ch
Feedback
"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

前往频道在 Telegram

"Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo`l uzeli" filialining rasmiy telegram kanali Murojaat, shikoyat va takliflar uchun: @termizmtuboshligi Facebook: https://www.facebook.com/termiz.mtu/

显示更多
1 810
订阅者
+124 小时
无数据7 天
+2130 天
帖子存档
#Tugilgan_kun!!! "Termiz MTU" filiali Sherabod stansiyasi boshligʻi Boboyev Kamoliddin Omonovichni tug'ilgan kuni munosabati
#Tugilgan_kun!!! "Termiz MTU" filiali Sherabod stansiyasi boshligʻi Boboyev Kamoliddin Omonovichni tug'ilgan kuni munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor bo‘lishligini tilab qolamiz!!! Telegramm kanalimiz: 👉 @Termiz_MTU 👈

1-OKTABR — USTOZLAR VA MURABBIYLAR KUNI Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni bilan “Te
1-OKTABR — USTOZLAR VA MURABBIYLAR KUNI Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni bilan “Termiz MTU” filiali jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ustoz — bilim va tajribani avloddan avlodga yetkazib, yoshlarning kelajagini bunyod etuvchi sharafli kasb egasidir. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz va fidoyiligingiz tufayli ko‘plab yoshlar o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib kamol topmoqda. Temir yo‘l sohasida yosh kadrlarga o‘zining ko‘p yillik tajribasi va kasbiy bilimlarini o‘rgatib kelayotgan ustoz va murabbiylarning mehnati alohida qadrlidir. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz! Hurmat bilan, "Termiz MTU" filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev Telegram sahifamiz: 👉@Termiz_MTU 👈

Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Insta
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"TEMIRYO‘LCHI" gazetasining 2026 yil 1-oktyabr kunidagi 38-soni mutolaa uchun havola qilinadi. Rasmiy sahifamiz: 👉@Termiz_MTU 👈

Mavsum bo'yicha kasb kiyimini kiyish tartibi. 📆 1-oktyabrdan kasb kiyimining o'zgarishini sizga eslatib o'tamiz. Telegram sa
+1
Mavsum bo'yicha kasb kiyimini kiyish tartibi.
📆 1-oktyabrdan kasb kiyimining o'zgarishini sizga eslatib o'tamiz. Telegram sahifamiz: 👉 @Termiz_MTU 👈

QUMQO‘RG‘ON–XAYRABOD UCHASTKASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI Joriy yilning 30-sentyabr kuni Termiz transport prokurori Z.R.Tursunov
+3
QUMQO‘RG‘ON–XAYRABOD UCHASTKASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI Joriy yilning 30-sentyabr kuni Termiz transport prokurori Z.R.Tursunov hamda “Termiz MTU” filiali bosh muhandisi U.V.Muxitdinov tomonidan Qumqo‘rg‘on–Xayrabod uchastkasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida stansiyalarda poyezdlar harakati xavfsizligi, texnik vositalarning holati, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish intizomi masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, Elbayon–Sho‘rchi stansiyalari oralig‘ining 4556+482-kilometrida 1930-yilda qurilgan 1,0×1,0 metr o‘lchamdagi temir-beton quvurni 1,5×1,0 metr o‘lchamdagi beton quvurga almashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng 166-son Yo‘l mashina stansiyasi filialida olib borilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Telegram sahifamiz: 👉@Termiz_MTU 👈

#Tugilgan_kun!!! "Termiz MTU" filiali Sho‘rchi stansiyasi boshligʻi Allayorov Olimjon Xushboqovichni tug'ilgan kuni munosabat
#Tugilgan_kun!!! "Termiz MTU" filiali Sho‘rchi stansiyasi boshligʻi Allayorov Olimjon Xushboqovichni tug'ilgan kuni munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor bo‘lishligini tilab qolamiz!!! Telegramm kanalimiz: 👉 @Termiz_MTU 👈

“Termiz MTU” filialida kuzgi ko'rik davom etmoqda “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali korxona va tashkilotlarida kuz
+7
“Termiz MTU” filialida kuzgi ko'rik davom etmoqda “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali korxona va tashkilotlarida kuzgi ko‘rik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur ko‘riklar filial boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyevning 2026-yil 8-sentabrdagi 74-sonli “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko‘rik o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda. Navbatdagi kuzgi ko‘rik davomida Uzel bosh muhandisi U.V.Muxitdinov boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan hududdagi barcha filiallar faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ko‘rik jarayonida korxonalardagi mavjud sharoitlar, bino va inshootlarning texnik holati, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi talablari, hududlarning obodonlashtirilishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda ishlab chiqarish jarayonlarining belgilangan me’yorlar asosida tashkil etilgani o‘rganildi. Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Repost from Elektropoyezd.uz
HURMATLI YO‘LOVCHILAR! 🍔Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yil 30-sentyabr kuni quyidagi shaharlararo poyezdlar qatnovi bekor qil
HURMATLI YO‘LOVCHILAR! 🍔Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yil 30-sentyabr kuni quyidagi shaharlararo poyezdlar qatnovi bekor qilinadi: 6375-sonli Sarosiyo — Termiz 6378-sonli Termiz — Sarosiyo ✅6380-sonli Termiz — Sarosiyo shaharlararo poyezdi esa o‘z jadvali bo‘yicha harakatlanadi. Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. ✈️Ma’lumot uchun: +998 71 237-89-14 👍“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ matbuot xizmati 📱Telegram 🌐 Vebsite 📱Instagram

