cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Мuborak tumani hokimligi

Muborak tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Sahifalar: https://linktr.ee/muborak_info

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 722
مشترکین
-1024 ساعت
-77 روز
+2030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Qashqadaryo viloyati hokimligining Moskva shahrida savdo vakolatxonasi ochildi Xabar berganimizdek, Murotjon Azimov rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Moskva shahrida  Qashqadaryo viloyatining Savdo vakolatxonasi ochildi. (Manzili: Moskva shahri, Yakimanka ko'chasi, 22-uy). Vakolatxonaning asosiy maqsadi - Moskva shahri va viloyati bozoriga mahalliy tadbirkorlar mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish, salohiyatli investorlar va tadbirkorlar bilan faol muloqotni yo'lga qo'yish, viloyatga rossiyalik investorlarni jalb etish uchun loyiha takliflarini tayyorlash va boshqalardan iborat. Tez kunda vakolatxonani yuridik maqomini belgilash ishlari to'liq yakunlanadi. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
👏 2👍 1🔥 1
01:36
Video unavailableShow in Telegram
Tuyalari bor, gazga makon—Muborak tumani 🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇 https://t.me/+UjOf6LoeHTEyZWQy
نمایش همه...
👍 4🔥 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 1
🔥 MUBORAK TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI QAYTA TIKLANMOQDA! Avariya tufayli o‘chirilgan ta'minot qayta tiklanmoqda. Ayni daqiqalardan tumanning O‘zbekiston, Muborak, "Do‘stlik", "Ko‘hnashahar" mahallasidagi 686 xonadonda gaz ta'minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda. ❗️Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling! "Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
نمایش همه...
Muborak tumanidagi harbiy qismda mirishkorlik yoshlar uchun tadbir bo‘lib o‘tdi Janubi-G‘arbiy Maxsus Harbiy okrugi hamda Mirishkor tumani Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan Muborak garnizoniga qarashli harbiy qism bilan o‘zaro hamkorlikda "Harbiy qismda bir kun“ loyihasiga asosan tadbir o‘tkazildi. Mirishkor tumanining 1-sektor hududidagi yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlarni tashkil etish bo‘yicha navbatdagi tadbir boʻlib oʻtkazildi. Bunda o‘quvchi hamda og‘ir toifadagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qism xizmatchilarining kundalik faoliyati, o‘rnatilgan tartib va qoidalar, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha ma‘lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
"Inson qadri va manfaatlari uchun” Jinoyat ishlari bo’yicha Muborak tuman sudi raisi O. Begimqulov tomonidan "Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida tumandagi “Bobur” mahallasida keng jamoatchilik ishtirokida davra suhbati va sayyor qabul tashkil etildi. Kanalga obuna bo‘ling: 👉https://t.me/muborakinfo
نمایش همه...
👍 2🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Челленж #Китоб_улаш 25 май - Сўнгги қўнғироқ куни! Жорий йилги сўнгги қўнғироқ тадбирлари дабдабадан ҳоли, самимий руҳда ўтказилиши белгиланди. Шу мақсадда, кўплаб воҳадошларимиз ўзлари таҳсил олган мактабига китоблар совға қилиш орқали маърифат улашишни режа қилган. Сиз ҳам челленждан четда қолманг!
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
FUQAROLIKKA QABUL QILISH UCHUN TIL DARAJASINI BILISH IMTIHONLARIGA ELEKTRON ARIZA BERISH TARTIBI BELGILANDI ✅ Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga 2023-yil 14-avgust kuni 368-sonli Qaror asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. ✅ Unga koʻra, endilikda fuqarolikka qabul qilish uchun chet davlat fuqarosi yoki fuqarosi boʻlmagan shaxslar davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan oʻtish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali  elektron murojaat qilishlari mumkin. ✅ Sinov imtihoni test, yozma va ogʻzaki shakllarda oʻtkaziladi. ✅ Davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonini topshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 % miqdorida toʻlov toʻlanadi. ✍ MUBORAK TUMAN IIB MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH GURUHI.
نمایش همه...
👍 1
Muborakda ishsiz aholi bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi Bugun, 24-may kuni Muborak tumanidagi kasb-hunar maktabi binosida Muborak tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman IIB va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi. Ushbu mehnat yarmarkasida  tumandagi 60 ga yaqin tashkilot/korxonalar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida asosan, vaqtinchalik ishsiz xotin-qizlar, yoshlar hamda yaqinda migratsiyadan qaytgan fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan bo‘sh o‘rinlari bilan tanishdi. O‘zlariga ma'qul kelgan ishga joylashish borasida yo‘llanma berildi. Kanalga obuna bo‘ling: 👉https://t.me/muborakinfo
نمایش همه...
👍 4👏 2🔥 1
“Muborak GQIZ”da “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining K/R 13-355 xatiga asosan Muborak gazni qayta ishlash zavodi Komlayens nazorat departamentining xududiy komplayens inspektorlari boshchiligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha kengaytirilgan uquv seminar trening o‘tkazildi. Uquv seminar trening davomida xududiy kompleans inspektorlari Anvar Toirov hamda Elyor Daminovlar so‘zga chiqib korrupsiya xavf xatarlari to‘g‘risida batafsil tushintirish berib o‘tdilar, hamda o‘quv seminar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha  savollariga to‘liq javob berishdi. 👉https://t.me/muborakGQIZ
نمایش همه...
👍 4👏 2💯 2🤝 1