🏆🥇USS CHESS SCHOOL🥇🏆
رفتن به کانال در Telegram
🏆 Professional shaxmat darslari 👦👧 Bolalar va o‘smirlar uchun 🎯 Maqsad: Chempion shaxmatchilar tayyorlash 📍1-filial:Jizzax shahar Zargarlik MFY(Ц2) 30-maktab binosi 📍2-filial:Jizzax shahar Olmazor City 31-maktab binosi 📞 Murojaat uchun:+911894540
نمایش بیشتر349
مشترکین
-124 ساعت
+27 روز
+230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Uzbekistan chess federation
🥈Shavkatjon Abdukholikov — U14 toifasida kumush medal!
⚡️Qirgʻizistonda yakunlangan 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionatining standart yoʻnalishida yosh shaxmatchimiz Shavkatjon Abdukholikov U14 yosh toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi!
9 turdan soʻng 7 ochko toʻplagan Shavkatjon Abdukholikov toifada ishonchli oʻyin namoyish etib, 2-oʻrinni egalladi.
🥇Chempionat nizomiga koʻra, U14 toifasi sovrindori Xalqaro Sport ustaligiga nomzod (CM) unvoniga sazovor boʻladi hamda 300 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qoʻlga kiritdi.
📈Shavkatjon shu chempionatda FIDE reytingini +26,4 punktga oshirdi.
💐Oʻzbekiston shaxmat Federatsiyasi nomidan Shavkatjon Abdukholikovni ushbu ajoyib natija va CM unvoni bilan chin dildan tabriklaymiz! Yosh shaxmatchimizga kelgusida yanada yuksak zafarlar tilaymiz.🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from Uzbekistan chess federation
🥈Shavkatjon Abdukholikov — U14 toifasida kumush medal!
⚡️Qirgʻizistonda yakunlangan 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionatining standart yoʻnalishida yosh shaxmatchimiz Shavkatjon Abdukholikov U14 yosh toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi!
9 turdan soʻng 7 ochko toʻplagan Shavkatjon Abdukholikov toifada ishonchli oʻyin namoyish etib, 2-oʻrinni egalladi.
🥇Chempionat nizomiga koʻra, U14 toifasi sovrindori Sport ustaligiga nomzod (CM) unvoniga sazovor boʻladi hamda 300 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qoʻlga kiritdi.
📈Shavkatjon shu chempionatda FIDE reytingini +26,4 punktga oshirdi.
💐Oʻzbekiston shaxmat Federatsiyasi nomidan Shavkatjon Abdukholikovni ushbu ajoyib natija va CM unvoni bilan chin dildan tabriklaymiz! Yosh shaxmatchimizga kelgusida yanada yuksak zafarlar tilaymiz.🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from Uzbekistan chess federation
⚡️Hurmatli OAV vakillari, blogerlar va fotomuxbirlar!
2026-yil 15–28-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini yoritish uchun O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda fotomuxbirlar uchun onlayn akkreditatsiya jarayoni boshlandi.
Akkreditatsiyadan o‘tish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://chessolympiad2026.fide.com/accreditation-for-media
Barcha OAV vakillarini ushbu nufuzli xalqaro sport tadbirini yoritishda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Repost from Uzbekistan chess federation
⚡️Javohir Sindarov "Naroditsky Memorial 2026" xalqaro turnirida ikki yo‘nalishda ham chempion bo‘ldi
Hamyurtimiz Javohir Sindarov grossmeyster Daniel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan "Naroditsky Memorial Rapid & Blitz 2026" turnirida yorqin natija qayd etdi.
Javohir Sindarov rapid yo‘nalishida 7 turdan 6 ochko jamg‘ardi va tay-brekda hindistonlik grossmeyster Aravind Chithambaramni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Blits yo‘nalishida esa 9 tur yakuniga ko‘ra 7,5 ochko to‘plagan Javohir Sindarov musobaqani birinchi o‘rinda yakunlab, ikkala yo‘nalishda ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Mazkur muvaffaqiyat evaziga grossmeysterimiz 9 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Javohir Sindarovni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from UzChess
Javohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida 7-o‘ringa ko‘tarildi
⚡O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Naroditsky Memorial 2026 musobaqasidagi rapid bahslarida yuqori natija qayd etdi. Hamyurtimiz o‘tkazilgan 7 ta partiyada 6 ochko jamg‘ardi.
