fa
Feedback
"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

رفتن به کانال در Telegram

"Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo`l uzeli" filialining rasmiy telegram kanali Murojaat, shikoyat va takliflar uchun: @termizmtuboshligi Facebook: https://www.facebook.com/termiz.mtu/

نمایش بیشتر
1 760
مشترکین
+224 ساعت
+187 روز
+2630 روز
آرشیو پست ها
Milliy liboslar kuni: an’ana va qadriyatlar uyg‘unligi Juma milliy liboslar kuni munosabati bilan “Termiz temir yo‘l masofasi” filiali xodimlari ish faoliyatlarini milliy liboslarda olib borib, ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etdilar. Milliy liboslar xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va o‘ziga xos an’analarini o‘zida mujassam etgan bebaho meros hisoblanadi. Ularni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish hamda kelajak avlodga yetkazish barchamizning muhim vazifamizdir. Tadbir davomida filial xodimlari milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini namoyon etib, jamoada milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shdilar. Milliy liboslarimiz nafaqat go‘zallik timsoli, balki xalqimizning tarixi, ma’naviyati va milliy iftixorini aks ettiruvchi bebaho boylikdir. Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va e’zozlash barchamizning sharafli burchimizdir. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TEMIRYO‘LCHI" gazetasining 2026 yil 18-iyun kunidagi 23-soni mutolaa uchun havola qilinadi. Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

TADBIRKORLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI Mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prez
+3
TADBIRKORLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI Mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI Ochiq muloqotga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari, muammo va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish hamda ularni joyida hal etish maqsadida joriy yilning 18-iyun kuni Sariosiyo stansiyasida “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev rahbarligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur ochiq muloqot davomida temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi tadbirkorlar tomonidan yuk tashish jarayonlarini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan qator taklif va mulohazalar bildirildi. Ushbu takliflar “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbariyati hamda soha mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilib, tadbirkorlar bilan doimiy muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuzaga kelayotgan masalalarni hamkorlikda hal etish borasida kelishuvlarga erishildi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va YeTTB o‘rtasida temir yo‘l sohasini raqamlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi Bugun, 202
+2
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va YeTTB o‘rtasida temir yo‘l sohasini raqamlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi Bugun, 2026 yil 17 iyun kuni V Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) o‘rtasida "Transport va magistral harakatni boshqarish hamda kiberbarqarorlikni oshirish bo‘yicha axborot tizimlarini joriy etish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Loyiha temir yo‘l sohasini yanada raqamli transformatsiya qilish, tashishlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish va kompaniya faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan. Loyihaning amalga oshirilishi temir yo‘l transportini rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Loyihaning muhim tarkibiy qismi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot infratuzilmasining barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bu kompaniyaning asosiy biznes jarayonlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Bitimning imzolanishi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJni modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lib, kompaniyaning ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, operasion samaradorlikni oshirish va O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika salohiyatini rivojlantirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

