Abdulbosit Mirvali o'g'li
رفتن به کانال در Telegram
• Mebel fabrikam @korkfurniture • Mebel haqida yangiliklar @mebelium_uz Shaxsiy blog.
نمایش بیشتر1 853
مشترکین
+424 ساعت
-137 روز
-2530 روز
آرشیو پست ها
+3
Al-Beruniy 973-yilda hozirgi O'zbekistonning Xorazm hududida tug'ilgan musulmon olim edi. U astronomiya, matematika, geografiya, tibbiyot va tarix fanlari bo'yicha 150 ga yaqin asar yozgan. Bugungi kunda ko'pchilik uning nomini eshitmagan.
Taxminan 1023-yilda hozirgi Pokiston hududidagi tog'larda joylashgan qal'ada turib, u g'ayrioddiy bir ish qildi. U ma'lum balandlikdagi tepalikka chiqib, ufqning qancha burchak ostida pastga tushishini o'lchadi va oddiy geometriyadan foydalangan holda butun Yerning hajmini (o'lchamini) hisoblab chiqdi.
Uning hisob-kitobiga ko'ra, Yerning radiusi taxminan 6339 kilometrni tashkil qildi. Haqiqiy ko'rsatkich esa 6371 kilometrga teng. Bundan ming yil oldin, hech qanday sun'iy yo'ldoshlar va texnikasiz u bor yo'g'i bir foiz xatolik bilan buni bajargan edi.
Yevropa yana 500 yil davomida bunday aniqlikka erisha olmadi.
Nima uchun musulmon olim osmon va yerni o'lchashga bunchalik ko'p e'tibor qaratdi? Chunki Qur'on mo'minlarni doimo kuzatishga chaqiradi. Unda aytilishicha, osmonlar va yerning yaratilishida tafakkur qiluvchi kishilar uchun alomatlar bor (3:190). Bu tafakkur qilish, mulohaza yuritishdir. Yaratilganlarni diqqat bilan o'rganish — Yaratuvchini chuqurroq tanish yo'lidir.
Qolaversa bu olimning, muslumonlar yerning istalgan yerida qiblani topishlari uchun oson tizim yaratish maqsadi ham bo'lgan degan gaplar yuradi.
Al-Beruniy uchun ilm-fan hech qachon e'tiqodga raqib bo'lmagan. Bu Alloh yaratgan narsalarga diqqat bilan e'tibor qaratish orqali u amalga oshirgan ibodat turlaridan biri edi.
Uning tafakkuri ilohiy ne'mat edi va u buni oyat-alomatlarni o'qishga sarfladi.
Qachonki ilm-fan va Islom bir-biriga dushman qilib ko'rsatilsa, 1023-yilda tog' yonbag'ridan turib Yerni o'lchagan insonni eslang.
Buni saqlab qo'ying va izlanuvchan qalblar bilan ulashing.
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Muvaffaqiyatli insonlarning noyob qobiliyati bo'ladi deb o'ylardim. Aslida hammasi oddiy ekan.
Ular:
- Dam olish uchun ishlamaydi, balki ishlash uchun dam oladi
- Xabarlarga tezda javob yozadi
- Kunduzi energiyaga to'la yuradi, charchamaydi
- Uyqu uchun joy tanlamaydi
- Baquvvat ovqat yeydi va ovqat tanlamaydi
- Semiz bo'lmaydi ya'ni ortiqcha vazni bo'lmaydi
- Sportning biror turi bilan shug'ullanadi
- Ona tilidan tashqari kamida 1 ta tilni mukammal biladi
- Bo'lar bo'lmasga kulavermaydi
- O'qish madaniyati shakllangan bo'ladi. Ya'ni ma'lumotlarni o'qib olishga odatlangan bo'ladi.
…
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Bilasizmi menga nima alam qilayapti?
"Men bu kitobni odamlarga meros taqsimlash, savdo-sotiq, yer o’lchash va boshqa kundalik masalalarda zarur bo’ladigan hisoblash usullarini osonlashtirish uchun yozdim..."
