🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢
前往频道在 Telegram
🚅Kanalda "Qoʻqon MTU" filialida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, temir yo'l tizimidagi yangiliklar yoritib boriladi! Web-sayt:👉kokand.aitm.uz Admin: @mtu2media Virtual murojaat: https://kokand-rju-priyomnaya.vercel.app/
显示更多2 775
订阅者
+124 小时
-77 天
+2430 天
帖子存档
+3
Harakat xavfsizligi – doimiy eʼtibor va nazoratda!
Bugun navbatdagi Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov Qaqir stansiyasiga tashrif buyurib, stansiyaning kundalik ish jarayonlari va xavfsizlik choralarini bevosita koʻzdan kechirdi.
Tashrif davomida:
- Stansiyadagi harakat xavfsizligini taʼminlash holati, texnik hujjatlar va navbatchi xodimlarning oʻz vazifalariga masʼuliyat bilan yondashishi qatʼiy nazoratdan oʻtkazildi.
- Stansiya xoʻjaligidagi texnik vositalar, avtomatika va aloqa qurilmalarining holati koʻzdan kechirildi.
- Temir yoʻl izlari va harakatlanuvchi tarkiblarning texnik holati oʻrganilib, masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Temir yoʻlda xavfsizlik – eng asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu boradagi ishlarimiz doimiy nazorat ostida davom etadi!
+3
Harakat xavfsizligi – ustuvor vazifa!
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 11-avgustdagi 462-H3-sonli buyrug‘i hamda “Dolzarb 60 kunlik” chora-tadbirlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli bosh muhandisi U.R.Majidov va Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti bosh noziri A.I.Toshmatov boshchiligida amaliy o‘rganishlar tashkil etildi.Jumladan: - Oltiariq – Furqat peregoni oralig‘ida temir yo‘l izlari, elektr tarmoqlari hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi; - Oltiariq vagonlarni bug‘lab yuvish korxonalarida ishchilar uchun yaratilgan xavfsiz mehnat sharoitlari, elektr jihozlari, himoya vositalari hamda hujjatlari holati o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida masʼullarga ish joylarida mehnat muhofazasi talablariga qatʼiy amal qilish, xavfli omillarni bartaraf etish va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
+3
Qoʻqon lokomotiv deposida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va taʼmirlash jarayonlari koʻzdan kechirildi
Bugun Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli bosh muhandisi U.R.Majidov Qoʻqon lokomotiv deposiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida depo boshligʻi bilan birgalikda quyidagi ustuvor vazifalar va jarayonlar yaqindan oʻrganildi:- Deponi yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik koʻrish ishlari koʻzdan kechirildi. - Depodagi kapital taʼmir ishlari, shuningdek, joriy taʼmirlash sexi hamda yurish qismini taʼmirlash sexlarining faoliyati atroflicha oʻrganildi. - Xitoydan keltirilayotgan elektrovozlarning ehtiyot qismlar, asboblar va tegishli buyumlarini maxsus omborlarda saqlash holati nazorat qilindi. - Ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar yaqindan koʻzdan kechirilib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
+3
Xavfsizlik va zamonaviy infratuzilma sari: Quva — Asaka yo‘nalishida temir yo‘l ostidan o‘tish tuneli qurilmoqda
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 2026-yil 20-avgustdagi 265-UN-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P.Millajanov boshchiligida amaliy ishlar olib borildi.Jumladan, Quva – Asaka temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi 303-kilometr 6-piketida temir yo‘l ostidan temir-beton tunnel (yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi) qurish ishlari tashkillashtirilib, belgilangan "okno" vaqtida maxsus texnikalar yordamida muvaffaqiyatli bajarildi. Barcha jarayonlar xavfsizlik va mehnat muhofazasi qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda amalga oshirildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari hududda harakat xavfsizligini ta'minlash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
+3
«Qoʻqon–Andijon–Xonobod» temir yoʻl uchastkasi koʻzdan kechirildi.
