Avgustda kimlar bizda BEPUL (99%) milliy sertifikatga tayyorlanadi?
1. Oylik maoshi eng kam ko‘rsatkichga ega, toifasi bor o‘qituvchilar.
Izoh: Buni oylikni hisoblovchi botlar orqali yuborilgan so‘nggi ikki oylikni va toifa hujjatining rasmini ko‘rish orqali xulosalaymiz.
Kvota: 10 ta
2. Maksimal ballga ega bo‘lolmay qolgan sertifikatli abituriyentlar.
Izoh: Balli eng yuqorilariga qaraladi.
Kvota: 10 ta
3. Sertifikati ham yo‘q, maktabda ham ishlamaydigan talabalar
Izoh: Ular yopiq guruhga olinib, barchasiga mock test yechtiriladi va yuqori ko‘rsatkich egalari tanlab olinadi.
Kvota: 10 ta
4. Guruh nogironi, yoshlar daftari hamda ayollar yoki temir daftarda turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan talabgorlar
Izoh: Hujjat taqdim etilishi shart.
Kvota: 10 ta
5. G‘azalshunos, esseshunos, badiiy asarlar tayyorlovchisi taklif etgan nomzodlar:
a) O. Avaznazarov - 3 ta
b) S. Matyokubova - 3 ta
d) N. Rahimova - 3 ta
e) F. O‘taganov - 1 ta
Izoh: Ular (o‘zim ham) Olloh yo‘lida moddiy muammosi bor, eng muhimi, idrokli, natija beradigan vakillarini bizga tavsiya etadi.
Kvota: 10 ta
Men talabgorlardan uchta narsa so‘rayman yoki talab qilaman:
1. Haqiqatan, muammosi tufayli bepul o‘qishga (4 oy o‘qisa, 800 000 yutadi) qaror qilganmi...
2. Pasport kopiya (rasm holida)
Izoh: Chunki bizda oldin tayyorlanganlar qayta qabul qilinmaydi.
3. Esse darslari bepul, ammo yozmasiga (agar yozsa) biz aralasha olmaymiz, shu sababli yozganini tekshirtirmoq istasa, olti mingdan esseshunosga haq to‘laydi. Qolgan hamma darslar va testlar bepul bo‘ladi.
Tanlov iyun va iyul oylarida bo‘ladi.
P.s.: Qo‘shimcha o‘zgartirishlar bo‘lsa,
kanalimizda bayon etib boriladi.
Ilohim, Olloh bizga to‘g‘riso‘z va iymonlilarni hamda eng ilmlilarni yo‘liqtirsin.
Negaki o‘tgan gal olti oylab 30 dan ziyod kishini qabul qildik, o‘qitdik. Afsus, ko‘pi o‘qimadi, darslarda ham qatnashmadi. Qiziq joyi shuki, faol bo‘lgan to‘rt-beshtasigina yakunda rahmat aytdi, xolos.
Mayli, ehsonni rahmat uchun qilmagan edik, ☝️rahmati uchun qilgan edik.
P.s.: Bu mavsumda eski o‘quvchilarimiz uchun bepul o‘qish kvotasi mavjud emas😔.
Fazliddin O‘taganov