🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢
رفتن به کانال در Telegram
🚅Kanalda "Qoʻqon MTU" filialida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, temir yo'l tizimidagi yangiliklar yoritib boriladi! Web-sayt:👉kokand.aitm.uz Admin: @mtu2media Virtual murojaat: https://kokand-rju-priyomnaya.vercel.app/
نمایش بیشتر2 737
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
+3830 روز
آرشیو پست ها
Repost from “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Rasmiy kanali
📚 QOʻQON MINTAQAVIY TEMIR YOʻL UZELIDA KITOBLAR YARMARKASI TASHKIL ETILDI
"Temiryoʻlinfratuzilma" AJ tizimida mutolaa madaniyatini yuksaltirish va yosh xodimlarni intellektual salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filialida Yoshlar yetakchilari kengashi tashabbusi bilan kitoblar yarmarkasi oʻtkazildi. Yarmarka doirasida uzelning Raqamlashtirish va axborot xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Javohir Abdusalimov oʻzining ijod mahsuli boʻlgan ilk sheʼriy toʻplamidan 10 dona kitobni yarmarka fondiga tuhfa qildi. Bu kabi tadbirlar temiryoʻlchilar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 📚 Kitob o‘qing, zero kitob — ma’naviyat va taraqqiyot kalitidir.🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram
+3
Rahbar va yoshlar: Ishonch va rag‘bat uchrashuvi!
Yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining tub mohiyati — yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlar eshigini ochishdan iboratdir. Ushbu ezgu tamoyilning amaliy ifodasi sifatida, Qo‘qon lokomotiv deposi filialida uzel yosh xodimlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Farg‘ona transport prokurori, adliya maslahatchisi I.A. Akbarov hamda Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P. Milladjanovlar raisligida o‘tgan ochiq muloqotda yoshlarning tashabbuslari tinglandi va istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Tadbir yakunida ishlab chiqarishda va jamoat ishlarida alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan bir qator yosh temiryo‘lchilar rahbariyat tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Berilgan bu yuksak e’tibor va ishonch yoshlarimizni yangi marralar sari undashi shubhasiz!
+2
Kitob — ma’naviyat xazinasi, ilm va taraqqiyot kalitidir! 📚✨
Qo‘qon lokomotiv deposida yosh temiryo‘lchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Yoshlar yetakchilari kengashi tashabbusi bilan kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu ma’rifiy tadbirda jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari, shaxsiy rivojlanishga oid zamonaviy asarlar hamda qiziqarli ilmiy-ommabop kitoblar xodimlar e’tiboriga havola etildi. Yarmarka ishchi-xodimlarning nafaqat professional sohada, balki ma’naviy hayotda ham yetuk shaxs bo‘lib shakllanishlariga xizmat qiladi.
Bilimga sarmoya kiritish — eng to‘g‘ri va barokatli yo‘ldir. Kitobxonlik tadbirlari uzel miqyosida doimiy ravishda davom etadi!
+3
Harakat xavfsizligi – bosh mezon!
Bugun "Harakat xavfsizligi kuni" munosabati bilan "Qoʻqon MTU" filiali boshligʻi B.P.Milladjanov boshchiligidagi ishchi guruh muhim temir yoʻl obyektlarida profilaktik koʻrik va oʻrganish ishlarini olib bordi.
Amalga oshirilgan oʻrganishlar va asosiy yoʻnalishlar:
- Qoʻqon stansiya navbatchilari pult-boshqaruv qurilmalari va hududdagi svetofor hamda strelkali oʻtkazgichlarning ishlash holati koʻzdan kechirildi. Xodimlarning nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.
- Qoʻqon lokomotiv deposining taʼmirlash sexlari, texnologik jarayonlar hamda lokomotivlarga texnik xizmat koʻrsatish sifati koʻrikdan oʻtkazildi. Ishlab chiqarish hududlarida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinishi hamda nosozliklarni barvaqt aniqlash choralari muhokama qilindi.
- Ishchi-xodimlar bilan muloqot: Koʻrik davomida lokomotiv brigadalari, stansiya navbatchilari va taʼmirlash ustasi boʻlgan xodimlar bilan harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yoʻriqnomalar va oʻzaro tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar yakunida filial boshligʻi B.P.Milladjanov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni muddatida bartaraf etish, texnik vositalarning barqaror ishlashini taʼminlash hamda har bir xodim oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi shartligi yuzasidan masʼullarga qatʼiy topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
+2
TADBIRKORLARNING MUROJAATI, MUAMMO VA TAKLIFLARI O’RGANILDI VA YECHIMLAR BERILDI
16.06.2026 yil kuni Uchkoʻprik tumani Qaqir stansiya yonida joylashgan Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida Rapqon, Yaypan, Qo‘qon, Buvayda, Qaqir, Furqat stansiyalarida faoliyat olib boruvchi yuk ortuvchi va yuk tushiruvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Mazkur uchrashuv "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda joyida hal etishga qaratilgan 136-UN-sonli farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli ma’sullarga topshiriqlar berildi. Tadbirda "Qo‘qon MTU" filiali boshligʻi B.P.Milladjanov va maʼsul rahbarlar ishtirok etib tadbirkorlar bilan samimiy muloqot olib bordi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. alohida to‘xtalib o‘tdi.