Joriy yilning 20-avgust kuni Kapital qurilish direksiyasi boshligʻi oʻrinbosari A.Abdiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoʻqon–Andijon–Xonobod temir yoʻl uchastkalarida qurilish-montaj ishlarining borishi va obyektlarni oʻz vaqtida topshirish holati koʻzdan kechirildi.Jarayonda Signallashtirish va aloqa xoʻjaligi, elektr taʼminoti xoʻjaligi, yoʻl xoʻjaligi vakillari, Qoʻqon MTU filiali bosh muhandisi U.R.Majidov, shuningdek, Qoʻqon aloqa, elektr, yoʻl xoʻjaligi masofasi va tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi. - Har bir stansiya kesimida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari atroflicha tahlil qilindi. - Obyektlarni belgilangan muddatlarda sifatli holda foydalanishga topshirish boʻyicha qatʼiy vazifalar belgilab olindi. -Kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan oʻzaro kelishuvlarga erishildi.
+3
Qamchiq tunelida xavfsizlik va barqarorlik nazorati: Orzu-Chodak peregonida oʻrganish ishlari olib borildi
Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligini ta'minlash, infratuzilmani oʻz vaqtida nazoratdan oʻtkazish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish doimiy e'tiborimiz markazida.
Xususan, Orzu-Chodak peregonidagi strategik ahamiyatga ega Qamchiq tuneli mas'ullar tomonidan piyoda ravishda toʻliq koʻzdan kechirildi.
Mazkur oʻrganish jarayonida:
Qoʻqon MTU filiali boshligʻi B.P. Milladjanov hamda Qamchiq temir yoʻl masofasi filiali boshligʻi O.J.Mamatqulov birgalikda ishchi guruh bilan tunel ichidagi temir yoʻl izlari, muhandislik tarmoqlari va infratuzilma holatini har bir detalgacha piyoda yurib oʻrganib chiqdi.
Tunel boʻylab aniqlangan kamchiliklar joyida tanqidiy muhokama qilinib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi va tegishli koʻrsatmalar berildi.
+3
BAXTSIZ HODISALARNI OLDINI OLISH, MEHNAT MUHOFAZASI BOʻYICHA MUHOKAMA
Qoʻqon MTU filiali bosh muhandisi U.R.Majidov va Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti bosh noziri A.I.Toshmatov boshchiligida tegishli rahbarlar, tarmoq rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida kengaytirilgan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.Uchrashuvda ECHK-26 elektromexanigi Sotvoldiev Abdumavlon Ibrohimjon oʻgʻli bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisa atroflicha va tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklar qatʼiy tahlil etildi. Muhokama jarayonida: - Mehnat muhofazasi, elektr va harakat xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash; - Ishlarni boshlashdan oldin havfsizlik talablarini toʻliq, sifatli va barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda bajarish; - Har bir ish joyida nazoratni yanada kuchaytirish, texnologik intizomga qatʼiy boʻysunishga urgʻu berildi. Yigʻilish yakunida ish jarayonlarini toʻgʻri bajarish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazilib, barcha xodimlarga namuna sifatida koʻrsatildi.
+3
"Angren – Pop – Qo‘qon – Andijon" uchastkasi zamonaviy MPS qurilmalari bilan jihozlanishi jarayonlari oʻrganildi!
Harakat xavfsizligini ta'minlash, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda jarayonlarni raqamlashtirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali bosh muhandis o‘rinbosari B.D.Tirkashev, MTUSHE rahbari N.X.Asqarov hamda SHCH-4 korxonasi boshlig‘i S.S.Payzimatovlar mazkur loyiha ijrosini joyida o‘rganishdi.
Mas'ullar Yangi Andijon hamda Jalaquduq stansiyalarida olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish-montaj jarayonlarini ko‘zdan kechirib, bajarilgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha quruvchi va montajchilarga ish sur’atlarini yanada jadallashtirish, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish hamda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
+3
Temir yoʻllarda xavfsizlik va nazorat tadbirlari davom etmoqda
Bugun Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli bosh muhandisi U.R.Majidov Qaqir stansiyasida boʻlib, texnik holat va xavfsizlik choralarini bevosita joyida koʻzdan kechirdi.
Stansiya infratuzilmasi va tarkibiy tuzilmalarning texnik holati belgilangan talablarga qanchalik mos kelishi oʻrganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatilib, poyezdlar qatnovi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur koʻrsatmalar berildi.
+2
Harakat xavfsizligi – doimiy eʼtibor va qatʼiy nazorat ostida!
