fa
Feedback
Python daturlash maktabi 🐍

Python daturlash maktabi 🐍

رفتن به کانال در Telegram
647
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
Repost from Umar Muhandis
Kecha EPAM prezidenti bilan suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatning asosiy mavzusi Falastin-Isroil mojarosi va kompaniyaning Linkedin sahifasida Isroilni qo’llab quvvatlab qo’ygan mojaroli posti haqida bo’ldi. Suhbat detallarini ochiqlab o’tirmayman. Oxirgi qarorim: Xayr endi EPAM.

Repost from Alisher Tojiev
Konsta ✊🏻😎

Telegram Destop 4.10.4 beta (21.10.23) versiyasida kodlarni tanib olish (highlighting) qo'shildi. Bundan tashqari, bitta copy
Telegram Destop 4.10.4 beta (21.10.23) versiyasida kodlarni tanib olish (highlighting) qo'shildi. Bundan tashqari, bitta copy tugmasi orqali barcha kodni nuxsalash mumkin... Ma'lum bo'lishicha kod joylash uchun standart markdownning ``` tegi ishlatiladi Dasturchi do'stlarimizga yuborib qo'yamiz 😁 👉 @lazerg

Repost from Programming ∀
Copy pasteni ham eplash kerak. Hullas bir servicedagi yechimni bir kishi copy-paste qilgan. Ammo bundan Mani xabardor qilmagan(Xabardor qilganida o'zgarishlar haqida aytib turar edim). Eng qig'zigi aynan o'sha copy paste qilingan qismning orginalida ham jiddiy system bug bo'lgan 😅 Relasedan 3-4 version keyin aniqlaganman va to'g'irlaganman. Ammo narigi copyda bunday narsarga tupurib qo'yilgan. Shunga aytaman copy-paste ham hammaga emas :)

Kod Esdan Chiqadi! Ko'pchilik mendan so'rashadi: "Kodlarni yodlashim kerakmi?", - deya. Yo'q. Googledan izlashni bilsangiz ki
Kod Esdan Chiqadi! Ko'pchilik mendan so'rashadi: "Kodlarni yodlashim kerakmi?", - deya. Yo'q. Googledan izlashni bilsangiz kifoya. Muammoni hal qilish uchun qaysi kod parchasi yoki ma'lumot turi kerak ekangligini bilsangiz internetdan izlab topish oson bo'ladi. Rasmda ko'rib turgan dasturchingiz 800k obunachiga ega frontend ustasi va dars davomida internetdan qidirishdan uyalmayapti. Eng qiziqarlisi izlayotgan muammosiga yechim tariqasida avvalroq video ham chiqargan ekan. P.S. Sizchi boshqalar ko'rib turganda, googledan qidirishga uyalasizmi? "Shuni ham bilmas ekan", - deyishlari haqida o'ylaysizmi? Telegram | YouTube | Linkedin

Repost from Azimjon's Fikrlog
Dasturchidek Fikrlang. Dasturlab ko'rgan bo'lsangiz bilasiz: birinchi urinishda hech narsa ishlamaydi. Kod yozib bo'lib, ishlamasa - ketvormaysizku. Hayotda ham shunday - ishlarimiz birdan o'xshamaydi. Nimadirni o'zgartirib qayta urinish kerak. Qancha omadsizliklar, qancha to'siqlar bo'ladi. Lekin omad ham bir kun keladi - kelganda tayyor turish kerak. (1) Ishladimi? - yo'q: (2) xatolikni aniqlang (3) o'zgartirish kiriting (4) 1-qatorga qayting -ha: (5) keyingi vazifaga o'ting

Repost from Vohid Karimov
Summer 2024 uchun Googleda internship o'rinlar uchun applicationlar ochildi: — Software Engineering, Site Reliability Engineering Intern, 2024 — Bachelor's and Master’s degree — Application dates: Sep 18th, 2023 - Oct 27th, 2023 — Locations: Aarhus, Budapest, Dublin, London, Munich, Paris, Stockholm, Zurich — Coding experience: C++, Java, Python, or Go — Software Engineering, Site Reliability Engineering Intern, 2024 — Bachelor's and Master’s degree — Application dates: Sep 18th, 2023 - Oct 27th, 2023 — Locations: Bucharest, Warsaw, Kraków — Coding experience: C++, Java, Python, or Go — Research Intern, 2024 — PhD degree — Application dates: Sep 18th, 2023 - Oct 27th, 2023 — Locations: London, Zurich, Berlin, Munich, Grenoble, Paris, Amsterdam — Coding experience: Java, C++, Python, or Go — Student Training in Engineering Program, STEP 2024 — Bachelor's and Master’s degree — Application dates: Sep 18th, 2023 - Oct 27th, 2023 — Locations: London, Zurich, Munich, Paris, Dublin — Coding experience: Java, C++ or Python — Student Training in Engineering Program, STEP 2024 — Bachelor's and Master’s degree — Application dates: Sep 18th, 2023 - Oct 27th, 2023 — Locations: Bucharest, Warsaw — Coding experience: Java, C++ or Python — va boshqa intern o’ringlari Internship o’rinlari aslida 18chi sentyabrda ochildi. Men habar berishga sal kechikdim. Hechdan ko’ra kech, topshiramiz! 🎯 Googlerlar orasida ko’proq o’zbeklarni ko’rishni xoxlayman. Savollar bo’lsa shu post ostida qoldiring, javob berishga harakat qilaman.

