Shokir Tursun qarashlari
رفتن به کانال در Telegram
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling: https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari Ta'lim
نمایش بیشتر5 514
مشترکین
-424 ساعت
-327 روز
-10630 روز
آرشیو پست ها
Repost from Sandiq
📺 5-iyunda oʻtilgan darsning yozib olingan nusxasi.
Bilimlarni mustahkamlab olishingiz mumkin.
Ushbu xabarni boshqalarga ham ulashish yodingizdan chiqmasin.
Attestatsiya kursi boʻyicha barcha maʼlumotni @shtmenejer dan olishingiz mumkin.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Sandiq
👨💻 Omonimlar | Sandiq: attestatsiya
3-iyun kuni oʻtilgan mavzu yuzasidan topshiriq.
Faqat bir marta ishlang.
Attestatsiya kursi boʻyicha barcha maʼlumotni @shtmenejer dan olishingiz mumkin.
TESTNI BOSHLASH
P.S. Har bir darsdan keyin mana shunday testlar berib boriladi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Sandiq
📺 3-iyunda oʻtilgan darsning yozib olingan nusxasi.
Bilimlarni mustahkamlab olishingiz mumkin.
Ushbu xabarni boshqalarga ham ulashish yodingizdan chiqmasin.
Attestatsiya kursi boʻyicha barcha maʼlumotni @shtmenejer dan olishingiz mumkin.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Sandiq
👨💻 Maʼno koʻchishi | Sandiq: attestatsiya
Bugun oʻtilgan mavzu yuzasidan topshiriq.
Faqat bir marta ishlang.
Attestatsiya kursi boʻyicha barcha maʼlumotni @shtmenejer dan olishingiz mumkin.
TESTNI BOSHLASH
P.S. har bir darsdan keyin, mana shunday testlar berib boriladi
👉 Kanalga ulanish
Repost from Sandiq
📺 1-iyunda oʻtilgan darsning yozib olingan nusxasi.
Bilimlarni mustahkamlab olishingiz mumkin.
Ushbu xabarni boshqalarga ham ulashish yodingizdan chiqmasin.
Attestatsiya kursi boʻyicha barcha maʼlumotni @shtmenejer dan olishingiz mumkin.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Sandiq
Sandiq: attestatsiya jamoasidan yana bir bepul dars!
Mavzu: Xalq ogʻzaki ijodi: janrlar
Maʼruzachilar: Mansur Siddiq, Shokir Tursun
Boshqalarga ham yuborish yodingizdan chiqmasin.
P.S. dars zoom va youtube platformalarida tashkillanishi rejalashtirilgan.
👉 Kanalga ulanish
🔥 Darslik mualliflari attestatsiyaga tayyorgarlik kursi ochishdi!
Ona tili va adabiyot hamda oʻzbek tili ustozlari uchun ajoyib imkoniyat. Endi siz tavsiya etilgan darsliklarning mualliflaridan dars olib kuzgi attestatsiyaga tayyorlanishingiz mumkin.
Darslar 1-iyundan boshlanadi va attestatsiya kunigacha davom etadi.
‼️ Eng muhimi, bugungi dars hamma uchun ochiq boʻladi.
✔️ Ochiq darsga kirish uchun Sandiq kanaliga obuna boʻlishingiz kifoya. Shu kanalda dars havolasi beriladi.
🗓 Kurs haqida barcha maʼlumot hamda dars namunalari bilan tanishish uchun telegram kanalimizga obuna boʻling hamda qadalgan xabarni oʻqing.
https://t.me/+fz89_F9yNrNkY2Zi
https://t.me/+fz89_F9yNrNkY2Zi
https://t.me/+fz89_F9yNrNkY2Zi
✉️ Kurs administratoriga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat: @shtmenejer
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” — maktablardagi intizom haqida suhbat
O‘quv yili yakunida Toshkentdagi maktablardan birida intizomsiz o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi, lekin yakunda u aybsiz deb topildi. Tarmoqlarda kimdir o‘qituvchini qoraladi, kimdir esa o‘quvchi va uning ota-onasini.
Kun.uz shu maktab direktori va jamoatchilik faollari ishtirokida bu kabi holatlarga olib kelayotgan sabablarni muhokama qildi.
Ekspertlar fikricha: - o‘qituvchining qo‘lida birorta richag yo‘q; - ko‘p bolalarga ota-onaning ham so‘zi o‘tmayapti; - ajrimlar ko‘p, ayrim sinflarda hatto har ikkita o‘quvchidan birining ota-onasi ajrashib ketgani vaziyatni murakkablashtiradi.📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Mansur Siddiq ustoz bilan birgalikda boshlagan loyihamiz Sandiq: attestatsiya darslari boshlanishiga bir kun qoldi.
Rasmda birinchi hafta dars jadvali aks etgan.
1-iyundagi darsni hamma uchun ochiq tarzda tashkillaylikmi?
Kurs haqida ma’lumot olish uchun @shtmenejer ga yozing.
Aytganday, bugun chegirmaning oxirgi kuni.
