НАВОИЙ ВИЛОЯТ ФУТБОЛ АКАДЕМИЯСИ
رفتن به کانال در Telegram
1 210
مشترکین
+1224 ساعت
+517 روز
+18430 روز
آرشیو پست ها
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz bugun futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhimligini ta’kidladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tdi.
“Milliy jamoamizning AQSh va Meksika maydonlaridagi o‘yinlarini butun xalqimiz bilan bir tan-u, bir jon bo‘lib, katta his-hayajon bilan kuzatib bordik. Futbolchilarimiz FIFA reytingida 5-o‘rinda turgan Portugaliya, 13-o‘rindagi Kolumbiya hamda ko‘plab futbolchilari Yevropaning yetakchi klublarida toʻp suradigan Kongo terma jamoalari bilan o‘tkazilgan o‘yinlar orqali o‘ziga tajriba orttirdi, mundial nafasini his qildi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov jahon chempionatidagi ilk gollarini kiritib, xalqimizga xursandchilik bag‘ishladi. Milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki to‘g‘risida turli fikrlar bildirilmoqda. Lekin Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a’zolariga ortiqcha his-tuyg‘u bilan e’tiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhim”,– dedi Prezidentimiz. Katta g‘alabalar hali oldinda ekani, buning uchun futbolni rivojlantirishga yanada keng sharoitlar yaratilishi, bu sohaga investitsiya ko‘paytirilishi taʼkidlandi. Eng avvalo, bolalar futboliga eʼtibor kuchaytirilib, mazkur sport umummilliy harakatga aylantiriladi. Kelasi yilning yanvarida Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik hozirdan boshlanadi.
“Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz!”– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Pressuzb
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасининг футбол бўйича жаҳон чемпионатидаги иштироки ҳақида:
“Миллий жамоамизнинг АҚШ ва Мексика майдонларидаги ўйинларини бутун халқимиз билан бир тан-у, бир жон бўлиб, катта ҳис-ҳаяжон билан кузатиб бордик. Футболчиларимиз ФИФА рейтингида 5-ўринда турган Португалия, 13-ўриндаги Колумбия ҳамда кўплаб футболчилари Европанинг етакчи клубларида тўп сурадиган Конго терма жамоалари билан ўтказилган ўйинлар орқали ўзига тажриба орттирди, мундиал нафасини ҳис қилди десак, тўғри бўлади. Аббос Файзуллаев ва Элдор Шомуродов жаҳон чемпионатидаги илк голларини киритиб, халқимизга хурсандчилик бағишлади. Миллий терма жамоамизнинг жаҳон чемпионатидаги иштироки тўғрисида турли фикрлар билдирилмоқда. Лекин Ватанимиз шарафини ҳимоя қилган терма жамоамиз аъзоларига ортиқча ҳис-туйғу билан эътироз билдириш, улардан айб қидириш халқимизга хос иш эмас. Аксинча, бугун уларни қўллаб-қувватлаш, руҳини кўтариш ҳар қачонгидан ҳам муҳим”, – деди давлат раҳбари.@pressuzb
🎉 2014-yilda tug‘ilgan iqtidorli bolalarni futbol akademiyamizga qabul boshlanmoqda! ⚽️
Farzandingizni kelajakdagi professional futbolchi sifatida tasavvur qilasizmi? Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📍 Yangi qiyofa – yangi imkoniyatlar!
Akademiyamiz to‘liq ta’mirdan chiqarildi va endi:
✅ Zamonaviy o‘quv binosi va yotoqxonalar
✅ 4 mahal SIFATLI va BEPUL ovqatlanish
✅ Sun’iy va tabiiy qoplamali STANDART o‘lchamdagi stadionlar
✅ Mini futbol stadioni va to‘liq jihozlangan sport zali
✅ A’lo darajadagi yashash va mashg‘ulot sharoitlari
👨🏫 18 nafar tajribali A va B litsenziyaga ega murabbiylar
✅ Har kuni 2 mahal jamoaviy va individual mashg‘ulotlar
✅ Yoz va qish oylarida xorijiy o‘quv yig‘inlari
✅ O‘zbekiston terma jamoasi va Superliga yulduzlari bilan master-klasslar
📘 Fanlarda ham mukammallik – sport va bilim barobar:
✅ Tarix
✅ Ingliz tili
✅ Matematika
– bu fanlarda chuqurlashtirilgan darslar olib boriladi.