🇺🇿 OLG‘A, O‘ZBEKISTON! Butun xalqimiz sevimli terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi. ✅Maydonda 11 nafar futbolchi bo‘lsa-da, ularning ortida millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi, duosi va faxri turibdi. Har bir pas, har bir gol ortida Vatan sharafi mujassam. Biz ishonamiz. Biz qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz g‘alabaga qozonamiz! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Olg‘a, milliy jamoamiz! Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOTGA TAKLIF ETAMIZ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining “Tadbirkorlar kuni” araf
TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOTGA TAKLIF ETAMIZ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining “Tadbirkorlar kuni” arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI ochiq muloqotga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek tadbirkorlarning murojaatlari, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda ularni joyida hal etishga qaratilgan 136-UN-sonli farmoyishi hamda “Termiz MTU” filiali boshlig‘ining 64-sonli farmoyishi ijrosi doirasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda. 🗓 Sana: 2026-yil 17-iyun 🕙 Vaqt: soat 10:00 📍 Manzil: Sariosiyo stansiyasida Mazkur uchrashuvga Uzel tarkibidagi barcha temir yo‘l stansiyalari faoliyati bilan bog‘liq tadbirkorlik subyektlari taklif etiladi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlar hamda tegishli mutaxassislar ishtirokida atroflicha muhokamalar olib boriladi. Hurmatli tadbirkorlar! Sizning tashabbuslaringiz, amaliy takliflaringiz va murojaatlaringiz temir yo‘l sohasida xizmatlar sifatini oshirish, hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yangi imkoniyatlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barchangizni ochiq va konstruktiv muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo
Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo bozorlariga chiqish katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liq va butun jahonga ochiq bo‘lgan katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda. Jumladan, Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda strategik temir yo‘l qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, janubiy dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradigan Transafg‘on koridori loyihasi ustida faol ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan “O‘rta koridor” transport yo‘nalishi ham rivojlantirilmoqda. Ushbu loyihalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish evaziga O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘laydigan transport magistrallar tarmog‘iga qo‘shiladi. O‘zbekistonda transport-logistika yo‘nalishida qator megaloyihalar ham boshlangan. Masalan, saudiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilmoqda. Investorlar forum doirasida taqdim etilayotgan tezyurar avtomobil yo‘llarini barpo etish, ko‘p funksiyali logistika markazlari va “quruq portlar”ni qurish kabi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

#Harakat_xavfsizligi_kunida Bugun, 17-iyun “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv
+3
#Harakat_xavfsizligi_kunida Bugun, 17-iyun “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N-sonli “Harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i o‘rinbosari Sh.A.Qodirov Qumqo‘rg‘on stansiyasida ertalabgi planyorka yig‘ilishini o‘tkazdi. Stansiyada ekspluatatsion ishlarni rejalashtirish bilan birgalikda, poyezdlar harakati jadvaliga qatʼiy rioya qilinishi, yuk va yoʻlovchilarning oʻz manzillariga oʻz vaqtida yetkazib borilishi, poyezdlarning toʻgʻri tuzilishi, xavfli va gabaritdan tashqariga chiqqan yuklar ortilgan vagonlari mavjud poyezdlarning yoʻnalishlar boʻyicha harakati, stansiyada oʻtkaziladigan oylik komission koʻrik sifati, poyezdlar harakatini tashkil qilishga aloqador barcha xodimlar bilim saʼviyasini oshirish choralari ko‘rildi. Poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, hamda manyovr ishlarini bajarish jarayonida harakat marshrutlarining toʻgʻri tuzilishi va soʻzlashuv reglamentiga qatʼiy rioya qilinishi va nostandart vaziyatlarda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi mavzularida alohida to‘xtalib o‘tildi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

#Tugilgan_kun!!! "Termiz MTU" filiali Lokomotivlardan foydalanish boʻyicha yetakchi muhandisi Boymatov Abduvoxid Timurovichni
#Tugilgan_kun!!! "Termiz MTU" filiali Lokomotivlardan foydalanish boʻyicha yetakchi muhandisi Boymatov Abduvoxid Timurovichni tug'ilgan kuni munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlshligini tilab qolamiz!!! Telegramm kanalimiz: 🚉 👉 ✈️ @Termiz_MTU 👈

Bugun, 15-iyun kuni Termiz transport prokurori Z.R.Tursunov hamda "Termiz MTU" filiali bosh muhandisi U.V.Muxitdinovlar ishti
+6
Bugun, 15-iyun kuni Termiz transport prokurori Z.R.Tursunov hamda "Termiz MTU" filiali bosh muhandisi U.V.Muxitdinovlar ishtirokida Darband temir yo‘l masofasi filiali majlislar zalida Oqnazar–Qumqo‘rg‘on uchastkasida faoliyat yurituvchi temiryo‘lchilar bilan sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida temiryo‘lchilar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mas'ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi. Mazkur uchrashuv temiryo‘lchilar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning mehnat faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashga xizmat qildi. Telegram sahifamiz: 🚉 👉 ✈️@Termiz_MTU 👈

