Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
رفتن به کانال در Telegram
Samarqand viloyat Statistika boshqarmasining rasmiy sahifasi 🌐 www.samstat.uz - vebsayt 👥 @samstat - Murojaat uchun (telegram guruh)
نمایش بیشتر577
مشترکین
-124 ساعت
-17 روز
-930 روز
آرشیو پست ها
📊Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha maʼlumotlar
2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 39 010 ta faol tijorat korxonalaridan 28 296 tasini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan bo‘lib, ular tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Shundan kelib chiqib, MChJlar mamlakatimizda biznes yuritishning eng keng tarqalgan shakli degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ortmoqda
2026-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra хorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 147 taga oshgan.
Bu asosan, sanoat sohasidagi korxonalar sonining 228 tadan 267 taga, (o‘sish 39 taga), savdo sohasida 163 tadan 196 taga (o‘sish 33 taga), hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 33 tadan 48 taga (o‘sish 15 taga) ko‘payishi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊7 oyda 3,5 trln soʻmlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan
2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda 3,5 trln soʻmlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,7 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 2,1 trln soʻm;
Sirdaryo viloyati — 529 mlrd soʻm;
Toshkent viloyati — 286,4 mlrd soʻm;
Namangan viloyati — 214,2 mlrd soʻm;
Samarqand viloyati — 143,1 mlrd soʻm;
Andijon viloyati — 83,6 mlrd soʻm;
Fargʻona viloyati — 63,5 mlrd soʻm;
Surxondaryo viloyati — 53,7 mlrd soʻm;
Xorazm viloyati — 20,6 mlrd soʻm;
Qashqadaryo viloyati — 17,4 mlrd soʻm;
Buxoro viloyati — 9,4 mlrd soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3,5 mlrd soʻm;
Navoiy viloyati — 0,2 mlrd soʻm;
Jizzax viloyati — 0,1 mlrd soʻm.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊7 oyda 17 trln so‘mdan ortiq elektr uskunalar ishlab chiqarilgan
2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 17,9 trln so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,3 foizga oshgan.
Mazkur ko‘rsatkichning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,7 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 1,2 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 8,4 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 712,1 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 8,4 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 186,5 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 962,9 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 910,6 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 4,6 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 23,9 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 3,5 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 385,1 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 41,7 mlrd so‘m;
Toshkent shahri — 9,8 trln so‘m.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Xorijiy korxonalar eng ko‘p qaysi hududlarda faoliyat yuritmoqda?
2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 20 973 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 13 114 ta;
Toshkent viloyati — 2 901 ta;
Samarqand viloyati — 754 ta;
Farg‘ona viloyati — 659 ta;
Surxondaryo viloyati — 630 ta;
Andijon viloyati — 519 ta;
Buxoro viloyati — 449 ta;
Sirdaryo viloyati — 341 ta;
Navoiy viloyati — 335 ta;
Namangan viloyati — 331 ta;
Jizzax viloyati — 283 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 258 ta;
Xorazm viloyati — 214 ta;
Qashqadaryo viloyati — 185 ta.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
💼 O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda 15-oktabrdan 30-noyabrga qadar biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatda amalda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar, ularning faoliyat yo‘nalishlari, bandlik holati va asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat.
Tadbir doirasida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar qamrab olinadi.
Ma’lumotlar respondent toifasiga qarab, ro‘yxatga oluvchilar tomonidan planshet qurilmalari yordamida yuzma-yuz so‘rov asosida yoki internet orqali mustaqil ravishda to‘planadi.
Ro‘yxatga olish natijalari korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi statistik registrlarni yangilash, kuzatilmaydigan iqtisodiyot ko‘lamini baholash, tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.
Olingan ma’lumotlar kelgusida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni rivojlantirish va biznes uchun yanada to‘g‘ri hamda manzilli qarorlar qabul qilishda muhim axborot manbai bo‘ladi.

+3
📊Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatining muhim omili
Davlat fuqarolik xizmatchilarini mamlakatimiz va jahon miqyosida yuz berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida har haftaning juma kunlari "Siyosiy-ma’rifat soati" onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar yuzasidan tayyorlangan siyosiy dayjest hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar namoyish etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lib, siyosiy-huquqiy bilimlari va dunyoqarashlarini yanada mustahkamladilar.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatida qurilish ishlarining asosiy qismi fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi
2026-yilning yanvar–iyul oylarida Samarqand viloyatida bajarilgan qurilish ishlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ulush fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi.