🔥Ushbu muvaffaqiyat evaziga Sindarov o‘z reytingini +6.9 ochkoga ko‘paytirdi. Natijada u jonli reyting jadvalida 3 pog‘ona yuqorilab, 2724.9 reyting ochkosi bilan dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 7-o‘ringa ko‘tarildi.
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 76 kun qoldiYouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Repost from UzChess
Javohir Sindarov – Naroditsky Memorial Rapid 2026 g‘olibi
🏆Javohir Sindarov Naroditsky Memorial Rapid 2026 turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
🥇Musobaqani 6/7 natija bilan yakunlagan shaxmatchimiz tay-brekda Aravind Chitambaram ustidan g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni ta’minladi va 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bosh mukofotga ega chiqdi.
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 76 kun qoldiYouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Repost from UzChess
Nodirbek Abdusattorov — FIDE blits reytingida jahonning 2-raqamli shaxmatchisi!
⚡Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2026-yil iyul holatiga ko‘ra yangilangan rasmiy reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida o‘z faoliyatidagi hamda o‘zbek shaxmati tarixidagi mutlaq rekordni o‘rnatdi. Rossiyalik Daniil Dubov va fransiyalik Alireza Firouzjani ortda qoldirgan Nodirbek afsonaviy 2800 lik Elo dovonidan o‘tib, 2820 ochko bilan dunyoning 2-raqamli blits ustasiga aylandi.
🔥Iyun oyida Gonkongda o‘tgan jamoaviy blits jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan grossmeysterimiz 1-taxtada tengsiz ekanini isbotladi.
⚡️Nodirbek jami 19 ta partiyada 15.5 ochko jamg‘arib, 1-doskada shaxsiy oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning musobaqadagi umumiy perfomansi hayratlanarli 2936 reyting ochkosiga teng bo‘ldi.
👉Turnir davomida Abdusattorov Magnus Karlsen, Ding Liren, shuningdek, Arjun Erigaisi va Alireza Firouzja kabi shaxmatchilarni taslim etdi.
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 77 kun qoldiYouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
Repost from Uzbekistan chess federation
+1
⚡️Umida Omonova Cheshmeda ikki karra muvaffaqiyatga erishdi!
Turkiyaning Cheshme shahrida o‘tkazilgan “12th Cesme International Open Blitz Chess Tournament” musobaqasida O‘zbekiston vakili Umida Omonova yorqin natija qayd etdi.
11 tur yakunlariga ko‘ra 9 ochko jamg‘argan hamyurtimiz musobaqaning umumiy hisobida 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqada Turkiyaning yosh grossmeysteri Ediz Gürel g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Umida Omonova ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, blitz yo‘nalishidagi navbatdagi yirik muvaffaqiyatiga erishdi. Mazkur natija evaziga uning FIDE Blitz Live reytingi 2405 ochkoga ko’tarildi.💐Umida Omonovani ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from Uzbekistan chess federation
🥇 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionati (rapid) — davlatlar boʻyicha medallar
1. 🌐 FIDE — 🥇 4 · 🥈 3 · 🥉 2 — jami 9
2. 🇺🇿 Oʻzbekiston — 🥇 3 · 🥈 3 · 🥉 6 — jami 12
3. 🇰🇿 Qozogʻiston — 🥇 3 · 🥈 3 · 🥉 3 — jami 9
4. 🇰🇬 Qirgʻiziston — 🥇 2 · 🥈 3 · 🥉 2 — jami 7
5. 🇹🇲 Turkmaniston — 🥇 2 · 🥈 2 · 🥉 1 — jami 5
*Eslatma: ushbu jadval norasmiy boʻlib, faqat maʼlumot uchun keltirilgan. Rasmiy jamoaviy (davlatlar) medallar hisobi faqat klassik (standart) shaxmat boʻyicha yuritiladi — rapid natijalari umumiy davlat hisobiga kirmaydi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from Uzbekistan chess federation
🇺🇿 Oʻzbekiston yosh shaxmatchilari Qirgʻizistonda!
Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasini 87 nafar yosh shaxmatchi himoya qilmoqda.
OʻGʻIL BOLALAR:
🔹 U8
🇺🇿 Mukhammadyusuf Bakhramov
🇺🇿 Muhammad Yusuf Khadjinigmanov
🇺🇿 Abdulaziz Khasanov
🇺🇿 Imron Kopalov
🇺🇿 Miraziz Mirzaev
🇺🇿 Komiljon Murtazaev
🇺🇿 Sharofiddin Shukurov
🇺🇿 Jonibek Turopov
🇺🇿 Muhammadsodik Tuygunov
🇺🇿 Muhammadyusuf Tuygunov
🔹 U10
🇺🇿 Sunnatbek Alisherov
🇺🇿 Sayfuddin Erkinboev
🇺🇿 Fazliddin Farkhodov
🇺🇿 Asilbek Ikromov
🇺🇿 Islomjon Maxmudjanov
🇺🇿 Jakhongir Mirzaev
🇺🇿 Shahriyor Sadullaev
🇺🇿 Shohjahon Sidikov
🇺🇿 Inomjon Usmonov
🇺🇿 Azizbek Yokubov
🔹 U12
🇺🇿 Abdurashid Abduganiev
🇺🇿 Muhammadayub Abdullayev
🇺🇿 Akbarshoh Achilov
🇺🇿 Sultanbek Alikberov
🇺🇿 Dior Ashirov
🇺🇿 Sulaymon Hayitmurodov
🇺🇿 Ibrohim Jumanazarov
🇺🇿 Iskandar Karimov
🇺🇿 Axrorbek Kodirov
🇺🇿 Akbar Mustafakulov
🇺🇿 Saidamir Tokhirov
🇺🇿 Umarbek Tursunov
🇺🇿 Yusuf Yulchiyev
🔹 U14
🇺🇿 Amirbek Abdirakhmonov
🇺🇿 Alisher Abdukayumov
🇺🇿 Shavkatjon Abdukholikov
🇺🇿 Muzaffarjon Abdurasulov
🇺🇿 Shakhzod Islamov
🇺🇿 Hasan Mamarasulov
🇺🇿 Jakhongir Mutalov
🇺🇿 Bunyod Sobirjonov
🇺🇿 Zafarbek Xurramov
🔹 U16
🇺🇿 Javohir Bozorov
🇺🇿 Shahzodbek Hamzaev
🇺🇿 Vokhid Kazimov
🔹 U18
🇺🇿 Akbarali Abdukhakimov
🇺🇿 Bekzod Jumavaev
🇺🇿 Shakhrombek Karimov
🇺🇿 Bekhruz Kudratov
🔹 U20
🇺🇿 Khondamir Elmirzaev
🇺🇿 Umarxon Fakhriddinxujaev
🇺🇿 Rauf Kasimov
🇺🇿 Bekhruz Umarov
QIZLAR
🔹 G8
🇺🇿 Farzonabonu Bakhtiyorova
🇺🇿 Farzona Gulomova
🇺🇿 Malika Ikromova
🔹 G10
🇺🇿 Farzonabonu Bozorova
🇺🇿 Dilnoza Ikromova
🇺🇿 Nigina Khudoyberdieva
🇺🇿 Osiyo Kopalova
🇺🇿 Iymonakhon Makhmudjonova
🇺🇿 Munisa Mashrabboeva
🇺🇿 Aminabonu Zoxirova
🔹 G12
🇺🇿 Husnorakhon Khusnitdinova
🇺🇿 Asal Kodirova
🇺🇿 Yasmina Mamarasulova
🇺🇿 Kholida Mukhammadieva
🇺🇿 Mehribonu Nazirkulova
🇺🇿 Malika Norkulova
🔹 G14
🇺🇿 Mohinaxon Karimova
🇺🇿 Mokhinur Xikmatkhonova
🔹 G16
🇺🇿 Liliya Belaya
🇺🇿 Sevinch Davlatova
🇺🇿 Gavhar Erkinova
🇺🇿 Malika Jumaeva
🇺🇿 Rukiya Olimova
🇺🇿 Asal Zayirkulova
🔹 G18
🇺🇿 Shohina Akhmedova
🇺🇿 Zilola Aktamova
🇺🇿 Sarvinoz Begmuratova
🇺🇿 Odina Olimova
🇺🇿 Sarvinoz Orzikulova
🔹 G20
🇺🇿 Maftuna Bobomurodova
🇺🇿 Mokhinur Khabibullaeva
🇺🇿 Mumtozbegim Mansurova
🇺🇿 Ozoda Shakhzodova
🇺🇿 Barchinoy Shokirjonova
🗓 Dastur (Qirgʻiziston vaqti bilan):
🔹 Ochilish marosimi — soat 09:00 da
🔹 Rapid yoʻnalishidagi oʻyinlar — soat 10:00 da boshlanadi
💐Barcha shaxmatchilarimizga musobaqada omad, yorqin gʻalabalar va yuksak natijalar tilaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from Alisher Sadullaev
🇺🇿Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.
