fa
Feedback
TDTU | RASMIY KANAL

TDTU | RASMIY KANAL

رفتن به کانال در Telegram

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ташкентский государственный технический университет Manzil: Toshkent shahri Universitet ko'chasi, 2-uy

نمایش بیشتر
7 313
مشترکین
+11424 ساعت
+4067 روز
+1 00930 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦 Bugun, 9-sentabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘
+9
🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦 Bugun, 9-sentabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” hamda bitiruvchilarga diplom topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi diplomatik vakillari, Belarus milliy texnika universiteti vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari, Qibray tumani hokimligi mas’ullari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi. Tantanali marosimda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov ham qatnashdi. Tadbir doirasida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, mehmonlarning tabrik so‘zlari, milliy raqslar hamda konsert dasturi namoyish etildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

BIRINCHI KURS MAKTABI DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT Elektronika va avtomatika muhandisligi hamda Energetika muhandisligi fakultetla
+8
BIRINCHI KURS MAKTABI DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT Elektronika va avtomatika muhandisligi hamda Energetika muhandisligi fakultetlariga yangi qabul qilingan talabalar uchun "Birinchi kurs maktabi" doirasida mazmunli va ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mas’ullari, universitet psixologlari hamda ta’limning kredit-tizimi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga universitet hayoti, ta’lim jarayoni, kredit-modul tizimi, akademik talablar, huquq va majburiyatlar haqida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yangi muhitga moslashish, jamoada o‘z o‘rnini topish va psixologik barqarorlikni saqlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Tadbir samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#mustaqillik_35_yil 🔺Toshkent davlat texnika universiteti talaba-yoshlari o'rtasida "Birinchi kurs maktabi" loyihasi doirasi
#mustaqillik_35_yil 🔺Toshkent davlat texnika universiteti talaba-yoshlari o'rtasida "Birinchi kurs maktabi" loyihasi doirasida sport turlari bo'yicha "Mustaqillik kubogi" sport musoboqalarini e'lon qilamiz. Musoboqalar sportning: ⚽️futbol 🤾voleybol ⛹️‍♂️basketbol 🏓stol tennis ♟shaxmat shashka turlari bo'yicha o'tkaziladi. 10-sentabr soat 9:00 📍Universitet sport majmuasi ➡️ Musoboqalarda ishtirok etish niyatida bo'lgan birinchi bosqich talabalari o'zlariga biriktirilgan tyutorlariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

