RICHSHUI maxsus texnikum
前往频道在 Telegram
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: 71.263-50-27 Direktorga murojaat: 📲 @RICHMT_direktorga_murojat_bot Telegram kanal: 👉🏻 https://t.me/Richmaxsustexnikum
显示更多524
订阅者
-124 小时
-77 天
-1530 天
帖子存档
+2
📢 Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti davom etmoqda
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Toshkent viloyati Angren tumani 34-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari hamda kelajakda bandlikni ta’minlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+3
📢 Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani 124-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
👩🏫 Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, kasb-hunar egallash imkoniyatlari hamda kelajakda ish bilan ta’minlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎯 Ushbu uchrashuv o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning qiziqishlarini aniqlash va kelajak rejalari sari to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etdi.
✨ Yoshlarning kelajagi uchun xizmat qiluvchi bunday tashabbuslar davom etadi!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+3
👉 Innovatsion fikrlash — taraqqiyot kaliti!
💡 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Innovatsion fikrlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
🚀 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga innovatsion fikrlash tushunchasi, zamonaviy texnologiyalar davrida kreativ yondashuvning ahamiyati, yangi g‘oyalarni ilgari surish, muammolarga noodatiy yechim topish hamda tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🧠 Dars jarayonida innovatsion g‘oyalar yaratish, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash va startap loyihalarini shakllantirish bo‘yicha muhokamalar tashkil etildi. O‘quvchilar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, ijodiy yondashuvning muhim jihatlarini amalda sinab ko‘rdilar.
✨ Mashg‘ulot interaktiv usullar, savol-javoblar va amaliy misollar asosida olib borildi. Bu esa yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelajak kasblariga tayyorlash hamda innovatsion tafakkurni shakllantirishga xizmat qildi.
🌟 Yangicha fikrlagan yosh — kelajakni yaratadi!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Repost from OTFIV | Toshkent
🎓 “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” – iqtidor egalari uchun yangi imkoniyat!
Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, kasb-hunar va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” joriy etildi.
✨ Ushbu stipendiya yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
📎 Tanlovda Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Batafsil ma’lumot bilan qo‘shimcha nizom orqali tanishishingiz mumkin.
🚀 O‘z iste’dodingizni namoyon eting va yangi marralarni zabt eting!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Telegram-bot
+2
📢 Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi pedagoglari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Toshkent shahar 103-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🎓 Tadbir davomida o‘quvchilarga texnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyatlar va amaliy ko‘nikmalarni egallash jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni kasb tanlashga yo‘naltirish va ularning kelajak rejalari haqida suhbat olib borildi.
🤝 Ushbu uchrashuv o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini oshirish va ularni mustaqil hayotga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Yangiliklarimizni kuzatishda davom eting!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+4
📢 Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🎓 Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar hamda kasb egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni kelajakda kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur uchrashuv yoshlarning kasb-hunar egallashi va kelajakda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladi.
📌 Biz bilan birga bo‘ling
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+6
📌 Kasbga yo‘naltirish – kelajak sari muhim qadam
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Piskent tumani 79-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurildi.
🎓 Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumdagi mavjud yo‘nalishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kasb-hunar egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
✨ Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
📌 Amaliy mehnat – sifatli mahsulot garovi
🏢 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘quvchilari tomonidan "To‘rt Fasl Fayz" M.Ch.J buyurtmasiga asosan erkaklar va qizlar uchun zamonaviy hamyonlar ishlab chiqarilmoqda.
🧵 Ishlab chiqarish jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqda. Har bir tayyor mahsulot sifat va did bilan yaratilmoqda.
💼 Mazkur faoliyat o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish hamda kelgusida daromad topishlariga xizmat qilmoqda.
✨ Mehnat – taraqqiyot va muvaffaqiyat kaliti!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+4
📚 Kasbga yo‘naltirish targ‘iboti amalga oshirildi
🌍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Ohangaron tumani 7-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
🪐Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, kasb-hunar egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakda ta’limni davom ettirish yuzasidan zarur tavsiyalar oldilar.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Repost from OTFIV | Toshkent
Kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi.