🎓 Bitiruvchilarimiz uchun qo‘llab-quvvatlash dasturi mavjud – eng iqtidorlilarga yo‘l ochiladi!
📢 Farzandingiz kelajagi uchun bugunoq qadam qo‘ying!
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
📍 [Akademiya manzili: Navoiy shaxar Maxmud Tarobey ko'chasi 125 'B' uy
/ telefon raqam :
+998907395709
+998970680768
+998 97-797-70-18
/ Telegram havola https://t.me/Navoiy_FA
⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi
Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim natijalar borki, ular o‘yin bilan emas, yillar davomida bajarilgan mehnat bilan baholanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Markaziy Osiyo tarixida bu marraga erishgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu tasodif emas, balki yillar davomida shakllangan futbol tizimi, yoshlar akademiyalari, murabbiylar va futbolchilarning mashaqqatli mehnati samarasidir.Jahon chempionati esa yakun emas. Bu — dunyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘ynab, kelajakdagi g‘alabalar uchun tajriba to‘planadigan maydon. Bugun Portugaliya, Kolumbiya yoki Kongo kabi raqiblarga qarshi o‘ynagan futbolchilar ertaga yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytadi. Dunyoning ko‘plab kuchli terma jamoalari ham ilk mundialini oson boshlamagan. Ammo aynan o‘sha tajriba ularni keyinchalik futbol gigantlariga aylantirgan. 🇺🇿 Bu hali boshlanishi. O‘zbekiston futbolining eng yorqin sahifalari hali oldinda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from НАВОИЙ ВИЛОЯТ ФУТБОЛ АКАДЕМИЯСИ
📋 Navoiy Viloyat futbol akademiyasi kirish imtihonlari uchun hujjat qabul qilishni boshlandi.
2014-yilda tug’ilgan, umumta’lim maktabilarining 5-sinfini tugatib, 6-sinfga o’tgan o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish 30-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
1. Аkademiya direktorining nomiga ariza
2. Sportchi pasporti yoki futbolchi pasporti (agar mavjud boʻlsa)
3. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (asli va nusxasi)
4. 026, 063 va 086 tibbiy ma’lumotnoma
5. 3,5x4,5 hajmda rasm (8 dona)
Eslatma: Hujjatlarni onlayn tarzda Davlat xizmatlar markazidan yoki my.gov.uz portali orqali topshirishingiz mumkin. Murojat uchun tel +998977977018. +998907395709
Равшан Эрматов: "Биз ҳали биринчи синфмиз"
ЎФА биринчи вице-президенти Равшан Эрматов Португалиядан учралган йирик ҳисобли мағлубиятга изоҳ берди.
Батафсил: https://championat.asia/t/chiWViImQOq8
@championatasia
Repost from Uzbekistan Football Association
🇺🇿 Abduqodir Husanov bilan maxsus intervyu
🏆 Tarixiy mundial yoʻllanmasi, bolalikdagi orzular va oʻsib kelayotgan futbolchilarga tavsiyalar.
📹 https://youtu.be/I7ZRzzuQ1ow
📋 Navoiy Viloyat futbol akademiyasi kirish imtihonlari uchun hujjat qabul qilishni boshlandi.
