cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Far·hod·jon

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
736
مشترکین
-124 ساعت
+157 روز
+4930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda Figma o’zining sun’iy intellekt orqali dizayn qiladigan uskunasini taqdim qildi: Make Design - matndan dizayn chizib beradi (text-to-design). Twitter’da bir kishi aytishicha, Make Design real ilovalarning skrinshotlari asosida o’rgatilgan: uch marta ob-havo ilovasi dizayni so’ralganda ham Apple ob-havo ilovasi asosida dizayn qilgan. Figma asoschisi Dylan Field yozishicha, Make Design turli dizayn tizimlar asosida qurilgan. Lekin uskunani hozircha o’chirib qo’yishdi va yaxshiroq qayta test qilib, keyin yoqishadi. Figma’ning so’nggi Config konferensiyasida taqdim qilingan yangiliklarning 1 minutlik videosi: All the Launches at Config 2024.
نمایش همه...
🤔 7🔥 3👍 2
Sun’iy intellekt kimlarni almashtiryapti? Social Science Research Network (SSRN) 2021-yilning iyul oyidan 2023-yilning iyuligacha onlayn frilans platformalaridagi milliondan ortiq ishlarni o’rganib chiqqan. Bu tadqiqot natijasida sun’iy intellekt (SI) eng ko’p ta’sir qilgan yo’nalishlarni aniqlagan. Generative AI (asosan, ChatGPT) salbiy ta’sir qilgan eng ko’p sohalar: - Yozuv ishlari (writing jobs) - 30.37 foizga kamaygan - Dasturiy ta’minot, ilova va veb ishlab chiqarish - 20.62 foizga kamaygan - Grafik dizayn - 18.49% kamayish - 3D modellash - 15.57% kamayish. [manba] @farhodjon
نمایش همه...
Who Is AI Replacing? The Impact of Generative AI on Online Freelancing Platforms

This paper studies the impact of Generative AI technologies on the demand for online freelancers using a large dataset from a leading global freelancing platfor

