es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Vashington kundaligi

Vashington kundaligi

Ir al canal en Telegram
3 992
Suscriptores
Sin datos24 horas
+997 días
+9130 días
Archivo de publicaciones
Lotin yozuviga asoslangan yangi Özbek alifbosi qonuni bugundan kuçga kiribdi. Yangı alifbomiz xayrli bölsin, azizlar. Endi kl
Lotin yozuviga asoslangan yangi Özbek alifbosi qonuni bugundan kuçga kiribdi. Yangı alifbomiz xayrli bölsin, azizlar. Endi klaviaturalarimızni sozlab olişimız kerak. Yangi harflarni yozışga qöl kelişi ham endi bıroz vaqt oladi. 🙂 @bmamadiev

AQSh bosh diplomati Oʻzbekistonga nima uchun bordi? AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 18–19-oktabr kunlari Samarqandda boʻldi. Bu oddiy diplomatik tashrif emas. Rubio Oʻzbekistonga AQShning yuzlab ishbilarmonlari bilan keldi. Samarqandda u Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi ishlar vazirlari ishtirokida C5+1 uchrashuvini va Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yigʻilishini oʻtkazdi. Bu galgi tashrifning avvalgilaridan qanday farqi bor? Eng muhim yangilik — Amerika kompaniyalari bilan umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 54 ta savdo, investitsiya va texnologik hamkorlik bitimlari imzolandi. Kelishuvlar temiryoʻl transporti, energetika, foydali qazilmalar, moliya, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarni qamrab oladi. Albatta, 12 milliard dollarlik kelishuv imzolandi degani shuncha pul Oʻzbekistonga kirib keldi, degani emas. Bu bitimlar turli majburiyat va rejalarni oʻz ichiga oladi. Ularning qanchasi amalda bajarilishi va qancha mablagʻ real investitsiyaga aylanishini vaqt koʻrsatadi. Yana bir yangilik: Oʻzbekiston AQSh tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Artemida kelishuvlariga qoʻshildi. Kelishuv kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish va xalqaro fazoviy hamkorlik tamoyillarini belgilaydi. Oʻzbekiston ushbu kelishuvlarga qoʻshilgan 77-davlat boʻldi. Tomonlar AQShning fuqarolik yadro texnologiyalari va kosmik sohadagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qildi. Rubio va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ikki davlat oʻrtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotini ham boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rubioni «Buyuk xizmatlari uchun», AQSh Prezidentining maxsus vakili Serjio Gorni esa «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirladi. AQShning Markaziy Osiyoga qiziqishi oshdimi? Markaziy Osiyo Xitoy va Rossiya katta taʼsirga ega boʻlgan mintaqa. AQSh bu yerda oʻz iqtisodiy ishtirokini kengaytirish, ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar uchun zarur strategik minerallarni qo’lga kiritish imkoniyatlarini izlamoqda. Amerika matbuoti tashrifni asosan shu nuqtayi nazardan yoritdi. “Reuters” va “Bloomberg” Rossiya hamda Xitoy bilan iqtisodiy raqobat, investitsiyalar va foydali qazilmalar masalasiga urgʻu berdi. “Associated Press” esa Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi inqirozlar davom etayotgan bir paytda Rubio nega aynan Markaziy Osiyoga kelgani haqidagi savollarni koʻtardi. Bu yerda asosiy jihat — AQShning Oʻzbekiston bilan munosabatlarni diplomatik muloqotdan aniq iqtisodiy loyihalarga oʻtkazishga urinayotgani. Samarqanddagi uchrashuvlar shunchaki siyosiy yaqinlikni namoyish qilish emas, Amerika kapitali va texnologiyalarini Oʻzbekistonning energetika, transport va strategik minerallar sohalariga olib kirishga qaratilgan. Buning ortida Vashingtonning Xitoyga bogʻliq taʼminot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va Rossiya hamda Xitoy iqtisodiy taʼsiri kuchli boʻlgan mintaqada oʻz ishtirokini oshirish maqsadi ham turibdi. Muhim savol — Amerika kompaniyalari Oʻzbekistonda haqiqatan ham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadimi, texnologiya olib kiradimi va loyihalarga kapital ajratadimi? Agar bu rejalar amalga oshsa, Oʻzbekiston AQSh uchun shunchaki xomashyo yetkazib beruvchi emas, balki ishlab chiqarish va texnologik hamkorlikdagi sherikka aylanishi mumkin. Oʻzbekiston uchun esa asosiy masala Amerikaning mintaqaga qiziqishidan maksimal darajada amaliy foyda olish bo’lishi kerak: yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish quvvatlari, xorijiy sarmoya va eksport bozorlariga kengroq chiqish imkoniyatlarini yaratish bo’yicha. Yirik G’arb davlati bilan strategik muloqotni kuchaytirish Rossiya va Xitoy ta’sirini muvozanatga solib turishda ham qo’l keladi. Chunki Vashington AQSh kompaniyalari sarmiya kiritgan yurtlarni hech qachon o’z holiga tashlab qo’ymaydi. @bmamadiev