Bu Al-Xorazmiy hazratlarining "Al-Jabr val Muqobala" kitobi kirish qismida yozilgan so'zlari
Alamlisi shundaki, bobomizning bu so'zlarini men Frankfurtdagi kutubxonada, Finlandiyalik ateist matematik olimdan eshitdim.
@abdulbasitvakhidov
Dunyoga mashhur ulamolar:
- Ayolini sevib, e'zozlaydigan otalar
- Erini hurmatini yuksakka ko'taradigan ayollardan tug'ilishgan.
Ayolini e'zozlash faqatgina ayoli uchun emas, bo'lajak farzandlari uchun ham yaxshilik qilish deganidir.
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Qashshoq, kambag'al, o'rtahol, boy, millioner, multimillioner insonlar bilan suhbatlashdim.
G'ami yo'q insonni uchratmadim.
Biz g'am-tashvishi yo'q deb o'ylaganlar, ichiga yutadiganlar ekan xolos
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
+4
Mebelchi AI yasadim😅
Mebelingiz narxini hisoblab bera oladi🧮
👇 Foydalanib ko'ring:
@mebelchiai_bot
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
MDF bir insonning xatosi sabab ixtiro qilinganini bilarmidingiz?
Uilyam Meyson ismli olimning ajoyib ixtirosi haqida bilib oling
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Ilm 3 maqsadda o'rganiladi:
- Bilmaganini bilish — johiliyatni ketkazish (bilimsizlikni ketkazish)
- O'zini biladigan qilib ko'rsatish — odamlar oldida obro, e'tibor topish
- Robbisini tanish — insonlarga foyda keltirish.
Robbisini tanigan inson, Robbisi buyurgan barcha amallar o'zi va boshqalarga yaxshilik qilishga olib boradigan yo'l ekanini biladi
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Abdulboriy do'stimiz kuchli boshqaruvchi. Katta kompaniyalarni o'stirayapti.
Birga ishlaganlar ham o'sadi deb o'ylayman
Repost from Abdulboriy Qodirov
Birga ishlashimiz mumkun
Loyihalarimizga(Dinay, Filigran inc, Massdar) birdaniga bir necha yo'nalishlarda ishlash uchun internship(shogirtlik) ochildi.
Kelajakda tadbirkor, manager, mutaxassis bo’laman, lekin hozir nima qilishni bilmayman deydiganlar uchun bu ideal imkoniyat.
Qiziq bo’lsa, forma to’ldiring. Birlamchi filterlarga mos kelsangiz yuzma-yuz suhbatlarga taklif qilamiz.
P.S. Tajriba shart emas, yurakda olov va til bilish yetarli.
@AbdulboriyQodirov
Mebelning narxi sotib qo'yishini istaysizmi?
Unda siz ham mana shunday premium ko'rinishga ega "Tijorat Taklifi" tayyorlashingiz kerak!
Endi bu juda oson. Yopiq kanalimga obuna bo'ling va o'z logotipingiz tijorat taklifi tayyorlash platformasidan foydalaning.
Obuna bo'lish uchun:
🔗 https://t.me/mebelhubb_bot
👉 @abdulbasitvakhidov
Bugun bayram! Bu bayram hammamizga muborak bo'lsin azizlar😊
Robbim ko'p yillar ramazonlarga yetkazsin🤲🏻
Bugun do'stimning hatm payti ovozi titraganini sezdim
Bu Zuhruf surasi 77-oyatni o'qiyotganida sodir bo'ldi
Kirib ma'nosini o'qib qo'rquvdan meni ham nafasim tiqildi.
Alloh shundaylardan bo'lishdan panoh bersin😢
Elektr enrgiyasi kashf qilinishidan avval katta yog'ochlar qanday arralangan?
"Water powered sawmill" suv bilan ishlaydigan charxpalakli motorlar yordamida bu ish amalga oshirilgan. Bu kabi uskunalar 1800-yillarda ham ishlatilgan.
