Xorazm info🇺🇿
Ir al canal en Telegram
АОКА Xorazm || Rasmiy kanalidan keyingi informatsion kanal
Mostrar más1 251
Suscriptores
+124 horas
-177 días
-10330 días
Archivo de publicaciones
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
#eʼlon
📣DIQQAT, TANLOV!
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston "Nuroniy" jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limi "Nuroniylar ommaviy axborot vositalari nigohida" ko‘rik- tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov OAV xodimlari orasida o‘tkaziladi.
Tanlov ishtirokchilarining ibratli nuroniylar, yoshi ulug‘ insonlarning hayoti va faoliyatini o‘zida aks ettirgan bosma va elektron ijodiy publitsistik maqolalari, ikki daqiqalik video materiallari (lavhalar smartfon, planshet kabi vositalarda tasvirga olinishi mumkin) saralab olinadi.
- Ijodiy ishlar joriy yilning 24-dekabrigacha qabul qilinadi.
- G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2026-yilning oxiri – Yangi yil arafasida o‘tkaziladi...
👉Tanlov haqida batafsil.
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
#KO’RIK-TANLOV
Ijodkor jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlar diqqatiga!
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Milliylik - hayotim mazmuni” ko‘rik- tanlovi e’lon qilinadi.
Azizlar, barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok qilishga chaqiramiz!
Ko’rik-tanlov shartlari bilan tanishing!
👉Batafsil
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
+9
YANGIBOZOR TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi mas’ullari L.Rustamov, R.Nurimbetov hamda Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev Yangibozor tumanida "Tibbiyot — korrupsiyadan holi soha" mavzusida tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni va aholi uchun o‘tkazilayotgan bepul tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan tanishdi.
Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda viloyat tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Shuningdek, fuqarolar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan burchaklar va ko‘rgazmali materiallar bilan tanishdilar.
Telegram | Instagram | YouTube
1 251
+5
YANGIBOZOR TUMANIDA SAYYOR QABUL
Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi mas’ullari L.Rustamov, R.Nurimbetov hamda Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyevlar ishtirokida viloyat fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning tibbiy xizmatlar, davolanish jarayoni, dori-darmon ta’minoti, imtiyozli yo‘llanmalar, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiluvchi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olindi.
Telegram | Instagram | YouTube
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida "Birlashib, buyuk tarix yaratamiz" mavzusidagi "Ma’rifat karvoni" ilmiy-ma’rifiy loyihasiga start berildi.
Loyiha bo‘yicha Urganch shahrida o‘tkazilgan tadbir "S-IKBOL" telekanalining "Xorazm xabarlari" informatsion dasturida O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Sevara Rahmagullaeva tomonidan tayyorlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida "Birlashib, buyuk tarix yaratamiz" mavzusidagi "Ma’rifat karvoni" ilmiy-ma’rifiy loyihasiga start berildi.
Loyiha bo‘yicha Urganch shahrida o‘tkazilgan tadbir "S-IKBOL" telekanalining "Xorazm xabarlari" informatsion dasturida yoritildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
INSON QADRI USTUVOR
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik shodiyonalari mamlakatimiz hayotida yangi taraqqiyot bosqichini boshlab berdi. Davlatimiz rahbarining tantanali marosimdagi “Yangi O‘zbekiston— inson qadri ustuvor bo‘lgan barqaror, zamonaviy va farovon davlat” mavzusidagi ma’ruzasi har bir yurtdoshimiz qalbidagi vatanparvarlik tuyg‘ularini jo‘sh urdirish bilan birga, kelgusi strategik marralarni ko‘rsatib berdi.
Prezidentimiz o‘z nutqida inson qadrini ulug‘lash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va hududlar infratuzilmasini zamonaviylashtirish davlat siyosatining eng oliy mezoni bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi... Batafsil
Shuhrat QURYOZOV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi
Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
Prezident nutqini o‘qib...
MUSTAQILLIKNI ASRASH–UNI HAR KUNI BUNYOD ETISH DEMAKDIR
Bugungi kunda jonajon Vatanimiz buyuk va yorug‘ istiqbol sari qat’iyat bilan ildamlayotganini hech bir mubolag‘asiz e’tirof etish lozim. Yurtdoshlarimizning tobora farovonlashib borayotgan turmushi va kundalik hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar buning yaqqol tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik to‘yi mamlakatimiz solnomasida shunchaki oddiy bayram emas, balki bosib o‘tilgan tarixiy zafarlarni sarhisob qilish, bugungi yutuqlarni xolis baholash hamda kelajakdagi ustuvor maqsadlarni belgilab olishga xizmat qiluvchi muhim siyosiy-ijtimoiy voqelikdir...