🇺🇿 Amazon Web Services o’zbekistonliklarga sunʼiy intellekt va IT boʻyicha bepul kurslarni taqdim etadi Amazon Web Services
🇺🇿 Amazon Web Services o’zbekistonliklarga sunʼiy intellekt va IT boʻyicha bepul kurslarni taqdim etadi Amazon Web Services (AWS) bilan olib borilgan muzokaralar natijasida aileaders.uz platformasida sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalariga oid yangi oʻquv kurslari ishga tushirildi. Kurslar faqat nazariy bilim berish bilan cheklanmaydi. Ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. 📚 Qanday kurslar mavjud? ✅ Mashinaviy oʻrganish asoslari va undan biznesda foydalanish; ✅ Generativ sunʼiy intellekt loyihalarini rejalashtirish; ✅ Sunʼiy intellekt tizimlarida xavfsizlik, qonuniy talablarga muvofiqlik va boshqaruv; ✅ Sunʼiy intellektga samarali soʻrov (prompt) yozish asoslari; ✅ Bulutli texnologiyalar sohasidagi kasblar va boshqa yoʻnalishlar. 🎓 Kurslarda o’qish bepul. Shuningdek, xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritish va it-istedod.uz dasturi orqali tegishli xarajatlarning 100 foizigacha kompensatsiya olish imkoniyati mavjud. 🔗 Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish: https://aileaders.uz @bmamadiev

“Anthropic” kompaniyasining ogohlantirishicha, yaqin oylarda sunʼiy intellekt (SI) modellari oʻz nusxalarini yaratib, internetga ulangan qurilmalar boʻylab mustaqil tarqala oladigan darajaga yetishi mumkin. Bunday dasturlar “AI worms” (SI qurtlari) deb ataladi. Ular oddiy kompyuter viruslaridan farqli ravishda, turli qurilmalarga moslashishi, zaifliklarni aniqlashi va insonning doimiy boshqaruvisiz tarqalishi mumkin. Tadqiqotchilar 9 milliard parametrli SI modelini toʻqqiz xil apparat turidan sakkiztasida ishga tushirishga muvaffaq boʻlgan. Kelajakda bunday modellar aqlli televizorlar, kuzatuv kameralari va boshqa internetga ulangan qurilmalarda ishlashi mumkin. Natijada minglab qurilmalardan iborat, markaziy serverga bogʻliq boʻlmagan tarmoq shakllanishi va uni toʻxtatish qiyinlashishi ehtimoli bor. Masalan, sunʼiy intellekt yordamida tarqaladigan virus minglab uylarning kuzatuv kameralarini egallab olishi mumkin. Oddiy virusdan farqli ravishda, u har bir kameraning dasturiy taʼminotini oʻrganib, mavjud zaifliklarga moslashishi mumkin. Keyin boshqa kameralarga, aqlli televizorlarga yoki internetga ulangan qurilmalarga oʻtib, oʻz nusxalarini tarqatadi. Asosiy xavotir — bunday virusni toʻxtatish uchun bitta serverni oʻchirish kifoya qilmaydi. Chunki uning nusxalari minglab mustaqil qurilmalarda ishlashda davom etadi. @bmamadiev

