MAKTAB HAYOTI
رفتن به کانال در Telegram
Qo‘shrabot tuman MMTB 42-maktab Ijodiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot yo‘nalishi kanali. Maktab hayotida muhim tadbirlar, ochiq darslar, tanlovlar, musobaqalar, klub va to‘garaklar jarayoni, ustozlar va o‘quvchilar yutuqlari bilan tanishasiz!
نمایش بیشتر322
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-87 روز
-830 روز
آرشیو پست ها
Repost from Xushnudbek.uz
Bayram tadbiri salyut hamda harbiy samolyotlarning 🇺🇿bayrog’imizni aks ettiruvchi parvozi bilan boshlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
🎓 Yangi o‘quv yiliga — yangi imkoniyatlar!
🇺🇿 Qovunchi mahallasidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun barpo etilgan 180 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi.
✨ Mazkur yangi ta’lim maskani o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Ushbu bunyodkorlik ishlari Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.
🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Repost from Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
+6
🏫 Qovunchi mahallasida 180 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi
Bugun Qovunchi mahallasida PQ-454-sonli Investitsiya dasturi doirasida maktab uchun barpo etilgan 180 o‘rinli qo‘shimcha binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman prokurori G‘.Abduraxmonov, maktab mas’ullari, mahalla ahli, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
🎁 Marosim avvalida yangi o‘quv yilida birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
🏫 Zamonaviy va shinam yangi bino o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratib, yangi o‘quv yiliga yangi maktab va Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.
🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Repost from N/a
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Repost from Zarnews.uz
🎤 Tonggi tarona
🎼 “Vatan degani shu — bir siqim tuproq”
🎬 Sardor Mamadaliyev ijrosida.
✅@Zarnews_uz
Repost from Samarqand sadosi
#Ibrat
KUN HIKMATI
• Inson hayotdagi eng katta dushmani bu – uning o‘zi;
• Inson hayotidagi eng axmoqona qilig‘i bu – yolg‘on ishlatishi;
• Inson hayotidagi eng katta qoqilish bu – uning ishonchsizligidir;
• Inson hayotidagi eng katta kulfati bu – hasad;
• Inson hayotidagi eng katta qayg‘usi bu – o‘zini yo‘qotishi;
• Inson hayotidagi eng katta aybi bu – noshukrligi;
• Inson hayotidagi eng arzigulik afsusi bu – o‘z qadrini bilmasligi;
• Inson hayotidagi eng ajoyib holati bu – yiqilganidan keyin o‘zini o‘nglay olishi;
• Inson hayotidagi eng katta yo‘qotish bu – umidini yo‘qotishida;
• Inson hayotidagi eng ulkan yutug‘i bu – sog‘ligi va aqli;
• Inson hayotidagi eng ulkan qarzi bu – haqiqiy hissiyotlari;
• Inson hayotidagi eng buyuk qobiliyati bu – uning ulkan qalbi;
• Inson hayotidagi eng katta yetishmovchilik bu – tushunmovchilik;
• Inson hayotidagi eng ulkan yupanch bu – uning ezgu ishlari.
📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xoliyor_Safarov
ЯШАШ МЕЗОНЛАРИ: АВВАЛ ВА ҲОЗИР
▪️Олдинлари одамлар бир-бирининг ёнига шунчаки, иши бўлмаса ҳам гурунглашиш учун бораверарди. Ҳозир гурунгга вақт йўқ. Иши бўлмаса, биров-бировга қўнғироқ қилиши ҳам амримаҳол.
▪️Олдинлари кимдир раҳбар бўлиб тайинланса ўша кишини таниган-танимаган одамлар ғойибона "Жуда яхши, халқпарвар одам дейишаяпти. Худо назар қилган киши экан-да. Бўлмаса катта бўлармиди?", деб яхши гумон қилишарди. Ҳозир эса энди иш бошлаётган раҳбарнинг ёмон жиҳатини топишга уриниш урфга кириб бораяпти.
▪️Олдинлари муаллимлар болани уришса, ота-онаси ҳам муаллимни ёқлаб, фарзандига танбеҳ берар, ҳатто тарсаки ҳам туширарди. "Муаллим хато гапирмайди, тўғри қилибди" дейишар ва "Устознинг урган жойи қиёматда куймасмиш" дея матал ҳам айтиб қўярдилар. Ҳозир эса бирор муаллим фарзандимизни уришиб қўйса, уни судга беришгача бораяпмиз.