@birgap
Repost from Rasmiy axborot
⚡️ Ustoz qadri baland bo‘lsa, millat ravnaq topadi!
Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
✅ Ko‘pchilik turli taxminlar qildi, ammo rasmiy tekshiruv va adolatli tergov xulosasi vaziyatga butunlay oydinlik kiritdi: O‘qituvchi aybsiz deb topildi!
⚠️ Aniqlanishicha, muallim dars jarayonini va o‘z kasbiy sha’nini qonuniy doirada himoya qilgan. Intizomni buzgan, ustoziga bepisand munosabatda bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan esa qonuniy tartibda ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.
🔔 Bu voqea va uning huquqiy yechimi jamiyatimiz uchun juda muhim bir haqiqatni ko‘rsatib berdi: Davlatimizda adolat hamisha qaror topadi! O‘qituvchi shunchaki oddiy xodim emas, u — kelajak avlodni shakllantirayotgan davlat vakilidir. Bugun qonunlarimiz ham, davlatimiz ham pedagogning obro‘-e’tibori va qadr-qimmatini yuksak darajada himoya qilmoqda.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Agar oʻquvchi dars oʻtishga xalaqit beraversa, ichki ishlar nozirini chaqirish sizga foyda beradimi?
Oʻzi bu vaziyatda nimalar qila olasiz, amaliy?
@birgap
Oʻquvchiga 2 qoʻysangiz yoki unga umuman baho qoʻyishdan bosh tortsangiz nimalar boʻladi?
@birgap
Rosa mashhur boʻlgan voqeaning boshlanishi.
Oʻqituvchi bolani urgani uchun jazolanishi, oʻquvchi mana bu qilmishlari uchun jazolanishi shart. Faqatgina oʻqituvchi jazo olsa adolatimiz ishlamayotgan boʻladi.
P.s. videodagi yozuvlar meniki emas.
@birgap
Repost from Ulug‘bek Po‘latov
O‘qituvchilarga chegirma bermaslik to'g'risida qaror loyihasi e’lon qilinibdi
Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz — chegirma bermaslik to'g'risida qaror loyihasi! O‘qituvchilarga yiliga bir marta samolyot va poyezd chiptalari narxiga chegirma berish bo‘yicha e’lon qilingan hujjat loyihasini o‘qib, “undan ko‘ra, shu chegirmani umuman bermay qo‘ya qolishmabdi-da?”, degan xayol o‘tdi.
Chegirma ham juda katta — 15 foiz. Bu chegirmani olish uchun esa o‘qituvchi ishlayotgan maktab TOP-100 talikka kirgan bo‘lishi kerak. Qiziq tomoni, maktablar reytingi ham 2023-yildan buyon yuritilmaydi. Xullas, o‘qituvchi TOP-100 talikka kirgan maktabda ishlashini isbotlash uchun bir qancha xat-hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu chegirmalar tezyurar (qimmatroq) poyezd chiptalari uchun amal qilmas ekan. Ya’ni chegirma faqat ekonom klass hamda platskart yoki kupe vagonlari uchun amal qiladi.
P.S: Xalqtaliminfo.uz'da buni yangilik sifatida yozgani biroz uyaldim, ochig'i.
@u_pulatoff
Oʻquvchini sinfdan sinfga qoldirish tartibi qanday?
Nimalar qilish kerak? Batafsil ma’lumot bera oladiganlar bormi?
@birgap
Shu kunlarda yana bir juda gʻalati gap aylanib yuribdi. Nima emish, "Boychechak" qoʻshigʻi jadidlarga, xususan, Choʻlponga atab yozilgan emish.
Boychechakni tutdilar
Tut yogʻochga osdilar
Qilich bilan chopdilar
Baxmal bilan yopdilar
Ayni mana shu toʻrtlik va Choʻlponni otishga oʻq qolmasdan uni bolta bilan chopib oʻldirishgani haqidagi gap birlashib "Boychechak" qoʻshigʻi aslida Choʻlpon haqida degan gap urchidi.
Keling, miyani biroz sovitib, faktlarga tayanib oʻylab koʻramiz.
Choʻplon rostdan ham bolta bilan chopib tashlanganmi?
Jadidlarning otuv hukmi bajarilayotgan vaqtda NKVDchilarda oʻq tugab qoladi, Choʻlpon esa hali tirik. Uni bolta bilan chopib oʻldirishadi. Umuman olganda, bu gap qiziq, hissiyotlarimizni oʻynatadi. Ammo Choʻlponning boltalangani haqida biror aniq fakt yoʻq. Adabiyotshunos Naim Karimovning aytishicha, Choʻlpon otuvga olib ketilayotganda men ustozlarim otilishini koʻrishni istamayman, meni birinchi boʻlib oʻdiringlar deb "janjal" koʻtargan. Keyin uni askarlar ura boshlagan. Qoʻllarida teshami, boltami boʻlgan.
