fa
Feedback
RICHSHUI maxsus texnikum

RICHSHUI maxsus texnikum

رفتن به کانال در Telegram

Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: 71.263-50-27 Direktorga murojaat: 📲 @RICHMT_direktorga_murojat_bot Telegram kanal: 👉🏻 https://t.me/Richmaxsustexnikum

نمایش بیشتر
535
مشترکین
+124 ساعت
-17 روز
-1030 روز
آرشیو پست ها
+8
📌 Amaliy mehnat – sifatli mahsulot garovi 🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘quvchilari tomonidan "To‘rt Fasl Fayz" M.Ch.J buyurtmasiga asosan erkaklar va qizlar uchun zamonaviy hamyonlar ishlab chiqarilmoqda. 🧵 Ishlab chiqarish jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqda. Har bir tayyor mahsulot sifat va did bilan yaratilmoqda. 💼 Mazkur faoliyat o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish hamda kelgusida daromad topishlariga xizmat qilmoqda. ✨ Mehnat – taraqqiyot va muvaffaqiyat kaliti! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

📚 Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti amalga oshirildi 🌍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxs
+4
📚 Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti amalga oshirildi 🌍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Ohangaron tumani 7-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. 🪐Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, kasb-hunar egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakda ta’limni davom ettirish yuzasidan zarur tavsiyalar oldilar. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

Repost from OTFIV | Toshkent
Kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi ❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi. Ushbu tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni ommalashtirish hamda xalqaro maydonda yurt nufuzini oshirishga qaratilgan. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://Uzskills.uz 📌Tanlovda ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Telegram-bot

📢 Tashrif amalga oshirildi 🏫 101-son maktab-internati o‘quvchilari Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisosl
+8
📢 Tashrif amalga oshirildi 🏫 101-son maktab-internati o‘quvchilari Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumiga tashrif buyurishdi. 👩‍🏫 Tashrif davomida mehmonlarga texnikum faoliyati, mavjud yo‘nalishlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 🎯 O‘quvchilar texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida o‘qishni davom ettirish maqsadida tashrif buyurishdi. 🤝 Shuningdek, o‘quvchilar amaliy mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

📢 Tashrif amalga oshirildi 🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvch
+8
📢 Tashrif amalga oshirildi 🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari, o‘quvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan 101-son maktab-internatiga tashrif buyurildi. 🤝 Tashrif davomida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, kasb-hunar yo‘nalishlari hamda ta’lim olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🎯 Ushbu tashrif yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularning kelajakdagi faoliyatiga to‘g‘ri yo‘l tanlashlariga ko‘maklashishga qaratildi. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

📢 Targ'ibot - tashviqot tadbiri o‘tkazildi 🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus tex
+3
📢 Targ'ibot - tashviqot tadbiri o‘tkazildi 🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘quvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Bo‘stonliq tumani 125-son ixtisoslashtirilgan maktabda targ'ibot - tashviqot tadbiri tashkil etildi. 👩‍🏫 Tadbir davomida o‘quvchilarga turli kasblar, ularning imkoniyatlari hamda kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 🎯 Ushbu tadbir yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni kelajakda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

✨Yoshlar kelajagi — sog‘lom hayot va to‘g‘ri tanlovda! 🚫 #stopnarko xeshtegi ostida Respublika imkoniyati cheklangan shaxsla
+4
✨Yoshlar kelajagi — sog‘lom hayot va to‘g‘ri tanlovda! 🚫 #stopnarko xeshtegi ostida Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” mavzusida mazmunli seminar bo‘lib o‘tdi. 💎 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 💫Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash masalalari muhokama qilindi. 🤝 Seminar jarayonida ishtirokchilar zararli odatlarga qarshi kurashishda barchaning birdamligi, yoshlarni turli tahdidlardan asrash hamda ularni vatanparvar, bilimli va ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalash muhim ekanini ta’kidladilar. 🇺🇿Narkomaniyaga “YO‘Q” deymiz va faqat yuksak marralar sari intilamiz! 👉👉👉🕊️ Telegram | 🕊️ Instagram | 🕊️ Facebook