#ob_havo_29_sentyabr 📍 Termiz 🔗 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
#ob_havo_29_sentyabr 📍 Termiz 🔗 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Assalomu alaykum!   
Seshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!
☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Berlinda bir qator strategik muzokaralar o‘tkazdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik j
+2
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Berlinda bir qator strategik muzokaralar o‘tkazdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi delegatsiyasi “InnoTrans-2026” dunyodagi eng yirik transport texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida uchrashuvlarga boy dastur o‘tkazdi. Germaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan muzokaralar xalqaro hamkorlikning bir nechta asosiy yo‘nalishlarini qamrab oldi va O‘zbekistonning temir yo‘l sohasidagi global texnologik va logistika jarayonlarining faol ishtirokchisi maqomini mustahkamladi …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️ АО «Узбекистон темир йуллари» провело серию стратегических переговоров в Берлине Делегация акционерного общества «Узбекистон темир йуллари» провела насыщенную программу встреч в рамках крупнейшей в мире выставки транспортных технологий InnoTrans 2026. Переговоры, прошедшие в столице Германии, охватили несколько ключевых векторов международного сотрудничества и закрепили за Узбекистаном статус активного участника глобальных технологических и логистических процессов в железнодорожной отрасли …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️ |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

TEXNOLOGIK “OKNO” JARAYONIDAN
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari A.A.Kamildjanovning 2026-yil 17-sentabrdagi 345-YH-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 25-sentabr kuni Termiz temir yo‘l masofasi filiali xodimlari tomonidan navbatdagi texnologik ishlar amalga oshirildi. Mazkur ishlar doirasida Surxon - Qumqoʻrgʻon temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 4525-km 3-piket qismida temir yo‘l ostidan 2,3 × 2,0 metr o‘lchamdagi temir-beton tunnel qurish ishlari bajarilmoqda. Mazkur tunnelni barpo etishdan asosiy maqsad mahalliy aholi uchun temir yo‘l hududini xavfsiz kesib o‘tish bo‘yicha qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, piyodalar harakatini tartibga solish hamda noxush holatlarning oldini olish hisoblanadi. Temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda muhandislik inshootlarini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

26-sentyabr - Davlat xavfsizlik xodimlari kuni Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari! "Termiz mintaqaviy temir yo‘l uz
26-sentyabr - Davlat xavfsizlik xodimlari kuni Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari! "Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali jamoasi nomidan sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Vatanimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, davlatimiz manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarimizning osoyishta hayotini saqlash yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiqdir. Sizlarning mas'uliyat, matonat, va qat'iyat bilan bajarib kelayotgan faoliyatingiz tufayli yurtimizda barqarorlik mustahkamlanib, xalqimiz ertangi kunga ishonch bilan qarab yashamoqda. Sizlarga sog‘lik-salomatlik, xizmat faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar, xonadoningizga tinchlik va farovonlik tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak bo'lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

KEKSALAR E’ZOZDA — YIG‘ILISHDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI. Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushmasi
+3
KEKSALAR E’ZOZDA — YIG‘ILISHDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI. Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 1-oktabr — Xalqaro keksalar kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda kasaba uyushmasi faoliyatiga oid muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda kun tartibiga muvofiq, Keksalar haftaligini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muhokamalar davomida keksalarni e’zozlash, ularning ko‘p yillik mehnati va hayotiy tajribasini qadrlash, faxriy temiryo‘lchilarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jamoa shartnomasini takomillashtirish, xodimlarning mehnat va ijtimoiy manfaatlarini yanada samarali himoya qilish hamda mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi yuzasidan so‘rovnomaga asosan tegishli chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bunday uchrashuv va tadbirlarning izchil tashkil etilishi jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda faxriy temiryo‘lchilarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

QUMQO‘RG‘ON – QUDUQLI TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘
+3
QUMQO‘RG‘ON – QUDUQLI TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i G'.O.Mamadaliyevning 2026-yil 8-sentabrdagi 74-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on - Quduqli temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Filial boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda: 💬temir yo‘l izlari va uning texnik holati; 💬 strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi; 💬 sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati; 💬 temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi; 💬 signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati; 💬 yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati; 💬 kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TEMIRYO‘LCHI" gazetasining 2026 yil 24-sentyabr kunidagi 37-soni mutolaa uchun havola qilinadi. Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 😎 Telegramm |😎 Facebook |📱 Web|

#ob_havo_24_sentyabr 📍 Termiz 🔗 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 😎 Telegramm |😎 Facebook |📱 Web|
#ob_havo_24_sentyabr 📍 Termiz 🔗 https://obhavo.uz/termez Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 😎 Telegramm |😎 Facebook |📱 Web|

Assalomu alaykum!   
Payshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!
☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 😎 Telegramm |😎 Facebook |📱 Web|

Kuzgi ko’rik Komissiya a’zolari Quduqli stansiyasida kuzgi ko’rik tekshiruvini o’tkazishdi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizm
+7
Kuzgi ko’rik
Komissiya a’zolari Quduqli stansiyasida kuzgi ko’rik tekshiruvini o’tkazishdi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Telegramm kanalimiz: 🚉 👉 ✈️@Termiz_MTU 👈