cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BBA| Namangan viloyati bo'limi

Ushbu kanalda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda BMBA Namangan viloyati bo'limi tomonidan berib boriladigan yangiliklar va e'lonlar bilan tanishib borishingiz mumkin!!!

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 220
مشترکین
-424 ساعت
-527 روز
-14430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Nostrifikatsiya BBA
Олий таълим, фан ва ииновациялар вазирлиги томонидан 2024-йил учун тасдиқланган халқаро эътироф этилган ташкилотларнинг (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Нigher Education, Academic Ranking of World Universities) рейтингида олий таълим муассасалари орасида биринчи 1 000 ўринни эгаллаган хорижий олий таълим муассасалари рўйхати. Перечень зарубежных высших учебных заведений, занявших первые 1000 мест среди высших учебных заведений в рейтинге международно признанных организаций (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nearer Education, Academic Ranking of World Universities), утвержденный Министерством высшего образования, науки и инновации на 2024 год.
نمایش همه...
РЕЙТИНГ 2024 йил учун (TOP-1000).xlsx1.44 KB
⚡️Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
⚡️Abituriyentlar diqqatiga! ❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. 📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. ✅Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. ⚡️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. ❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!! ✔️ BBA Namangan rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook
نمایش همه...
BBA| Namangan viloyati bo'limi

Ushbu kanalda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda BMBA Namangan viloyati bo'limi tomonidan berib boriladigan yangiliklar va e'lonlar bilan tanishib borishingiz mumkin!!!

#Qabul2024 ⚡️Namangan viloyatida kirish test sinovlarini o‘tkazish uchun tayyorlangan joylar haqida batafsil ma'lumot 🏫Bino nomi: Barkamol avlod sport majmuasi 3-bino “Barkamol avlod” sport majmuasi markaziy arenasi (“A” sektor) 41-60 guruhlar 4-bino “Barkamol avlod” sport majmuasi markaziy arenasi (“B” sektor) 61-76 guruhlar ❗️Manzil: Namangan shahar, Istiqlol ko‘chasi, 3-uy 📍Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/F85tSjJ949wnQpue6
نمایش همه...
#Qabul2024 ⚡️Namangan viloyatida kirish test sinovlarini o‘tkazish uchun tayyorlangan joylar haqida batafsil ma'lumot 🏫Bino nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limi binosi 1-bino: Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limi binosi (“A” sektor) 1-20 guruhlar 2-bino: Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limi binosi (“B” sektor) 21-40 guruhlar ❗️Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko'chasi, 92-uy 📍Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA
نمایش همه...
Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi “Abituriyent ruxsatnomasi” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda olish mumkin. Ruxsatnomani olish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow @jtodilov
نمایش همه...
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
نمایش همه...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Rasmiy_bayonot Oʻqishni koʻchirish tartibi oʻzgarmagan, chalgʻituvchi videoxabarlarga ishonmang! Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar oʻqishini nodavlat (xorijiy/xususiy) oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining noturdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish boʻyicha alohida yangi tartib chiqqan deya fuqarolarni chalgʻituvchi videoxabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi: 👉https://gov.uz/edu/news/view/15849
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
Repost from Edu.uz
02:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
نمایش همه...
Texnikum_bitiruvchilarini_suhbat_asosida_OTMlarga_qabuli_uchun_onlayn.mp44.26 MB
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik 🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar). 👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi. ✅ Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan. 🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi. 🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. ❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi. 🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. ☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda. ✅ Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.