🏫 Kasbga yo‘naltirish ishlari davom etmoqda 📍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus tex
+3
🏫 Kasbga yo‘naltirish ishlari davom etmoqda 📍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 11-son maktab-internatida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 🎯 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. 🤝 Tadbir davomida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

👉 Milliy o‘zlik — millat taraqqiyotining asosi! 🇺🇿 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan max
+4
👉 Milliy o‘zlik — millat taraqqiyotining asosi! 🇺🇿 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Milliy o‘zlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 📚 Mashg‘ulot davomida milliy o‘zlik tushunchasi, xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, urf-odat va an’analari, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘ularining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘z milliyligini anglash, ona tiliga hurmat, ajdodlar merosini asrab-avaylash har bir yoshning muhim burchi ekani ta’kidlandi. ✨ Dars jarayonida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, milliy qadriyatlarni asrash, ma’naviy merosni davom ettirish va zamonaviy bilimlar bilan uyg‘un holda rivojlanish masalalari muhokama qilindi. 🤝 Mashg‘ulot davomida yoshlarning milliy o‘zligiga bo‘lgan hurmati, Vatanga muhabbati hamda jamiyat oldidagi mas’uliyat hissini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 🌟 Milliy o‘zligini anglagan yosh — kelajakni ishonch bilan bunyod etadi! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

Repost from OTFIV | Toshkent
Agar Siz kasbiy ta’lim muassasalarida korrupsiya holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, majburiy mehnat yoki boshqa shubhali xatt
Agar Siz kasbiy ta’lim muassasalarida korrupsiya holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, majburiy mehnat yoki boshqa shubhali xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasiga xabar berishingizni so‘raymiz. 📌 Sizning murojaatingiz muhim va e’tiborsiz qoldirilmaydi. Murojaat yuborish uchun: Elektron pochta: otfiv_tashkent@umail.uz Telegram bot: @OTFIV_Tashkent_bot Telegram: @Boshqarmaga_murojaat 🔒 Ma’lumot beruvchining shaxsi qat’iy ravishda sir saqlanadi. ⚖️ Qonuniylik va adolatni ta’minlash — barchamizning umumiy vazifamizdir. **************** Если вы столкнулись с фактами коррупции, конфликтом интересов, принудительным трудом или иными подозрительными действиями в учреждениях профессионального образования, просим вас сообщить об этом в Управление профессионального образования города Ташкента. 📌 Ваше обращение важно и будет обязательно рассмотрено. Для обращения: Электронная почта: otfiv_tashkent@umail.uz Telegram-бот: @OTFIV_Tashkent_bot Telegram: @Boshqarmaga_murojaat 🔒 Конфиденциальность заявителя гарантируется. ⚖️ Обеспечение законности и справедливости — наша общая задача. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Telegram-bot

🩺 Salomatlik – eng katta boylik. Texnikumimizda OITSga qarshi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 📚✨ Respublikamizda yoshlar ta
+4
🩺 Salomatlik – eng katta boylik. Texnikumimizda OITSga qarshi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 📚✨ Respublikamizda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy kamoloti yo‘lida olib borilayotgan ishlar doirasida Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumimizda OITSga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi. 🩺 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan OITS kasalligining kelib chiqish sabablari, uning oldini olish yo‘llari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida foydali ma’lumotlar berildi. 💡 O‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, salomatlikni asrash har bir insonning eng katta boyligi ekanini yana bir bor anglab yetdilar. 🌿 Sog‘lom avlod – yurt kelajagi! Salomatligimizni asraylik, hayotga befarq bo‘lmaylik! 👉👉👉🕊️ Telegram | 🕊️ Instagram | 🕊️ Facebook

📢 Kasb tanlashga yo‘naltirish tashrifi 🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texniku
+2
📢 Kasb tanlashga yo‘naltirish tashrifi 🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari tomonidan yangi o‘quv yiliga o‘quvchilarni jalb etish maqsadida 100-son maxsus maktab-internatiga proforientatsion tashrif amalga oshirildi. 🎓 Tashrif davomida o‘quvchilarga ta’lim muassasamizdagi yo‘nalishlar, mavjud sharoitlar, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari hamda kelajakda bandlikni ta’minlash borasidagi afzalliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 💬 Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari o‘rganildi va o‘zlariga mos kasb tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. ✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakdagi kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