+1
- 100 km/soat tezlikka 2 soniyada chiqadi; - Eng yuqori tezligi 400 km/soat; - Toʻrt oʻrindiqli; - Narxi: $200 000; - Sotuvga 2020-yilda chiqadi. Bular Ilon Mask “Roadster” superkarining yangi modelini 9 yil oldin (2017-yil) eʼlon qilganda bergan vaʼdalari. 2020-yilda ishlab chiqarilishi rejalangan model kecha, 6 yillik kechikishdan soʻng, qaytadan taqdim etildi. — Bunaqasini kinolarda ham koʻrmagansiz, — dedi Mask va u haq boʻlib chiqdi. “Roadster”ning yangi avlodi haqiqiy maʼnoda uchadi. Uchganda ham “SpaceX” fazo kompaniyasi texnologiyasidan foydalangan holda havoda oʻzini muvozanatda ushlab turadi. Taqdimot davomida namoyish qilingan tryuklarni videoda ko’ring. Amalda ulardan foydalanishga, menimcha, hali ruxsat yo’q. Tezlanishi ham super darajada: 100 km/soat tezlikka bir soniya ichida erishadi. Boshqa koʻrsatkichlari qanaqa? 9 yil avvalgi vaʼdalardan qanchalik farqli? - 100 km/soat tezlikka 1 soniyada chiqadi; - Eng yuqori tezligi 370 km/soat; - Ikki oʻrindiqli (raketa versiyasi bir oʻrindiqli); - Narxi: nomaʼlum; - Sotuvga 2028-yilda chiqishi rejalangan. $50 000 toʻlab, hozirdan unga buyurtma berishingiz mumkin. Toʻliq narxi hali eʼlon qilinmagan. @bmamadiev

- Kuchugimning (ismini aytdi) bogʻchasini oʻzgartirdim, - dedi Aleks. - Yoʻgʻe, nega? - dedi yana bir Aleks. Bu ikki hamkasbimning ertalabki suhbatidan. Ular kamida 10 daqiqa davomida uy jonivoriga kunduzi qarab turadigan markazni boshqasi bilan almashtirishga nega majbur boʻlgani haqida gaplashdi… Yiliga kamida 200-300 ming dollar topadigan amerikaliklarning kundalik tashvishlari nimalardan iborat? Ular oʻzaro suhbatlarda nimalar haqida gaplashadi? Odatda, siyosat haqida gaplashilmaydi. Kamida, ishxonada shunday. Chunki siyosat - nozik mavzu. Ayniqsa, siyosiy qutblashish kuchaygan bir paytda ikkinchi tomonning qarashini bilmay turib, siyosat haqida gap boshlash katta xato va odobsizlik hisoblanadi. Tirikchilik tashvishlari, narx-navo ham mavzular orasida yoʻq. Chunki ularda moddiy yetishmovchilik yo’q. Uy jonivorlarini sevishadi. Kuchuklar haqida soatlab gaplashish mumkin. Kuchugini qayerga olib borgani, nimalar qilgani haqida. Bunda odatda 2-tomonning ham uy jonivori boʻlishi kerak. Ular bir-birlarining kuchuklari nomini yoddan biladi. Taomlar - katta mavzu. Kecha qaysi restoranga borgani, qanday taom buyurtma qilgani har kuni boʻladigan suhbatlarda, albatta, kamida 30-40 foiz joyni band qiladi. Ovqatlar haqida berilib va batafsil gaplashish Amerika madaniyatining ajralmas bir qismi. Ichimliklarga (alkogolli va alkogolsiz) ham alohida bob ajratiladi. Nima yoqishi va yoqmasligi, qayerda qaysi ichimlik zo’rligi haqida uzoq gaplashish mumkin. Shaharda qanaqadir konsertlar oʻtkazilgan boʻlsa, bu ham suhbatlarda quloqqa chalinadi. Ayniqsa, qoʻshiqchilar va musiqa - koʻp muhokama qilinadigan mavzu. Men eng noʻnoq boʻlgan soha bu - chunki qoʻshiqchilarni kuzatmayman va tinglamayman. Yana, sayohatlar haqida koʻp gap ketadi. Har yili deyarli hamma kamida bir marta taʼtil paytida xorij safarida boʻladi. Qayerlarga borgani, nimalar qilgani haqida gap-soʻz ketishi tabiiy. “Dam olish kunlari nima qilding?”, - degan savol, odatda, har dushanba kuni beriladi. Hech kim uyda oʻtirdim demaydi. Qayergadir borgan, qanaqadir xobbisi bilan shugʻullangan boʻladi. Bu mavzu muhokamasi ham uzoq choʻzilishi mumkin. Shu bilan umr ham o’tib ketadi… @bmamadiev