“VAXSHIVOR” OROMGOHIDA HAM 1-MAVSUM BOSHLANDI. Joriy yilning 10-iyun kuni Oltinsoy tumanida joylashgan “Vaxshivor” bolalar so
+8
“VAXSHIVOR” OROMGOHIDA HAM 1-MAVSUM BOSHLANDI. Joriy yilning 10-iyun kuni Oltinsoy tumanida joylashgan “Vaxshivor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga temiryo‘lchilar farzandlarining 1-mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan Termiz shahridan 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar o‘g‘il-qiz oromgohga kuzatildi. “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali hamda Hududiy kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom hordiq chiqarishi, jismoniy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha zarur sharoitlar yaratildi. Dam oluvchilar huquq-tartibot idoralari xodimlari kuzatuvida maxsus avtobuslarda Oltinsoy tumanining so‘lim tog‘ bag‘rida joylashgan oromgohga xavfsiz yetkazildi. Temiryo‘lchilar farzandlari ushbu go‘zal va musaffo maskanda yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oromgoh hududi zamonaviy attraksionlar, bolalar o‘yin maydonchalari hamda shinam suzish havzalari bilan jihozlangan. Dam oluvchilar uchun kun davomida to‘rt mahal sifatli va to‘yimli issiq ovqatlar tashkil etiladi. Tajribali va malakali tarbiyachilar tomonidan har bir guruh bilan muntazam ishlanib, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ularning bilim va dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi boy kitob fondiga ega kutubxona ham faoliyat yuritadi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

#ob_havo_15_iyun 📍 Termiz 📱 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
#ob_havo_15_iyun 📍 Termiz 📱 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Assalomu alaykum!   
Dushanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!
☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

🚄 Toshkentdan Termizga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi: Harakat vaqti keskin qisqaradi! Surxondaryoliklar va vohami
🚄 Toshkentdan Termizga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi: Harakat vaqti keskin qisqaradi! Surxondaryoliklar va vohamiz mehmonlari uchun uzoq kutilgan tarixiy yangilik! Toshkent–Termiz va Toshkent–Andijon yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi zamonaviy elektropoyezdlar harakatini tashkil etish bo‘yicha amaliy choralar boshlandi. Janubiy Koreyada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport vazirligi va "Hyundai Rotem" kompaniyasi vakillari 8 ta zamonaviy yuqori tezlikdagi elektropoyezdni yetkazib berish bo‘yicha texnik shartlarni yakuniy bosqichda muhokama qilishdi.
⏱️ Ayni paytda Toshkent—Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd manzilga yetib borishi uchun 14 soatdan ortiq vaqt sarflaydi. Yangi tezyurar poyezdlarning ishga tushirilishi bu ko‘rsatkichni keskin kamaytiradi va yo‘lovchilarga yuqori darajadagi qulaylik yaratadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Texnologik OKNO
“Temiryoʻlinfratuzilma” АJ boshqaruv raisi S.A.Norqabilovning 2026-yil 2-iyun kunidagi 287-JDS-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, Joriy yilning 10-iyun kuni "Termiz MTU" filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev, “Darband temir yo‘l masofasi” filiali boshlig'i K.J.Normamatov va mas'ul rahbarlar boshchiligida, Darband temir yoʻl masofasi filiali xodimlari ishtirokida Sho‘rchi - Xayrabod temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 4573 km 4-piketida joylashgan 3,0 x 1,0 metr o‘lchamdagi temir beton quvrini 2,0 x 1,5 o‘lchamdagi temir beton quviriga va 4574 km 3-piketda joylashgan 1,0 x 1,0 metr o‘lchamdagi temir beton quvrini 1,0 x 1,5 o‘lchamdagi temir beton quviriga almashtirish ishlari bajarildi. Mazkur ishlar temir yo‘l ogʻir turdagi maxsus texnikalari yordamida bajarildi. Barcha jarayonlar uchun “OKNO” vaqti ajratilgan bo‘lib, poyezdlar harakati xavfsizligi to‘liq ta’minlandi. Rahbar va ishchi-xodimlar mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya qilgan holda ishlarni amalga oshirdilar. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Milliy libos – milliy g‘urur va qadriyatlar timsoli Juma – milliy liboslar kuni munosabati bilan “Termiz vagon ekspluatatsiya uchastkasi” filiali xodimlari ish faoliyatlarini milliy liboslarda olib bordilar. Milliy liboslar xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniy merosi, urf-odatlari va milliy qadriyatlarining yorqin ifodasi hisoblanadi. Ularni e’zozlash va keng targ‘ib qilish yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash hamda ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda yurtimizda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, milliy liboslarimizni ommalashtirish va ularni kundalik hayotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu ezgu maqsadlar yo‘lida “Termiz vagon ekspluatatsiya uchastkasi” filiali jamoasi ham faol ishtirok etib, milliy liboslarda ish jarayonlarida qatnashdi. Milliy liboslar nafaqat xalqimizning betakror madaniyatini namoyon etadi, balki milliy g‘urur, ma’naviy birlik va qadriyatlarga sadoqat ramzi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. #MilliyLiboslarKuni #TermizVagonEkspluatatsiyaUchastkasi #MilliyQadriyatlar #Temiryolchilar #MilliyGurur "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