Repost from Far·hod·jon
OpenAI 20-sentabrda rasmlar generatsiya qiladigan DALL-E modelining uchinchi versiyasini e’lon qildi. Keyinroq ChatGPT va Bin
+5
OpenAI 20-sentabrda rasmlar generatsiya qiladigan DALL-E modelining uchinchi versiyasini e’lon qildi. Keyinroq ChatGPT va Bing Chat’larga integratsiya qilinadi. Lekin hozirdan boshlab Bing Image Creator orqali turli fotolar yaratish mumkin. Modelning uchinchi versiyasidagi katta o’zgarishlardan biri - “prompt”ni oson “tushunishi.” Hozirgi ko’p modellar berilayotgan matndagi ko’p detallarni tushirib qoldirishi mumkin va bu odamlarni “prompt engineering” bilan shug’ullanishiga olib keladi. DALL-E 3 bilan esa natijaga osonroq erishish mumkin. Yaqinda Instagram’da turli davlatlarning mahalliy Coca-Cola bankasining dizaynlariga ko’zim tushgandi. Ular Midjourney bilan generatsiya qilingan. Men esa o’zbekcha Coca-Cola bankalarini DALL-E orqali generatsiya qildim va ular, menimcha, yomon chiqmadi. Menimcha, o'zbekcha dizaynlarda bayroq ko'p ishlatiladi, shunga bayroqli kola ham bor ichida. Qiziqqanlar uchun bu prompt’larni ishlatdim: - Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns - Coca cola can but designed for Uzbekistan using national patterns. Do not use the flag. Be inspired by some ceramic dishes designed in Uzbekistan. - Coca cola can but designed for Uzbekistan based on cotton patterns used on ceramic dishes @farhodjon #ai #design

Repost from Samandar Ahadjonov
🔥 Sizni aeroportdan kutib olishga yaqiningiz bo'lmasa, Uklonda ismingiz yozilgan plakat ko'tarib kutib olish xizmati bor eka
🔥 Sizni aeroportdan kutib olishga yaqiningiz bo'lmasa, Uklonda ismingiz yozilgan plakat ko'tarib kutib olish xizmati bor ekan. @ahadjonovss

Repost from Algo Vision
O'z yo'nalishingizdagi barcha kerakli manba'lar kitoblar v saytlar bitta nuqtada. • JavaScript: awesome-javascript • React: awesome-react • Vue: awesome-vue • Angular: awesome-angular • Node.js: awesome-nodejs • Typescript: awesome-typescript • Java: awesome-java • Go: awesome-go • Ruby: awesome-ruby • PHP: awesome-php • Kotlin: awesome-kotlin • Rust: awesome-rust • Swift: awesome-swift • iOS-developper: awesome-ios • Android-Developper: awesome-android • C: awesome-c • C++: awesome-cpp • C#: awesome-dotnet • Unreal Engine: awesome-unreal • Unity: awesome-unity3d • Python: awesome-python • Django: awesome-django • Data Science: awesome-datascience • TensorFlow: awesome-tensorflow • Linux: Awesome-Linux-Software • DevOps: awesome-devops • SysAdmins: awesome-sysadmin • Nginx: awesome-nginx • Kubernetes: awesome-kubernetes • Docker: awesome-docker • Auto Networking: awesome-network-automation • Kiberxavfsizlik: awesome-security • QA: awesome-testing • DataBase: awesome-database-learning

Repost from Ustoz-Shogird
Xodim kerak: 🏢 Idora: Astrolab IT Company 📚 Texnologiya: Python, Django, Django Rest Framework, Fastapi, Sqlalchemy, Orm For Fastapi, Postgresql, Redis, Celery, Docker, Swagger 🇺🇿 Telegram: @quvonchbek_murodov 📞 Aloqa: +998 90 850 30 95 🌐 Hudud: Toshkent sh ✍️ Mas'ul: Quvonchbek Murodov 🕰 Murojaat vaqti: 9:00 - 18:00 🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00 💰 Maosh: Amaliyot uchun ‼️ Qo`shimcha: Bizga real loyixada ishlamoqchi bo'lgan back-end amaliyotchilar kerak, keyinchali oylikka chiqishi mumkin, bu o'ziga bog'liq. Iltimos ortiqcha ma'lumot va ortiqcha narsalarsiz cvni o'zini tashlang. #ishJoyi #django #postgresql #python #amaliyot #Toshkent 👉 @UstozShogird kanaliga ulanish