📣 DIQQAT, HURMATLI HAMKASBLAR!
Xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tizim korxonalar ma’muriy binolarida “Birlik kitoblar do‘koni” (@birlikbooks) tomonidan kitob ko‘rgazma-savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Yarmarkada jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari, shaxsiy rivojlanishga oid zamonaviy asarlar, biznes va psixologiya kitoblari hamda farzandlaringiz uchun rang-barang bolalar adabiyotlari hamyonbop va qulay narxlarda taqdim etiladi.
📅 Yarmarka o‘tkazilish grafigi va manzillari:
Payshanba kuni (18-iyun): Qo‘qon lokomotiv deposi filiali ma’muriy binosida;
Juma kuni (19-iyun): Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali ma’muriy binosida.
⚠️ Eslatma: Ish joyidan uzoqlashmagan holda, o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun eng sara mutolaa manbalarini xarid qilish hamda shaxsiy kutubxonangizni boyitish imkoniyatini boy bermang!Barcha xodimlarimizni kitob yarmarkasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Qo‘shimcha ma’lumot va kitoblar katalogi bilan tanishish uchun: @birlikbooks Talab va takliflar uchun: @MTU2_Yoshlar_ittifoqi
📣 DIQQAT, HURMATLI HAMKASBLAR!
Xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tizim korxonalar ma’muriy binolarida “Birlik kitoblar do‘koni” (@birlikbooks) tomonidan kitob ko‘rgazma-savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Yarmarkada jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari, shaxsiy rivojlanishga oid zamonaviy asarlar, biznes va psixologiya kitoblari hamda farzandlaringiz uchun rang-barang bolalar adabiyotlari hamyonbop va qulay narxlarda taqdim etiladi.
📅 Yarmarka o‘tkazilish grafigi va manzillari:
Payshanba kuni (18-iyun): Qo‘qon lokomotiv deposi filiali ma’muriy binosida;
Juma kuni (19-iyun): Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali ma’muriy binosida.
⚠️ Eslatma: Ish joyidan uzoqlashmagan holda, o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun eng sara mutolaa manbalarini xarid qilish hamda shaxsiy kutubxonangizni boyitish imkoniyatini boy bermang!Barcha xodimlarimizni kitob yarmarkasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Qo‘shimcha ma’lumot va kitoblar katalogi bilan tanishish uchun: @birlikbooks Talab va takliflar uchun: @MTU2_Yoshlar_ittifoqi
🗞🗞🗞🗞
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining "Tadbirkorlar kuni arafasida o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko'rish "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o'rganish hamda joyida hal etish maqsadidagi 136-UN sonli farmoyishi hamda Qoʻqon MTU filiali boshligʻining 137-MTU sonli farmoyishlariga asosan
2026 yil 16-iyun kuni soat 11-00 da
Qoʻqon, Rapqon, Yaypan, Buvayda, Qaqir, Furqat stansiyalari bilan ishlovchi tadbirkorlarni
Uchkoʻprik tumanida Qaqir stansiyasi yonida joylashgan Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida o'tkaziladigan yig'ilishga taklif qilamiz.
📱Telegram 📱 Instagram
+3
📚 Marg‘ilonda yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Yoshlar kuni” doirasida Marg‘ilon stansiyasida temir yo‘l transporti tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Transport prokurori, adliya maslahatchisi I.A. Akbarov qatnashib, yoshlarni:
⚽️ Sport bilan muntazam shug‘ullanishga;
📖 Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga;
🛠 O‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga chaqirdi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va fikrlar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
+3
🚂 Yoshlar bilan uchrashuv: Xavfsizlik va kelajak masalalari muhokama qilindi
Bugun "Yoshlar kuni" doirasida transportda xavfsizlikni taʼminlash va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Transportda nazorat inspeksiyasi temir yo‘l transportida nazorat Farg‘ona hududiy bo‘limi boshlig‘i B.T. Xojiboyev, Farg‘ona viloyati TXTB Buvayda bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik E.Sh. Ro‘zimatov, XPG katta inspektori, kapitan I.Sh. Dexqonov, Farg‘ona viloyati TXTB TIB bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik R. Qodirov hamda Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi raisi A.A. Qaxxorovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda quyidagi muhim mavzularga alohida urg‘u berildi:
Harakat xavfsizligi: Temir yo‘l hududlarida hushyorlikni oshirish;
Giyohvandlikka qarshi kurash: Zararli odatlarning harakat xavfsizligiga salbiy ta’siri va ayanchli oqibatlari;
Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari tinglandi va ularni qiziqtirgan takliflar o‘rganilib, tegishli choralar belgilandi. Xavfsizligimiz — o‘z qo‘limizda!
