fa
Feedback
UNICON SOFT

UNICON SOFT

رفتن به کانال در Telegram
2 846
مشترکین
-324 ساعت
-87 روز
-3130 روز
آرشیو پست ها
Endilikda “Raqamli mahalla” platformalari orqali muammolar hal etiladi. O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i Fozilbek Jahongirov bilan suhbatlashildi.

✅“Raqamli mahalla” elektron platformasi takomillashtiriladi Farmonga asosan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirli
“Raqamli mahalla” elektron platformasi takomillashtiriladi
Farmonga asosan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-noyabrga qadar “mahalla yettiligi” faoliyatiga mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Raqamli mahalla” elektron platformasida quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini “Raqamli mahalla” platformasi bilan o‘zaro integratsiya qilish; sun’iy intellekt yordamida “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritilgan murojaatlar hamda aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni saralash, ijrochilarga taqsimlash va belgilangan tartibda ijrosini nazorat qilish; mahallalarni infratuzilma, tadbirkorlik, kambag‘allik, ishsizlik, jinoyatchilik, nizoli oilalar, aholi murojaatlari ko‘rsatkichlari asosida “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratish hamda yuzaga kelgan muammolarning bartaraf etilganligi holatini monitoring qilish; mahalla raisi tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolariga haq to‘lash uchun to‘ldirilgan hujjat (tabel)ni shakllantirish hamda ular faoliyatini KPI asosida baholashni yo‘lga qo‘yish.
💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

Hurmatli foydalanuvchilar! “E-huquqshunos” mobil ilovasini yanada takomillashtirishga siz ham hissa qo‘shishingiz mumkin! 📲
+1
Hurmatli foydalanuvchilar! “E-huquqshunos” mobil ilovasini yanada takomillashtirishga siz ham hissa qo‘shishingiz mumkin! 📲 Endilikda siz: 🟡 ilova bo‘yicha takliflaringizni; 🟡 undan foydalanishda shaxsan duch kelgan muammolarni; 🟡 ilovani yaxshilashga qaratilgan g‘oyalarni bevosita mobil ilovaning o‘zidan bizga yozib yubora olasiz. 💬 Hech bir taklif bee‘tibor qoldirilmaydi va bu kabi fikr almashuv tizimning yanada qulay, tezkor va samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. 👍 "E-huquqshunos" elektron tizimiga oid barcha yangiliklarni @e_huquqshunos_rasmiy kanalidan kuzatib boring! 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram

Dizaynerlarimiz nima deydi? 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram

Mahalla raislari uchun o‘quv-amaliy seminar: raqamli boshqaruv samaradorligi Samarqandda mahalla tizimi rahbarlari uchun tash
+4
Mahalla raislari uchun o‘quv-amaliy seminar: raqamli boshqaruv samaradorligi Samarqandda mahalla tizimi rahbarlari uchun tashkil etilgan seminar davom etmoqda. Unda soha mutasaddilari va ekspertlar ishtirokida mahallalarda ish samaradorligini oshirishning muhim jihatlari muhokama qilindi. Seminar doirasida asosiy e’tibor quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratildi: ⭕️ murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan yaxshilash hamda ijro intizomini qat’iy ta’minlash mexanizmlari. ⭕️ “Raqamli mahalla” platformasini amaliyotga keng joriy etish orqali ortiqcha qog‘ozbozlikka barham berish. ⭕️ oilaviy ajrimlar va huquqbuzarliklarning oldini olishda “yettilik” a’zolarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish. Seminar ishtirokchilarga ish faoliyatlarida qo‘llashlari uchun amaliy tavsiyalar berildi. 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram

“Unicon-Soft” jamoasi kibersprot musobaqasida ishtirok etadi Musobaqada 16 ta jamoa qatnashadi. 1-o‘rinni olgan jamoa medalla
“Unicon-Soft” jamoasi kibersprot musobaqasida ishtirok etadi Musobaqada 16 ta jamoa qatnashadi. 1-o‘rinni olgan jamoa medallar hamda chempionlik kubogidan tashqari 5 mln so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi. 2- va 3-o‘rinni egallaganlarga esa medallar bilan birga 3 hamda 2 milliondan mukofot beriladi. 👉Batafsil: https://us.uz/uz/news/post-474 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram

Joriy yilning 15-16 iyun kunlari O'zbekiston Mahallalari Uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda "Unicon soft" M
+4
Joriy yilning 15-16 iyun kunlari O'zbekiston Mahallalari Uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda "Unicon soft" MCHJ Surxondaryo viloyati filiali birgalikda o'quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda quyidagi masalalarga e'tibor berildi 🏘 Raqamli mahalla. 🔹Aholining tizimga to'g'ri kiritish 🔹Xodimlarining davomat ko'rsatgichlari 🔹Elektron tabellar yaratish,imzolash hamda tizimning yangiliklari va qulayliklari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Ishirokchi tumanlar : ✅Termiz shahar mahalla raislari ✅Temiz tuman mahalla raislari ✅Angor tuman mahalla raislari
📢“Raqamli mahalla” rasmiy kanal

Repost from Digital.uz
💚 Biz bir jamoamiz! G‘alaba bizniki! #WorldCup2026 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from Digital.uz
To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarg
To‘rtinchi yo‘nalish “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarga quyosh va shamol elektr stansiyalari bilan bir qatorda energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, “yashil” energiya asosida ishlaydigan data-markazlar barpo etish taklif etildi. Sun’iy intellekt tarmog‘ini rivojlantirish – davrimizning muhim talabi. Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda kelgusi besh yilda ushbu yangi yo‘nalishda kamida 10 milliard dollarlik qo‘shimcha qiymat yaratilishini prognoz qilmoqda.
“Asosiy vazifamiz sun’iy intellekt orqali aholining barcha qatlamlari hayotini yaxshilash, undan ta’lim, davlat xizmatlari va biznes jarayonlarida keng foydalanishdan iborat”,
– dedi Prezidentimiz. Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt loyihalari va data-markazlar uchun maxsus zona yaratildi. Bu hududda 2040-yilgacha investorlar barcha turdagi soliq va bojlardan ozod qilinadi, yo‘l, elektr, suv infratuzilmasi davlat hisobidan qurib beriladi, 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 5 sent miqdorida imtiyozli tarif belgilanadi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ham tashkil etilmoqda. Prezidentimiz investorlarni ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha jozibadorligi yuqori bo‘lgan loyihalarda hamkorlikka taklif etdi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

▪️🔴🔴 🔔#АППАРАТ_ЙИҒИЛИШИ Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов раислигида навбатдаги аппарат йиғилиши бўлиб ўтмоқда. Йиғили
+9
▪️🔴🔴 🔔#АППАРАТ_ЙИҒИЛИШИ Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов раислигида навбатдаги аппарат йиғилиши бўлиб ўтмоқда. Йиғилиш аввалида ташкилий масала кўриб чиқилиб, вилоятдаги айрим раҳбарлик лавозимларига тайинланган кадрлар жамоатчиликка таништирилди. Янги тайинланган мутасаддилар зиммасига юклатилган вазифалар ва устувор йўналишлар белгилаб берилди. Шундан сўнг ижро интизомини мустаҳкамлаш масалалари атрофлича муҳокама қилинди. Хусусан, edo.ijro.uz тизими орқали назоратда турган ҳужжатлар ижроси, аввалги аппарат йиғилишларида берилган топшириқларнинг бажарилиш ҳолати ҳамда жисмоний ва юридик шахслар мурожаатлари билан ишлаш самарадорлиги танқидий-таҳлилий руҳда кўриб чиқилди. Йиғилиш давомида топшириқлар ижросида йўл қўйилаётган камчиликлар ва мавжуд муаммолар таҳлил қилиниб, уларни бартараф этиш бўйича тегишли чора-тадбирлар белгиланди. Вилоят раҳбари томонидан мутасадди раҳбарларга ҳар бир топшириқ ижросини белгиланган муддатларда ва юқори сифат даражасида таъминлаш, аҳоли мурожаатларини қонунчилик талаблари асосида ўз вақтида кўриб чиқиш, ижро интизомини янада кучайтириш ҳамда ҳужжатлар билан ишлашда ортиқча сансалорлик ва расмиятчиликка йўл қўймаслик юзасидан қатъий вазифалар юклатилди. Аппарат йиғилиши кун тартибидаги бошқа муҳим масалалар муҳокамаси билан давом этмоқда. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

Repost from "E-huquqshunos"
👍 Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari! ℹ️ Tizim orqali buyruqlarning yangi namunalarini tizimga qo'shish yuzas
👍 Hurmatli "E-huquqshunos" tizimi foydalanuvchilari! ℹ️ Tizim orqali buyruqlarning yangi namunalarini tizimga qo'shish yuzasidan kelib tushayotgan takliflar asosida tizimga buyruq namunalari qo'shib borilmoqda. ✅ Xususan:
1️⃣ O'quvchini sinfda (ikkinchi yilga) qoldirish to'g'risida (birlik qo'shildi) 2️⃣ O'quvchini sinfda (ikkinchi yilga) qoldirish to'g'risida (ko'plik qo'shildi)
⚠️ Mazkur buyruq loyiha namunasi "Umumiy masalalar" turiga oid 🌟 "E-huquqshunos" elektron tizimi bo'yicha barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling!