👉Batafsil
Dilbar BEKCHANOVA,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi
Xorazm viloyati bo‘limi raisi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH: YANGI BOSQICH
Davlat xususiylashtirish dasturini kengaytirmoqda: savdolarga 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkalari chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Davlat aktivlarini realizatsiya qilishning yangi mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan.
Batafsil
_______
ПРИВАТИЗАЦИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ: НОВЫЙ ЭТАП
Государство расширяет программу приватизации: на торги планируется выставить доли в 84 хозяйственных обществах, 1 242 объектов недвижимости и около 8 тысяч гектаров земельных участков. Новые механизмы реализации государственных активов представлены в Указе Президента Республики Узбекистан.
Подробнее
______
PRIVATIZATION IN UZBEKISTAN: A NEW STAGE
The Government is expanding the privatization program: shares in 84 companies, 1,242 real estate assets and approximately 8,000 hectares of land plots are planned to be put up for sale. New mechanisms for the sale of state assets have been introduced by a Decree of the President of the Republic of Uzbekistan.
More
___
💬Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | 🌐 Youtube
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
#eʼlon
📣DIQQAT, TANLOV!
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston "Nuroniy" jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limi "Nuroniylar ommaviy axborot vositalari nigohida" ko‘rik- tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov OAV xodimlari orasida o‘tkaziladi.
Tanlov ishtirokchilarining ibratli nuroniylar, yoshi ulug‘ insonlarning hayoti va faoliyatini o‘zida aks ettirgan bosma va elektron ijodiy publitsistik maqolalari, ikki daqiqalik video materiallari (lavhalar smartfon, planshet kabi vositalarda tasvirga olinishi mumkin) saralab olinadi.
- Ijodiy ishlar joriy yilning 24-dekabrigacha qabul qilinadi.
- G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2026-yilning oxiri – Yangi yil arafasida o‘tkaziladi...
👉Tanlov haqida batafsil.
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
#KO’RIK-TANLOV
Ijodkor jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlar diqqatiga!
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Milliylik - hayotim mazmuni” ko‘rik- tanlovi e’lon qilinadi.
Azizlar, barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok qilishga chaqiramiz!
Ko’rik-tanlov shartlari bilan tanishing!
👉Batafsil
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
#TVda_biz | #Yangi_oʻquv_yili
🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbir tafsilotlari “Xorazm 24” informatsion dasturida yoritildi
🎤 O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. Sarvarbek Musurmonov hamda imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lgan Dilnura Baxromova intervyusi
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
+9
#Kelajak_soati
Bugun O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari ham viloyat oliy ta’lim dargohlarida yangi o’quv yili munosabati bilan bo’lib o’tgan tantanalarda ishtirok qildilar hamda “Kelajak soati” darslarini olib bordilar. 👉 Batafsil
Iqrom XUDAYBERGANOV,
O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
1 251
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
#Tayinlov
✅ Kaimxodjayev Oybek Abdukarimovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik O.Kaimxodjayev tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.@u_generalissimus
1 251
Repost from 🔰O‘z JU || Xorazm🔰
#Xushxabar
Uyushma a’zolari Urganch shahrida yangi bunyod etilgan “Nurafshon” akademiyasi nodavlat ta’lim muassasasi ochilishida ishtirok qildilar. 270 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu ta’lim dargohida bolajonlar uchun birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, yangi o‘quv yili boshlandi.
Mazkur quvonchli daqiqalarning guvohi bo‘lgan ijodkor-jurnalistlar, ishtirokchilar rus tiliga moslashgan zamonaviy maktabning qulayliklari va ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.Ta’lim dargohida ingliz va xitoy tillari o‘rgatilishi bilan birga, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha turli to‘garaklar ham tashkil qilingan. Bolajonlarning har jihatdan o‘sib-o‘nishlari, ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. “Nurafshon” ning ochilishi tantanasida Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Sh. Berdiev, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari R. Sultonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B. Berdieva va boshqalar so‘zga chiqdilar hamda bolajonlarni va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod qildilar. O’quv maskani ta’sischisi, mohir tadbirkor Q. Jumamuratova yig’ilganlarni ehg ulug’, eng aziz bayram bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Rasmiy kanallarimiz
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