+2
“Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filiali boshligʻi B.P.Milladjanov boshchiligida navbatdagi koʻrik tadbirlari oʻtkazildi
Temir yoʻllarda poezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash, temir yoʻl kesishmalarining holati hamda xodimlarning hushyorligini doimiy nazorat qilib borish eng muhim vazifalardan biridir.Bugun “Harakat xavfsizligi kuni” munosabati bilan uzel rahbariyati tomonidan hududlarda profilaktik va amaliy koʻrik ishlari olib borildi. Xususan, Quva — Neftchilar peregoni 284-kmda joylashgan temir yoʻl kesishmasi (pereyezd) koʻzdan kechirildi. Koʻrik davomida: - Kesishmaning texnik va estetik holati, yoʻl qoplamalari hamda relslar holati sinchiklab tekshirildi. - Pereyezd navbatchilarining xizmat xonalari, ularda yaratilgan shart-sharoitlar va normativ hujjatlarning yuritilishi koʻrildi . - Xodimlarning hushyorligi, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qila olish koʻnikmalari va aloqa vositalarining sozligi yuzasidan yoʻriqnomalar berildi. Anqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda poyezdlar harakati xavfsizligini yanada yuqori darajada ta'minlash boʻyicha mas'ul shaxslarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
+3
TADBIRKORLARNING MUROJAATLARI, MUAMMOLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI HAMDA YECHIMLAR TOPILDI
2026-yil 9-iyun kuni “Qo‘qon MTU” filiali tasarrufidagi Namangan stansiyasi majlislar zalida Xaqulobod, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop-1, Temiryo‘lobod stansiyalarida faoliyat olib boruvchi yuk ortuvchi hamda yuk tushiruvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdiMazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining tadbirkorlar murojaatlari, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda joyida hal etishga qaratilgan 136-UN-sonli farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Tadbirda “Qo‘qon MTU” filiali rahbariyati ishtirok etib, tadbirkorlar bilan samimiy muloqot olib bordi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
+2
HARAKAT XAVFSIZLIGI VA SIFATLI INFRATUZILMA — BOSH MAQSADIMIZ!
Bugun, 9-iyun kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Temiryoʻlinfratuzilma” AJning 2026-yil 8-iyun sanasidagi 301-JDS-sonli farmoyishiga asosan, “Qoʻqon MTU” filiali boshligʻi B.P.Milladjanov boshchiligida Angren — Koʻl stansiyalari oraligʻida muhim va keng koʻlamli taʼmirlash-sozlash ishlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.Ushbu jarayonda temir yoʻl infratuzilmasini tubdan yaxshilash va poyezdlar harakat xavfsizligini yuqori bosqichga koʻtarish maqsadida maxsus belgilangan “OKNO” vaqti doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi: - Yoʻl xoʻjaligini modernizatsiya qilish: Angren — Koʻl stansiyalari oraligʻidagi belgilangan chaqirim va piketlarda temir yoʻl izini ogʻir rusumli maxsus texnikalar yordamida surib toʻgʻrilash hamda yoʻl izi ballast qatlamini kesib olish ishlari qizgʻin olib borildi. - Elektr taʼminoti va aloqa tizimi: Elektr kontakt tarmogʻidagi kuchlanish oʻchirilgan holda, tarmoq tayanch ustunlarini oʻrnatish va kontakt tarmogʻini sozlash ishlari ECh hamda ShCh xodimlari tomonidan tizimli ravishda bajarildi. - Nazorat va Xavfsizlik: Jarayonni bevosita filial boshligʻi B.P.Milladjanov hamda masʼul mutaxassislar joyiga chiqqan holda, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda nazorat qilib bordilar.
🗞🗞🗞🗞
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining "Tadbirkorlar kuni arafasida o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko'rish "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o'rganish hamda joyida hal etish maqsadidagi 136-UN sonli farmoyishi hamda Qoʻqon MTU filiali boshligʻining 137-MTU sonli farmoyishlariga asosan
2026 yil 9-iyun kuni soat 10-00 da
Xaqulobod, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop-1, Temiryo‘lobod stansiyalari bilan ishlovchi tadbirkorlarni
Namangan stansiyasi Majlislar zalida o'tkaziladigan yig'lishga taklif qilamiz.
📱Telegram 📱 Instagram
+2
Qoʻqon MTU: Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar
Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov, Yuk va tijorat ishlari boʻlimi boshligʻi hamda Qoʻqon stansiya boshligʻi bilan birgalikda yirik ishlab chiqarish korxonasi hisoblangan “Indorama Kokand Fertilizers” AJ vakillari bilan samarali uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:
Yuk tashish hajmini oshirish: Korxona tomonidan ishlar chiqarilayotgan mahsulotlarni temir yoʻl transporti orqali xavfsiz va oʻz vaqtida manzillarga yetkazish.
Logistika zanjirini takomillashtirish: Vagonlar taʼminoti, yuklash va tushirish jarayonlarini yanada tezlashtirish hamda stansiyadagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
Oʻzaro hamkorlikni kengaytirish: Tadbirkorlarga temir yoʻl xizmatlari koʻrsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish va yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish choralarini koʻrish.
Yakunda tomonlar yuk tashish samaradorligini oshirish va kelgusidagi istiqbolli rejalar boʻyicha oʻzaro manfaatli kelishuvlar haqida soʻz yuritdilar. Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi.
+2
Savay stansiyasida yuk tashish samaradorligini oshirish
Hozirgi kunda Savay stansiyasi chegara bojxona postida tranzit yuklar hajmining sezilarli darajada ortishi kuzatilmoqda. Ushbu oqimni sifatli va tezkor boshqarish, shuningdek, stansiyaning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli Tashish va stansiya ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari H.I.Soliyev boshchiligidagi ishchi guruh stansiyada yuk ortish va tushirish jarayonlarini optimallashtirish, vagonlar almashinuvini tezlashtirish hamda logistika samaradorligini taʼminlash boʻyicha joylarda amaliy tadbirlarni bajarmoqda.
+2
MARGʻILON STANSIYASIDA TEKSHIRUV: ASOSIY EʼTIBOR HARAKAT XAVFSIZLIGIGA!
“Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filiali boshligʻi B.P.Milladjanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan navbatdagi “Harakat xavfsizligi kuni” doirasida Margʻilon stansiyasida koʻrik tadbirlari oʻtkazildi.
Bugungi nazorat tadbirlari davomida bevosita amaliy jarayonlar va texnik elementlarning holati chuqur oʻrganildi:
- Vagonlar parki va texnik xizmat koʻrsatish: Stansiyada turgan yuk vagonlari, xususan, sisternalarning texnik sozligi, ularning ulanish qismlari va gʻildirak juftliklarining holati sinchkovlik bilan koʻzdan kechirildi
- Temir yoʻl izlari mustahkamligi: Izlar, rels mustahkamlagichlari hamda shpallar holati, poyezdlar harakati davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olish nuqtai nazaridan tahlil qilindi
Muhim vazifalar belgilab olindi Koʻrik yakunida filial boshligʻi B.P.Milladjanov tomonidan stansiya masʼullari va texnik xodimlarga harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni muddatida bartaraf etish hamda hushyorlikni yanada oshirish boʻyicha qatʼiy topshiriqlar berildi.
+2
Harakat xavfsizligi kuni
"Harakat xavfsizligi kuni" doirasida uzel bosh muhandisi B.D.Tirkashev boshchiligida navbatdagi koʻrik va tekshirish ishlari oʻtkazildi.
Tekshiruv davomida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratildi:
- Avtotransport vositalari va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kesishmalardagi jihozlar koʻzdan kechirildi.
- Temir yoʻl izlarining texnik holati, joriy taʼmirlash va sozlash ishlari sifati bevosita joyida oʻrganildi.
- Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi va texnika xavfsizligi talablari nazoratga olindi.
Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda poyezdlar harakati xavfsizligini mutlaq taʼminlash boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
+3
Poeyzdlar harakat xavfsizligini taʼminlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish — ustuvor vazifamiz!
Qoʻqon MTU filiali boshligʻining koʻrsatmasiga asosan, joriy yilning 1-iyunidan 1-iyuliga qadar temir yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash hamda koʻngilsiz baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida keng qamrovli targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Olib borilgan ishlar doirasida:
- Temir yoʻlga yaqin hududda joylashgan Andijon davlat texnika instituti talaba-yoshlari oʻrtasida tushuntirish ishlari tashkil etildi. Unda yoshlarga xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish va hushyorlikni yoʻqotmaslik boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
- "Post 331 km – Yangi Andijon" stansiyalar oraligʻidagi temir yoʻl liniyalariga yaqin mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazilib, temir yoʻl — yuqori xavfga ega boʻlgan hudud ekanligi yana bir bor eslatib oʻtildi.
📢 Hurmatli fuqarolar!
Oʻzingiz va yaqinlaringiz hayotini xavfga qoʻymang! Temir yoʻllarda harakatlanish qoidalariga qatʼiy amal qiling!
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