👍 5
“Albatta HA” yoki “yo’q” Derek Siversning juda yaxshi qoidasi bor. Biror narsaga shunchaki “ha” deb javob berish - “yo’q” bilan teng. Qachonki “albatta, ha!” deyilgandagina u haqiqiy “ha.” Inglizchasida: No yes. Either HELL YEAH! or no. (bu haqida kitob ham yozgan) Ayniqsa, bu qoida ortiqcha va’da bervoradigan, ishi boshidan oshib yotgan, tarqoq, “yo’q” deyolmaydigan, hadeb bir narsadan ikkinchi narsaga sakrayveradigan odamlar uchun foydali. Qoidani qisqacha bunaqa yozish mumkin: - Yo’q → yo’q - Ha → yo’q - Albatta, ha! → ha. @farhodjon
نمایش همه...
🔥 15👍 6🤯 2🤔 1😢 1
📣 Hiring alert (June 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Senior Backend Engineer (Python) - Middle Backend Engineer (Python) - Senior Engineering Manager - Director of Engineering Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va shaxsan minnatdorligim. Agar taklif qilingan odam Super Dispatch’ga qo’shilsa - $1 000 referral fee.
نمایش همه...
🔥 19👍 4
Dream Machine modeliga foto yuborilganda fotoni “jonlantiradi” (xuddi Garri Potter filmlaridek). 1. Amir Temurning mashhur rasmini kichikroq prompt bilan berganda aylantirib video qilyapti (Amir Temur xuddi “yo, what’s up?” degandek). 2. XX-asr boshidagi shashlikchilarning fotosi berilganda jarayonni ko’rsatishga harakat qilyapti. 3. Amir Olimxonning fotosini sal jonlantiryapti. Keyinroq yana model bilan o’ynab ko’rib, boshqa videolarni ham qo’yaman.
نمایش همه...
watermarked_video0baaaf0fc899947aa9cb39b6fa8b51d7c.mp42.36 MB
watermarked_video0372784e7214e43b4a1990587411f13bb.mp43.75 MB
watermarked_video0f4abdcb9db4c4098bfd380351fb7d1d5.mp42.89 MB
👍 16
Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan. Lekin yaqinda ikkita yangi model paydo bo’ldi va ularni sinab ko’rish mumkin. Kling - bu model xitoylardan (1-video). Videoning sifati Sora’dan qolishmaydi. Saytida demolari va xitoychani tushunadiganlar sinab ham ko’rishi mumkin: https://kling.kuaishou.com/en Luma Dream Machine - Luma AI tomonidan ishlab chiqarilgan. O’ta darajada relistikmas, lekin turli fantastikaga o’xshagan janrlar uchun bu juda mos. Sun’iy intellekt yaratayotgan narsalarni “real” deyishga kelishmadik, menimcha :) Google orqali ro’yxatdan o’tib bu yerda sinab ko’riladi: https://lumalabs.ai/dream-machine Antiqa davrda yashayapmiz.
نمایش همه...
world-1.mp47.97 MB
ssstwitter.com_1718684809507.mp416.29 MB
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Kutilmaganda Microsoft Telegram uchun Copilot bot chiqaribdi. Rasmiy bot, saytida tanishish mumkin: https://www.microsoft.com/en-us/edge/copilot-for-social?form=MY02F9 Sal sekinroq ishlayapti va foto/audio qabul qilmayapti hozircha. Lekin butun ekotizimi Telegram’da bo’lgan odamlar uchun juda foydali. Botga to’g’ri havola: @CopilotOfficialBot [manba]
نمایش همه...
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Unsplash’ga birinchi fotoni 2021-yil 26-mayda qo’ygan ekanman: Alisher Navoiy haykalidan Xalqlar Do’stligi saroyi tomonga qarab olingan. Keyinroq O’zbekiston va dunyoning turli joylarida olingan fotolarni yuklashni boshladim, lekin haligacha minglab qayta ishlanmagan fotolar “yotibdi.” Quyida 3 yillik statistika: - Fotolarim ja’mi 1,5 million marta ko’rilgan. Eng ko’p ko’rilgan joylar: Unsplash, Figma, PicsArt, BuzzFeed, Trello. - 30 mingga yaqin marta yuklangan (yoki foydalanilgan). Unsplash, Notion, Figma, Wix, Trello ilovalari topda. - Eng ko’p ko’rilgan - Zomindagi Ma’rifat masjidi minorasi. 270 ming marta ko’rilgan. - Eng ko’p yuklangani esa Adiblar xiyobonida Oliy Majlis gumbazi bilan olingan foto. 6 ming martadan ortiq yuklangan. - “tashkent”, “uzbekistan” kabi qidiruvlarda fotolarim yuqori natijalarda chiqishni boshlagan. Unsplash’ning eng yaxshi tomoni - litsenziyasi. U yuklangan fotolardan bepul foydalanishga imkoniyat beradi. Boshqa kataloglarda professional fotograflar tomonidan olingan fotolar $100-600 atrofida baholanadi. Bepul litsenziya turli uskunalar va ilovalar fotolardan bemalol foydalanish imkoniyatini ham beradi. So’nggi paytlarda fotolarni alohida kolleksiyalarga qo’shishni boshladim: https://unsplash.com/@far5n10v/collections Kameraga bog’liq eng yorqin voqea Dubayda yuz berdi. Kamera bilan yurganimda turli odamlar oddiyroq Android telefonda foto olayotganini ko’rib yordam bergim keldi. Yaxshi foto olib, biroz qayta ishlab, keyinroq yuborganimda ularning xursandchiligini qisman his qildim: har safar to’xtamasdan 5-10 marta “thank you, bro!” oldim va bitta yangi kelgan hind bola ish ham so’radi 😄 Yuqoridagi foto esa Filippin poytaxti Manilada olingan. Chapda - marshrutka, o’ngda - taksi. Filippin men sayohat qilgan 22-davlat bo’ldi.
نمایش همه...
👍 11🔥 5
01:19
Video unavailableShow in Telegram
Apple mahsulotlaridagi detallarga juda qattiq e’tibor berishi ko’pchilikka ma’lum. Lekin bunisi batamom yangi darajaga chiqish! Yaqinda Apple yangi iPad va Pencil taqdim qildi. Ko’p tomondan yaxshilangan qurilmalar. Endi planshet Pencil Pro qalamining aylanishini ham hisobga oladi (ekranga yaqinligini avval ham aniqlardi). Qalam ekranga yaqinlashganda, aylanganda va burilganda tizim planshet ekranida juda tabiiy soya chizyapti. Tanlangan uskunaga qarab soya o’zgaradi ham! Buning uchun tizimga kamida 10 ta uch o’lchovli qalam modeli qo’shilgan 🤯 [manba] Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda qattiq hurmat qilaman 💛
نمایش همه...
-U9da4Lw_IyD5OqQ.mp44.17 MB
👍 15🔥 9
Ingliz tilida sonlar Menga ingliz tilida, ayniqsa, amerikancha inglizchada turli sonlarni qisqartirilishi yoki qulay aytilishi yoqadi. 1924 yili “19”-“24” deb ajratib aytilishini hamma biladi: nineteen-twenty four. “Bir ming to’qqiz yuz yigirma to’rt” bilan “o’n to’qqiz yigirma to’rt” solishtirib ko’rish kifoya. Lekin boshqa osonlashtirish ham ko’p ishlatiladi: - K/M/B/T - ming/million/milliard/trillion. Masalan, 14 000 soni “fourteen thousand” o’rniga “fourteen key” deyiladi va “14K” sifatida yoziladi. - Ming “grand” bilan ham almashtiriladi: 13000 - thirteen grand. - Agar sonlar faqat yuz (100) bilan tugasa, so’nggi ikkita nol “hundred” bilan almashtiriladi: 1400 - fourteen hundred, 2500 - twenty five hundred. - Yuqoridagi yilni bo’lish boshqa holatlarda ham ishlaydi: 4568 Main St. - fourty five sixty eight main street. - 3 ta raqamli sonlar ham ikkiga bo’linadi: 345 - three fourty five. - Nolni “O” harfi bilan almashtirish: 103 - “one zero three” o’rniga “one oh three.” Uzun sonlarni yozishda minglar “,” bilan ajratlishi ham juda qulay: 329874501 o’rniga 329,874,501 yoziladi. Tipografika qoidalari bo’yicha o’zbek tilida minglar (bo’linmas) probel bilan ajratilishi kerak (329 874 501), lekin buni juda kam odam yozishmalarda ishlatadi.
نمایش همه...
👍 15🔥 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.