Bugun Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli boshligʻi B.P. Millajanov Oltiariq stansiyasida boʻlib, hududdagi holatni bevosita joyida oʻrgandi.Oʻrganishlar davomida quyidagi muhim yoʻnalishlar qatʼiy nazoratdan oʻtkazildi: - Stansiya yoʻllari va vagonlar holati: Yoʻl xoʻjaligi obyektlarining texnik holati hamda stansiyada turgan vagonlarning xavfsizlik qoidalariga muvofiq turishi koʻzdan kechirildi. - Xodimlar faoliyati: Stansiya navbatchilarining oʻz vazifalariga masʼuliyat bilan yondashishi, harakat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishi tahlil qilindi. Tekshiruv yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berilib, harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
🎬 “YANGI O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI — MENING NIGOHIMDA” videoroliklar va ijodiy ishlar tanlovi! 🇺🇿🚆
🎉 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston temir yo‘llari — mening nigohimda!” shiori ostida videoroliklar va ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi!
📌 Tanlov yo‘nalishlari:
🎥 “Eng yaxshi videorolik”
🎨 “Eng yaxshi ijodiy ish”
✨ Temir yo‘l sohasidagi yangilanishlar, zamonaviy loyihalar, bunyodkorlik, kasbga mehr va Yangi O‘zbekiston temir yo‘llari haqidagi o‘z nigohingizni ijodingiz orqali namoyon eting!
Videorolik hamda ijodiy ishlarni 25-avgustgacha @ijtimoiy_loyihalar1 shaxsiy sahifasiga yuboring!
🏆 Eng yaxshi ishlar munosib taqdirlanadi!
Yangi O‘zbekiston temir yo‘llari — mening nigohimda! 🚆🇺🇿
+2
Tadbirkorlar va temir yo‘l sohasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Vagonlar ta'minoti masalalari yuzasidan Trans Vagon guruhi xususiy kompaniyasi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, "Temiryo‘lkargo" AJ Qo‘qon filiali, Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzel filiali vakillari ishtirokida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.Muhokama qilingan masalalar: - Yuk tashish jarayonlarida vagonlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘z vaqtida ta'minlash Xususiy va davlat sektori hamkorligini yanada kuchaytirish; - Logistika zanjirini uzluksiz tashkil etish va mavjud muammolarga tezkor yechim topish; - Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
+3
Qoʻqon — Suvonobod yoʻnalishida keng koʻlamli profilaktik oʻrganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh tarkibida Fargʻona viloyati TXTB boshligʻi vazifasini bajaruvchi podpolkovnik A.Nishanov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik M.Salimov hamda Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzel bosh muhandisi vazifasini bajaruvchisi B.D.Tirkashev ishtirok etishdi.Tadbir doirasida: - Yaypan, Rapqon va Suvonobod stansiyalari atroflicha koʻzdan kechirildi; -Temir yoʻl izlari, stansiya oraliqlari hamda har bir xoʻjalik boʻyicha qilinayotgan ishlar holati tahlil qilindi; - Ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlari, masʼuliyati hamda intizomi qatʼiy nazoratdan oʻtkazildi; - Atrof-muhit muhofazasi va harakat xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
+3
Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filialida "Harakat xavfsizligi kuni"
Bugun navbatdagi "Harakat xavfsizligi kuni" tadbirlari Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi oʻrinbosari Q.B.Ahmadjonov boshchiligidagi masʼul rahbarlar va mutaxassislar bilan Namangan stansiyasida boʻlib, hududdagi barcha muhim obyektlar va boʻlinmalar faoliyatini atroflicha koʻzdan kechirdi va oʻrganish ishlarini olib bordi.Jarayon davomida: - Namangan vokzali faoliyati, yoʻlovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi nazorat qilindi; - Yoʻl xoʻjaligi boʻlinmalari va temir yoʻl izlarining holati, texnik talablarga muvofiqligi koʻzdan kechirildi; - Vagon xoʻjaligining tarkiblarning toʻxtash joylarida xavfsizlik choralari, vagonlarning texnik sozligi jiddiy tekshirildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatilib, tegishli koʻrsatmalar berildi.
