TDTU | RASMIY KANAL
前往频道在 Telegram
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ташкентский государственный технический университет Manzil: Toshkent shahri Universitet ko'chasi, 2-uy
显示更多6 763
订阅者
无数据24 小时
+1227 天
+44330 天
帖子存档
6 763
БНТУ и ТГТУ расширяют совместную подготовку инженеров – Белорусский национальный технический университет (БНТУ/BNTU) https://share.google/xviTGnc812gMuo19E
6 763
+1
🌍🌍
🔸 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi fakulteti Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi Najmiddin Mirzayevning "Kelajak muhandislarini tayyorlash - taraqqiyotning muhim sharti" mavzusidagi maqolasi "Xalq soʻzi" gazetasida chop etildi.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
6 763
+8
🇺🇿🇺🇸TDTU talabasi AQSHda stajirovka o‘tadi
🔸Universitetimiz Raqamli elektronika va mikroelektronika kafedrasi dotsenti Isamov Sobirjon Boltayevich ilmiy rahbarligida faoliyat olib borayotgan A’zamjon Kadirov “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovida 2-o‘rinni egalladi.
🔸13–28-iyul kunlari AQSHda tashkil etilgan stajirovka davomida u Massachusets Texnologiya Instituti (MIT), Garvard universiteti, Stenford universiteti, Kaliforniya universiteti, Berkli (UC Berkeley), San-Fransisko davlat universiteti, OpenAI bosh qarorgohi, Silikon vodiysi, NASA markazi hamda Chabot kosmik va ilmiy markaziga tashrif buyurdi.
🔸Stajirovka davomida yetakchi universitetlarning ilmiy-tadqiqot muhiti, zamonaviy muhandislik ishlanmalari, innovatsion va kosmik texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
E’TIROF!
🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, oliygohimizning Termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi professori Koroli Mexriya Anvarovna yuksak davlat mukofoti - “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
🔸Ustozimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Professor Koroli Mexriya Anvarovnaning ilm-fan va ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, fidoyiligi va yosh avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari ushbu mukofotda o‘zining munosib ifodasini topdi.
6 763
+3
KUN OLIMASI
Matyakubova Paraxat Mayliyevna – Oliygohimiz, yaʼni Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor.
Metrologiya, asbobsozlik, avtomatlashtirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish zamonaviy sanoat taraqqiyoti, ishlab chiqarish sifati va texnologik jarayonlarning ishonchliligini ta’minlovchi muhim sohalardan hisoblanadi. Professor Paraxat Matyakubovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati shu sohaga oid muhim vazifalarni amalga oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan.📌 Maqola bilan "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalining rasmiy veb-sayti ▶️ https://ilm-fan-jurnal.csti.uz/ orqali batafsil tanishish mumkin. Batafsil: https://ilm-fan-jurnal.csti.uz/news
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
Repost from Edu.uz
❓Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?
Ariza topshirish tartibi:⬇️
✅️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
✅️Yotoqxonaga navbatni tekshirish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
+2
BNTU delegatsiyasi TDTUda
Bugun, 21 avgust kuni universitetimizga Belarus Milliy texnika universiteti dekani Pavel Ivanovich Shirvel hamda Qo‘shma Belarus–O‘zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik malaka instituti direktori Yelena Petrovna Xodan tashrif buyurdi.
Mehmonlarni oliygohimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov qabul qildi.Uchrashuv davomida mavjud hamkorlikning joriy holati, qo‘shma ta’lim faoliyatini yanada rivojlantirish, xususan, dual ta’lim va kredit-modul tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma ta’lim loyihalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
+6
🔺Toshkent davlat texnika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’molining oldini olish, shuningdek, narkojinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent davlat texnika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸 Oliy Majlis Senatining 2026-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, avgust oyida Navoiy viloyati va Toshkent shahrida yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moli, ularning tarqalish sabablari hamda profilaktika ishlarining samaradorligini o‘rganish belgilangan.
🔸 Ishchi guruh tomonidan universitetda mazkur yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilgan ishlarning amaldagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganilib, kelgusida profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari Rossiya Federatsiyasida o'tkaziladigan “Qishki universitet – 2026” loyihasida ishtirok etish imkoniyatiga ega!
🔹Yaroslav Donishmand nomidagi Novgorod davlat universitetida dastur davomida siz dunyodagi nufuzli universitet talabalari bilan tanishuv, zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishish imkoniyatlari mavjud.
Loyiha muddati: 2026-yil 25-noyabr – 8-dekabr
🔸Joy: Rossiya Federatsiyasi
Ishtirokchilar uchun talablar:
🔹Universitetning 3 yoki 4-kurs talabalari;
🔹O'z mutaxassisligini chuqur biladigan;
🔹Rus va ingliz tillarida bemalol suhbat qila oladigan;
🔹Qo'shimcha yutuq va faoliyatlari ham e'tiborga olinadi.
🔸 So'nggi 2 yil ichida Yozgi yoki Qishki universitet loyihasida ishtirok etgan talabalar ushbu tanlovda qatnasha olmaydi.
🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 30-sentabrgacha
👉 Ariza topshirish havolasi:
Ishtirok etish xarajatlari to'liq qoplab beriladi:
🔹Aviachiptalar
🔹Yotoqxona
🔹Uch mahal ovqatlanish
🔹Shahar ichidagi transport
6 763
Repost from IIBB YHXB | Rasmiy kanali
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB hamda Adolat SDP Toshkent shahar Kengashi hamkorligida “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” aksiyasi doirasida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
⚡️ Tadbir davomida soha mas'ullari tomonidan xavfsiz harakatlanishni ta'minlash va yo'l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr va mulohazalar ilgari surildi.
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
6 763
TDTU tadqiqotchisi yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlandi
🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti va iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish, ishlab chiqarish hamda eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
🔸Quvonarlisi, yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida Toshkent davlat texnika universiteti “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi 04.00.16 – “Konchilik mashinalari” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi, “Gidro stanko servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich ham bor.
🔸Baxtiyor Djabbarovich Xamrayev mamlakatimiz sanoat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi, tashabbuskorligi, bilim va tajribasi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasidagi faoliyati uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
🔸Mazkur yuksak davlat mukofoti olim va mutaxassisning ko‘p yillik samarali mehnati, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda sanoat rivojiga qo‘shayotgan hissasining munosib e’tirofidir.
Ilmiy rahbari: texnika fanlari doktori, professor J.B. Toshov.
🔸Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi Baxtiyor Djabbarovich Xamrayevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etib, ilmiy, pedagogik va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
6 763
Repost from Edu.uz
#rasmiy_xabar
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
#mustaqilligimizga_35_yil
🔺Toshkent davlat texnika universitetida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan universitetimizning eng faol professor-o'qituvchilari TOP-35 ro'yxati shakllantirilmoqda
😎O'zingiz haqingizda ma'lumotlarni fakultet dekanatiga taqdim qiling va ushbu TOP-35 ro'yxatidan joy oling.
✅Ro'yxatdan joy olgan professor-o'qituvchilar mustaqillik bayrami arafasida universitet rahbariyati tomonidan munosib tadirlanadi.
😄 Ma'lumotlar 22-avgustga qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
#mustaqilligimizga_35_yil
🔺Toshkent davlat texnika universitetida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan universitetimizning eng faol, eng iqtidorli, eng a'lochi va eng namunali talabalaridan iborat TOP-35 ro'yxati shakllantirilmoqda
😎O'zingiz haqingizda ma'lumotlarni fakultetlar yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga yuboring va ushbu TOP-35 ro'yxatidan joy oling.
✅Ro'yxatdan joy olgan talabalar mustaqillik bayrami arafasida universitet rahbariyati tomonidan munosib tadirlanadi.
😄 Ma'lumotlar 22-avgustga qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
#mustaqilligimizga_35_yil
🔺Toshkent davlat texnika universiteti talaba-yoshlari o'rtasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan onlayn viktorinasini e'lon qilamiz.
✅Bilimingizni sinashga tayyormisiz? Unda ushbu viktorinada o‘z kuchingizni sinab ko‘ring!
⏰ Onlayn tarzda, har kuni soat 19:00 da
⚡Hafta yakunida eng faol va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar aniqlanadi va maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
#tarqating
⚡️ Toshkent davlat texnika universitetiga 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar diqqatiga!
🗓 18-avgustdan boshlab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.
✈️ Ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali yuboriladi. 📌 Yotoqxonaga joylashtirish mavjud o‘rinlar, imtiyoz va ustuvorliklar asosida amalga oshiriladi.🎥 Videorolikda my.gov.uz orqali ariza yuborish tartibini bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
✅✅✅✅✅
Milliy ixtirolar, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va zamonaviy mahsulotlar - bugun yoshlarimiz va mahalliy mutaxassislarimizning yuksak salohiyatini namoyon etmoqda.
Davlatimiz rahbarining ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratayotgan doimiy e’tibori natijasida xalqaro darajada e’tirof etilayotgan olim va kashfiyotchilar safi kengayib bormoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tayyorlangan ushbu lavhada ana shunday muhandislarimizdan biri - universitetimizning Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, PhD, dotsent O‘tkir Xolmanov haqida so‘z boradi.
Uning sanoat korxonalarida tabiiy gaz sarfini kamaytirishga qaratilgan loyihasi yiliga 180 million so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Bu kabi innovatsion ishlanmalar ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘lib, mahalliy muhandislarimizning salohiyatini namoyon etmoqda.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6 763
🟦🟦🟦 🟦🟦
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻqishga taklif etadi
Toshkent davlat texnika universitetida qoʻshma taʼlim dasturlari asosida quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari (kunduzgi, 2+2); 🔹Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kunduzgi, 2+2); 🔹Dizayn: sanoat dizayni (kunduzgi, 2+2); 🔹Mexanika muhandisligi (kunduzgi, 2+2); 🔹Biotibbiyot muhandisligi (kunduzgi, 2+2); 🔹Metallar texnologiyalari (kunduzgi, 2+2); 🔹Metrologiya va standartlashtirish (kunduzgi, 2+2); 🔹Energetika muhandisligi (kunduzgi, 2+2); 🔹Iqtisodiyot (masofaviy, 3+2); 🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari (masofaviy, 3+2).Maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling: 71 207-54-00; 88 730-49-94; 88 888-68-23. ❗️Batafsil maʼlumot uchun ushbu 👉https://t.me/tdtusop telegram guruhga aʼzo boʻling.
Bizni kuzatingVeb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