Eʼtibor bering, chopib tashlash haqida gap yoʻq. Choʻlponni oʻsha yerda urib oʻldirishgani ham fakt emas. Tasavvur qiling, oʻsha paytdagi eng yirik oʻlim mashinasida oʻq tugab qolishi aqlga sigʻadigan ishmi? Biror hujjat bormi Choʻlponning boltalangani haqida? Choʻlpon haqida eng koʻp maʼlumot biladigan Naim Karimov fakt yoʻq deb turibdi-ku. Boltalanganiga ishonmayman deb turibdi-ku.
"Boychechak" qoʻshigʻi Choʻlpon haqidami?
Kechirasizlar, shu maʼlumotni tarqatgan odam yo matematikani bilmaydi, yo Choʻlponni tanimaydi. Axir bu qoʻshiq Choʻlpondan kamida 300 yil katta (agar 1000 boʻlmasa) boʻlsa kerak. Dono xalqimiz 300 yildan keyin tugʻiladigan odam haqida qoʻshiq yozmagandir. Mana shu argumentning oʻziyoq bu gaplarning haqiqatga zid ekanini isbotlashga yetarli.
"Boychechak" qoʻshigʻi nima haqida?
Bu qoʻshiqning mazmuni haqida ikki xil qarash bor. Biri qoʻshiqni bahor elchisiga bagʻishlab kuylangan mavsum qoʻshigʻi ekaniga ishora qiladi, ikkinchisi, boychechak oʻgʻil bola farzandning beshikka belanishi jarayoni haqidagi qoʻshiq ekanini taʼkidlaydi.
Shaxsan menga bu qoʻshiq avval oʻgʻil bolaning beshikka belanishi haqida boʻlgan, keyinchalik odamlar bu mazmunni unuta borgan va bahor elchisi haqidagi qoʻshiqqa aylanganday tuyuladi.
Qani, siz ikkinchi qarash boʻyicha qoʻshiqni tahlil qilib koʻring-chi?
Agar siz ham bu qoʻshiq Choʻlpon haqida deydiganlardan boʻlsangiz, oʻz fikringizni himoya qilishingiz mumkin. Maydon beraman.
@birgap
"Qargʻalar uchsa qaraylik" qoʻshigʻi mazmuni, tarixi haqidagi mana bu maʼruzada qoʻshiq matniga mos tushmaydigan oʻrinlar juda koʻp. Lekin bizni sogʻlom aqldan koʻra koʻproq hissiyotlar boshqaradi (bu yomon, notoʻgʻri demayapman). Shuning uchun ham notoʻgʻri boʻlsa ham shu versiyani yaxshi koʻraveramiz.
Qoʻshiq haqidagi qarashlar va qaysi biri haqiqatga yaqin ekanini haqida avval ham yozgandim.
Birinchi qarash
Ikkinchi qarash
Aslida ikkinchi qarash haqiqatga juda yaqin (qoʻshiqning soʻzlari buni aytib turibdi). Birinchi qarashning tarixiy haqiqatga yaqin ekanini tasdiqlovchi birorta ham manba koʻrmaganman.
P.S. mana shunaqa gaplarga aldanavermanglar, oʻquvchilarga ham haqiqatni yetkazish vazifamiz.
@birgap
Repost from Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
📣 ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
Qabul muddati:
🗓15-maydan 4-iyungacha
💻 Hujjatlar ONLAYN tarzda quyidagi platformalar orqali topshiriladi:
🌐 my.gov.uz
🌐 ariza.piima.uz
❓Ijod maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?
Ijod maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
🔹oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
🔹tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
🔹ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari,
🔹bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.
❓Ijod maktabining nechanchi sinflariga qabul qilinadi?
🔶Ijod maktabiga 6-sinfni tugatgan o'quvchilar 7-sinfga (jami 40 ta o'rin);
🔶shuningdek, 7-sinfni tugatgan o'quvchilar 8-sinfga (2 ta bo'sh o‘rin) qabul qilinadi.
☎️ Maktab murojaatlar markazi: +99895-479-20-80
☎️Call-markaz: 1206
🔹Telegram |🔹 Facebook |
🔹Instagram |🕊Twitter |
📺YouTube |🌍 Web |
Repost from Xalq ta’limi Info
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Avvalroq pedagog xodimlarni o‘z mablag‘lari hisobidan Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan malaka oshirish kurslariga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani haqida xabar bergandik.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi xalqtaliminfo.uz'ga izoh berib, maqolada tilga olingan malaka oshirish kurslari faqatgina o‘z hisobidan xorijga borish istagini bildirgan pedagoglar uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida yo’lga qo’yilganini ma'lum qildi.
Markazning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda hech bir pedagogni o‘z hisobidan chet davlatda malaka oshirishga majburlash holatlari uchramagan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1599
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
PhD tadqiqotchiligi yoʻlida ilmiy rahbarim, ustoz Klaraxon Mavlonova bilan birgalikda tayyorlagan darsligimiz nashr etishga ruxsatnoma oldi🔥
Juda-juda xursandman🥳
Endi magistratura bosqichidagi "Lingvodidaktika asoslari" fanining oʻz darsligi bor.
Darslikda zamonaviy til oʻqitish yondashuvlarining barchasini qamrab olishga harakat qilganmiz.
Manfaatli boʻlsin!
@birgap