+3
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: Hamkorlik va amaliy yechimlar yo‘lida
Bugun, 2026-yil 11-avgust kuni Qoʻqon shahridagi "INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS" AJ binosida Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli rahbariyati hamda eksport, import va mahalliy yoʻnalishlarda yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.Uchrashuv davomida temir yoʻl transportida yuk tashish jarayonlari, mavjud imkoniyatlar va yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, logistika yoʻnalishidagi muammolari va takliflarini bildirdilar. Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan muloqotda koʻtarilgan har bir murojaat diqqat bilan oʻrganilib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilandi. Bunday uchrashuvlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining "Tadbirkorlar kuni arafasida o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko'rish "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o'rganish hamda joyida hal etish maqsadidagi 136-UN sonli farmoyishi hamda Qoʻqon MTU filiali boshligʻining 137-MTU sonli farmoyishlariga asosan
2026-yil 11-avgust kuni soat 10:00 da Qoʻqon shahrida "INDORAMA KOKAND FRRTIZILERS AND CHEMICALS" AJdaboʻlib oʻtadigan ochiq muloqotga eksport, import va mahalliy yoʻnalishlarda yuk tashish ishlari bilan faoliyat olib boruvchi barcha tadbirkorlik subʼektlari vakillarini uchrashuvga taklif qilamiz. Telegram Instagram
+3
Oltiariq – Margʻilon peregoni piyoda koʻzdan kechirildi
“Temiryoʻlinfrastruktura” AJ Boshqaruv raisi S.A. Norqobilovning 2026-yil 29-iyuldagi 706-JDS-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida navbatdagi amaliy koʻrik oʻtkazildi.Qoʻqon MTU filiali boshligʻi v.b. U.R.Majidov boshchiligida PCH-6, SHCH-4 hamda ECH-3 rahbarlari va mahalliy hokimiyat vakillari ishtirokida Oltiariq – Margʻilon peregoni piyoda koʻzdan kechirildi. Oʻrganishlar davomida: - Temir yoʻl infratuzilmasining texnik holati, poyezdlar harakati xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi koʻzdan kechirildi; - Temir yoʻl atroflarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikdagi choralar kelishib olindi; - Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
+2
Qo‘qon stansiyasi saralash parkida modernizatsiya ishlari davom etmoqda
"Qo‘qon MTU" filiali boshlig‘ining 2026-yil 6-avgustdagi 42-sonli farmoyishiga asosan, Qo‘qon stansiyasi saralash parkining 32-sonli temir yo‘lidagi yaroqsiz holga kelgan R-65 tipli rels hamda tormoz boshmoqlarini temir yoʻl izidan chiqarib yuboruvchi qurilmani almashtirish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda "PCh" korxonasining 3-bo‘linmasi ishchilari tomonidan ajratilgan "okno" oralig‘ida olib borilayotgan ushbu ta’mirlash va tiklash ishlari belgilangan tartibda va xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan holda nazorat qilinmoqda.
+3
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ bosh muhandisi Sh. T. Kadirovning 2026-yil 5-avgustdagi 228-YH-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida,
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali “Andijon temir yo‘l masofasi” filiali boshlig‘i B.I. Nasirov boshchiligida "Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali tasarrufidagi Andijon-1 blok posti 331-blok post Andijon-2 - Yangi Andijon stansiyalari oralig'ining 187 km PK7 (331 km PK2) qismida temir yo'l izining egriligini bartaraf etish maqsadida temir yo'l izi hamda strelkali o'tkazgichni surib to'g'rilash ishlari uchun "okno" tashkil etildi.
"Okno" boshlanishidan avval xodimlar bilan mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi bo'yicha yo'riqnoma o'tkazilib, ishlarni belgilangan talablar asosida xavfsiz va sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.
Mazkur ishlar temir yo'l infratuzilmasining ishonchliligini yanada oshirish, temir yo'l izining texnik holatini me'yoriy talablar darajasiga keltirishga xizmat qiladi.
+3
Transport prokurori Neftchilar temir yo‘l stansiyasidagi ish jarayoni bilan tanishdi
2026-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Sh.Narimov Qoʻqon MTU filiali tasarrufidagi Neftchilar temir yo‘l stansiyasiga tashrif buyurib, stansiyada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.Tashrif davomida: ▫️ Stansiya xodimlari uchun yaratilgan mehnat va maishiy sharoitlar; ▫️ Xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda amaldagi ish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yuk tashish sohasida tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar muhokama qilinib, yuklarni o‘z vaqtida manzilga yetkazish ustuvor vazifa ekani hamda bu jarayonda sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, temir yo‘l sohasida joriy etilayotgan raqamlashtirish jarayonlari va elektron xizmatlar ko‘zdan kechirilib, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda yuk tashish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