👉 Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur manbai 🏛 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus
+3
👉 Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur manbai 🏛 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida kitobxonlikni targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etildi. 📚 Mashg‘ulot davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning tafakkurni kengaytirish, dunyoqarashni boyitish, ma’naviy barkamollikka erishishda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Kitob mutolaasi orqali inson o‘z bilimini oshirishi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi, nutq madaniyatini yuksaltirishi hamda hayotiy qarashlarini shakllantirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi. 📖 Shuningdek, o‘quvchilarga badiiy, ilmiy-ommabop va motivatsion adabiyotlarning ahamiyati, mashhur yozuvchi va mutafakkirlarning asarlari haqida tushunchalar berildi. Kitob o‘qishning inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri, stressni kamaytirishi, diqqatni jamlash va xotirani mustahkamlashga yordam berishi haqida ham fikrlar bildirildi. 🌍 Bugungi globallashuv davrida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga yo‘naltirish, zararli odatlardan himoya qilishda kitobning o‘rni beqiyos ekani alohida qayd etildi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asrida elektron kitoblar, audiokitoblar va onlayn kutubxonalardan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi. 💬 Dars jarayoni interfaol usullar asosida tashkil etilib, ochiq muloqot, fikr almashish, kitoblar yuzasidan suhbatlar va savol-javoblar orqali yanada mazmunli o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan asarlari haqida fikr bildirib, tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxatini shakllantirishda faol ishtirok etdilar. ✨ Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, muntazam mutolaa qilish odatini shakllantirish hamda bilimga chanqoqlikni kuchaytirish maqsadida tavsiyalar berildi. 🌟 Kitob — insonni komillikka yetaklovchi, tafakkurini yuksaltiruvchi va kelajagini yorqin etuvchi eng buyuk boylikdir! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

🇺🇿 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludi. Bugun buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va markazlashgan davlat asoschisi,
🇺🇿 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludi. Bugun buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va markazlashgan davlat asoschisi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. 🕌 Amir Temur nafaqat kuchli qo‘mondon, balki ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik homiysi sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Uning sa’y-harakatlari bilan Samarqand dunyo tamadduni markazlaridan biriga aylangan. 📖 Sohibqironning hayoti va faoliyati bugungi yosh avlod uchun jasorat, adolat va vatanparvarlik timsolidir. Uning “Kuch – adolatda” degan shiori bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. ✨ Buyuk ajdodimiz xotirasi qalbimizda mangu yashaydi! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

+6
📌 Amaliy ish jarayoni davom etmoqda 🌎Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida "Tikuvchilik" yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarimiz tomonidan tadbirkorlar va korxonalar buyurtmalari asosida ro‘mollar tikilmoqda. 🪡Mazkur amaliy jarayon o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, tajriba orttirish hamda buyurtma asosida ishlash malakasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 🥻Shuningdek, bu kabi ishlar o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazishiga, ularni mehnatsevarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. ✨ Yoshlarimizning mehnati — kelajak poydevori! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

👉 Sohibqiron Amir Temur — buyuk davlat arbobi va sarkarda 🏛 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtiri
+6
👉 Sohibqiron Amir Temur — buyuk davlat arbobi va sarkarda 🏛 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 📜 Mashg‘ulot davomida Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’atdagi noyob strategiyalari, adolatli siyosati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida keng ma’lumotlar berildi. Uning kuchli iroda, qat’iyat, intizom va vatanparvarlikka asoslangan hayot yo‘li yoshlar uchun buyuk ibrat ekani ta’kidlandi. 🌍 Sohibqiron tomonidan barpo etilgan qudratli davlat, bunyodkorlik ishlari, ilm ahliga ko‘rsatilgan e’tibor hamda “Kuch — adolatda” degan tamoyilining bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi alohida qayd etildi. 💬 Dars jarayoni tarixiy ma’lumotlar, ochiq muloqot va savol-javoblar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarda milliy g‘urur, ajdodlar merosiga hurmat hamda yurt ravnaqi uchun mas’uliyat hissini yanada mustahkamladi. 🌟 Buyuk ajdodlar merosi — kelajak avlod uchun mustahkam ma’naviy poydevordir! 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