Mazkur yo‘nalishda bajarilgan qurilish ishlarining ulushi jami qurilish ishlari hajmining 64,1 foizini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 144,5 foizni qayd etdi.
Shuningdek, turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan binolarni qurish yo‘nalishida bajarilgan qurilish ishlarining ulushi jami hajmning 33,5 foizini tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishdagi o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 75,6 foizni tashkil etdi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatida 43,4 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Samarqand viloyati korxonalari tomonidan 43 426,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Mazkur davrda sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 2025-yilning yanvar–iyul oylariga nisbatan 109,7 foizni tashkil etdi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Faol korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelmoqda
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning eng yuqori ulushi Samarqand shahriga – 30,2 foiz, Samarqand tumaniga – 8,3 foiz, Urgut tumaniga – 7,8 foiz, Pastdarg‘om tumaniga – 7,4 foiz va Payariq tumaniga – 5,1 foiz to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarining umumiy sonidagi salmoqli ulush Samarqand shahrida mos ravishda 31,6 va 31,4 foiz, Samarqand tumanida 8,9 va 8,8 foiz, Urgut tumanida 7,5 va 7,5 foiz, Pastdarg‘om tumanida esa 7,3 va 7,4 foizni tashkil etdi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mni tashkil etdi
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 10 795 tani tashkil etdi. Shundan 60 tasi yirik korxonalar, 10 735 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 25 794,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 117,6 foiz o‘sish sur’atini qayd etdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2 839,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,2 foizga o‘sdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 22 955,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 117,8 foizni tashkil qildi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 2,5 mlrd AQSH dollariga yetdi
2026-yilning yanvar–iyul oylarida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 2 514,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasi 2025-yilning yanvar–iyul oylariga nisbatan 221,1 mln AQSH dollariga, ya’ni 9,6 foizga oshdi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatida bozor xizmatlari hajmi 56,5 trln so‘mni tashkil etdi
2026-yilning yanvar–iyul oylarida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalari hisobga olingan holda, Samarqand viloyatida bozor xizmatlari hajmi 56 487,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 116,8 foizni tashkil etib, ushbu davrda xizmatlar hajmi 11 170,5 mlrd so‘mga oshgani qayd etildi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatida 11,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
2026-yilning yanvar–iyul oylarida Samarqand viloyatida 11 219,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 138,0 foizni tashkil etdi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Viloyatda 5,1 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 5 110 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda 1 247 ta korxona, ya’ni jami sanoat korxonalarining 24,4 foizi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida 788 ta (15,4 foiz), tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish yo‘nalishida 478 ta (9,4 foiz), kiyim ishlab chiqarish yo‘nalishida 379 ta (7,4 foiz) hamda mebel ishlab chiqarish yo‘nalishida 361 ta (7,0 foiz) korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44,2 mingtaga yetdi
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44 247 tani tashkil etdi.
Ularning 37 732 tasi, ya’ni 85,3 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 109,7 foizni, jumladan, kichik korxona va mikrofirmalar soni 110,9 foizni tashkil etdi.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga safarlari 4 yilda 3,3 barobarga oshdi
2026-yilning yanvar–iyul oylarida 167 337 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,6 ming nafarga yoki 10,3 foizga oshgan.
Mazkur ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha (yanvar–iyul):
2022-yil — 50 ming nafar;
2023-yil — 35,2 ming nafar;
2024-yil — 106,5 ming nafar;
2025-yil — 151,7 ming nafar;
2026-yil — 167,3 ming nafar.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekistonliklar 7 oyda ta’lim xizmatlariga 27 trln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflagan
2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 27,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga oshgan.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar eng yuqori ulushga ega bo‘lib, jami ta’lim xizmatlarining 41,2 foizini tashkil etgan.
Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 14,5 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 1,7 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1,7 trln so‘m;
Namangan viloyati — 1,3 trln so‘m;
Andijon viloyati — 1,3 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 1,2 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 1,1 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 972,7 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 771,7 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 712,0 mlrd so‘m;
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga nechta muzlatgich to‘g‘ri keladi?
2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 124 ta sovitkich va muzlatgich to‘g‘ri kelgan.
Bu ko‘rsatkich 2000-yilga nisbatan 44,2 foizga oshgan.
100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovitkich va muzlatgichlar soni yillar kesimida:
2000-yil — 86 ta;
2005-yil — 91 ta;
2010-yil — 99 ta;
2015-yil — 101 ta;
2020-yil — 107 ta;
2021-yil — 114 ta;
2022-yil — 115 ta;
2023-yil — 118 ta;
2024-yil — 121 ta;
2025-yil — 124 ta.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand