fa
Feedback
Xorazm info🇺🇿

Xorazm info🇺🇿

رفتن به کانال در Telegram

АОКА Xorazm || Rasmiy kanalidan keyingi informatsion kanal

نمایش بیشتر
1 251
مشترکین
+124 ساعت
-177 روز
-10330 روز
آرشیو پست ها
#eʼlon 📣DIQQAT, TANLOV! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston "Nuroniy" jamg‘armasi X
#eʼlon 📣DIQQAT, TANLOV! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston  "Nuroniy" jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limi "Nuroniylar ommaviy axborot vositalari nigohida" ko‘rik- tanlovini e’lon qiladi. Tanlov OAV xodimlari orasida o‘tkaziladi. Tanlov ishtirokchilarining ibratli nuroniylar, yoshi ulug‘ insonlarning hayoti va faoliyatini o‘zida aks ettirgan bosma va elektron ijodiy publitsistik maqolalari, ikki daqiqalik video materiallari (lavhalar smartfon, planshet kabi vositalarda tasvirga olinishi mumkin) saralab olinadi. - Ijodiy ishlar joriy yilning 24-dekabrigacha qabul qilinadi. - G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2026-yilning oxiri – Yangi yil arafasida o‘tkaziladi... 👉Tanlov haqida batafsil. Rasmiy kanallarimizTelegram ✅ InstagramFacebook

#KO’RIK-TANLOV Ijodkor jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlar diqqatiga! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm vilo
#KO’RIK-TANLOV Ijodkor jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlar diqqatiga! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi   viloyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Milliylik - hayotim mazmuni”  ko‘rik- tanlovi e’lon qilinadi. Azizlar, barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok qilishga chaqiramiz! Ko’rik-tanlov shartlari bilan  tanishing! 👉Batafsil Rasmiy kanallarimizTelegramInstagramFacebook

YANGIBOZOR TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ich
+9
YANGIBOZOR TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi mas’ullari L.Rustamov, R.Nurimbetov hamda Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev Yangibozor tumanida "Tibbiyot — korrupsiyadan holi soha" mavzusida tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni va aholi uchun o‘tkazilayotgan bepul tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan tanishdi. Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda viloyat tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Shuningdek, fuqarolar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan burchaklar va ko‘rgazmali materiallar bilan tanishdilar. Telegram | Instagram | YouTube

YANGIBOZOR TUMANIDA SAYYOR QABUL Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi mas’
+5
YANGIBOZOR TUMANIDA SAYYOR QABUL Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi mas’ullari L.Rustamov, R.Nurimbetov hamda Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyevlar ishtirokida viloyat fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolarning tibbiy xizmatlar, davolanish jarayoni, dori-darmon ta’minoti, imtiyozli yo‘llanmalar, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiluvchi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olindi. Telegram | Instagram | YouTube

photo content
+3

“Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida ijtimoiy faol va media savodxon jurnalist, bloger va ziyolilarni tayyorlashga qaratilgan
+9
“Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida ijtimoiy faol va media savodxon jurnalist, bloger va ziyolilarni tayyorlashga qaratilgan seminar-treningdan foto lavhalar. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimizTelegramInstagramFacebook

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida "Birlashib, buyuk tarix yaratamiz" mavzusidagi "Ma’rifat karvoni" ilmiy-ma’rifiy loyihasiga start berildi. Loyiha  bo‘yicha Urganch shahrida o‘tkazilgan tadbir "S-IKBOL" telekanalining "Xorazm xabarlari" informatsion dasturida O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Sevara Rahmagullaeva tomonidan tayyorlandi. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimizTelegramInstagramFacebook

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida "Birlashib, buyuk tarix yaratamiz" mavzusidagi "Ma’rifat karvoni" ilmiy-ma’rifiy loyihasiga start berildi. Loyiha  bo‘yicha Urganch shahrida o‘tkazilgan tadbir "S-IKBOL" telekanalining "Xorazm xabarlari" informatsion dasturida yoritildi. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimizTelegramInstagramFacebook

INSON QADRI USTUVOR O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik shodiyonalari mamlakatimiz hayotida yangi tar
INSON QADRI USTUVOR O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik shodiyonalari mamlakatimiz hayotida yangi taraqqiyot bosqichini boshlab berdi. Davlatimiz rahbarining tantanali marosimdagi “Yangi O‘zbekiston— inson qadri ustuvor bo‘lgan barqaror, zamonaviy va farovon davlat” mavzusidagi ma’ruzasi har bir yurtdoshimiz qalbidagi vatanparvarlik tuyg‘ularini jo‘sh urdirish bilan birga, kelgusi strategik marralarni ko‘rsatib berdi. Prezidentimiz o‘z nutqida inson qadrini ulug‘lash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va hududlar infratuzilmasini zamonaviylashtirish davlat siyosatining eng oliy mezoni bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi... Batafsil Shuhrat QURYOZOV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimiz TelegramInstagramFacebook

Prezident nutqini o‘qib... MUSTAQILLIKNI ASRASH–UNI HAR KUNI BUNYOD ETISH DEMAKDIR Bugungi kunda jonajon Vatanimiz buyuk va y
Prezident nutqini o‘qib... MUSTAQILLIKNI ASRASH–UNI HAR KUNI BUNYOD ETISH DEMAKDIR Bugungi kunda jonajon Vatanimiz buyuk va yorug‘ istiqbol sari qat’iyat bilan ildamlayotganini hech bir mubolag‘asiz e’tirof etish lozim. Yurtdoshlarimizning tobora farovonlashib borayotgan turmushi va kundalik hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar buning yaqqol tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik to‘yi mamlakatimiz solnomasida shunchaki oddiy bayram emas, balki bosib o‘tilgan tarixiy zafarlarni sarhisob qilish, bugungi yutuqlarni xolis baholash hamda kelajakdagi ustuvor maqsadlarni belgilab olishga xizmat qiluvchi muhim siyosiy-ijtimoiy voqelikdir... 👉Batafsil Dilbar BEKCHANOVA, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimizTelegramInstagramFacebook

O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH: YANGI BOSQICH Davlat xususiylashtirish dasturini kengaytirmoqda: savdolarga 84 ta xo‘jalik j
O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH: YANGI BOSQICH Davlat xususiylashtirish dasturini kengaytirmoqda: savdolarga 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkalari chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Davlat aktivlarini realizatsiya qilishning yangi mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan. Batafsil _______ ПРИВАТИЗАЦИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ: НОВЫЙ ЭТАП Государство расширяет программу приватизации: на торги планируется выставить доли в 84 хозяйственных обществах, 1 242 объектов недвижимости и около 8 тысяч гектаров земельных участков. Новые механизмы реализации государственных активов представлены в Указе Президента Республики Узбекистан. Подробнее ______ PRIVATIZATION IN UZBEKISTAN: A NEW STAGE The Government is expanding the privatization program: shares in 84 companies, 1,242 real estate assets and approximately 8,000 hectares of land plots are planned to be put up for sale. New mechanisms for the sale of state assets have been introduced by a Decree of the President of the Republic of Uzbekistan. More ___ 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube

#eʼlon 📣DIQQAT, TANLOV! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston "Nuroniy" jamg‘armasi X
#eʼlon 📣DIQQAT, TANLOV! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston  "Nuroniy" jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limi "Nuroniylar ommaviy axborot vositalari nigohida" ko‘rik- tanlovini e’lon qiladi. Tanlov OAV xodimlari orasida o‘tkaziladi. Tanlov ishtirokchilarining ibratli nuroniylar, yoshi ulug‘ insonlarning hayoti va faoliyatini o‘zida aks ettirgan bosma va elektron ijodiy publitsistik maqolalari, ikki daqiqalik video materiallari (lavhalar smartfon, planshet kabi vositalarda tasvirga olinishi mumkin) saralab olinadi. - Ijodiy ishlar joriy yilning 24-dekabrigacha qabul qilinadi. - G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2026-yilning oxiri – Yangi yil arafasida o‘tkaziladi... 👉Tanlov haqida batafsil. Rasmiy kanallarimizTelegram ✅ InstagramFacebook

#KO’RIK-TANLOV Ijodkor jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlar diqqatiga! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm vilo
#KO’RIK-TANLOV Ijodkor jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlar diqqatiga! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi   viloyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Milliylik - hayotim mazmuni”  ko‘rik- tanlovi e’lon qilinadi. Azizlar, barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok qilishga chaqiramiz! Ko’rik-tanlov shartlari bilan  tanishing! 👉Batafsil Rasmiy kanallarimizTelegramInstagramFacebook

#TVda_biz | #Yangi_oʻquv_yili 🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbir tafsilotlari “Xorazm 24” informatsion dasturida yoritildi 🎤 O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. Sarvarbek Musurmonov hamda imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lgan Dilnura Baxromova intervyusi ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube

#Kelajak_soati Bugun O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari ham viloyat oliy ta’lim dargohlarida yangi o’quv yili munosa
+9
#Kelajak_soati Bugun O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari ham viloyat oliy ta’lim dargohlarida yangi o’quv yili munosabati bilan bo’lib o’tgan tantanalarda ishtirok qildilar hamda “Kelajak soati” darslarini olib bordilar. 👉 Batafsil Iqrom XUDAYBERGANOV, O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimiz ✅ TelegramInstagramFacebook

AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

#Tayinlov ✅ Kaimxodjayev Oybek Abdukarimovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Pod
#Tayinlov ✅ Kaimxodjayev Oybek Abdukarimovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik O.Kaimxodjayev tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
@u_generalissimus

#Xushxabar  Uyushma a’zolari  Urganch shahrida yangi bunyod etilgan “Nurafshon” akademiyasi nodavlat ta’lim muassasasi ochilishida ishtirok qildilar. 270 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu ta’lim dargohida bolajonlar uchun birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, yangi o‘quv yili boshlandi.  Mazkur quvonchli daqiqalarning guvohi bo‘lgan ijodkor-jurnalistlar, ishtirokchilar  rus tiliga moslashgan zamonaviy maktabning qulayliklari va ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.Ta’lim dargohida ingliz va xitoy tillari o‘rgatilishi bilan birga, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha turli to‘garaklar ham tashkil qilingan. Bolajonlarning har jihatdan o‘sib-o‘nishlari, ta’lim olishlari  uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.  “Nurafshon” ning ochilishi tantanasida Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Sh. Berdiev, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari R. Sultonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B. Berdieva va boshqalar  so‘zga chiqdilar hamda bolajonlarni va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod qildilar. O’quv maskani ta’sischisi, mohir tadbirkor Q. Jumamuratova yig’ilganlarni ehg ulug’, eng aziz bayram bilan tabrikladi.   O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimizTelegramInstagramFacebook

photo content
+1