👉 O‘zbek madaniyati — milliy qadriyatlarimiz timsoli! 🇺🇿 O‘zbek xalqi o‘zining boy va qadimiy madaniy merosi, urf-odat va
+6
👉 O‘zbek madaniyati — milliy qadriyatlarimiz timsoli! 🇺🇿 O‘zbek xalqi o‘zining boy va qadimiy madaniy merosi, urf-odat va an’analari bilan jahonda alohida o‘rin egallaydi. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uni yosh avlodga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. 📚 Shu munosabat bilan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida “O‘zbek madaniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars tashkil etildi. ✨ Dars davomida o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, an’analari, milliy kiyimlari, taomlari, musiqa va san’ati hamda boy tarixiy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy madaniyatning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. 💬 Mashg‘ulot jarayonida Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Bu esa yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat, faxr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 🌟 Milliy madaniyat — xalqning bebaho boyligi! Uni asrash va rivojlantirish har birimizning muqaddas burchimizdir. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

👉 Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam! 🇺🇿 Respublikamizda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbe
+4
👉 Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam! 🇺🇿 Respublikamizda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etdi. 📚 Shu munosabat bilan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida mazkur uchrashuv mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan dars mashg‘uloti o‘tkazildi. ✨ Mashg‘ulot davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi. 💬 Dars jarayonida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularda Vatanga sadoqat, faol fuqarolik pozitsiyasi va kelajakka ishonch tuyg‘ulari mustahkamlandi. 🌟Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari! Ularning orzu-intilishlari ro‘yobi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar — porloq kelajak garovidir. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

Repost from OTFIV | Toshkent
🌸 Navro‘z viktorinasi davom etmoqda! Navro‘z bayrami munosabati bilan obunachilar o‘rtasida tashkil etilgan onlayn viktorina
🌸 Navro‘z viktorinasi davom etmoqda! Navro‘z bayrami munosabati bilan obunachilar o‘rtasida tashkil etilgan onlayn viktorina hali ham davom etmoqda! Ishtirokchilarga 10 ta savol taqdim etiladi. ⚡ Barcha savollarga to‘g‘ri javob berganlar orasidan g‘oliblar aniqlanadi. 🎁 Viktorina g‘olibi bo‘lgan 2 nafar faol ishtirokchiga — 1 yillik Telegram Premium sovg‘asi taqdim etiladi! 🌟 📢 Shoshiling! Hali imkoniyat bor! G‘oliblar viktorina yakunida tasodifiy raqamlar generatsiyasi orqali aniqlanadi. 📲 Ishtirok etish uchun: 👉 @otfiv_tanlov_bot 📅 Viktorina muddati: 22-martga qadar 🏆 G‘oliblar: 24-mart kuni onlayn aniqlanadi Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Telegram-bot

✨O‘smir yoshlar salomatligi doimiy e’tiborda! 👩‍⚕Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus
+5
✨O‘smir yoshlar salomatligi doimiy e’tiborda! 👩‍⚕Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “O'quvchi - yoshlardagi o‘smirlik davri muammolari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari kafedrasi professorlari L.Raxmonova, I.Karimjonov, katta o‘qituvchisi B.N. Karimova, hamda ta’lim muassasamiz shifokori M.G. Shomurodovalar olib bordi. Ular o'quvchi-yoshlarga o‘smirlik davriga xos tibbiy va psixologik muammolar yuzasidan muhim tushunchalar berdilar. 📝Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi. 💫 Ushbu uchrashuv yoshlarning sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va ularning tibbiy bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🩺O‘smir o'quvchi - yoshlar salomatligi doimiy e’tiborda! 👉👉👉🕊️ Telegram | 🕊️ Instagram | 🕊️ Facebook