Ushbu tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni ommalashtirish hamda xalqaro maydonda yurt nufuzini oshirishga qaratilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://Uzskills.uz
📌Tanlovda ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Telegram-bot
+8
📢 Tashrif amalga oshirildi
🏫 101-son maktab-internati o‘quvchilari Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumiga tashrif buyurishdi.
👩🏫 Tashrif davomida mehmonlarga texnikum faoliyati, mavjud yo‘nalishlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎯 O‘quvchilar texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida o‘qishni davom ettirish maqsadida tashrif buyurishdi.
🤝 Shuningdek, o‘quvchilar amaliy mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+8
📢 Tashrif amalga oshirildi
🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari, o‘quvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan 101-son maktab-internatiga tashrif buyurildi.
🤝 Tashrif davomida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, kasb-hunar yo‘nalishlari hamda ta’lim olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🎯 Ushbu tashrif yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularning kelajakdagi faoliyatiga to‘g‘ri yo‘l tanlashlariga ko‘maklashishga qaratildi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+3
📢 Targ'ibot - tashviqot tadbiri o‘tkazildi
🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘quvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan Bo‘stonliq tumani 125-son ixtisoslashtirilgan maktabda targ'ibot - tashviqot tadbiri tashkil etildi.
👩🏫 Tadbir davomida o‘quvchilarga turli kasblar, ularning imkoniyatlari hamda kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
🎯 Ushbu tadbir yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni kelajakda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+4
✨Yoshlar kelajagi — sog‘lom hayot va to‘g‘ri tanlovda!
🚫 #stopnarko xeshtegi ostida Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” mavzusida mazmunli seminar bo‘lib o‘tdi.
💎 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💫Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash masalalari muhokama qilindi.
🤝 Seminar jarayonida ishtirokchilar zararli odatlarga qarshi kurashishda barchaning birdamligi, yoshlarni turli tahdidlardan asrash hamda ularni vatanparvar, bilimli va ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalash muhim ekanini ta’kidladilar.
🇺🇿Narkomaniyaga “YO‘Q” deymiz va faqat yuksak marralar sari intilamiz!
👉👉👉🕊️ Telegram | 🕊️ Instagram | 🕊️ Facebook
+3
🏫 Kasbga yo‘naltirish ishlari davom etmoqda
📍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 11-son maktab-internatida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🎯 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
🤝 Tadbir davomida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+4
👉 Milliy o‘zlik — millat taraqqiyotining asosi!
🇺🇿 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Milliy o‘zlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
📚 Mashg‘ulot davomida milliy o‘zlik tushunchasi, xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, urf-odat va an’analari, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘ularining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘z milliyligini anglash, ona tiliga hurmat, ajdodlar merosini asrab-avaylash har bir yoshning muhim burchi ekani ta’kidlandi.
✨ Dars jarayonida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, milliy qadriyatlarni asrash, ma’naviy merosni davom ettirish va zamonaviy bilimlar bilan uyg‘un holda rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Mashg‘ulot davomida yoshlarning milliy o‘zligiga bo‘lgan hurmati, Vatanga muhabbati hamda jamiyat oldidagi mas’uliyat hissini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
🌟 Milliy o‘zligini anglagan yosh — kelajakni ishonch bilan bunyod etadi!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Repost from OTFIV | Toshkent
Agar Siz kasbiy ta’lim muassasalarida korrupsiya holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, majburiy mehnat yoki boshqa shubhali xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasiga xabar berishingizni so‘raymiz.
📌 Sizning murojaatingiz muhim va e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Murojaat yuborish uchun:
Elektron pochta: otfiv_tashkent@umail.uz
Telegram bot: @OTFIV_Tashkent_bot
Telegram: @Boshqarmaga_murojaat
🔒 Ma’lumot beruvchining shaxsi qat’iy ravishda sir saqlanadi.