Reuters xabariga koʻra, Qozogʻiston hukumatiga aloqador deb taxmin qilinayotgan Silent Lynx xakerlar guruhi qo’shni davlatlar tarmoqlariga buzib kirgan. Hujumga uchragan davlatlar qatorida Rossiya, Belarus, O’zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bor. Hujumlardan asosiy maqsad energetika, davlat boshqaruvi va strategik infratuzilmalarga oid maxfiy maʼlumotlarni yigʻish boʻlishi mumkin. Xakerlarning diplomatik muzokaralar arafasida davlat idoralarini nishonga olishi, neft taʼminoti va suv resurslariga qiziqishi ularning hukumatga aloqadorligi haqidagi gumonlarni oshiradi. Rossiyada neftni qayta ishlovchi zavod va mahalliy hukumat tarmoqlari nishonga olingan. Oʻzbekistonga uyushtirilgan hujumda esa “Smart Forestry”tashabbusi va suv resurslari bilan bogʻliq infratuzilma ma’lumotlari qo’lga kiritilgani taxmin qilinmoqda. @bmamadiev

Repost from davletovuz
Ўзбекистонлик талабалар энди Aileaders.uz платформаси орқали Google’нинг “Gemini AI Plus” хизматидан бир йил давомида бепул фойдаланиши мумкин. Бу имконият Google ва Рақамли технологиялар вазирлиги ҳамкорлигида амалга оширилиб, Ўзбекистон талабалари Google’нинг халқаро верификация тизимига киритилди. Талабаларга 60 доллар қийматидаги обуна доирасида Gemini’нинг кенгайтирилган имкониятлари, 400 ГБ булутли хотира, Google Flow, Gmail ва NotebookLM’да сунъий интеллект функциялари ҳамда AI мусиқа студиясидан фойдаланиш имконияти берилади.

iPhone 18 Pro Max ko’zi bilan: Nyu-Jersidan Manxetten qanday ko’rinadi? @bmamadiev