TDTU TALABALAR TURAR JOYLARIDAGI SHAROITLAR - “O‘ZBEKISTON 24” NIGOHIDA Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, xususan, talabalar turar joylaridagi imkoniyatlar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” dasturida yoritildi. Maxsus reportajda talabalar turar joylarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yoshlarning ta’lim olishi, yashashi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. 🎦Batafsil - “O‘zbekiston 24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” dasturida.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Yangi_davr Toshkent davlat texnika universitetida yangi o‘quv mavsumi boshlandi
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+2
#birinchi_kurs_maktabi 🔺Toshkent davlat texnika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili hamda “Birinchi kurs maktabi” haftaligiga rasman start berilgan edi. Bugun ushbu haftalik doirasida barcha fakultetlarda 🎚Registrator ofisi, ta’limning kredit-tizimi bo‘limi tomonidan universitet o‘quv jarayoni, ta’limning kredit-modul tizimi haqida 🎚Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari tomonidan universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida 🎚Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan talabalar uchun nomdor va davlat stipendiyalari haqida ma’lumotlar berib o'tildi. Talabalar o'zlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Birinchi kurs maktabi loyihalari davom etadi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✅✅✅✅✅ Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish, olim va ixtirochilarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar natijasida o‘zbekistonlik olimlarning yutuqlari xalqaro miqyosda ham munosib e’tirof etilmoqda. “O‘zbekiston 24” telekanalining “O‘zbekiston vaqti” dasturida universitetimizning Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, PhD, dotsent O‘tkir Xolmanovning ilmiy izlanishlari, muhandislik sohasidagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari haqida hikoya qilinadi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🟦🟦🟦 Oliygohimizda tashkil etilgan “Mustaqillik darslari”dan eksklyuziv video lavha tomosha qiling.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari #31.08-06.09.2026 Kasblar shaharchasi mehnat bozoridagi bo‘shliqni qanday to‘ldiradi?” — Azimjon HUSANOV, Kasbiy taʼlim agentligi direktori; «35 лет независимости: путь Узбекистана как фундамент для следующих десятилетий» — Шерзодхон Кудратхожа, ректор Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана; Xomashyo qaramligidan global intergratsiyagacha” — Qalandar ABDURAHMONOV, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali direktori, akademik; Muhandislik g‘oyalari qayerda tug‘iladi?” — Sherzod NEʼMATOV, Qarshi davlat texnika universiteti rektori; Raqobatbardosh kadrlarni shakllantirish zimmamizdagi ulkan masʼuliyat” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori; “Strategik sheriklarning ilmiy-ma’rifiy aloqalari mustahkam, intilishlari mushtarak” — Bahodir MAʼMUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor; «Здоровая нация — сильное государство, благополучное общество» — Шухрат БОЙМУРОДОВ, ректор Ташкентского государственного медицинского университета, профессор; “Ochiq, pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida“ — Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor; «Независимость технологическая и интеллектуальная» — Суннатилла ГАЙБНАЗАРОВ, декан Ташкентского государственного технического университета, доктор технических наук; “Yutuqlar yakun emas, kelgusi izlanishlar uchun boshlang‘ich nuqta“ — Azizbek HASANOV, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor; “Dunyo nigohidagi yangi O‘zbekiston” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor; “Turizm rivoji jahon darajasiga ko‘tarilmoqda” – Muhsinjon XOLMUHAMEDOV, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori v.b.; Xalqaro ta’lim standartlari — raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omili” — Bahrom TO‘LAGANOV, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori; O‘zbekiston — 35 yil: yangilanish va taraqqiyot davri” — Mirzayusup RUSTAMBEKOV, Jamoat xavfsizligi universiteti rektori, professor; «Лидер Восточного Ренессанса. Как меняется взгляд международного сообщества на реформы в Узбекистане» — Шерзод МУСТАФАКУЛОВ, ректор Международного университета Нордик, профессор; Bilim va tajribamizni oliy taʼlimimizni rivojlantirishga safarbar etamiz” — Lazizaxon G‘AFUROVA, O‘zbekiston milliy universiteti professori; Ro‘yxat boshidaRustambek ShAMSUTDINOV, Andijon davlat universiteti professori; Istiqlolning ko‘rinmas qal'asi” — Begdavlat ALIYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori; Milliy yuksalish davri Is'hoqxon NOSIROV, Angren universiteti dotsenti; ShHT — davr taqozo etayotgan muloqot maydoni” — Mels JUNAYDULLAYEV, Buxoro davlat universiteti dotsenti; «На пути к национальному прогрессу: как работает антикоррупционная политика» — Дилафруз СУФИЕВА, преподаватель Ташкентский государственный юридический университета. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
#kontrakt #shartnoma Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️ To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi. Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin. Ilovani yuklab olish:👇 📲 iOS uchun 📲 Android uchun Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi Toshken
+9
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Tadbir davomida universitetga ilk qadam qo‘ygan talabalar TDTUdagi ta’lim imkoniyatlari, ustuvor yo‘nalishlar hamda o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarga samarali ta’lim olish, ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, darslarda O‘zbekiston mustaqilligi tarixi, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li va mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori Mixail Valeryevich Gordin boshchiligidagi delegatsiya Toshken
+3
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori Mixail Valeryevich Gordin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov qabul qildi. Ta’kidlash joizki, Toshkent davlat texnika universiteti va N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti o‘rtasida avvaldan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Uchrashuv davomida mavjud hamkorlik munosabatlarini yanada jadallashtirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni kengaytirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali faoliyatini boshlagani munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlar, filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🟦🟦🟦 Oliygohimiz rektori birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq - “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soati” darsini o‘tib berdilar.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