2014-yilda tug’ilgan, umumta’lim maktabilarining 5-sinfini tugatib, 6-sinfga o’tgan o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish 30-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
1. Аkademiya direktorining nomiga ariza
2. Sportchi pasporti yoki futbolchi pasporti (agar mavjud boʻlsa)
3. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (asli va nusxasi)
4. 026, 063 va 086 tibbiy ma’lumotnoma
5. 3,5x4,5 hajmda rasm (8 dona)
Eslatma: Hujjatlarni onlayn tarzda Davlat xizmatlar markazidan yoki my.gov.uz portali orqali topshirishingiz mumkin. Murojat uchun tel +998977977018. +998907395709
AQSH va Kanada ko‘chalarida terma jamoamiz futbolchilari suratlari tushirilgan traklar harakatlanmoqda
Shimoliy Amerikaning yirik megapolislari va markaziy magistrallari bo‘ylab harakatlanib, futbolchilarimizni mundial sari global miqyosda targ‘ib qilayotgan brendlangan transport vositalaridan lavhalar. 📹📹📹
📲 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱Youtubev
Okean ortida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus traklar harakati start oldi
AQSH va Kanadaning yirik shaharlaridan terma jamoamiz ramzlari tushirilgan maxsus yuk mashinalarining yo‘lga chiqish hamda ilk avtoyurish jarayonlaridan maxsus videolavha. 📹📹📹
📲 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱Youtubev
+4
AQSH va Kanadada O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlovchi yirik media-loyiha start oldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy yurishi va mundial yo‘lidagi muhim uchrashuvlari Shimoliy Amerika qit’asida keng targ‘ib qilinmoqda. Okean ortidagi vatandoshlar ko‘magida bosh jamoamiz ramzlari hamda futbolchilarimizning suratlari tushirilgan maxsus brendlangan yirik yuk mashinalari (traklar) tayyorlanib, AQSH va Kanadaning yirik magistrallari bo‘ylab yo‘lga chiqarildi. 💚
Brendlangan traklarning avtoyurishi quyidagi reja asosida start oldi:
📍 16-iyun — Filadelfiya shahridan (Pensilvaniya shtati, AQSH);
📍 17-iyun — Toronto va Ottava shaharlaridan (Kanada);
📍 18-iyun — Orlando shahridan (Florida shtati, AQSH).
Dastlabki bosqichda 30-35 ta yuk mashinasi yo‘lga chiqarilgan bo‘lib, asta-sekin ularning soni 100 taga yetkaziladi. ✅
Traktlar Jahon chempionati o‘tkaziladigan butun davr mobaynida AQSH va Kanadaning eng yirik shaharlari, transport magistrallari, sayyohlik hamda jamoat joylarida harakatlanadi. Yo‘nalish AQSHning sharqiy, markaziy va g‘arbiy qirg‘oqlarini, shuningdek, Kanadaning eng yirik provinsiyalarini qamrab oladi. Bu esa keng ko‘lamli axborot ko‘magini ta’minlash hamda milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha muhit yaratish imkonini beradi. ✔️
Hisob-kitoblarga ko‘ra, traklarning umumiy yo‘nalishi Shimoliy Amerikaning o‘nlab shaharlarini qamrab olgan holda 30 ming kilometrdan ortiqni tashkil etadi. 🔝
📲 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱Youtubev
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom! https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿Abbosbek Fayzullayev jahon chempionatlari tarixiga kirdi
Bilasiz, Abbosbek O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi ilk golini urdi. U Kolumbiya darvozasini boshi bilan ishg‘ol qildi.
Opta’ning yozishicha, Fayzullayev XXI asrdagi mundiallar tarixida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchiga (167 santimetr) aylandi.
Bu borada avvalgi rekord 2022-yilgi jahon chempionatida Gana darvozasini ishg‘ol qilgan Urugvay vakili Jorjian de Arraskaetaga (173 santimetr) tegishli edi.
Xalqimiz bejiz aytmaydi: Kichkina demang bizni, ko‘tarib uramiz sizni!😄
Abbosbekdan esa yana gollar kutib qolamiz!
#UzbekistanGO
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Navoiy viloyat futbol akademiyasining sport tahlilchisi Pirmatov Bobir Abduvahobovich o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan unga mustahkam sog‘lik va kelgusi ishlarida rivoj tilab qolamiz.
+6
🗣 Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasining Meksikada o‘tkazilgan tarixiy o‘yinida Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimovlar ham ishtirok etib, futbolchilarimiz va ko‘p sonli muxlislarimizni qo‘llab-quvvatlashdi.
💬 Shiddatli o‘yin davomida FIFA prezidenti Janni Infantino "Atsteka" stadioniga futbolchilarimizning ushbu tarixiy o‘yindagi ishtiroki bilan O‘zbekiston xalqini qutladi.
⏺ Shuningdek, FIFA prezidenti va Kolumbiya Futbol Federatsiyasi prezidenti Ramon Jesurun bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikda futbol sport turini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ТЕЗКОР
⚡️Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасининг ўйинини юқори баҳолади
“Футболчиларимиз жуда катта тажрибали жамоага қарши кучли характерини кўрсатди. Биз учун биринчи жаҳон чемпионатида биринчи голимиз — бу ҳам ғалаба”, - деди давлат раҳбари.
✅ Канал👉 @YaxshiYomon
