fa
Feedback
Bunyod Farhodov | Rasmiy kanal

Bunyod Farhodov | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

The CEO and Co-founder of Start21✅ ⚡️Ushbu blogda siz Start21 haqida va boshqa qiziq postlarni ko'rishingiz mumkin!

نمایش بیشتر
1 805
مشترکین
-524 ساعت
-37 روز
-6430 روز
آرشیو پست ها
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Yana bir marta Jahon chempionatiga chiqsak, Pokiston deyishlaridan deyarli to‘liq qutilamiz AQShda yangi tong otdi. Yangi kun keldi. Emotsiyalar ketdi, alamlar biroz aridi. Avval aytganimizdek, har tun ortidan albatta tong otadi. Biz intiqib kutgan ilk tarixiy Jahon chempionati biz uchun tugadi. Uchala o‘yinimizni o‘ynab bo‘ldik. Ha, afsuski, uchta mag‘lubiyat. Umuman olganda, 2 ta mag‘lubiyat boshidan kutilgandi, uchinchi o‘yinda nimadir qilarmiz, deb umid qilayotgandik. Demak, deyarli kutilgan natijalar bo‘ldi, sal yaxshirog‘idan umid qilgandik. Jahon chempionatida qabul qilgan mag‘lubiyatlarimizni tarozining bir pallasiga, olgan yutuqlarimizni boshqa pallasiga qo‘ysak, shubhasiz, yutuqlar bosib ketadi. ENG KATTA YUTUQ — bu O‘zbekistonning imidji uchun bo‘ldi. Milliardlab inson dunyoda O‘zbekiston degan davlat ham borligini, bayrog‘i qanaqaligini, ilk marta Jahon chempionatiga chiqqanini ko‘rishdi, madhiyamizni eshitishdi. Shaxsiy xulosam shu bo‘ldiki, kelgusi 2030-yilda ham yana bir marta Jahon chempionatiga chiqsak, xorijda O‘zbekiston deganda Pokiston yoki Afg‘oniston deb tushunishlariga deyarli barham beramiz. Hozirgi mundialda ham taxminan 50-60% yo‘qotishga erisha oldik. O‘zbekiston yillar davomida o‘zini reklama qilish uchun bir necha yuz millionlab dollarni sarflasa ham ololmaydigan samarani bitta Jahon chempionatida oldik. Bu futbolning qanaqa katta kuch ekanini ko‘rsatadi. Ushbu yutuq bilan hammani tabriklayman. Albatta, bu qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan, hamma o‘z tanasida bittada his qila olmaydigan yutuq. Lekin, ishoning, bu O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun bilvosita ta’sir qiladigan g‘alaba. MAG‘LUBIYATLAR — bu xuddi qishloqning to‘ylarida qo‘shiq aytib, hammaning “lyubimchigi” bo‘lib yurgan qo‘shiqchi ilk bor katta sahnada professional konsert qo‘yib, aslida qanaqa darajada ekanini bilib olganga o‘xshaydi. Biz ham aslida qanaqa darajada ekanligimizni bilib oldik. Murabbiyning taktik xatolari, futbolchilarning kuchsiz jismoniy va ruhiy holati-yu, no‘noq texnikasi, hammasini ko‘rdik. Nafaqat terma jamoaning o‘yini, balki uning atrofidagi boshqa masalalarda ham professional emasligimizni, o‘zimizning qishloq darajasida yurganimizni bilib oldik. Forma tanlash va sotish deysizmi, milliy jamoa brendini yaratish deysizmi, muxlislik deysizmi, jurnalistlar jamoasining ishlashi deysizmi, ekspertlar tahlili deysizmi, xullas, Jahon chempionatiga aloqador nimaiki bo‘lsa, ancha orqada ekanligimizni ko‘rdik. KO‘RDIK. Shu joyi muhim. Avval buni ko‘ra olmasdik, chunki qishlog‘imizdan tashqariga chiqmayotgandik. Bu xuddi kasal odam yillar davomida shifokorga bormasdan yurganiga o‘xshaydi. Biz nihoyat bordik o‘sha shifokorga! Tibbiy tahlillar topshirdik, qo‘limizda natijalar turibdi. Rentgen qog‘ozida 3 ta grijamiz borligi, qon tahlillarida qandli diabetimiz yuqoriligini ko‘rib turibmiz. Endi navbat — DAVOLANISHGA! Shifokorga bormasak, kasalimiz ham chiqmasdi, baxtli bo‘lib yuraverardik, to‘g‘rimi? Lekin umrimiz ham tobora qisqarib boraverardi. Butunlay o‘lib qolmasimizdan oldin shifokorga bordikmi, endi yana bahona qilmasdan, tezroq davolanishni boshlaylik. Diyeta qilaylik, dorilarni ichaylik, o‘z ustimizda ishlaylik, turmush tarzimizda qat’iy rejim o‘rnataylik, xullas — O‘ZGARAYLIK! O‘zgarish davri keldi! Davolanish davri keldi! Sog‘ayish davri keldi! Turing o‘rningizdan, kasal ekanman, voy-dod o‘laman, deb to‘shakda yig‘lab yotavermang. Hayotga qayting. Kurashing. Harakat qiling. Kuchli xohlang. Ishoning. Bu gaplar hammaga tegishli — futbolchilarga, murabbiylarga, futbol mutasaddilariga, muxlislarga, jurnalistlarga, HAMMAGA! Yoki birgalikda tuzalamiz, yoki birgalikda o‘lamiz. Men tuzalish tarafdoriman, siz-chi? 👉 @xushnudbek 👈

