cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Huquqiy axborot | Lotin

Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 320
مشترکین
-424 ساعت
+37 روز
+3030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“Kinochilar uyi” “O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi” deb qayta nomlandi
🔰 Qarorga muvofiq, Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik (co-production) asosida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi filmlarni yaratishga ruxsat berildi. 🏢 Shuningdek, “Kinochilar uyi” “O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi” deb qayta nomlandi. 🔎 O'zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun o'rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi. 📜Respublikadagi oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalarida, o'rta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyishlari tashkil etiladi. ❕Bunda, ushbu namoyishlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi axborot-multimedia striming platformasi (uzbekkino.uz) orqali amalga oshiriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️Milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini aks ettiruvchi filmlar turkumi ishlab chiqiladi
“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag'ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-209-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi 🔰Qarorga ko'ra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga ko'tarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma'naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024–2027 yillarga mo'ljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi. ✔️Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yo'lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy ko'rsatib berish belgilandi. 🏢Shuningdek, quyidagilar tuzildi: 🔹Kinematografiyani rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy komissiya (Milliy komissiya); 🔹Filmlarning g'oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko'maklashuvchi milliy kengash (Milliy kengash). 📁“Tirik tarix” dasturi doirasida: 🔸filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash bo'yicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi; 🔸kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
❗️Aholi punktlarida avtomobil magnitofonidan baland ovozda foydalanish mumkin emas
Manba: Yo'l harakati qoidalari Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
magnitafon lotin.mp46.69 KB
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🔰 Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. SHunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi. 📁 Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi: 🔹nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan; 🔹meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan; 🔹nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa; 🔹er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ☑️ Qonunchilikka ko'ra, ipak qurti urug'i, tut ko'chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako'lchilik bilan shug'ullanayotgan subyektlar, qorako'lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorako'lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ko'zda tutilgan soliq va bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar 2026-yil 1-yanvargacha belgilangan. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🔰 Qonunchilikka ko'ra, har bir bola bilim olish huquqiga ega bo'lib, davlat bolaning bepul majburiy umumiy o'rta ta'lim va o'rta maxsus ta'lim olishini kafolatlaydi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-213-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, O'zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o'tish choralarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo'yicha quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklandi: 🔹issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash; 🔹xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish; 🔹issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish; 🔹xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko'rish. 🗓 2024-yil 1-dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta'minlanadi. ✔️2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o'tkazilishi ta'minlanadi.Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🔰 Qonunchilikka ko'ra, yo'l-patrul xizmati xodimi o'z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida har qanday vaziyatda yo'l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e'tiborli bo'lish, ularga hurmat bilan hamda "Siz" deb murojaat qilish, yo'l harakati qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilishga majbur.
❗️ Shuningdek, yo'l harakati qatnashchilariga ularni to'xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo'nda tushuntirish berishi kerak.
Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Manfaatlar to'qnashuvini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanadi
🔰 Qarorga ko'ra, 2024-yil yakunigachaE-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi. ▶️ Manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini ta'minlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi: ➖davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi holatlari bo'yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish; ➖Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo'yicha ko'rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish. 📄 2024-yil 1-oktyabrgacha manfaatlar to'qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari tasdiqlanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“O'zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-210-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi
⚡️Qarorga ko'ra, “Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida”gi Qonuni (Qonun) bilan o'rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. ✔️Qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. 🗓Komissiya 2024-yil 1-iyulgacha Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro'yxatini shakllantiradi. 📁 Qonun kuchga kirganidan keyin quyidagilar ta'minlanadi: 🔹har chorakda Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari kesimida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holatlar tahlil qilinishi, bunday holatlar ko'paygan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo'lmaydigan choralarni belgilash uchun tegishli taqdimnomalar kiritilishi; 🔹har yarim yilda manfaatlar to'qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan choralar Respublika idoralararo komissiyasi yig'ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib borilishi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
نمایش همه...