cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ulug‘bek Po‘latov

Bu kanalda ba’zida yangilik, ba’zida tahliliy ma’lumotlar, ba’zida esa tanqidiy fikrlar berib boriladi.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
4 199
مشترکین
-124 ساعت
-267 روز
-3830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston talabalari chet elda eng ko‘p o‘qiyotgan 5-dunyo mamlakati deb topilibdi Ochig‘i, men bu xabarning yaxshi yoki yomon ekanligiga unchalik tushunmadim. Ko‘pchilik xursand bo‘lib yozyapti lekin. Katta ehtimol bilan bu yerda bizning reytingni qo‘shni davlatlardagi talabalarimiz soni keskin ko‘tarib yuborgan. Yana bir tomondan bu reyting ko‘rsatgichlari o‘sha davlatning o‘zida nufuzli oliygoh kamligiga ishora emasmikan deb ham o‘yladim. 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
👍 6🤔 1
Nima uchun men uyda ham ishxonam haqida o'ylayveraman? "Profi University" mening o'z oilam kabi qadrdon bo'lib qolgan. Bilmadim, negadir bu yerga ishga kelmasimdan avval ham ko'rinmnas ip meni "Profi"ga bog'lab turardi. Ba'zan (u yerda ish boshlamasimdan avval) "Profi" haqida yozib qolsam, tanish blogerlar reklama uchun qancha to'lashdi deb so'rashardi. Lekin men u postlarni shunchaki "Profi"ning qadriyatlari menga yoqqani uchun yozardim aslida. U vaqtda hech kim bilan aloqam ham bo'lmagan. Yaqinda "Profi" tarixi haqida ajoyib video e'lon qilindi. Shu 8 daqiqalik videoni hozirgi kunga qadar 25-30 marta ko'rib chiqqanman. Va har safar ta'sirlanaveraman. Menimcha, mana shu ajoyib hikoya uyda ham "Profi" haqida o'ylashga majbur qilsa kerak. Shuning uchun ham o'zimni eng baxtli xodim deb bilaman. Balki siz ham videoni ko'rarsiz... ▶️ Videohttps://youtu.be/K13Z9vYHgyA?si=qkj8p_8MrV6s3glA
نمایش همه...
"Profi University" tarixi

"Profi University" qanday paydo bo'ldi?Ko'pchilik "Profi Education" nomini eshitgan: bir necha yillar oldin yangicha g'oya va sifatli ta'lim beruvchi o'quv m...

👍 11👏 2🔥 1
Shu kunlarda qariyib ekstremal G5 darajali 9 ballik geomagnit qo‘zg‘alish ta’sirida bo’libmiz Bu eng kuchli qo‘zg‘alish. Ma’lum bo’lishicha, bugun xavfsiz qo‘zg‘alishlarga qaytgan. Kuchli magnit bo‘roni Yerda qutb yog‘dularini keltirib chiqardi. Fotogalereya 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
👍 2
05:22
Video unavailableShow in Telegram
Firibgarlikning yangicha turi chiqdi, hushyor bo’lamiz Kechagi voqea haqida batafsil gapirib berdim. Ishoning bu turdagi firibgarlikka duch kelganingizda qanday qilib chuv tushganingizni sezmay qolasiz. Megabaytlarga achinmay, videoni batafsil ko’rib chiqing. 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
👍 17🤔 1😢 1
Repost from Bektosh Khatamov
Эҳтиёт бўлинг фирибгарлар. Янгича фирибгарлик чиқди, бировнинг аккаунти олинади, унинг барча танишларига картамга пул ташлаб туринг деб ёзиб чиқади, улар орасида кимдир пулни кўчириб беради, кўчириб берган одамдан иложи бўлса яна керак бўлиб қолди деб яна пул тушириб беришни илтимос қилади. Карта ўлган одамнинг ёки бирор бомжнинг номида бўлади! Секин пул ечиб олинади, шу билан пулга ухладингиз. Ҳозиргина бизнинг шогирдлар шунга тушиб қолишибди. Ҳа, овозни ўхшатиб телефон қилишлари ҳам мумкин, буни сунъий интеллект бажариб беряпти. Овоз бирга бир, бирданига пул кўчириб берманг. Шахсий савол берсангиз, бирданига тутилиб қолади. @bektoshkhatamov
نمایش همه...
👍 23🤓 3
Hozirgina meni 2 mln so'mga "uxlatishdi" Tanishim nomidan pul so'rashdi. Uni profili edi. Rasmi va o'zining usernamesi ham bor edi. Yaqin tanish edi. 2 mln berib turing ertalab naqt beraman desa ishonibman. Darhol tashlab beribman. 🤦‍♂️ Batafsil keyin aytib beraman. Xullas, yaqinlar pul so'rab qolsa berib yurmanglar. Tinchgina naqt beraveringlar. 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
😢 15👍 6
00:47
Video unavailableShow in Telegram
“Tanaffus” podkastning navbatdagi sonida ustamalar mavzusi muhokama qilindi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Xo’jaqulov Laziz Choriyevich bilan pedagog xodimlarga beriladigan ustamalar haqida gaplashdik. Tez kunlarda podkastning to’liq videosi e’lon qilinadi. YouTube sahifamiga hoziroq obuna bo’ling — https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
👍 10👏 3🔥 2
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Mana haqiqiy jurnalistika Men bo'lsa bitta kamera va mikrafon uchun o'zimcha xursand bo'lib yuribman :)) 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
👏 7🔥 2😁 2🤣 2
JEK haqida eshitganmisiz? Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar JEK haqida yaxshi bilsa kerak. Ba’zan bu tashkilotni shirkat ham deyishadi. Bu tashkilotga ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar har oyda majburiy tartibda pul to‘lashadi. Hozir ana shu majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdorlari oshirilibdi. Bu haqda Uy-joy va kommunal xo‘jalik vazirligining tegishli buyrug‘i imzolandi. Hujjatga asoslansak narxlar ko‘tarilishini bilish mumkin, demoqda Bahodir Ahmedov. *** Marg‘ilonda 1 xonali kvartiramiz bo‘lardi. Doim shirkatdan qarz bo‘lib qolaverardik. Ammo kvartira atrofini ham o‘zimiz tozalardik. Podvalga suv tashib ketsa ham, kanalizatsiyada umumiy muammo kuzatilsa ham, ko‘chalarni asfalt qilish kerk bo‘lib qolsa ham buning uchun alohida pul yig‘ardik. Shunaqa paytda "JEK nima ish qiladi?" degan savol meni ko‘p qiynardi. Lekin shu vaqtga qadar javob ololmaganman. Hozir ham kvartiralar hududiga deyarli qarashmaydi. Lekin har oyda pulini oladi. Balki hammasi ham emasdir...
Lekin yuqoridagi hujjatda "ko‘p kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdorlari" - degan jumlalar ishlatilgan.
Lekin ular shu ishlarni ular qilyaptimi? 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
👍 3🔥 1
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Angrenda shunaka joy bor deyishyapti Oramizda angrenliklar bo'lsa to'liq manzili va lokatsiyasini yozib yuborsa juda yaxshi ish bo'lardi. 👉@u_pulatoff
نمایش همه...
👍 17🤩 3🤓 1