Repost from START21.LC
📢 Muhim xabar! 🥳 Endi Start21 o‘quvchilari xususiy maktabda bepul yoki chegirma asosida ta'lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin. 🤩 Buning uchun bizning yangi loyiha bo‘yicha tashkil etilgan yopiq Telegram kanaliga qo‘shilishingiz kifoya. Ushbu kanalda loyiha haqida barcha ma'lumotlar, ishtirok etish shartlari va keyingi bosqichlar e'lon qilinadi. 👇 Kanalga qo‘shilish uchun quyidagi havolani bosing: Kanalga qo‘shilish

Repost from Start21 | Chortoq
Brain Train da barchangizni kutib qolamiz! Ma’lumot uchun 77 706 5050

Repost from START21.LC
🗣️ Hamma kutgan podcastimiz tayyor! 🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan boshlayotganlar duch keladigan muammolarga yechim topamiz. Ushb
🗣️ Hamma kutgan podcastimiz tayyor! 🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan boshlayotganlar duch keladigan muammolarga yechim topamiz. Ushbu link orqali videoni tomosha qilishingiz mumkin😊 Telegram | Instagram |

📍Start21ning Uchqo’rg’on filiali… 🎥 Bu videoda ochilish marosimidan jonli lavhalarni ko’rishingiz mumkin. Start21 endi rasman Uchqo’rg’onda ham o’z faoliyatini boshladi😊 📚Yashash hududingizga yaqin joyda, qulay muhitda, sifatli ta’lim olishni istaysizmi? Unda Start21ga marhamat! 👤@Start21uchkurgan_admin ☎️ 95 114 26 26 Telegram | Instagram

Golni yomonini urdi Azizjon⚽️ O'zing o'zgarmasang olam o'zgarmas...

Natijadan qat'iy nazar qo'llab-quvvatlaymiz. Olg'a yigitlar🏆 O'zing o'zgarmasang olam o'zgarmas...

O'zbekiston tarixidagi eng kutilgan bahslardan biri. Vatandoshlarimiz jahon futboli yetakchilaridan biri Portugaliyaga qarshi bahs olib borishadi. Tilaklaringizni izohlarga yozib qoldiring. Olg'a O'zbekiston⚽️ O'zing o'zgarmasang olam o'zgarmas...

Repost from START21.LC
💥Start21 tarixidagi eng yosh IELTS 7.5 natijasini qayd etgan o'quvchi 🎉 Overall: 7.5 🎓 Teacherlar: Mohidil teacher Qobiljo
💥Start21 tarixidagi eng yosh IELTS 7.5 natijasini qayd etgan o'quvchi 🎉 Overall: 7.5
🎓 Teacherlar: Mohidil teacher Qobiljon teacher Ahmadullo teacher
O'quvchimiz 2025-yil aprel oyida Lola fillialimizda 3-bosqichdan o'qishni boshlagan. Oxirida esa Ahmadullo teacher bilan individual shug'ullangan va ushbu natijani qo'lga kiritgan. Bunaqa kichik yoshda yuqori natija ko'rsatish tasodif emas, o'yin-kulgudan kechilgan bolalik va qattiq mehnat natijasi. ☎️ 69 211 21 21 📍Manzillarimiz Telegram | Instagram | YouTube

11 yoshingizda nimala qilib yurgandingiz? O'zing o'zgarmasang olam o'zgarmas...

Repost from START21.LC
📢 Deyarli barcha filiallarimizda❕ 🧠 An’anaviy aql-zakovat o’yini–Brain Train’ning bu galgi soni 28-iyun kuni bo’lib o’tadi.
📢 Deyarli barcha filiallarimizda❕ 🧠 An’anaviy aql-zakovat o’yini–Brain Train’ning bu galgi soni 28-iyun kuni bo’lib o’tadi. 10:00 da kichik guruhlar uchun: 📍Chortoq filialida 📍Toshbuloq filialida 📍Chorsu filialida 📍Lola filialida 13:30 da katta guruhlar uchun: 📍Chorsu filialida 📍Toshbuloq filialida 📍Lola filialida 📍Davlatobod filialida 📍Chortoq filialida Ming marta eshitgandan bir marta qatnashgan yaxshi! 🫵 Siz ham Start21 o’quvchisimisiz? Unda energiyaga boy jamoaviy o’yinda ishtirok etib, o’zingiz guvohi bo’ling😎 📞 69 211 21 21 🪧 Manzillarimiz Telegram | Instagram | YouTube

Toshbuloq✔️ Chortoq✔️ Chust✔️ Uchqo'rg'on✔️ Keyingisi qaysi manzil bo'lsin va aktual savol: Nega? O'zing o'zgarmasang olam o'zgarmas...