🗣Termiz shahar hokimligi majlislar zalida Sharofiddin Lolayev boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ⏺Yig‘i
+9
🗣Termiz shahar hokimligi majlislar zalida Sharofiddin Lolayev boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ijro intizomi, jumladan EDO.IJRO.UZ tizimi, onlayn qabullar, viloyat hokimining topshiriqlari, hokimlik va media murojaatlari hamda fuqarolar murojaatlarining qayta o‘rganilib, ijobiy hal etilishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, MFYlar kesimida soliq rejasini bajarmagan hududlar va mas’ullar faoliyati, hokim yordamchilarining ko‘rsatkichlari, BSKlar tushumi hamda Termiz shahrida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bo‘yicha biriktirilgan mas’ullarning ishlari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga Termiz shahar aholisidan kelib tushgan murojaatlar tahlili ham o‘rin oldi. Muhokamalar davomida murojaatlar soni ortgan soha rahbarlari ogohlantirildi. Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikda belgilangan muddatlarga rioya etmagan rahbarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli takliflar kiritish yuzasidan topshiriqlar berildi. 💬Yig‘ilishda hokim o‘rinbosarlari, shahar tashkilotlari rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, soliq xodimlari hamda BSK rahbarlari ishtirok etdi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram

Иккинчи имкон” лойиҳасига старт берилди. Маҳкумларга IT ва хорижий тиллар ўргатилади Лойиҳа доирасида 18 ёшдан 30 ёшгача бўлган маҳкумлар ахборот технологиялари, рақамли касблар ва хорижий тилларга ўқитилади. Биринчи босқичда ўқиш учун Тошкент вилояти, Навоий ва Қашқадарё вилоятларидаги 10 та жазони ижро этиш муассасасидаги 300 нафар маҳкум саралаб олинган. “Ўқитиш натижаси бўйича оралиқ сўровлар бўлиб ўтади ва баҳоланади. Бошқа курсларда қанақа баҳоланса, бу ерда ҳам худди шунақа баҳоланади ва келажакда буларга малакавий сертификат беради”, - деди Ички ишлар вазири Азиз Тошпўлатов. 📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

+3
“Ikkinchi imkon” loyihasining ochilish marosimi OAVda qnday yoritildi? 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram

Repost from Sherzod Shermatov
Hurmatli Prezidentimiz yoshlarga imkoniyat yaratishda nafaqat muvaffaqiyatga erishayotganlarga e’tibor qaratadilar, balki hayotidagi bir xato uchun qamoqqa tushib qolgan yoshlarimizni ham kelgusi hayotida qiynalmasligi uchun “Ikkinchi imkon” tashabbusini ilgari surib alohida qaror qabul qilgandilar. Prezidentimizning bunday ezgu g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun loyihaga jalb qilingan pedagog va mutaxassislar maoshini to‘lash, xonalarni zamonaviy kompyuterlar, elektron doskalar va barcha zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda kutubxonani o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan boyitish xarajatlarini to‘liq o‘z zimmasiga olgan “Unicon-Soft” MCHJning jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz. Bu kompaniya aynan Yangi O’zbekiston davrida tashkil etilib, hozir barcha tumanlardagi o‘z filiallari bilan respublikamiz hududlaridagi eng yirik tarmoqqa ega kompaniyaga aylandi. Albatta, Prezidentimiz tomonlaridan sohamiz rivoji uchun yaratilgan imkoniyatlar sababli shunday o‘sishga ega bo‘lganidan keyin, jamiyatimiz rivojiga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslarni qo‘llashi boshqa bu kabi o‘sayotgan IT kompaniyalarimiz uchun ham o‘ziga xos namunadir. Boshqa kompaniyalarimizni ham yoshlarimiz ta’limiga va kelgusi muvaffaqiyatiga investitsiya qilishlariga chaqiramiz!

