3 885
مشترکین
-12024 ساعت
-1187 روز
-7230 روز
آرشیو پست ها
3 887
O’yindan keyin Kabo-Verde darvozabonining “Instagram”dagi obunachilari soni 50 mingdan 2 millionga oshibdi. Mamlakati aholisi sonidan 4 baravar ko’p. 😀
@bmamadiev
3 887
Kabo-Verde degan 500 ming kishilik orol-davlat Yevropa chempioni Ispaniyadan bir ochko tortib oldi.
@bmamadiev
3 887
Shu kunlar Nyu-York shahridagi manzara. Buning futbol bo’yicha jahon chempionatiga hech qanday aloqasi yo’q.
Nyu-York shahrining “Knicks” basketbol jamoasi mamlakat chempionligini qo’lga kiritdi va shahar larzaga keldi.
@bmamadiev
3 887
Yaponiya Niderlandiyaga munosib qarshilik ko’rsatdi. Natija ham shunga yarasha bo’ldi: 2:2.
@bmamadiev
3 887
Jahon chempionati sharofati bilan Kyurasao degan davlat borligini bilib oldik. 2010-yil Niderlandiya qirolligidan mustaqillikni qo’lga kiritgan bu mitti orol-davlat hududi 444 kv. km. atrofida - O’zbekistondan ming barobar kichik. Aholisi esa 155 mingta.
Biz 34 yil kutgan Mundialda qatnashish orzusiga bu azamatlar 16 yilda erishibdi. Lekin 1-o’yinda hozircha nemislar mashinasi ularni 4-1 hisobida yer tishlatmoqda.
@bmamadiev
3 887
Braziliya - Marokash o’yini boshlanmoqda. Menimcha, chempionatning eng qiziq o’yinlaridan biri bu.
Marokash - mundialning kutilmagan kashfiyoti bo’lishi mumkin.
O’yin bizning mahallada - Nyu-Jersidagi MetLife stadionida bo’lib o’tmoqda.
@bmamadiev
3 887
Ilon Mask bir necha soatdan keyin insoniyat tarixidagi ilk trillionerga aylanadi. Uning kosmos bilan ishlovchi “SpaceX” kompaniyasi bugun rasman aksiyalarini savdoga chiqaradi.
Bu IPO ortidan kompaniya qiymati 1,7 trillion dollar atrofida bo’lishi, Maskning shaxsiy boyligi esa 1 trilion dollardan oshishi kutilyapti.
@bmamadiev
3 887
Bugun futbol bo’yicha Jahon chempionati boshlanadi. Ilk o’yin Janubiy Afrika va mezbon Meksika o’rtasida o’tkaziladi.
O’yinlarning 26 tasi Meksika va Kanadada, qolgan barchasi (78 ta) AQSh maydonlarida bo’lib o’tadi.
O’zbekistonning ilk o’yini 17-iyun kuni guruh favoritlaridan biri Kolumbiyaga qarshi belgilangan.
@bmamadiev
3 887
Kecha Niderlandiya va O’zbekiston o’rtasida asosiy o’yin tugagandan keyin zaxiradagi o’yinchilar ishtirokida har bir taymi 30 minutdan iborat yana bir o’yin o’tkazilgan. Matbuotga yopiq tarzda bo’lib o’tgan bu o’yinda o’zbekistonliklar 2:1 hisobida g’alaba qozongan.
@bmamadiev
3 887
O’zbekistonliklar natijasi o’yindan o’yinga yaxshilanib bormoqda. Kanada 2:0 ga yutqazishdi. Niderlandiya bilan hisob 2:1 bo’ldi. Uchinchi (rasmiy) o’yinda endi 2:2 bo’lsa ajab emas. 🙂
@bmamadiev
3 887
+5
AQShdagi “Zakovat” intellektual o’yinining navbatdagisi Nyu-Yorkdagi Jahon Savdo Tashkiloti binosi 39-qavatida bo’ldi.
Pensilvaniya shtatidan kelgan “Filadelfiya burgutlari” 1-o’rinni oldi.
Tashkilotchilarga yana bir bor rahmat!
@bmamadiev
3 887
“Polymarket” bashoratiga ko’ra, jamoalarning guruhdan keyingi bosqichga chiqishi ehtimoli
@bmamadiev
3 887
O’zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo’yicha jahon chempionati o’yinlarida qatnashish uchun AQShga yetib keldi. Futbolchilarni AQShdagi O’zbekiston elchixonasi va konsulligi rasmiylari hamda vatandoshlar kutib oldi.
@bmamadiev
3 887
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Sizlarni kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Alloh taolo qilgan ibodatlaringizni, yaxshi amallaringizni va duolaringizni qabul qilsin.
Bayram munosabati bilan “Mahalla USA” jamiyati hayit namozini tashkil qilmoqda.
Namoz 2026-yil 27-may kuni o’qiladi.
🕌 1- namoz soat 06:30 da
🕌 2- namoz soat 07:30 da
Manzil: ROYAL HALL - Banquet Hall
2896 W 12th St, Brooklyn, NY 11224
O’zingiz bilan joynamoz olib kelishni unutmang.
@bmamadiev
3 887
Rossiyaning Ukraina bilan davom etayotgan urushi muddat bo’yicha Sovet Ittifoqining II Jahon urushidagi ishtirokidan o’tib ketibdi.
@bmamadiev
3 887
Bir guruh o’zbekistonlik blogerlar Yevropa orqali kemada AQShga yo’l olishgani haqida xabarim bor edi. Mahallamizga yetib kelishibdi.
Manhattan ko’chalarida yurishibdi ayni daqiqalarda. 🙂
@bmamadiev
3 887
“YouTube”da sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan o’zbekcha qo’shiqlar paydo bo’libdi. Ayrimlari allaqachon millionlab marta tomosha qilingan. Bildirilgan fikrlarning aksariyati ijobiy.
“Instagram”da ham sun’iy intellekt yordamida o’zbekcha hajviy roliklar chiqaradigan sahifalar anchadan beri bor. Aksent sezilmaydi, gapirish ohangi mavzuga mos; xullas, ovoz berish professional darajada deyish mumkin.
Tez orada har xil mavzularda butun boshli podkastlar ham paydo bo’lsa ajab emas. O’zbek tilida sifatli kontent kamligi hisobga olinsa, haqiqiy va sun’iy podkastlar o’rtasidagi raqobat qanday bo’lishi qiziq.
Qo’shiq va musiqa masalasida sun’iy intellekt allaqachon yutayotgandek. Qizig’i, bu kontentlarni hozircha o’zbeklar yoki o’zbekistonliklar yaratmayapti. Qaysidir kanallar, kontent yaratuvchilar eksperiment qilayotganga o’xshaydi.
@bmamadiev
3 887
Prezident Donald Tramp Hilton mehmonxonasida jurnalistlar bilan an’anaviy ziyofat oqshomida ko’rishishi kerak edi.
Tashqarida otishma yuz berishi oqibatida tadbir bekor qilingan. Videoda prezident va vitse-prezident Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan zudlik bilan sahnadan olib chiqib ketilayotgani aks etgan.
@bmamadiev
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