Ushbu mexanizm arrani daqiqasiga maksimum 500-800 martagacha aylantirib berolgan.
Ma'lumot uchun hozirgi zamonaviy arralar daqiqasiga 40,000 martagacha aylana oladi😅
Biz yog'ochsozlar juda katta imkoniyatlar zamonida yashayotganimizni tushunib yetishimiz uchun yetarli fakt
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Oltin solingan xalta bo'lib qolish
Boy bo'lsam hamma meni eshitadi deb o'ylaydiganlar uchrab turadi atrofimda.
Bir tanishimga davrada mikrofon berishimni so'rashdi. Boshlovchi edim. U millioner
6-8 daqiqadan keyin mikrofon berishimni so'raganlar bir amallab undan mikrofonni qaytib olishimni iltimos qilishdi. U 15 daqiqada gapini to'xtatdi.
15 daqiqa gapirildi. Eshituvchilar hech qanday foydali fikr yoki tavsiya olishmagani sezilib turardi.
Ajoyib fikrlarni Aziz do'stimdan o'qib qoldim:
"Xaltada tilla bor degani xaltaning qiymati baland degani emas"
Biz tilla solingan xalta emas, tillaning o'zi bo'lishimiz kerak. Shunda bizni eshitishadi, so'zlarimizning vazni og'irlashadi.
Shunday insonlar borki, ikki og'iz so'zlarini eshitish uchun yuzlab kilometr yo'l bosib boramiz.
Ular boy emas, ayni boylikning o'zi bo'lishadi.
Boy bo'lishimiz kerak, lekin boylik meni qadrli qiladi degan maqsadda emas.
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
+9
Yaponiya juda zo'r davlat ekan
Lekin imkoniyat berilsa ham bu yerda yashamagan bo'lardim😊
Negaligini video orqali keyinroq aytib berarman
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Xayr Instagram...
Bugun Instagram, Facebook kabi qisqa videolar ko'rish mumkin bo'lgan platformalarni telefonimdan o'chirganimga 2 kun bo'ldi
Hozircha ko'nikish qiyin, bir narsamni yo'qotib qo'ygandek bo'layapman
Kitoblarni tushunishim osonlashmoqda, fikrlar tiniqlashmoqda
Reels'larsiz hayotimdagi o'zgarishlarni shu yerda bo'lishib boraman
Ha aytgancha, platformalardagi sahifalarimga kontentlarni o'zim Meta Business Suite dasturi orqali joylayapman
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Sun'iy intellektlar sizni o'ldirmasligi uchun hoziroq bu ishni qiling
Men Gemini va ChatGPT chatlariga shunday talabni qo'ydim:
"Meni maqtama. Haqiqiy do'stim kabi bo'l. Haqiqiy do'st o'zining do'stiga faqat yaxshiliklarini emas xato va kamchiliklarini ham yuziga gapiradi. Hadeb maqtov eshitaverish insonni kibrga olib boradi.
Men so'ragan savollarga hech qanday maqtovlarsiz, fikrlab, shoshmasdan obyektiv va ratsional javoblar ber.
Sendan foydalanishimdan asosiy maqsadim rivojlanish, o'sish va muammolarimga yechim olishdir. Maqtov eshitish meni maqsadimga yetkazmaydi"
Shundan so'ng undan zo'r javoblar olishni boshladim.
Siz ham SIdan foyda olmoqchi bo'lsangiz, prompt yozishdan oldin shunday talab qo'yishingizni tavsiya qilaman
👉 @abdulbasitvakhidovMebel topishda inqilobga tayyormisiz?
Hooz.uz ishonchli mebelchilarni sun'iy intellekt yordamida topib beradi endi.
Bir foydalanib ko'ring va fikringizni ayting!
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
24 soat ichida 500+ insonning 3000+ oyat o'qishlariga sababchi bo'libmiz😅
Shu kichik o'yincha sabab meni jannatda uchratib qolsangiz-a?
Qaniydi-ya🥲