Davlat rahbari tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Ikkinchi imkon” loyihasi jazo muddatini oʻtayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda ——— Давлат раҳбари ташаббуси билан йўлга қўйилган “Иккинчи имкон” лойиҳаси жазо муддатини ўтаётган ёшлар учун янги имкониятлар эшигини очмоқда Телеграм канал

Repost from ZAMON | RASMIY
20:30  10.06.2026 “Ikkinchi imkon" loyihasi boshlandi #Toshkent vil. muxbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova https://t.me/zamon_lavhalar

Repost from IIV | Rasmiy kanal
Har bir yosh avlod vakili Davlatimiz rahbarining eʼtiborida: “Ikkinchi imkon” loyihasi asosida jazoni ijro etish muassasalari
+6
Har bir yosh avlod vakili Davlatimiz rahbarining eʼtiborida: “Ikkinchi imkon” loyihasi asosida jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblar va raqamli texnologiyalarga oʻqitishning yangi bosqichi boshlandi ▶️ Batafsil ——— Ҳар бир ёш авлод вакили Давлатимиз раҳбарининг эътиборида: “Иккинчи имкон” лойиҳаси асосида жазони ижро этиш муассасаларидаги ёшларни замонавий касблар ва рақамли технологияларга ўқитишнинг янги босқичи бошланди ▶️ Батафсил ——— Каждый представитель молодого поколения в центре внимания Главы нашего государства: в рамках проекта «Второй шанс» начался новый этап обучения молодых людей, содержащихся в учреждениях исполнения наказаний, современным профессиям и цифровым технологиям ▶️ Подробно Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Repost from Digital.uz
⚡️ “Ikkinchi imkon” loyihasiga start berildi, bu yoshlarning kelajakda yuqori daromadli ish bilan ta’minlanishiga zamin bo‘la
+6
⚡️ “Ikkinchi imkon” loyihasiga start berildi, bu yoshlarning kelajakda yuqori daromadli ish bilan ta’minlanishiga zamin bo‘ladi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va hayotda munosib o‘rin egallashi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Mazkur muloqot davomida jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan yoshlarni ozodlikka chiqqanidan keyin jamiyatga tez va samarali moslashtirish maqsadida “Ikkinchi imkon” loyihasi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan. 🕹Loyiha doirasida yoshlar 8–12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitilishi, shu orqali ularning daromadli ishga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi belgilangan. 🔅 Shu maqsadda, 11-iyun kuni Zangiota tumanida joylashgan 24-son tarbiya koloniyasida “Ikkinchi imkon” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✏️ Tadbirda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yurtimizda har bir o‘g‘il-qiz taqdiri davlat e’tiborida ekani, inson qadri va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasi ekanini ta’kidladilar.
⚜️ Unicon-Soft MChJ tomonidan beg‘araz ko‘mak asosida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ishtirokchilari intensiv ta’lim dasturlari orqali dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanib, ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganlar respublika miqyosida tan olinadigan malakaviy sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/177173 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

⚡️Jizzax viloyatida "yettilik" bilan suhbatlashdik G‘allaorol tumanining "Nurafshon" mahallasida "yettilik" a’zolari bilan uc
+2
⚡️Jizzax viloyatida "yettilik" bilan suhbatlashdik G‘allaorol tumanining "Nurafshon" mahallasida "yettilik" a’zolari bilan uchrashib, mahallada olib borilayotgan ishlar holatini atroflicha muhokama qildik. Suhbat davomida mahallani "Kambag‘allikdan holi hudud"ga aylantirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni qisqartirish hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Shuningdek, "Raqamli mahalla" platformasidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli yangilab borishdagi ayrim kamchiliklarni tanqidiy ko‘rib chiqib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. "Yettilik"ning har bir a’zosi bilan alohida suhbatlashar ekanmiz, ularning aholi muammolarini hal etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy masalalarga yechim topish borasidagi vazifalariga to‘xtalindi. Ayniqsa, mahallada faoliyat yuritayotgan soliq xodimi va profilaktika inspektorining ish samaradorligi, aholi bilan muloqoti hamda mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasidagi mas’uliyati haqida fikr almashdik. Mahalladagi muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Shuningdek, mahalla kutubxonasi uchun yana 500 ta kitob va zarur kompyuter jihozlari olib beriladi. Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan zamonaviy bolalar maydonchasi ham qurib beriladi. Ishonchim komilki, bu kabi amaliy ishlar aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga, yoshlar uchun munosib sharoit yaratishga va mahallaning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K