron Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram · Qoraqalpog‘iston · Andijon · Buxoro · Jizzax · Navoiy · Qashqadaryo · Namangan · Samarqand · Sirdaryo · Surxondaryo · Farg‘ona · Xorazm · Toshkent · Toshkent_sh
نمایش همه...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️Adliya tizimi yanada ixchamlashtirildi Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko'rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 🔰 Farmonga ko'ra, adliya tizimida yagona boshqaruvni joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qo'shildi. ● Natijada boshqaruv xodimlari soni 110 taga, ya'ni 2,2 foizga (birgina markaziy apparat 10 foizga, ya'ni 356 tadan 320 taga) qisqartirildi. ● Vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifalar 35 tadan 23 taga (34 foizga) va funksiyalar 388 tadan 215 taga (46 foizga) qisqardi. ☑️ Hududlardagi Davlat xizmatlari boshqarmalari hamda Intellektual mulk markazlari hududiy adliya boshqarmalari tarkibiga o'tkazildi. ✅ Tumandagi davlat xizmatlari markazlari, FHDYO organlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tuman adliya bo'limlari bilan birlashtirilib, bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona Adliya bo'limlariga aylantiriladi, uning tarkibida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish bo'yicha alohida mas'ullar faoliyat yuritadi. 📋 Farmon bilan Adliya vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda raqamlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. ➡️ Dastur doirasida bir-biriga bog'liq bo'lgan davlat xizmatlarini, jumladan ko'chmas mulk hamda manzilga ro'yxatga qo'yish, nogironlik va turli kasalliklarga oid nafaqalar tayinlashni kompozit tarzda, ya'ni bir vaqtda ko'rsatish tizimi joriy etiladi. 📁 Shuningdek, 1990-2016 yillar oralig'ida qabul qilingan Hukumat qarorlari xatlovdan o'tkazilib, fuqarolarga va tadbirkorlarga yengillik yaratish nuqtai-nazaridan qayta ko'rib chiqiladi. 🖥 Farmonga ko'ra, “e-shartnoma” tizimi yagona elektron portali yaratiladi. Tizim orqali tadbirkorlar onlayn ravishda turli shartnoma namunalarini bepul olishi mumkin bo'ladi. ❕Xalq deputatlari kengashlarining hududlardagi islohotlar ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida deputatlik nazoratining yangi shakli – “kengash so'rovi” joriy etiladi. 📌 2023-yildan mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazada jamlash tartibi joriy qilinadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
02:01
Video unavailableShow in Telegram
#Inson_qadri_uchun Namangan viloyatida Davlat xizmatlari markazining oʻn ikkinchisi Yangi Namangan tumanida ochildi.
نمایش همه...
SMM_SARIQ_9.mp414.89 MB
⚡️“Prava” almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar oʻtkazilishi munosabati bilan 19-martdan – 2-aprel kunigacha vaqtincha koʻrsatilmaydi. Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning plastik shaklda tayyorlanadigan yangi namunalari joriy etilgan. Dastlabki hisob kitoblarga koʻra, har bir guvohnoma almashtirish punktiga kuniga 55-60 nafardan fuqaro murojaat qilganda – toʻliq qamrov uchun oʻrtacha 4 yil vaqt sarf qilinishi rejalashtirilgan edi. Hozirda esa, bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda. Maʼlumot uchun: respublika boʻyicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 mln. nafarni tashkil etadi. Shunga koʻra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020-yildan – 2021-yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021-yildan – 2022-yilning soʻngiga qadar) uzaytirilgan. Qolaversa, haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida toʻplanib qolishlarining oldini olish maqsadida guvohnomalarni almashtirishning yakuniy muddatlari tabaqalashtirildi (masalan, 2010-yilgacha olingan guvohnomalar – 2022-yilning apreliga qadar, 2012-yilgachalari – 2022-yilning iyul oyiga qadar va hokazo). Ushbu muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb topilishi belgilandi. ❗️Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun vakolatli idora Ichki ishlar vazirligining YHXX tuman va tumanlararo boʻlimlari. Haydovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 2018-yilning may oyidan EKSPERIMENTAL tartibda Davlat xizmatlari markazlarida ham “prava” almashtirish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bunda xizmat uchun nafaqat kelgan holda, balki onlayn shaklda ham murojaat qilish imkoni yaratildi. Bugungi kunda jami 74 ta punktda xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratilib, tegishli moddiy-texnikaviy baza bilan taʼminlangan (qurilmalarning 49 tasi – YHXBB boʻlinmalari, 25 tasi Davlat xizmatlari markazlariga oʻrnatilgan). Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi amaliyotga kiritilgan paytdan boshlab, bugungi kunga qadar 2,6 mln.dan ortiq haydovchilaring guvohnomalari yangisiga almashtirildi. ❗️Davlat xizmatlari agentligi poytaxtda va viloyatlardagi haydovchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida “soʻnggi mijozgacha” ish rejimini yoʻlga qoʻydi. Maʼlumot uchun DXMlarda oʻrtacha bir fuqaroga xizmat koʻrsatish uchun 4-5 daqiqa vaqt sarflanmoqda. Biroq, oʻtkazilgan tahlillar 3,1 mln.dan ortiq fuqarolarimiz tomonidan hujjatlarni almashtirilmay kelinganligini koʻrsatdi. Muammoni bartaraf etish uchun masʼullar qanday choralar koʻrmoqda? Birinchidan, haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023-yilning 31-dekabriga qadar oʻzaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanmoqda; Ikkinchidan, haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning tahminiy soni va asosli talabini inobatga olib, haydovchilik guvohnomasini almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga koʻpaytirish. Shuningdek, IIV maʼlumotiga koʻra, 2022-yilning 1-aprelidan boshlab haqiqiy emas deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari boʻyicha, istisno tariqasida tegishli taʼsir choralari qoʻllanilmaydi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Kimki azob va mehnatdan o‘zini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi. Jon Milton Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram · Qoraqalpog‘iston · Andijon · Buxoro · Jizzax · Navoiy · Qashqadaryo · Namangan · Samarqand · Sirdaryo · Surxondaryo · Farg‘ona · Xorazm · Toshkent · Toshkent_sh
نمایش همه...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Xodim pensiya yoshiga yetishi munosabati bilan uni ish beruvchi tomonidan bo'shatish taqiqlanadi “Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–167-son, 15.03.2022-y.) qabul qilindi ✅ Qarorga muvofiq, “Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul” tamoyilini qaror toptirishdagi tashabbuskor nuroniylar moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanadi. ❌ Xodimning pensiya yoshiga to'lganligi uchun mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. 🔰 2022-yil 1-apreldan: ➖o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz keksalar va yolg'iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog'lomlashtiriladi; ➖sharoiti og'ir va kam ta'minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi; ➖og'ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi; ➖keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi; ➖davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to'liq qoplab beriladi. ➡️ 2022-yil 1-sentyabrgacha keksalarga oid ma'lumot va yangiliklar ularning mobil telefon raqamlariga SMS orqali ma'lum qilib boriladi. ❕Mamlakatimizda faol qarish indeksi joriy etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Naf’ing agar xalqqa beshakdurur Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur. ALISHER NAVOIY Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram · Qoraqalpog‘iston · Andijon · Buxoro · Jizzax · Navoiy · Qashqadaryo · Namangan · Samarqand · Sirdaryo · Surxondaryo · Farg‘ona · Xorazm · Toshkent · Toshkent_sh
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.