▪️Олдинлари бирор киши ким биландир кўришиши керак бўлса, у билан бир ой олдин аҳдлашиб қўйса бас, ўша манзилга айтилган вақтда борар эди. Ҳозир телефонда юз марта келишилгандан кейин ҳам бирор нарса тўғри келмай қолиб, ваъдалар бузилаяпти.
▪️Олдинлари одамларнинг сони кам эди, орзулар катта ва кўп эди. Ҳозир эса аҳоли кўп, аммо орзулар майдалашиб қолди.
▪️Олдинлари яшаш учун яшардилар. Ҳозир эса пул топиш учун ишлашаяпти. Яшаш урфдан қолаяпти.
Шодмонқул САЛОМ,
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси.
https://t.me/Xoliyor_Safarov
Repost from Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
🇺🇿 Qovunchi mahallasidagi 42-maktabga yangi o‘quv yili arafasida munosib tuhfa
Qovunchi mahallasidagi 42-maktabda yangi o‘quv yili arafasida zamonaviy yangi 120 o‘rinli qo‘shimcha maktab binosining foydalanishga topshirilishi o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar uchun quvonchli voqea bo‘ldi.
Mazkur yangi ta’lim maskani Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa bo‘lib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun yanada qulay sharoit yaratadi.
🇺🇿 Yangi maktab — yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadam!
🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Repost from Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
+8
🏫 Qovunchi mahallasida 120 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi
Bugun Qovunchi mahallasida PQ-454-sonli Investitsiya dasturi doirasida maktab uchun barpo etilgan 120 o‘rinli qo‘shimcha binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi D.Shakarboyev, maktab mas’ullari, mahalla ahli, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
🎁 Marosim avvalida yangi o‘quv yilida birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
🏫 Zamonaviy va shinam yangi bino o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratib, yangi o‘quv yiliga yangi maktab va Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.
🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Repost from QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI
#Eʼtirof
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi rahbari Usarov Jasur Absamatovich “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
Repost from Zarnews.uz
+5
Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан Қўшработ туманидаги “Навоий кон металлургия комбинати” акциядорлик жамияти Жанубий кон бошқармаси Зармитан конида “Зарафшон” ва “Самаркандский вестник” газеталари таҳририяти вакиллари билан ижодий учрашув ўтказилди.
Таҳририят бош муҳаррири Фармон Тошев кон ишчи-ходимларини байрам билан табриклаб, юртимизда инсон қадри учун амалга оширилаётган ислоҳотлар натижалари ҳақида сўз юритди.
Repost from Zarnews.uz
🎤 Tonggi tarona
🎼 “Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston”.
🎬 Yulduz Usmоnova ijrosida.
✅@Zarnews_uz
Repost from Zarnews.uz
Xayrli tong, azizlar!
Suqrot va yo'lovchi
Yo'ldan o'tib ketayotgan bir yo'lovchi faylasuf Suqrotdan so'rabdi:
– Shahargacha necha soatlik yo'l?
Suqrot javob beribdi:
– Yuraver...
Yo'lovchi yo'lda davom etibdi va yigirma qadam yurgan vaqtida Suqrot qichqiribdi:
– Ikki soatlik!
- Nega menga buni tezroq aytmading? – deya jahl qilibdi yo'lovchi.
Suqrot esa bunga shunday javob qilibdi:
– Sening qanaqa tezlik bilan yurishingni men qaerdan bilay?
✅@Zarnews_uz
Repost from QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI
#kun_hikmati
Dunyoni o‘ylamang! Mol-davlatni, yomonlikni, kimningdir qanday yurgani, yashayotgani va shu kabilarni o‘ylamang. Faqat yashang, boringizcha yashang, yaxshiroq, to‘yibroq nafas oling, his qiling borliqni...
Sog‘lig‘ingizni asrang. U ketsa, hammasi ketadi!
Isomiddin PO'LATOV
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
Repost from QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI
#OAV_biz_haqimizda
#Samarqand_TV
Samarqand telekanalining "Samarqand yangiliklari" koʻrsatuvida Qoʻshrabot tumanida oʻtkazilgan "Mustaqillik toʻyi" festivali haqida lavha efirga berildi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
Repost from Zarnews.uz
🎤 Tonggi tarona
🎼 "Ulug'imsan, Vatanim!".
🎬 Sevara Nazarxon ijro etgan.
✅@Zarnews_uz