#Yoshlar #30iyun
Repost from XALQARO SHAXMAT AKADEMIYASI ♟
+8
TOSHKENT YOZI - 2026 turniri yakuniy natijalari
B guruhi
Asosiy o'rinlar
1-o'rin Khusanbaev, Khudoyorkhon
2-o'rin Iminjanov, Kamronbek
3-o'rin Olimjonov, Dostonbek
4-o'rin Rajabov, Jasur
5-o'rin Yusupov, Ulugbek
6-o'rin Muzaffarov, Savlatbek
7-o'rin Abduqaxxorov, Dilshod
Qizlar o'rtasida
1-o'rin Shapokhatova, Robiyakhon
2-o'rin Bektosheva, Zilola
3-o'rin Akmalova, Sadokat
10 yoshgacha o'g'il bolalar
1-o'rin Khikmatullayev, Zafar
2-o'rin Obidjonov, Asadbek
3-o'rin Mukhamediev, Mironshokh
10 yoshgacha qiz bolalar
1-o'rin Rozimurodova, Maftuna
2-o'rin Doljenko, Amina
3-o'rin Erkinova, Muslima
8 yoshgacha o'g'il bolalar
1-o'rin Erkinov, Fazliddin
2-o'rin Istamjonov, Doniyor
3-o'rin Najmiddinov, Bahrom
8 yoshgacha qiz bolalar
1-o'rin Islomova, E'zoza
2-o'rin Ruzimatova, Jasmina
3-o'rin Akhmedova, Muslimabonu
6 yoshgacha o'g'il bolalar
1-o'rin Xadjinigmanov, Muhammad Yusuf
6 yoshgacha qiz bolalar
1-o'rin Isamiddinova, Jamilakhon
G'olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!
Repost from XALQARO SHAXMAT AKADEMIYASI ♟
+4
TOSHKENT YOZI - 2026 turniri yakuniy natijalari
A guruhi
Asosiy o'rinlar
1-o'rin Abdukholikov Shavkatjon
2-o'rin Fakhriddinxujaev Umarxon
3-o'rin Satvaldiyev Munazzam
4-o'rin Dilmurodov Jakhongir
5-o'rin Erkinov Sultonali
Ayollar o'rtasida
1-o'rin Karimjonova, Nigina
2-o'rin Xudoyberganova, Dilyora
Uzokova, Kumushoy
Faxriylar o'rtasida 65+
1-o'rin Khusanov, Ibrokhimjon
Faxriylar o'rtasida 50+
1-o'rin Rakhimov, Rakhmatjon
12 yoshgacha 1-o'rin Mamurov, Kamoluddin
10 yoshgacha 1-o'rin Islomov, Ahror
G'olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!
Repost from Uzbekistan chess federation
+8
⚡️O‘zbekiston jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi
“FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Gonkong shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada blits yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egallagan hamyurtlarimizni aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, sport sohasi mutasaddilari, shaxmat jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda muxlislar kutib oldi.Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bronza medallarini qo‘lga kiritib, 30 000 yevro miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. 💐Terma jamoamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. #FIDEWorldRapidBlitzTeams2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from UzChess
O'zbekiston blits bo'yicha jamoaviy jahon chempionida bronza medallarini qo'lga kiritdi!
⚡️Tay-brekda jamoamiz yirik 5.5-0.5 hisobida g'alaba qozondi va umumiy 30 ming yevro mukofotini qo'lga kiritishdi.
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 88 kun qoldiYouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
Repost from N/a
🔥🇺🇿 TARIXIY G‘ALABA!
O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda Magnus Carlsen boshchiligidagi WR Chess jamoasini mag‘lub etib, FIDE World Blitz Team Championship yarim finaliga yo‘l oldi! 👏♟
⚔️ 1-match:
🇺🇿 O‘zbekiston 3.5 - 2.5 WR Chess
⚔️ 2-match:
🇺🇿 O‘zbekiston 3 - 3 WR Chess
📊 Umumiy hisob:
🇺🇿 O‘zbekiston 6.5 - 5.5 WR Chess
🔥 Jamoamiz turnir favoritlaridan biri bo‘lgan WR Chessni musobaqadan chiqarib yubordi!
👏 Nodirbek Abdusattorov
👏 Javokhir Sindarov
👏 Muxiddin Madaminov
👏 Shamsiddin Vohidov
👏 Umida Omonova
👏 Akjol Rahmatullayev
🇺🇿 O‘zbekiston yarim finalda!
🔴 Jonli efirga qo‘shiling:
https://www.youtube.com/live/k6duyfLnLwY?si=sLDQ1magq07a_t5B
📢 Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram:
https://t.me/chessroom1
▶️ YouTube:
https://youtube.com/@chessroom1?si=qYvFR9JTdZGuBOM7
♟ Yarim final bahslari, eksklyuziv videolar va eng tezkor natijalar aynan
Repost from Uzbekistan chess federation
+3
⚡️FIDE World Youth Chess Championship 2026 musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Joriy yilning, 14–26-iyun kunlari Italiyaning Montesilvano shahrida 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar hamda qizlar o‘rtasida FIDE World Youth Chess Championship 2026 jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli musobaqada dunyoning 84 mamlakatidan 778 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini esa 9 nafar yosh shaxmatchi himoya qilmoqda.
➡️15–18-iyun kunlari o‘tkazilgan 1–4-tur bahslari yakunlariga ko‘ra, terma jamoamizning bir qator vakillari yuqori natijalarni qayd etmoqda. ➡️14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Lazizabonu Komiljonova 3,5 ochko bilan 6-o‘rinda, Sarvinoz Begmuratova esa 3 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. ➡️16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Rauf Qosimov 3,5 ochko bilan yetakchilar safidan joy olgan. ➡️18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Akobirxon Saydaliev 3,5 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.🤝Yosh shaxmatchilarimizga navbatdagi turlarda ham muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tilaymiz! #FIDEWorldYouth2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from Uzbekistan chess federation
⚡️Nodirbek Abdusattorov blitz reytingida dunyoning TOP-3 shaxmatchisiga aylandi!
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2700chess.com’ning jonli reytingida 2802.5 ochko bilan blitz yo‘nalishida dunyoning eng kuchli uch nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi.
U so‘nggi natijalari evaziga ikki pog‘ona yuqorilab, reytingiga +17.5 ochko qo‘shdi va Magnus Carlsen hamda Hikaru Nakamuradan keyingi o‘ringa ko‘tarildi.
Yosh grossmeysterimizning navbatdagi yuksak marrasi O‘zbekiston shaxmati tarixidagi yana bir muhim sahifaga aylandi.
🇺🇿Tabriklaymiz, Nodirbek! Yangi zafarlar sari olg‘a!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from Jizzax viloyati Sport boshqarmasi
+9
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va shashka musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi
♟️ Bugun Jizzax shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va shashka sport turidan Jizzax viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan g'oliblikni qo'lga kiritgan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan havaskor va proffesional shaxmatchilar g'oliblik uchun qizg'in bahs olib borishdi.
🏆 Musobaqa davomida o‘zining yuqori mahorati, puxta o‘ylangan yurishlari va qat’iyati bilan ajralib turgan shaxmatchilar faxrli o‘rinlarni egalladilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli ishtirokchilar aniqlanib, ular munosib ravishda taqdirlandi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐Web-sayt |📝Telegram |📝Facebook |