Repost from Algo Vision
Ko'pchilik ishga kirish vaqti yetib kelganda bu anchalik muammoli vaziyat ekanligini tushunib oladi. Barchasiga sabab vakansiyalar eng kamida Middle so'raydi. Oldinlari bunday emas edi. Chunki u paytda dasturchilar juda kamchilik edi. Albatta bunga dunyodagi bulib turgan inqiroz sabab buldi. Masalan Itransition oldin reallokatsiya talab qilmasdi. Hozir esa FullTime uchun aniq reallokatsiyalarni talab qilishni boshlagan. PartTime da esa loyiha chiqganda ishlab berishiz kerak va albatta bu sizning Team Leadingizga bogliq. Albatta Juniorga bulgan talablar ham o'zgarmoqda. Yoki EPAM ni olib qarasak. Recruterlarni aytilishicha vakansiyalarni ko'pgina qismi vaqtinchalik yopilgan. Lekin bu umuman imkoniyat yuq degani emas. Yaxshi o'zlashtirganlarga bu jarayon nisbatan oson kechishi mumkin. Xo'sh default o'zlashtirgan yane hech qanday pet proekt da qatnashmagan dasturchi qanday ishga kiradi? Men sizni yuz foiz ishga kirasz deb ayta olmayman lekin kamida intervyugacha borishizni kafolat beradigan usullarni bo'lishiman. Bir kunda ishga kiraman deb uylamang. Bu imkonsiz. va hatoki bir kunda intervyugacha yetib olaman deb ham uylamang. bu ham imkonsiz. 1️⃣) Siz aniq bitta kompaniyani tanlashiz va unga tayorgarlik kurishiz kerak. Xo'sh kompaniyani tanladikham deylik keyinchi? har xolda birdaginga Google ni tanlamaysiz degan umiddaman. O'zingizni HARD va SOFT skillariz va stackizdan kelib chiqib kompaniya tanlang. Ayni paytda har bir kompaniyani shaxsiy sayti yoki ijtimoiy tarmoqlarda ularning sahifasi buladi. Ularni diqqat bilan kuzating. Vujudga kelgan vakansiyalarni poylang. 2️⃣HR ni o'zi bilan suhbat qilishga harakat qiling. Ko'pgina companiyalar sizga saytdan resume qoldirishizni talab qilishadi. Lekin imkon qadar kompaniyani hr shaxsiy akkaunti yoki pochtasini topib yuzma yuz suhbatlashishga harakat qiling. 3️⃣HR ni o'zingizga ishontirishga harakat qiling. Bu juda muhim bosqich istalgan kompaniya yoki hr birinchi martada sizni intervyuga chaqirmaydi. Chunki unga har kuni yuzlab (balkim undan ko'p yoki kamroq) shunga o'xshagan resumelar yoki yozuvlar kelib tushadi. Siz ular ichida uzizini albata boshqacha ekanligizni va doimiy ravishda harakatda ekanligizni qanday usul bilan bo'lmasin yetkazishiz kerak. HR bosqichigacha qanday yetib borish mumkin? Eng birinchida MDH davlatlarida hh.uz dan vakansiyalarni kuzatib borish Keyin ijtimoiy tarmoqdalardagi sahifalaridan (web-sayti,twiter, instagram, linkedin) bu kompaniya haqidagi ma'lumotlarni olish. linkedin yuritish va vakansiyalarni doimiy kuzatib borish. habr_career dan chiqgan vakansiyalarni kuzatib borish. Agar o'zingizga aniq ishonsaz u holda EPAM systems ga resume yuborishiz mumkin. EPAM Systems ham productive ham autsorsing kompaniyasi hisobalandi. kamida 3 marta resume yuborganizdan keyin sizga albatta hr lar aloqaga chiqadi. va EPAM anywhere ga yullanma beradi. lekin bu holda siz soft va hard skillariz yaxshi bulishi kerak bulmasa uzoqga borish qiyin. Yoki bulmasam istalgan autsorsing kompaniyalarni topib ulardan keyin productivga o'tish. Menimcha dasturchi bulib ishga kiraman degan shaxs kamida ingliz yoki rus (Hattoki ikkalasiniham bilishi kerak) biladi. Izlanishda davom etishiz shart. Bir kompaniyadan cancel-отказ olsiz bu hammasi tamom degani emas. hammmasi bosqichma bosqich buladi. Siz harakat qilsiz keyin o'zgarish buladi. Agar bitta kompaniya recruteridan отказ olib tugadi desiz unda o'zgarish bulishi qiyin. Barchangizga omad yaqin orada albatta xursand buladigan xabar kutib qolamiz.!

Repost from Azim Pulat
Google'dan Offer Oldim Maqola: azimjon.com/googledan-offer-oldim
Google'dan Offer Oldim Maqola: azimjon.com/googledan-offer-oldim

| ̄ ̄ ̄ ̄ ̄ ̄ ̄ ̄ ̄ ̄ ̄ ̄| You don’t need a MacBook to be a Programmer |____________| \ (•◡•) / \ / —— | | |_ |_

Hayotning yozilmagan qoidalari: P.S. Aytdim-ku, yozilmagan deb.

Repost from Sariq Dev
Googledagi sharoitlarni koʻrganda xayolga keladigan savol “Bu yerda oʻzi ishlashadimi?”