⚖️ Qonuniylik va adolatni ta’minlash — barchamizning umumiy vazifamizdir.
****************
Если вы столкнулись с фактами коррупции, конфликтом интересов, принудительным трудом или иными подозрительными действиями в учреждениях профессионального образования, просим вас сообщить об этом в Управление профессионального образования города Ташкента.
📌 Ваше обращение важно и будет обязательно рассмотрено.
Для обращения:
Электронная почта: otfiv_tashkent@umail.uz
Telegram-бот: @OTFIV_Tashkent_bot
Telegram: @Boshqarmaga_murojaat
🔒 Конфиденциальность заявителя гарантируется.
⚖️ Обеспечение законности и справедливости — наша общая задача.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Telegram-bot
+4
🩺 Salomatlik – eng katta boylik. Texnikumimizda OITSga qarshi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
📚✨ Respublikamizda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy kamoloti yo‘lida olib borilayotgan ishlar doirasida Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumimizda OITSga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi.
🩺 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan OITS kasalligining kelib chiqish sabablari, uning oldini olish yo‘llari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida foydali ma’lumotlar berildi.
💡 O‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, salomatlikni asrash har bir insonning eng katta boyligi ekanini yana bir bor anglab yetdilar.
🌿 Sog‘lom avlod – yurt kelajagi! Salomatligimizni asraylik, hayotga befarq bo‘lmaylik!
👉👉👉🕊️ Telegram | 🕊️ Instagram | 🕊️ Facebook
+2
📢 Kasb tanlashga yo‘naltirish tashrifi
🏫 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi o‘qituvchilari tomonidan yangi o‘quv yiliga o‘quvchilarni jalb etish maqsadida 100-son maxsus maktab-internatiga proforientatsion tashrif amalga oshirildi.
🎓 Tashrif davomida o‘quvchilarga ta’lim muassasamizdagi yo‘nalishlar, mavjud sharoitlar, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari hamda kelajakda bandlikni ta’minlash borasidagi afzalliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari o‘rganildi va o‘zlariga mos kasb tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakdagi kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
+3
👉 Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur manbai
🏛 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Kelajak soati” doirasida kitobxonlikni targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etildi.
📚 Mashg‘ulot davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning tafakkurni kengaytirish, dunyoqarashni boyitish, ma’naviy barkamollikka erishishda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Kitob mutolaasi orqali inson o‘z bilimini oshirishi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi, nutq madaniyatini yuksaltirishi hamda hayotiy qarashlarini shakllantirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.
📖 Shuningdek, o‘quvchilarga badiiy, ilmiy-ommabop va motivatsion adabiyotlarning ahamiyati, mashhur yozuvchi va mutafakkirlarning asarlari haqida tushunchalar berildi. Kitob o‘qishning inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri, stressni kamaytirishi, diqqatni jamlash va xotirani mustahkamlashga yordam berishi haqida ham fikrlar bildirildi.
🌍 Bugungi globallashuv davrida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga yo‘naltirish, zararli odatlardan himoya qilishda kitobning o‘rni beqiyos ekani alohida qayd etildi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asrida elektron kitoblar, audiokitoblar va onlayn kutubxonalardan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi.
💬 Dars jarayoni interfaol usullar asosida tashkil etilib, ochiq muloqot, fikr almashish, kitoblar yuzasidan suhbatlar va savol-javoblar orqali yanada mazmunli o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan asarlari haqida fikr bildirib, tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxatini shakllantirishda faol ishtirok etdilar.
✨ Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, muntazam mutolaa qilish odatini shakllantirish hamda bilimga chanqoqlikni kuchaytirish maqsadida tavsiyalar berildi.
🌟 Kitob — insonni komillikka yetaklovchi, tafakkurini yuksaltiruvchi va kelajagini yorqin etuvchi eng buyuk boylikdir!
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
