cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali Murojaat uchun: 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

نمایش بیشتر
أوزبكستان150زبان مشخص نشده استحرفه38
پست‌های تبلیغاتی
228 651
مشترکین
+14324 ساعت
+3737 روز
+4 85830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Prezident_Farmoni_ijroda Xabar berilganidek, Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmonining joylardagi ijrosini taʼminlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha ish olib bormoqda. Xususan, Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Toshkent shahrining Mirobod tumanlari, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “xorijga ish – mahalladan” tamoyili asosida individual ishlash bo‘yicha o‘quv-seminarlari va fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
نمایش همه...
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ishchi guruhi Ruzan, Vladimir, Ivanovo va Kostroma shaharlarida bo'lib, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz holidan xabar oldi va salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o’tkazdi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
نمایش همه...
#Live 🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda. Eslatma: Imtihon Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi)da o‘tkazilmoqda. 👉 Lokatsiya ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
نمایش همه...
#Prezident_Farmoni_ijroda Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda 👉 Tafsilotlar "Sevimli" telekanalida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
نمایش همه...
#Eslatma 🇰🇷Qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun malaka imtihoni kunlari ma'lum bo'ldi Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan qishloq xo’jaligi sohasi nomzodlari uchun 1-2-may kunlari, xizmat ko’rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun 3-4-may kunlari malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 👉 Nomzodlar ro’yxati (qishloq xo’jaligi) 👉 Nomzodlar ro’yxati (xizmat ko’rsatish-2) Shu munosabat bilan, nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi. Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy. (Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosi) 👉 Lokatsiya ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
نمایش همه...
#Prezident_Farmoni_ijroda Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida bo‘lib, xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamda chet elda ishlab qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qashqadaryo viloyatidagi ishchi guruh Farmon ijrosi doirasida Qarshi shahridagi "INTERNATIONAL Bridge" va "DaF Sprachzentrum" o'quv markazlari faoliyati bilan tanishdi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
نمایش همه...
Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda "ConsultingUz" tashkiloti Germaniyada ishlamoqchi boʻlgan hamyurtlarimizni "DaF-Sprachzentrum" nemis tili markaziga taklif etadi! Mazkur markazda oʻqib, B1 yoki B2 darajadagi til sertifikatlarini qoʻlga kiritganingizdan soʻng Germaniyaga toʻgʻridan-toʻgʻri ish yoki Ausbildung (dual taʼlim) orqali ishga borish imkoniyatini qoʻlga kiritasiz. Hozirda "DaF-Sprachzentrum" nemis tili markazi Toshkent shahri, Buxoro, Farg'ona, Namangan, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlarida faoliyat olib bormoqda. Toshkent shahri Tel.: +998900027766, +998959891609; Buxoro Tel.: +998904129795; Farg'ona Tel.: +998905351099; Namangan Tel.: +998972581226; Navoiy Tel.: +998906652525; Samarqand Tel.: +998901599888; Xorazm Tel.: +998918623693. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
نمایش همه...
🇷🇺#Vatandoshlar_bilan_muloqot 📍Nijegoroddagi “Shatovka”, “Lyon”, Lipetskdagi “Lipetsk KXM”, “Yunikom Delta” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. 📍Nijniy Novgorod, Ivanovo hamda Voronej shaharlarida murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi. 📍Samarada ishlayotgan hamyurtimizning oylik maoshi va hujjatlari ish beruvchidan olib berildi. 📍Novosibirsk va Xabarovskda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizga aviachipta olib berilib, Vatanga qaytarildi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
نمایش همه...
Fuqarolar Rossiyaning “АвтоВАЗ" korxonasidagi yengil avtomobil sanoati yo‘nalishida ishga taklif etiladi! Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin. 2-may soat 11:00 da Namangan viloyati: 📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy, Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi. ☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64. 📲 Telegram soat 12:00 da Farg‘ona viloyati: 📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy. Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi. ☎️ 91 327-63-60 📲 Telegram soat 14:00 da Samarqand viloyati: 📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy. Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida. ☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00. 📲 Telegram 3-may soat 11:00 da Qashqadaryo viloyati: 📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi. ☎️ 55 403-12-82. 📲 Telegram soat 12:00 da Navoiy viloyati: 📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. ☎️ 79 222-11-05. 📲 Telegram soat 14:00 da Buxoro viloyati: 📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati. ☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59. 📲 Telegram 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
نمایش همه...
Repost from Bandlik Vazirligi
Ular hozir osmonda... Ayni daqiqalarda 125 nafar yurtdoshimiz vaqtincha ishlash uchun Koreya davlatiga uchib ketmoqda. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ketish oldidan ular bilan uchrashdi. Unda vazir Koreyada vaqtincha ishlab keladigan har bir yurtdoshimiz mahallasiga, o‘z qishlog‘iga foydasi tegib, u yerda o‘rgangan innovatsiyalar, yangi texnologiyalarni "Yangi O‘zbekiston" ravnaqi uchun qo‘llashiga ishonch bildirdi. Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlar natijasida bugun yoshlarimiz til va zamonaviy kasblarni o‘rganib, rivojlangan davlatlarda yuqori daromadli ish topish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...