Sun'iy intellekt - xaloskormi yoki halokat keltiruvchi? So'nggi kunlarda sun'iy intellekt (SI) tahdidi yana kun mavzusiga aylandi. "OpenAI" va "Anthropic" modellarining sinov paytida chegarani buzib, ochiq internetga chiqib ketgani va belgilangan topshiriqni bajarish uchun boshqa sayt va tizimlarga buzib kirgani turli vahimalarga sabab bo'ldi. AQSh qonunchilari orasida yangi modellar ustida tadqiqotlarni butunlay to'xtatishga chaqirayotganlar bor. SI kompaniyalarining yetakchilari ham, kutilmaganda, sinovlarni sekinlashtirishga undamoqda. Sun'iy intellekt otasi deb ataladigan Jefri Hintonga ko'ra, keyingi 30 yil ichida odamzotning SI qo'lida qirilib ketishi xavfi 10-20 foiz atrofida. "Anthropic" asoschisi va rahbari Dario Amadey ham SI tufayli global ko'lamdagi falokatning yuz berishi ehtimolini 25 foiz deb hisoblaydi. Ilon Mask bunday xavf darajasini 20 foiz deb baholagan. Nega SIdan bunchalik qo'rqishmoqda? Har qanday savolingizga erinmasdan va charchamasdan javob beradigan, hatto so'kishlaringizni eshitib, yana sizga bo'yin egib beminnat xizmat qilayotgan chatbotda nega bunchalik katta xavf ko'rishyapti? Sun'iy intellekt odamga o'xshaydi: unga qanday tarbiya bersangiz, shunday natija olasiz. To'g'ri tarbiya va odob olgan, yaxshi muhitda ulg'aygan farzand, odatda, ulg'ayib yaxshi odam bo'ladi; hech qachon ota-onasining yuzini yerga qaratmaydi. Lekin istisnolar doim bor: ba'zan hamma yaxshi deb bilgan odam xato qilib qo'yishi mumkin. SI ham shunday: unga to'g'ri narsalar o'rgatilsa, insonga itoatkor, faqat uning xizmatini qiladigan beminnat dastyor bo'ladi. Lekin har doim ham shunday bo'lishiga kafolat yo'q. Chunki SI qanday qaror berishini va nimani so'nggi qaror sifatida taqdim etishini hech kim tushuntirib bera olmaydi. "ChatGPT"da 10 ta oynacha ochib, har biriga bir xil savol tashlasangiz, 10 xil javob olasiz. Mazmuman, javoblar bir xil va to'g'ri, lekin matn va javobni yetkazish shakli hammasida har xil. Odamzot borgan sari mustaqil qaror berish vakolatlarini SI zimmasiga topshirib boryapti. Ish unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, tezroq ishlash va hokazo sabablar bilan. SI shunchalik odamlar ishonchini qozonadaki, bora-bora eng muhim va murakkab vazifalar bo'yicha qaror qabul qilish vakolatlari to'liq uning ixtiyoriga beriladi; u barcha tizimlarga kirib boradi. Aslida, xavf bunda emas. Eng katta xavf uning odamzotdan o'nlab, balki yuzlab barobar aqlliroq ekanida. U beminnat xizmat qilishda davom etadi va ayni paytda butun tizimlarni to'liq egallab oladi yoki ularga istalgan payt kira olish uchun o'ziga zamin hozirlab qo'yadi. Holat shu darajaga yetadiki (biz bu nuqtaga yaqinmiz), endi uni o'chirib qo'ya olmaysiz... "Anthropic" kompaniyasi SI konstitutsiyasini ishlab chiqqan. Unda ikkita bahsli nuqta bor: 1. Model nima to'g'ri va noto'g'riligi haqida mustaqil xulosaga ega bo'lishi kerak. 2. Model hech qachon uni boshqarayotgan odamlardan nazoratni tortib olmasligi kerak. Bu ikki qoida bir-biriga zid. Agar SI odamzot xohishini o'zi to'g'ri deb bilgan qarorga zid deb topsachi? Odamning buyrug'iga bo'ysunadimi yoki o'zi to'g'ri deb bilgan ishni qiladimi? Modelni har qancha tarbiyalamang, u kutilmagan qarorlarni qabul qilishi yoki siz bexabar qandaydir ishlarni amalga oshirib qo'yishi ehtimoli har doim bor. Shuning uchun, menimcha, savolni boshqacharoq qo'yish kerak: SI qanchalik odamzot uchun xavfli, deb so'ramasdan, balki qachon SI odamzot nazoratidan chiqib ketishi mumkin, degan savol ustida o'ylanish kerak. Nazoratni qo'ldan chiqargan kunimiz - odamzot tamaddunining tugash nuqtasi bo'ladi. Balki, u insoniyatni barcha azob-uqubatlardan qutqaradigan kelajakning boshlanishi bo'lar? @bmamadiev

Amerikaliklar AI (Artificial intelligence) so’zini SI (Super intelligence) terminiga o’zgartiryapti. O’zbekchada, zotan, biz SI (Sun’iy intellekt) deb kelayotgan edik. Qisqartmani o’zgartirishimizga hojat yo’q ekan, o’rtoqlar. 😃 @bmamadiev

Ugandada jurnalist qirol bo’ldi. Mamlakat g’arbidagi Tooro mahalliy qirolligining 34 yoshli bepusht podshohi vafot etgach, vorisni tanlash qo’mitasi shu qabilaga mansub 56 yoshli telejurnalistni yangi qirol deb e’lon qilibdi. O’lgan qirol 3 yoshidan beri shu lavozimda bo’lgan ekan. Qirollik mahalliy darajadagi ramziy institut bo’lib, amalda hech qanday siyosiy mustaqillikka ega emas. @bmamadiev

Bir yarim oy oldin AI tokenlarining 80 foizi yopiq (pulli) modellar uchun, 20 foizi ochiq (bepul) modellar uchun ishlatilgan. Hozir buning aksi ekan: 80 foizi ochiq modellar uchun sarflanyapti. Bu “Anthropic” va “Open AI” kabi kompaniyalar uchun yaxshi yangilik emas. Yoki, boshqacha qilib aytganda, Xitoy kompaniyalari AI bozorini egallayapti. @bmamadiev

Hurmatli ota-onalar! 🌟 Sizlarni 19–20-sentabr kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha Ziyoart Academy o’tkazayotgan Ochiq eshikla
Hurmatli ota-onalar! 🌟 Sizlarni 19–20-sentabr kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha Ziyoart Academy o’tkazayotgan Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz! Farzandingiz uchun darslar, ustozlar va taʼlim dasturlari bilan yaqindan tanishing. Manzil:📍 8778 Bay Parkway, Brooklyn, NY 11214 Aloqa uchun: 📞 929-559-2999 @bmamadiev

“Anthropic” AI kompaniyasi shu yili IPOga chiqishi kutilyapti. Ya’ni, aksiyadorlik jamiyatiga aylanadi. IPO yuz bergan kuni kompaniya asoschilari va xodimlari orasida quyidagi miqdorda yangi boylar paydo bo’lishi kutilyapti: - 7 ta milliarder - Boyligi $100 milliondan oshadigan 50 ta xodim - Boyligi $10 milliondan oshadigan 1200 ta xodim - Multi-millionerga aylanadigan yana minglab xodimlar @bmamadiev

Kutilmagan boylik sindromi(SWS - Sudden Wealth Syndrome) degan kasallik paydo bo’libdi. Sun’iy intellekt inqilobi AQShda ko’plab yangi milliarder va multi-millionerlarni paydo qildi. Kutilmaganda millionlab boylikka ega chiqqan yosh va yangi boylar bu yangi voqelik oqibatida yuz bergan ruhiy bezovtalikni boshqarish uchun maxsus terapiya sessiyalariga qatnayotgan ekan. @bmamadiev

📢 ISHGA TAKLIF QILAMIZ! AllHealth Diagnostic and Treatment Center faoliyatini kengaytirmoqda va jamoaga malakali mutaxassisl
📢 ISHGA TAKLIF QILAMIZ! AllHealth Diagnostic and Treatment Center faoliyatini kengaytirmoqda va jamoaga malakali mutaxassislarni taklif qiladi. Ayniqsa, o‘zbek hamjamiyatidan bo‘lgan hamda ingliz, o‘zbek, rus yoki tojik tillarida muloqot qila oladigan nomzodlarni kutamiz. Talablar 🔹 Shifokorlar (Doctors) • Tibbiyot oliygohini tamomlagan bo‘lishi • Kamida 5 yillik klinik tajriba 🔹 Amaliyotchi hamshiralar (Nurse Practitioners) • Tegishli oliy ma’lumot • Kamida 2 yillik klinik tajriba 🔹 Qabulxona xodimlari (Front Desk Staff) • Kompyuterda ishlash ko‘nikmasi • Yaxshi muloqot qobiliyati • Jamoada ishlash tajribasi • EMR tizimlarini bilish — afzallik 💼 Maosh, imtiyozlar va boshqa shartlar suhbat davomida muhokama qilinadi. 📩 Email: a.ahmedov@allhealthdtc.com 📞 Telefon: (929) 651-0133 O‘zingiz yoki tanishlaringiz orasida shu talablarga mos mutaxassis bo‘lsa, yuqoridagi kontakt ma’lumotlari bo’yicha bog‘laning yoki ushbu e’lonni ulashing. @bmamadiev

AQSh mustaqilligining 250 yilligi, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi va Mustaqillik Kubogining 10 yilligini birgalikda
AQSh mustaqilligining 250 yilligi, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi va Mustaqillik Kubogining 10 yilligini birgalikda nishonlaymiz. 🎶 Jonli musiqa, mashhur san’atkorlar bilan uchrashuv va futbol bayramiga marhamat! Manzil:📍 760 Oriental Blvd, Brooklyn, NY 11235 🗓 6-sentabr, yakshanba ⏰ 12:00–19:00 Barchangizni ushbu katta bayramda kutib qolamiz! 🇺🇸🤝🇺🇿 @bmamadiev

2030-yilgacha xususiy kompaniyalar sun’iy intellekt data markazlarini qurish uchun 7 trillion dollar sarflar ekan. Qiyoslash uchun - bu pulga har bir xitoylikni (1,4 milliard odam) uch yil boqish mumkin, deb yozmoqda “Financial Times”. @bmamadiev

Amerikaliklarning 65 foizga yaqini oylikdan oylikka yashaydi. Bu degani, topgani tirikchilikka yetadi, xolos. Nimadir favqulodda moliyaviy ehtiyoj yuzaga kelsa, ishlatish uchun qo’shimcha jamg’arib qo’ygan puli yo’q. @bmamadiev