Энг яхши инвестиция — фарзандга киритилган инвестиция Бугунги кунда кўпчилик мол-мулк, бизнес ёки бошқа соҳаларга сармоя киритиш ҳақида ўйлайди. Аммо ҳар қандай бойликдан ҳам қимматлироқ инвестиция борки, у — фарзанд тарбияси ва таълимига қаратилган эътибордир. Фарзандга берилган яхши тарбия, сифатли таълим ва тўғри йўналиш унинг келажагини ёритади. Билим ва кўникмалар инсоннинг бутун умри давомида унга хизмат қилади. Таълимга сарфланган ҳар бир маблағ, ҳар бир вақт ва меҳнат келажакда ўзининг энг юқори самарасини беради. Таълим инсоннинг имкониятларини кенгайтиради, даромадини оширади ва жамият тараққиётига ҳисса қўшади. Фарзандларимизга китоб ўқиш одатини сингдириш, уларнинг қизиқишларини қўллаб-қувватлаш, яхши устозлардан сабоқ олиши учун шароит яратиш — бу келажакка қўйилган энг ишончли сармоядир. Зеро, уй-жой эскириши мумкин, техника янгиланади, аммо фарзанд қалбига жойланган билим ва тарбия умрбод бойлик бўлиб қолади. Унутманг: Энг яхши мерос — яхши тарбия, энг яхши инвестиция эса фарзандга киритилган инвестициядир.

Шунчаки бўш турган бинолар — бугун даҳолар масканига айланмоқда Юртимизда таълим тизимида хусусий секторни қўллаб-қувватлаш б
+9
Шунчаки бўш турган бинолар — бугун даҳолар масканига айланмоқда Юртимизда таълим тизимида хусусий секторни қўллаб-қувватлаш борасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ўзининг амалий натижасини бермоқда. Натижада аввал фойдаланилмай, бўш турган бинолар замонавий таълим масканлари, хизмат кўрсатиш ва тадбиркорлик объектларига айланиб, аҳоли учун янги имкониятлар эшигини очмоқда. Учқўрғон туманида ҳам бу борада ибратли ишлар амалга оширилмоқда. Тадбиркор Бунёдбек Форходов томонидан илгари бўш турган бино замонавий ўқув марказига айлантирилди. 1700 нафар ўқувчини қамраб олиш имкониятига эга бўлган мазкур марказда ёшлар замонавий билим ва кўникмаларни эгаллашлари учун барча шароитлар яратилган. Энг муҳими, ушбу лойиҳа доирасида 40 нафар фуқаро доимий иш билан таъминланди. Бу эса нафақат таълим соҳаси ривожига, балки аҳоли бандлигини таъминлаш ва оилалар даромадини оширишга ҳам хизмат қилади. Бўш турган биноларнинг таълим масканларига айланиши — бу шунчаки қурилиш ёки таъмирлаш эмас, балки келажакка киритилган инвестициядир. Чунки бу ерда эртанги куннинг муҳандислари, шифокорлари, олимлари ва тадбиркорлари тарбияланади. Кечаги бўш бино — бугун билим маскани, эртага эса даҳолар етишиб чиқадиган даргоҳ!

Repost from N/a
Bir necha daqiqalardan so’ng😊

Repost from N/a
Bugun o’sha kun😊 📍Start21ning Uchqo’rg’on filiali ochilish marosimi! 🎉 Ajoyib tadbirdan bahramand bo’lasiz, barchangizni kutib qolamiz. 👤@Start21uchkurgan_admin ☎️ 95 114 26 26 Telegram | Instagram

Bugun Start21 uchun yana bir unutilmas kun. Salkam 10 yoshga kirayotgan Start21 kompaniyasi o'zining 8-chi filialini ochyapti. Yaratganga shukur shu kunlarga yetkazgani uchun. Ishonch va tanlov uchun Namangan ahlidan minnatdormiz. Biz kengaymoqdamiz. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchangizdan alloh rozi bo'lsin. Imkoni borlar bilan birozdan so'ng ochilish marosimida ko'rishamiz. Qaynoq lavhalarni ulashib boraman. O'zing o'zgarmasang olam o'zgarmas...

Repost from BF Twit
Ilm olish uchun boy bo'lish shartmas!