TOSHKENTDA N.E. BAUMAN NOMIDAGI MDTU FILIALI FAOLIYATINI BOSHLADI Toshkent shahrida Rossiyaning muhandislik sohasidagi yetakc
+6
TOSHKENTDA N.E. BAUMAN NOMIDAGI MDTU FILIALI FAOLIYATINI BOSHLADI Toshkent shahrida Rossiyaning muhandislik sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri - N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, N.E. Bauman nomidagi MDTU rektori, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosimda Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov ham qatnashdi. Mazkur filialning tashkil etilishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy ta’lim hamda muhandislik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirgan yuqori malakali muhandislarni tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. N.E. Bauman nomidagi MDTU filialida talabalar uchun bakalavriat bosqichida “Informatika va hisoblash texnikasi”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” hamda “Elektron vositalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Dalyan texnologiya universiteti delegatsiyasi TDTUga tashrif buyurdi Bugun, 7-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent da
+3
Dalyan texnologiya universiteti delegatsiyasi TDTUga tashrif buyurdi Bugun, 7-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - Dalyan texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov boshchiligidagi oliygoh rahbariyati qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish va istiqbolli ilmiy loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralarda 2+2 hamda 1+1 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish bo‘yicha ham muhim takliflar ilgari surildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki universitet o‘rtasidagi samarali hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

“Kelajak soati” — yangi o‘quv yilining ilk sabog‘i Toshkent davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun
+7
“Kelajak soati” — yangi o‘quv yilining ilk sabog‘i Toshkent davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soati” darsi bilan boshlandi. Mazkur darsni oliygohimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov olib bordilar. Dars davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, uning milliy davlatchiligimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, shuningdek, Vatanga muhabbat va sadoqat, yurt ravnaqi hamda kelajagi uchun mas’uliyat kabi muhim tushunchalar haqida atroflicha fikr almashildi. Suhbat davomida yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, bilim olish, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash hamda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Kelajak soati” birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilini mazmunli va ko‘tarinki ruhda boshlash, ularda Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Mustaqillik35 #Uzb35 #Rasmiy #TDTU #YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi Birinchi kurs talabalari ishtirokida tantanali tadb
+4
#Mustaqillik35 #Uzb35 #Rasmiy #TDTU #YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi Birinchi kurs talabalari ishtirokida tantanali tadbir oʻtkazildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Mustaqillik35 #Uzb35 #Rasmiy #TDTU #YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi Birinchi kurs talabalari ishtirokida tantanali tadb
+9
#Mustaqillik35 #Uzb35 #Rasmiy #TDTU #YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi Birinchi kurs talabalari ishtirokida tantanali tadbir oʻtkazildi Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hamda oliygohimizning yangi talabalari bilan tanishish maqsadida “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, akademiklar, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir avvalida oliygohimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, universitetimiz safiga qo‘shilgan birinchi kurs talabalariga o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyat va kelgusi faoliyatlarida omad tiladi. Shuningdek, universitetimiz akademiklari so‘zga chiqib, yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladilar hamda ularga ilm yo‘lida qat’iyat, izlanish va yuksak marralarni zabt etishlarini tiladilar. Tadbir yangi avlod vakillarini ezgu maqsadlar, Vatanga sadoqat va yuksak marralar sari birlashtirgan ko‘tarinki ruhdagi tantanaga aylandi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik35 #Uzb35 #Rasmiy #TDTU #YangiOquvYili #Birinchi_kurs_maktabi Toshkent davlat texnika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayondan video lavha!
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram