cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!

Rasmiy sayt http://sanepid.uz Telegram: t.me/sanepidcommittee Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ Facebook: fb.me/@sanepidxizmat Instagram: instagram.com/sanepid__uz Murojaat uchun bot: @Sanepidmurojaatbot 78/888-01-01 (011)

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
12 712
مشترکین
-224 ساعت
-4307 روز
-1 16030 روز
توزیع زمان ارسال

در حال بارگیری داده...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تجزیه و تحلیل انتشار
پست هابازدید ها
به اشتراک گذاشته شده
ديناميک بازديد ها
01
Rossiya va Oʻzbekiston aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni imzoladi. 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev o‘rtasida hukumatlararo kelishuv imzolandi. Bitim quyidagilarni o'z ichiga oladi: ✔️ yuqumli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish; ✔️ atrof-muhit omillarining insonga zararli ta'sirini bartaraf etish; ✔️ oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash; ✔️ sanitar-epidemiologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik. Bitimning amalga oshirilishi epidemiologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi mamlakatlarning ikki tomonlama munosabatlarini chuqurlashtiradi va butun Yevroosiyo epidemiologik makonida infeksiyalar tahdidiga samarali javob berish imkonini beradi. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 23740Loading...
02
Xalıq arasında toparlı awqattan záhárleniw hám kúydirgi keselligi, olardıń aldın alıw boyınsha Nókis rayonında komandalıq- oqıw shınıǵıwı bolıp ótti. ✅Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya-epidemiologıyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması hám onıń Nókis rayonlıq bólimi qánigeleri, Ayrıqsha jaǵdarlar basqarması menen sheriklikte ótkerilgen ilajda xalıq arasında toparlı awqattan záhárleniw hám kúydirgi keselligi, olardıń aldın alıw boyınsha túsinik jumısları alıp barıldı. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
7613Loading...
03
​⚡️Yakunlangan hafta davomida kanalimizda e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti: - Yuqumli kasalliklarni oldini olish bo'yicha o'quv-seminar. - Fuqorolar uchun munosib yashash sharoiti yaratilmoqda. - 50 litr miqdoridagi sifatsiz sut mahsuloti savdosiga chek qo'yildi. - Oziq-ovqat mahsulotlari nazorati bo‘yicha reyd tadbiri o`tkazildi. - Silni oldini olish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. - Tuz iste'moli me'yoridan oshmasin. - Sanepidqo'mita Samarqand viloyati boshqarmasi Media markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. - Ta'lim muassasalaridagi muammolarni hal etish yuzasidan seminar tashkil qilindi. - Qizamiq bilan suvchechak nimasi bilan farqlanadi? - Shakar ko'p iste'mol qilish qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
8600Loading...
04
ШАКАР КЎП ИСТЕЪМОЛ ҚИЛИШ ҚАНДАЙ КАСАЛЛИКЛАРНИ КЕЛТИРИБ ЧИҚАРАДИ? ‼️Қандли диабет касаллигини келтириб чиқарувчи асосий омил бу шакар ҳисобланади. Шакарнинг миқдори кўпайганида у ошқозонда ёғга айланади. ❌ Шакарни кўп истеъмол қилиш семизлик, қандли диабет, гипертонияни келтириб чиқаради, бу ўз навбатида, инфаркт ва инсультга олиб келади. ✅ Яна бир жиҳатга эътиборингизни қаратмоқчимиз. Оғир масала шундан иборатки, семизлик онкологик касалликларга мойил қилиб қўяди. 🍭🍨🍰 Бугунги кунда ширин ичимликлар, кондитер маҳсулотлари, музқаймоқларини севиб истеъмол қиламиз. ‼️ ЖССТ 1 кунлик шакар истеъмолини 25-50 грамм деб белгилаган, биз истеъмол қилаётган қанд миқдори эса меъёридан 10 бараваргача ошиб кетяпти. ‼️ Шу ўринда ҳар бир маҳсулотни меъёрдан ортиқ истеъмол қилмаслик муҳимлигини эслатиб ўтамиз. Саломатлигингизни асраш, соғлом турмуш тарзига риоя қилиш ўз қўлингизда. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
2 51741Loading...
05
Bolalarni emlash haqidagi savollaringizga javob beramiz: ❓Qizamiq bilan suvchechak nimasi bilan farqlanadi? ‼️ Qizamiq ham, suvchechak ham – havo-tomchi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Har ikkala holatda ham tanada toshma toshadi va harorat ko’tariladi. Ularni teridagi toshmalar xarakteriga ko’ra farqlash mumkin. ‼️ Qizamiqqa teridan ko’tarilib turgan, qizil dog’lar bilan o’ralgan shishlar xos. Toshmalar bosqichma-bosqich paydo bo’ladi: avvaliga yuzda va bo’yinda, so’ngra – ko’krak qafasda, qo’l va oyoqlarda. ✅ Suvchechakda esa atrofi qizargan, ichida suyuqligi bor shishlar paydo bo’ladi, vaqt o’tishi bilan ular yaraga aylanadi va usti qotadi. Ko’rinib turgan shilliq qavatlarga (og’iz bo’shlig’iga) toshmalar toshishi xos. ❇️ Qizamiq, ayniqsa, 5 yoshdan kichik bolalarda nihoyatda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Eng jiddiy asoratlarga ko’rlik, entsefalit, og’ir diareya va unga bog’liq ravishda degidratatsiya, otit va pnevmoniyaga sabab bo’lish mumkin. Butun dunyoda qizamiq bolalar o’limining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi. Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling yoki www.privivki.uz rasmiy saytiga kiring. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
5 37791Loading...
06
Media files
2 03223Loading...
07
Халқимизда ун маҳсулотларидан тайёрланадиган егуликлар энг кўп истеъмол қилинадиган маҳсулотлар сирасига киради. ‼️ Унга ишлов бериш чоғида таркибидаги озуқавий моддаларнинг аксарият қисми йўқолиб кетади. Шунинг учун барча керакли моддаларни яна унга қайтариш лозим. Қандай қилиб дейсизми? ✅ Бунга фақат унни бойитиш билан эришиш мумкин. Аниқроқ қилиб айтадиган бўлсак, тегирмонларда ун ишлаб чиқарилаётганда ун витаминлар, фолий кислотаси ва темир моддаси билан тўйинтирилади. Бу моддаларга ишлов бериш жараёнида қийматини йўқотмаслиги учун якуний босқичда қўшилади. 📌 Микронутриентлар инсон организмига кам миқдорда (одатда кунига 100 мг дан кам) зарур бўлган элементлар ҳисобланади. ✔️ Микронутриентлар таркибига инсон танаси ўз-ўзидан ҳосил қила олмайдиган микроминераллар ва витаминлар киради. Улар метаболизм, инсон мияси ва асаб тизимининг ишлаши, қон ивишининг олдини олиш ва иммун тизимининг ривожланишида муҳим роль ўйнайди. ✔️ Микроэлементларнинг овқатланиш рационига мунтазам равишда қўшилиши саломатликни сақлаш ва мустаҳкамлашнинг оддий ва жуда самарали усули ҳисобланади. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 62218Loading...
08
Ta'lim muassasalaridagi muammolarni hal etish yuzasidan seminar tashkil qilindi ‼️Poytaxtimizning "Turkiston" san'at saroyida maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va o'quvchilarning yozgi ta'til mavsumini xavfsiz tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish, akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish bo'yicha seminar mashg'uloti o'tkazildi. 🔹Unda Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo'limlarining mutaxassislari, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ul xodimlari va maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 2984Loading...
09
📣 SANEPIDQO'MITA SAMARQAND VILOYATI BOSHQARMASI MEDIA MARKAZINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI 🔷 Ushbu markaz Qo'mita va uning hududiy boshqarmalari ichida tashkil qilingan eng birinchi Media-markazdir. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
7 74636Loading...
10
⚡️Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси ва ҳудудий бошқармалари фаолиятини янада кенг тарзда ёритиш, оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорликни йўлга қўйган ҳолда ташкилот ижобий имижини шакллантиришда салмоқли ишлар қилинмоқда. 📌 Хусусан, ҳудудий бошқармаларда бошлиқнинг матбуот котиби – ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимининг жорий этилгани жамоатчиликка соҳага оид Ўзбекистон Республикасининг қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Президенти қарор ва топшириқларининг ижроси, олиб борилаётган ислоҳотларнинг мақсад ва вазифалари, Қўмита ва унинг ҳудудий бўлимлари томонидан амалга оширилаётган ишлар ҳақида тезкор, холис ҳамда биринчи манба сифатида тўлиқ ахборот етказиб, жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари билан фаол мулоқот ўрнатиб келмоқда. Қўмита томонидан амалга оширилаётган ишларни жамоатчиликка етказиш, оммавий ахборот васиталарига янада кенг ёритиш ҳамда ўзаро тажриба алмашиш мақсадида жорий йилнинг 22-23 май кунлари Самарқанд шаҳрида “Ахборот хизмати ходимларининг жамоатчилик билан самарали ишлашда Самарқанд тажрибаси” мавзусида амалий семинар бўлиб ўтмоқда. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
9 17263Loading...
11
ТУЗ ИСТЕЪМОЛИ МЕЪЁРДАН ОШМАСИН 🫙Туз ва шакар оқ ажал дейилиши бежизга эмас. Ҳар қандай таом туз билан албатта мазали бўлади. ‼️Тузни баъзида меъёрдан ортиқ истеъмол қилиб юборамиз. Бунга ўрганиб қолиб, соғлиғига путур етказаётганлар ҳам орамизда топилади. ✔️Эътибор берсангиз, ҳар бир ошхона, ресторанларда столга туз қўйиб қўйилади. Ҳозирда кўп мамлакатларда бу одатдан воз кечилиб, туз олиб қўйиляпти. Чунки туз, шакар бу – ўлим сабабчиси, оқ ажал ҳам дейилади. 📌 Туз биринчи навбатда организмда суюқлик тўпланиб қолиши, шиш пайдо бўлишига сабабчи бўлади. Шундан келиб чиқиб, гипертония – қон босими ошишининг биринчи сабабчиларидан ҳисобланади. Гипертонияга чалинган инсонларда инфаркт, инсульт юз бериш эҳтимоли юқори бўлади. ‼️ Шу ўринда кунига қанча туз истеъмол қилиш меъёр ҳисобланади, деган савол туғилади. Туз истеъмоли меъёри – кунига 5 граммдир. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
3 88148Loading...
12
SILNI OLDINI OLISH BO‘YICHA ANIQ MAQSADGA YO‘NALTIRILGAN ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA ‼️ Respublikada aholi salomatligini muhofaza qilish va sil infeksiyasidan himoyalash, tuberkulyoz va o‘pkaning nospesifik kasalliklari tarqalishining oldini olish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Batafsil: https://sanepid.uz/silni-oldini-olish-boyicha-aniq-maqsadga-yonaltirilgan-ishlar-amalga-oshirilmoqda Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 85022Loading...
13
‼️ Oziq-ovqat mahsulotlari nazorati bo‘yicha reyd tadbiri o`tkazildi. 🎥 Bu haqida batafsil yuqoridagi video orqali tanishishingiz mumkin. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 37318Loading...
14
50 litr miqdoridagi sifatsiz sut mahsuloti savdosiga chek qo'yildi 📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi "FOOD СITY" MCHJga qarashli bozor hududida aholi o‘rtasida yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. 🥛O‘rganish davomida bozor hududidagi Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi mutaxassislari ishtirokida ikkilamchi idishlarda saqlanayotgan, iste'molga yaroqsiz, organoleptik xususiyatlari buzilgan 50 litr miqdorida sut mahsuloti (qatiq) sotuvchilar ishtirokida belgilangan tartibda brakeraj qilinib, savdosi to'xtatildi. ‼️Ta'kidlash joizki, iste'molga yaroqsiz va sanitariya talablariga zid sharoitda tayyorlangan hamda sotilayotgan mahsulotlarni iste'mol qilish natijasida turli ko‘rinishdagi yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli xarid jarayonida mahsulotlarning tashqi ko'rinishi, yorliqlariga, saqlanish sharoitiga alohida e'tibor qaratishingizni eslatib o'tamiz. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 1866Loading...
15
FUQAROLAR UCHUN MUNOSIB YASHASH SHAROITI YARATILMOQDA. ‼️ BU HAQIDA "KUN XABARLARI" KO`RSATUVIDA... Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 2084Loading...
16
YUQUMLI KASALLIKLARNI OLDINI OLISH BO'YICHA O'QUV-SEMINAR Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 46713Loading...
17
​⚡️Yakunlangan hafta davomida kanalimizda e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti: - Sanepidqo'mita Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Tuproqqa’la va Gurlan tuman bo‘limlarida o‘quv-seminar o‘tkazildi. - JSSTning bergan ma’lumotlariga ko‘ra har yili leyshmanioz kasalligi bilan yer yuzida yashovchi bir milliondan ikki milliongacha aholi zararlanadi. - OIV infeksiyasini shifoxona ichi sharoitida tarqalish holatlarini oldini olish borasida o'quv seminari tashkil etildi - Farzandim qachon emlanishi kerakligi haqidagi ma’lumotni qayerdan olishim mumkin? - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. - O'zbekiston Milliy axborot agentligi “Reyd” loyihasining navbatdagi sonida. - Sayyor qabul - muammolar yechimi! - Rehina Mariya Kastijio xonim UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. - Qulupnayni noto'g'ri sharoitda saqlash va sotish o'tkir yuqumli ichak kasalliklarini keltirib chiqaradimi? - Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tuman bo‘limida o‘tkazilgan sayyor qabulda Sanepidqo‘mita raisining birinchi o'rinbosari Nurmat Atabekov hamda qo'mita vakillari ham ishtirok etdi. - Muzqaymoq sotishda sanitariya talablariga amal qilinyaptimi? - Termiz shahridagi favqulodda hodisalarga tayyorgarlik yuzasidan ikki kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi. - Sog'lom ovqatlantirishni tashkil qilish borasida Tatariston tajribasi o'rganilmoqda - Bolalar orasida gelmintoz kasalliklari sonini kamaytirish borasidagi ishlar qay darajada samara bermoqda? Sanepidqo‘mita Axborot xizmati Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 0880Loading...
18
‼️Жорий йилнинг 13-17 май кунлари Республикамизнинг Тошкент шаҳри, Андижон, Самарқанд ва Хоразм вилоятларининг шаҳар ва туманларидаги даволаш-профилактика муассасаларида Санэпидқўмита мутахассислари ҳамда ЖССТ экспертлари – Л.Мосина, Лиза Жак-Кэролл, Сачин Ревариа, Ренат Латипов томонидан миллий эмлаш календари асосида ротавирус инфекцияси, дифтерия, кўкйўтал, қоқшолга қарши болаларни режали эмлаш ҳолатлари ✅ Тошкент шаҳридаги 35- ва 37-оилавий поликлиника; ✅ Самарқанд шаҳридаги 2-сон оилавий поликлиника; 32-ОШП ВА Самарқанд тумани Марказий кўп тармоқли поликлиника; ✅ Хоразм вилоятида 46-сон оилавий поликликникада ўрганилиб, иммунизация бўйича келгусидаги вазифалар режалаштириб олинди. 🔷 Ҳудудларда олиб борилган якуний ўрганишлар натижаси бўйича йиғилиш ўтказилди. Келгусидаги вазифалар белгиланиб олинди. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 80818Loading...
19
❓ Bolalar orasida gelmintoz kasalliklari sonini kamaytirish borasidagi ishlar qay darajada samara bermoqda? ❗️ “Dunyo bo‘ylab” telekanalining "Formula zdorovya“ ko‘rsatuvida mutaxassislar tomonidan ayni shu masalalar haqida fikr yuritildi. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 99228Loading...
20
⚡️Sog'lom ovqatlantirishni tashkil qilish borasida Tatariston tajribasi o'rganilmoqda ‼️Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasining) Qozon shahri meriyasi o'rtasida bo'lib o'tgan ikki tomonlama uchrashuvlar mobaynida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta'minlash hamda ta'lim sohasida o'zaro tajriba almashish maqsadida 15-18-may kunlari Qozon shahriga Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Raximova boshchiligida delegatsiya tashrifi amalga oshirilmoqda. 📌Ushbu tashrifdan asosiy maqsad – Qozon shahrining ta'lim tizimi bilan tanishish va ta'lim muassasalarida joriy qilingan yangiliklar, xususan, o'quvchilarni sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash bo'yicha "keytering" tizimini joriy qilish yuzasidan Tatariston tajribasini o'rganish. 📝Qayd etish kerakki, delegatsiya tarkibiga Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Malika Qudratxodjayeva, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bosh boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva hamda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi Samariddin Ergashev ham kiritilgan. 🔎Mutaxassislarning tajriba almashish jarayonida: - Qozon shahrida boshlang'ich ta'lim tizimining tashkil etilganligi, bolalarni ovqatlantirish yo'nalishlarida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish; - ta'lim jarayonlarining raqamlashtirilganligi va o'quvchilarni ovqatlantirish (autsorsing) yo'nalishlarida tajriba almashish; - bitiruvchi o'quvchilarni kasb-hunarga o'rgatish, oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish jarayonlari bilan tanishish; - Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i tomonidan Qozon shahar Fan va ta'lim departamentiga qarashli ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil qilish tizimini yaqindan o'rganish; - Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda Qozon shahar Sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan o'zaro tajriba almashish rejalashtirilgan. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
1 5449Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiya va Oʻzbekiston aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni imzoladi. 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev o‘rtasida hukumatlararo kelishuv imzolandi. Bitim quyidagilarni o'z ichiga oladi: ✔️ yuqumli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish; ✔️ atrof-muhit omillarining insonga zararli ta'sirini bartaraf etish; ✔️ oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash; ✔️ sanitar-epidemiologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik. Bitimning amalga oshirilishi epidemiologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi mamlakatlarning ikki tomonlama munosabatlarini chuqurlashtiradi va butun Yevroosiyo epidemiologik makonida infeksiyalar tahdidiga samarali javob berish imkonini beradi. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 9🔥 4
Xalıq arasında toparlı awqattan záhárleniw hám kúydirgi keselligi, olardıń aldın alıw boyınsha Nókis rayonında komandalıq- oqıw shınıǵıwı bolıp ótti.
✅Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya-epidemiologıyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması hám onıń Nókis rayonlıq bólimi qánigeleri, Ayrıqsha jaǵdarlar basqarması menen sheriklikte ótkerilgen ilajda xalıq arasında toparlı awqattan záhárleniw hám kúydirgi keselligi, olardıń aldın alıw boyınsha túsinik jumısları alıp barıldı. Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
ШАКАР КЎП ИСТЕЪМОЛ ҚИЛИШ ҚАНДАЙ КАСАЛЛИКЛАРНИ КЕЛТИРИБ ЧИҚАРАДИ?
‼️Қандли диабет касаллигини келтириб чиқарувчи асосий омил бу шакар ҳисобланади. Шакарнинг миқдори кўпайганида у ошқозонда ёғга айланади. ❌ Шакарни кўп истеъмол қилиш семизлик, қандли диабет, гипертонияни келтириб чиқаради, бу ўз навбатида, инфаркт ва инсультга олиб келади. ✅ Яна бир жиҳатга эътиборингизни қаратмоқчимиз. Оғир масала шундан иборатки, семизлик онкологик касалликларга мойил қилиб қўяди. 🍭🍨🍰 Бугунги кунда ширин ичимликлар, кондитер маҳсулотлари, музқаймоқларини севиб истеъмол қиламиз. ‼️ ЖССТ 1 кунлик шакар истеъмолини 25-50 грамм деб белгилаган, биз истеъмол қилаётган қанд миқдори эса меъёридан 10 бараваргача ошиб кетяпти. ‼️ Шу ўринда ҳар бир маҳсулотни меъёрдан ортиқ истеъмол қилмаслик муҳимлигини эслатиб ўтамиз.
Саломатлигингизни асраш, соғлом турмуш тарзига риоя қилиш ўз қўлингизда.
Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👏 4👍 2
Bolalarni emlash haqidagi savollaringizga javob beramiz:
❓Qizamiq bilan suvchechak nimasi bilan farqlanadi? ‼️ Qizamiq ham, suvchechak ham – havo-tomchi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Har ikkala holatda ham tanada toshma toshadi va harorat ko’tariladi. Ularni teridagi toshmalar xarakteriga ko’ra farqlash mumkin. ‼️ Qizamiqqa teridan ko’tarilib turgan, qizil dog’lar bilan o’ralgan shishlar xos. Toshmalar bosqichma-bosqich paydo bo’ladi: avvaliga yuzda va bo’yinda, so’ngra – ko’krak qafasda, qo’l va oyoqlarda. ✅ Suvchechakda esa atrofi qizargan, ichida suyuqligi bor shishlar paydo bo’ladi, vaqt o’tishi bilan ular yaraga aylanadi va usti qotadi. Ko’rinib turgan shilliq qavatlarga (og’iz bo’shlig’iga) toshmalar toshishi xos. ❇️ Qizamiq, ayniqsa, 5 yoshdan kichik bolalarda nihoyatda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Eng jiddiy asoratlarga ko’rlik, entsefalit, og’ir diareya va unga bog’liq ravishda degidratatsiya, otit va pnevmoniyaga sabab bo’lish mumkin. Butun dunyoda qizamiq bolalar o’limining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi.
Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling yoki www.privivki.uz rasmiy saytiga kiring.
Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 3👏 1
Халқимизда ун маҳсулотларидан тайёрланадиган егуликлар энг кўп истеъмол қилинадиган маҳсулотлар сирасига киради.
‼️ Унга ишлов бериш чоғида таркибидаги озуқавий моддаларнинг аксарият қисми йўқолиб кетади. Шунинг учун барча керакли моддаларни яна унга қайтариш лозим.
Қандай қилиб дейсизми?
✅ Бунга фақат унни бойитиш билан эришиш мумкин. Аниқроқ қилиб айтадиган бўлсак, тегирмонларда ун ишлаб чиқарилаётганда ун витаминлар, фолий кислотаси ва темир моддаси билан тўйинтирилади. Бу моддаларга ишлов бериш жараёнида қийматини йўқотмаслиги учун якуний босқичда қўшилади. 📌 Микронутриентлар инсон организмига кам миқдорда (одатда кунига 100 мг дан кам) зарур бўлган элементлар ҳисобланади. ✔️ Микронутриентлар таркибига инсон танаси ўз-ўзидан ҳосил қила олмайдиган микроминераллар ва витаминлар киради. Улар метаболизм, инсон мияси ва асаб тизимининг ишлаши, қон ивишининг олдини олиш ва иммун тизимининг ривожланишида муҳим роль ўйнайди. ✔️ Микроэлементларнинг овқатланиш рационига мунтазам равишда қўшилиши саломатликни сақлаш ва мустаҳкамлашнинг оддий ва жуда самарали усули ҳисобланади. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 6
02:35
Video unavailableShow in Telegram
Ta'lim muassasalaridagi muammolarni hal etish yuzasidan seminar tashkil qilindi
‼️Poytaxtimizning "Turkiston" san'at saroyida maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va o'quvchilarning yozgi ta'til mavsumini xavfsiz tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish, akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish bo'yicha seminar mashg'uloti o'tkazildi. 🔹Unda Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo'limlarining mutaxassislari, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ul xodimlari va maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
🔥 2👍 1👏 1
03:00
Video unavailableShow in Telegram
📣 SANEPIDQO'MITA SAMARQAND VILOYATI BOSHQARMASI MEDIA MARKAZINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI 🔷 Ushbu markaz Qo'mita va uning hududiy boshqarmalari ichida tashkil qilingan eng birinchi Media-markazdir. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 5👏 1
⚡️Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси ва ҳудудий бошқармалари фаолиятини янада кенг тарзда ёритиш, оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорликни йўлга қўйган ҳолда ташкилот ижобий имижини шакллантиришда салмоқли ишлар қилинмоқда.
📌 Хусусан, ҳудудий бошқармаларда бошлиқнинг матбуот котиби – ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимининг жорий этилгани жамоатчиликка соҳага оид Ўзбекистон Республикасининг қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Президенти қарор ва топшириқларининг ижроси, олиб борилаётган ислоҳотларнинг мақсад ва вазифалари, Қўмита ва унинг ҳудудий бўлимлари томонидан амалга оширилаётган ишлар ҳақида тезкор, холис ҳамда биринчи манба сифатида тўлиқ ахборот етказиб, жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари билан фаол мулоқот ўрнатиб келмоқда.
Қўмита томонидан амалга оширилаётган ишларни жамоатчиликка етказиш, оммавий ахборот васиталарига янада кенг ёритиш ҳамда ўзаро тажриба алмашиш мақсадида жорий йилнинг 22-23 май кунлари Самарқанд шаҳрида “Ахборот хизмати ходимларининг жамоатчилик билан самарали ишлашда Самарқанд тажрибаси” мавзусида амалий семинар бўлиб ўтмоқда. Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
نمایش همه...
👍 7👏 1