#ob_havo_12_iyun 📍 Termiz 📱 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
#ob_havo_12_iyun 📍 Termiz 📱 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Assalomu alaykum!   
Juma tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!
☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

SIZNING MEHNATINGIZ – BIZ UCHUN IBRAT! “Termiz MTU” filiali Yuk tashish va stansiyalar bilan ishlash bo‘limi yetakchi muhandi
+3
SIZNING MEHNATINGIZ – BIZ UCHUN IBRAT! “Termiz MTU” filiali Yuk tashish va stansiyalar bilan ishlash bo‘limi yetakchi muhandisi Klichov Xushbak Ibragimovichning 60 yosh yubileyi munosabati bilan samimiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Uzel boshlig‘i tomonidan Xushbak Ibragimovichga hurmat va ehtirom ramzi sifatida chopon kiydirilib, qimmatbaho esdalik sovg‘asi topshirildi. Temir yo‘l sohasida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘zining mas’uliyati, fidoyiligi va boy tajribasi bilan jamoa orasida alohida hurmat qozongan xodimga chuqur minnatdorlik bildirildi. Xushbak Ibragimovich o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida temir yo‘l tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib, yosh mutaxassislarning malakali kadr bo‘lib yetishishida ham munosib ustoz sifatida xizmat qilib kelmoqda. Uning halol mehnati, kasbiga sadoqati va hayotiy tajribasi yosh temiryo‘lchilar uchun ibrat maktabidir. Tadbir ishtirokchilari Xushbak Ibragimovichni muborak yubileyi bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

TADBIRKORLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI Joriy yilning 11-iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi
+3
TADBIRKORLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI Joriy yilning 11-iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 15-maydagi 136-UN-sonli farmoyishi ijrosi doirasida "Termiz MTU" filiali boshlig‘i o‘rinbosari Sh.A.Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Termiz temiryo‘lchilar madaniyat saroyida Jarqo‘rg‘on, Termiz, G‘alaba, Uchqizil, Naushaxar, Sherabod va Boldir stansiyalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l xizmatlaridan foydalanuvchi tadbirkorlarning takliflari Uzel rahbariyati va soha mutaxassislari tomonidan qabul qilinib, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yuk tashish jarayonlarida qulayliklarni oshirish yuzasidan kelishib olindi.
Mazkur ochiq muloqot tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikni mustahkamlash va temir yo‘l orqali yuk tashish xizmatlari samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|